JOZIBALI SEVGI...🍓 | #Bahromiddin 🍃
Yoz hali tugamagandi. Iyul oxirlab, avgustning ilk tonglari kirib kelgan bo‘lsa-da, quyosh haligacha Pusanning osmonidan iliq nurini ayamasdi. Ammo qalblar... ular allaqachon kuz ranglariga burkangan edi.💛
Eunji hanuz Taeoh bilan janjallashar, ularning har bir uchrashuvi keskin ohanglarda o‘tar edi. Chunki bu urushlarning sababi bor edi — yurakdagi yaralarning sababchisi Jisoo... 🔗
Eunji ham bu yoz fasli oson kechmadi. Unda ham oʻziga yarasha oilaviy muammolari paydo boʻla boshladi birin-ketin. Shu tariqa Eunjini turli kasalliklar qiynay boshladi. Shunday muhitda yashab, ustiga-ustak Taeohning boshqa qizni sevayotganini ko‘rish — bu og‘riq emas, bu sinov edi u uchun.🌙
Taeoh esa o‘zgarib ketgandi. Endi u jilmayishda ham, jim turishda ham o‘sha — Kim Jisoo'ni o‘ylardi. Jisoo bilan bo‘lgan har bir lahza uning ongida film kabi qayta-qayta namoyish etilardi. U bu hislarni inkor etmay, aksincha, fanfikga to‘kib-sochishni boshlagandi.🌟
U fanficini yozishda davom etardi. Har bir qism — bir alam, bir sevgi, bir armon. Har bir sahifa — yurakdan otilgan alfaz edi. Bu hikoyalarni Hwan Yunjilning kanaliga joylardi. Kanal obunachilari esa har bir qismni intizorlik bilan kutardi.🌹
Ammo Jisoo hali hech narsadan bexabar edi. Uning "Lunamovas" nomli Telegram kanali hanuz Taeohning turli akkauntlari bilan to‘lib-toshgan edi. Yurakchali reaksiyalar, qulupnaylar, yulduzchalar va hokazo reaksiyalar — bu belgilar oddiy tuyular. Ammo bular Jisoo uchun oʻzgacha moʻjiza kasb etardi. Bu moʻjizadan roxatlanayotgan Kim Jisooning quvonchini kuzatish esa Taeohga baxt berardi...🌿
Bu reaksiyalar Taeohning ichida qaynayotgan sevgi olovining har bir postda namoyon bo‘lishi edi. Har safar Jisoo kommentariyani yoqib qo‘ysa, Taeoh turli profillari orqali izohlar yozib, qizning har bir postiga ovoz berardi.🧚🏻♂
Bir kuni Taeoh yuragini ochishga qaror qildi. U “For Lunamovas” deb nomlangan yangi kanal yaratdi. Bu kanal Jisoo uchun edi. Faqat u uchun.🌟
U avvaliga kanalga Jisoo bilan bo‘lgan har bir lahzani yozdi:
• “Esingizdami, ilk marta Prezentatsiyangizni tayyorlash uchun koʻrishganimiz? Menga qoʻngʻiroq qilib yordamga chaqirganingiz?”
• “Botanika bog'ida birga velosiped uchganimizchi?”
•“Sening jilmayishing... men uchun olamdagi eng musaffo baxt beradi.”
Shu va shunga oʻxshash turli voqealarni dekabrdan to may oyigacha yig'ib chiqardi. Har bir oy uchun turli voqea va rasm keltirib berardi kanalida. Soʻzlarni ham mukammal qilib yozib chiqardi.🫀
Keyin Taeoh oʻzidagi Jisooning har bir suratini topib, ularni kanalga joyladi. Har biriga alohida izohlar yozdi:
• “Bu rasmda nigohingiz... odamni sokin dengiz kabi o‘ziga tortadi.”
• “Siz tabassum qilganingizda, tong quyoshdan emas, sizdan boshlanadi.”
Oradan bir kun o‘tib, kanal sevgi izhorlariga to‘ldi. U yuragidagi har bir so‘zni qog‘ozga emas, pikselga, harfga, jumlaga aylantirdi:
• “Men seni sevaman... lekin jim edim. Endi jim emasman. Chunki bu sevgim sukutda chirishini istamayman. Siz mening qalbimdagi eng yorqin yulduzsiz Har kecha osmonga qaraganimda, birgina tilagim bo‘ladi — siz bilan birgalikda uning soyasida yurish...🌕"
• "Siz mening ilhomim, orzum, kuchimsiz. Hamma narsaga sabrim bor edi, lekin sizdan voz kechishga yo‘q. Aslo irodam yetmaydi..."🌺
• "Men bilan sevgi munosabatini qurasizmi yo‘qmi?
Ha — deb yozsangiz, men sizni umrim oxirigacha baxtli qilaman.
Yo‘q — deb yozsangiz, men sizni tushunaman va jim ketaman. Lekin yuragim sizi unutmaydi...."🌷
• "Javobingiz nima Jisoo?” ❤️🫴🏻
Hammasi tayyor bo‘lgach, Taeoh kanaldagi eng birinchi joylangan postning linkini oldi. Bu link — 2 oydan beri qiynab kelayotgan his-tuyg‘ularining kaliti edi.👑
U linkni Jisoo'ga yubordi.
Ortidan shunday yozdi:
- "Shu link orqali kirib, bu kanaldagi har bir postni o‘qib chiqing. So‘ng menga javobingizni ayting." 💁🏻♂
Jisoo biroz vaqt o‘tgach, javob berdi:
- “Ho‘p.” 🫡
Endi hammasi uning qo‘lida edi...
Yurak esa har qanday javobga tayyor edi. Yoki hech qachon bo‘lmaganidek baxtli bo‘lardi... yoki yana bir bor ichdan sinardi....💔📌❤️📌