F E A R Y T A L E 🍂
Oradan ikki kun o'tdi. Namjoonning o'limidan keyin Nana oʻz ishxonasiga odatdagidek qatnardi. Namjoon haqidagi hayollar uni tinimsiz qiynardi.. xattoki uni qabrini ziyorat qilish uchun oʻzida kuch topa olmasdi. Aybdorlik hissi uni qattiq qiynardi...💔
Go'yo hech narsa bo'lmagandek yashashga harakat qilmoqchi edi Nana. Shu on eshik taqilladi.🚪
Ichkariga qirq yoshlardagi erkak kirdi. Sochlari tartibsiz. Ko'zlari qizarib ketgan.🧔🏻♂ U kresloga o'tirishi bilan qo'llari titray boshladi...🤚🏻
— Doktor... men yordamga muhtojman.😑
Nana odatdagidek daftarini ochdi.
— Nima bezovta qilyapti sizni?🌚
Erkak uzoq jim qoldi. Birdan kulib yubordi.😆
Nana indamadi... uni eshitishda davom etdi. Unga oʻtkir nigoh tashlab tinglayotkanini bildirdi..👀
— Yoshligimda juda ko'p gunoh qilganman. Aybdorlik hissi va tungi tushlar menga tinchlik bermayapti...☹️
U gapira boshladi. Bir sir ketidan yana biri ochildi. Jahli chiqqanda o'zini boshqara olmasligi...🌱
Uyda ayoliga qo'pol munosabat qilgani... uni koʻp urishi..👩❤️👨
Ichib kelib doim janjal qilishi...🍷
O'tmishidagi zo'ravon voqealar...🪢
U qilgan bir necha qotilliklar va qizlarni zoʻrlagani...💔
Yillar davomida ichida yig'ilib kelgan aybdorlik hissi...🖤
Gapirgan sari nafasi tezlashardi. Nana esa faqat kuzatardi... Xattoki hayratlanmasdi ham.. Chunki Nananing bundan battar bemorlari boʻlgan oʻtmishda..📝
— Hozir sizni eng ko'p nima qo'rqitadi?🙄
Seokjin javob berishga shoshilmadi. Keyin past ovozda dedi:
— Ba'zan... ...qorong'ida kimdir menga tikilib turgandek bo'ladi.
— Yoʻq, menda faqat shular. Men ulardan qutula olmayman. Har kuni meni taqib qiladi. Meni asabiylashtiryotkan narsa ham shular. Men ichkilik bilan ulardan qutulaman ammo xotinimga zoʻravonlik qilaman...☹️
Uning kerakli javobi olingandi. Endigi navbat uni yoʻq qilish qarori edi.❤️🩹
O'sha kecha. Seokjin noma'lum manzildan kelgan xabar ortidan eski bir joyga bordi...🧠
Ichkarida chiroqlar bir zum yonib, bir zum o'chardi. Qorong'i burchaklardan g'alati soyalar ko'rinardi. Jin qoʻrqishni boshlagandi.👁👁
— Kim bor? Meni Kim chaqirdi?🗣
Javob bo'lmadi. Shamol ovozi eshitildi. Ortidan qadam tovushlari kelayotgandek tuyuldi. U ortiga o'girildi...👀
Hech kim yo'q edi. Ammo qo'rquv tobora kuchayib borardi... Yurak urushi tezlik bilan oshib borardi!🫀
Bir necha daqiqadan so'ng ombor yana jimjit bo'lib qoldi. Seokjin u yerdan qochishga harakat qildi, ammo bu yerda Nana bor edi. U darvozani yopib, zanjirlarga tok ulab qoʻydi...⚡️
Jin yugurib kelib eshikni ushlashi bilan katta razryad uni uchurib yubordi. Nana esa chiroqlarni oʻchirib u yerdan gʻoyib boʻldi.🥀
Erkak esa oʻziga keldi... ammo hech narsa koʻrinmasdi. Yarim oyning nuridan boshqa hech nima koʻrinmasdi.🌙
— Bu yerda kimdir boooormi? Menga yordam beringlaaar🗣 — deb qichqirdi. Ammo bu atrofda hech kim uni chaqirigʻini eshitmasdi..👤
Shahar chetidagi daryo bo'yida eski chamadon oqib ketayotganini baliqchi odamlar ko'rib qolishdi.👁👁
Bu xabar tez orada politsiyaga yetib bordi. Va yana bir sirli qotillik fosh etildi.. Sababi esa doimgidek noma'lumligicha qoldi...❣
Nana uyiga qaytgach divanga o'tirdi. Xona juda jim edi. Namjoonning yo'qligi ilk bor shu qadar bilinayotgandi....📌
— Hammasini yolg'iz qilish... unchalik oson emas ekan... Oʻrning juda bilinyapti Namjoon...🙁
U chuqur xo'rsindi. Shu payt stol ustidagi vizitka ko'ziga tashlandi.
" Choi Seung Hyung. " 🍃
Nana vizitkani qo'liga oldi.
Bir necha soniya o'yladi. So'ng raqamni terdi.
— Detektiv Choi Seung Hyungmi?🗣
— Ha. O'sha kuni bergan taklifingiz hali ham o'z kuchidami?😄
Qarshi tomondan kulgi eshitildi.
Ular biroz suxbatlashib uchrashuvni belgilashdi...✨
Kechqurun. Shinam restoran. Seung Hyung stulni surib berdi.
Ovqat kelguncha ular oddiy mavzularda suhbatlashishdi. Keyin detektivning ohangi jiddiylashdi.🙂
— Bir narsani so'rasam maylimi?
— Shu savol tergov uchunmi? Men boshqa mavzuda gaplashamizmi deb kelgandim.
— Yo'q. Oddiy qiziqish. Axir hozir ish vaqtim emas.🍃
— Chunki siz qiziq odamsiz.😄
Siz haqingizda qancha ko'p ma'lumot olsam... ...shuncha kam tushunayapman.🌝
Nana indamadi. Detektiv davom etdi.
— Namjoonning dushmanlari bormidi?🙂
— Min Yoongini tanirdingizmi?🤔
Nananing qo'lidagi stakan sekin stolga qo'yildi.
— Bu ismni nega yana tilga oldingiz?🫤
— Chunki bu ishda juda ko'p javobsiz savollar bor.🤨
Va siz... ...ularning markazidasiz.🤔
Nana chuqur nafas oldi. Yuzidagi tabassum asta yo'qola boshladi.
— Meni kechki ovqatga taklif qilganingiz... ...rostdan ham meni yaqindan tanishish uchun edimi? Yoki bunaqa savolaringiz bilan asabimni buzmoqchimidiz?😑 Yoki boshidan beri meni so'roq qilmoqchi edingizmi?🤐
Stol atrofini og'ir sukut qopladi. Seung Hyung javob berishga ulgurmay... Nana sekin o'rnidan turdi. Uning ko'zlarida birinchi marta g'azab uchquni paydo bo'lgandi....👁👁