“Prisoner of a Frozen Heart” 💔❄️
Kameralar va chiroqlar birin-ketin o‘chdilar.
Uy ichida qizil signal chirog‘i miltilladi.
Tashqarida mashinalar to‘xtadi.
Jungkookning qo‘lida telefon turardi.
Bir tugma — erkinlik. Atigi bir tugma bilan u bu yerdan qutilib keta olardi...
Zinapoya tepasida yarador Jennie turardi.
Tashqarida qurollangan dushmanlar....
Yuragi qattiq ura boshladi.🫀
“Qol.” derdi ichki qalb ovozi.🫀
Pastda birinchi o‘q ovozi yangradi.
Shisha derazalar chil-chil sindi.
Qorong‘ilik ichiga odamlar bostirib kirdilar.🔫
Jungkook telefonni sekin tushirdi.
— Yuqoriga chiq! — dedi Jennie qurolni qo‘liga olib. — Eshikni berkit....!
U og‘riqqa qaramay tik turardi. Jennie juda ham dovyurak qiz...🫶🏻❣️ Yelkasidagi yara yana ochilgan. Shunga qaramay u Jungkookni ximoya qilish haqida o'y surardi...🌒
Bu safar buyruq emas.
Himoya edi.
Jungkook uning ko‘zlariga qaradi.
U birinchi marta qo‘rquvni ko‘rdi. U bunday vaziyatda ilk bor duch kelishi edi...🫀
O‘zi uchun emas.
U uchun.
Pastda qo‘riqchilar yiqila boshladi.
Birin ketin ularni dushman yer tishlatmoqda...💔
Uy ichida qichqiriq va o‘q tovushlari aralashdi.
Jungkook yuqoriga chiqdi, jim kuzatish o‘rniga qurolni yerda ko‘rdi va oldi.
Bir zum ikkilanib turdi.
So‘ng uni patronini o'qlab oldi.🔫
Qo‘llari qaltiradi.
Ammo barmog‘i tetikda qat’iy turdi.
Raqiblar ichkariga kirib bo‘lgandi.
Jennie aniq nishonga olardi.
Bir.
Ikki.
U tez harakatlanardi.
Qorong‘u zal jang maydoniga aylangan.
Jungkook devor ortidan o‘q uzdi.
Birinchi marta.
Bir odam yiqildi.
Nafasi tezlashdi.
Ikkinchi.
U qo‘rqardi.
Ammo to‘xtamasdi.🫶🏻
Zal markazida bir odam paydo bo‘ldi.
Sokin.
Ishonchli.
Ok Tae Gyeong.🌎
— Nihoyat, — dedi u kulib. — Qirolicha yashirina boshladimi? Jo'jani o'z inida patini yular ekanman-da!😈
Jenniening nigohini muz bosdi...
— Bu hudud meniki. Seni bu yerdan o'liging chiqadi...
— Endi emas, — dedi u. — Port ham, odamlaring ham, obro‘ying ham. Hammasini shu bugun yo'qqa chiqaraman Jennie Kim!👿
U oldinga qadam tashladi.
— Otang ham shunday degandi. Keyin nima bo‘ldi, eslaysanmi itvachcha? — dedi Jennie.
Bu gap havoni muzlatdi.
Demak… o‘sha xiyonat.
Ularning aloqasi bor edi.
— Bugun barham beramiz. Hammasi tugaydi, Jennie.😼
Jang yana avj oldi.
Jungkook yon tomondan chiqib, yana o‘q uzdi.
Raqiblar birma-bir yiqildi.
U qo‘rqinchli tezlikda harakatlanardi.
Faqat bitta fikr bilan:
“Uni himoya qil.” degan qalb istagi bor edi...🦋
Bir lahza.
Sukut.
Ok Tae Gyeong to‘g‘ridan-to‘g‘ri Jenniega qurol qaratdi.🔫
Masofa yaqin.
Juda yaqin.
Jennie boshqa tomonga o‘q uzayotgan edi.
U sezmay qoldi.
Lekin Jungkook buni ko‘rdi.
Vaqt sekinlashgandek bo‘ldi.
U bu holatni be'etibor qoldirishi mumkin emas edi.
Yoki qimirlamasligi ham imkonsiz edi.
Lekin u yugurdi.
Uni kuch bilan itarib yubordi.
O‘q ovozi.
Sukunat.
O'q Jungkookning ko'ksini teshib o'tdi.
Issiq qon.💥
Jungkookning tanasi larzaga keldi.
Ko‘zlari katta ochildi.
Keyin sekin pastga quladi.
Jenniening ovozi zalni titratdi.
U nazoratni yo‘qotdi.
Ko‘zlari alangaday yonardi.
U burildi.
Bir o‘q bilan javob qaytardi.
Natijada Ok Tae Gyeongning peshonasiga o'q qadaldi.
U yerga quladi.✨
Jang tugadi.
Uy ichida faqat og‘ir nafas va qon hidi qoldi.💔
Jennie Jungkook yoniga tiz cho‘kdi.
Qo‘llari qonga botdi.
— Yo‘q… yo‘q…😳🥺 — deya be nixoya Jennie kabi mag'rur insonning ko'zi yoshga to'ldi....
— Nima qilay? Seni qanday asrab qolay?..😭
Jungkookning nafasi sust edi.
Ko‘zlari yarim ochiq.
Lablar qimirladi.
So‘ng bosh yon tomonga og‘di.
Hushidan ketdi.❤️🩹
Jennie titrayotgan qo‘llari bilan, qiynalib o'rnidan turdi. Xonasiga yugurib borib, uning telefonini oldi.
Kontaktlarni ochdi.
Lisa...
Unga darxol qo'ng'iroq qildi.
U bir zum ko‘zlarini yumdi.
Va qattiq baqirib yubordi.
"La'naaaatiiiiiii"😭😣
So‘ng o‘z telefonini oldi.
— Jungkookga yordaming kerak… — dedi Jennie ovozi sinib. — U yaralandi.😭
— Iltimos yordam ber, senga manzilni yuboraman...😭
Tun hali tugamagan edi.
Mashina shovqini hovliga kirib keldi. Lisa yugurib tushdi.
Zal hali ham qon hidiga to‘la.
Lisa bu atmosferadan aqalli LOL qoldi...😳
Jennie yerda o‘tirgan, quchog‘ida Jungkook.
Lisa jarohatni ko‘rdi.
Ko‘zlari jiddiylashdi.
— U juda ko‘p qon yo‘qotgan… — dedi past ovozda. — Meni qo‘limdan hech narsa kelmaydi. Tez yordam chaqirmasak… undan ayrilib qolamiz.🥺
Bu so‘zlar Jenniening yuragini tilib o‘tdi.😶
JENNIE POV:
Ayrilib qolamiz.
Yo‘q.
Bu mumkin emas.
— Mashinaga, — dedi u qat’iy.❕
Ular birga Jungkookni ko‘tarishdi.
Orqa o‘rindiq qonga bo‘yaldi.
Jennie rulga o‘tirdi.
Gaz oxirigacha bosildi.
Yo'lni tuman bosdi. Ammo Jennie shu tumanda ham
tezlikni paslatmadi...🚗💨
Kasalxona eshiklari shoshilinch ochildi.
Shifokorlar yugurib chiqdi.
— Bizga xujum qilishdi. Do'stimiz jarohatlandi! — dedi Lisa tez.🗣
Zambil keltirildi...
Yorug‘ chiroqlar...
— Qon bosimi tushyapti! — derdi doktor.
— Tezroq reanimatsiya! — vrach.
Jennie uning qo‘lini oxirgi marta ushlab qoldi.
Eshik yopildi.
Qizil chiroq yondi.
Oradan ko‘p o‘tmay ofitserlar yetib keldi.
Savollar girdobiga 2 qizni ko'mib tashladilar.
Qon.
Otishma.
Lisa jim javob berdi.
Jennie esa sovuq nigoh bilan qarab turdi.
— Advokatim yo‘lda, — dedi u qisqa.😏
Bir soatdan so‘ng qora kostyumli erkak yetib keldi.
Gaplar past ovozda davom etdi.
Hujjatlar ko‘rsatildi.
Kuzatuv yozuvlari.
Raqiblar qurollangan edi.
Jenniega xizmat qiluvchi advokat
uni bunday ishlardan silliq olib chiqardi.
Masala tez yopildi.🌙
Otishma — o‘zini himoya qilish.
Ofitserlar ketdi.
Tun nihoyat tinchidi.🍃
Reanimatsiyadan so'ng doktorlar
tashqariga chiqdilar. Uni omon qolgani haqida
gar kechiksalar, u o'lishi mumkunligi haqida
uqtirdilar. Lisa xudoga shukur aytdi.
Oldida to‘rt hafta o‘tdi.
Bir oy.
Har kun.
Har tun.
Jennie bir soniya ham ketmadi.🫂
Stulda uxlab qoldi.
O‘zi suv ichirdi.
Dori vaqtlarini yod oldi.
Shifokorlar ham hayron edi.
U — boshqacha edi.🫀
Sovuq mafia rahbari emas.
Oddiy qiz.
Qo‘rqayotgan.
Kutayotgan.
Jungkookning sog'lig'ini xohlayotgan
murg'ak qalb.🫠
Lisa bir necha marta keldi.
Har safar eshikni ochib, ichkariga qaradi.
Jungkookning yonida Jennie.
Qo‘li uning qo‘lida.
Yuzi charchagan, ammo mehr bilan to‘la.🤝
Lisa sekin jilmaydi.
Ichida og‘riq bo‘lsa ham, ko‘zlarida tinchlik bor edi.
— Baxtli bo‘l, — dedi ichida.🗣
So‘ng ortga qaytdi.
Keyin boshqa kelmadi.💔
To‘rtinchi haftada Jungkook ko‘zini ochdi.
Yorug‘lik.
Oq shift.
Yonida Jennie.❤️🩹
U uxlab qolgan, boshi karavot yonida.
Jungkook barmoqlarini sekin qimirlatdi.
Jennie uyg‘ondi.
Ko‘zlari bir zumda namlandi.
Jennie indamadi.
Faqat boshini chayqadi.
Lekin ko‘zlari hamma narsani aytib turardi.
Kunlar o‘tdi.
Ular ko‘p gaplashdi.
Bir payt Jennie asta dedi:
— Men seni qamab qo‘ydim. Bosim qildim. Seni yo‘qotishdan qo‘rqardim. Lekin bu sevgi emas deb o‘ylagandim. Shunchaki o'rganib qolish degandim.😔
— O‘sha kecha… sen o‘q qabul qilib olding. Men birinchi marta nazoratni yo‘qotdim. Men seni… yo‘qotishni istamadim. Shunda seni sevib qolganimni chindan ham his qildim Jungkook...❤️🔥
— Men seni sevaman, Jungkook.❤️🔥
Bu safar ovozi yumshoq edi.
Majburlashsiz.
Qo‘rqitishsiz.
Bosimsiz...
Faqat rostlik ufurib turardi...📝
Jungkook uning qo‘lini mahkamroq ushladi.
Yuragi iliq urdi.
Ichida nimadir o‘zgardi.
Avval sovuq bo‘lgan joyda mayda uchqun paydo bo‘ldi.
Gapni tugatmadi.
Lekin ko‘zlari jilmayardi.
Sevgi asta paydo bo‘layotgandi.
Va bu safar u majburiy emas edi.
Chin dildan sevishini tan oldi...🫠🫀
10-qism kutmoqda sizlarni, oldinda final, hot part, Jennie va Jungkookning taqdiri, Balki Lisaning ham taqidiri kutib turibdi. Aktiv boʻlila. Keyingi qismda #SenaKaulitz mehmon boʻladi...🎸