JOZIBALI SEVGI...🍓 | 16-YAKUNIY QISM 🍃
Pedagogika darsi. Zerikarli, uzoq va noaniq misollar bilan to‘ldirilgan tushuntirishlarga boy dars bo'lmoqda. Hamma zerikkan. Auditoriyada jimjitlikni faqat shivirlashlar, pichir-pichirlar buzardi. Hamma yonidagi sheriklari bilan suxbat qurib o'tirardi.✨
Taeoh va Suhon yonma-yon, deraza yonidagi partada o‘tirishardi. Ularning oldidagi qatorda esa Jisoo dugonalari Lisa va Nayoung bilan.🍓
Inho o‘qituvchidan javob olib ketgandi uyda muxim ishi borligi uchun. Taeoh ustozga qarab, o'zini darsni tinglayotgandek ko‘rsatsa-da, nigohi ko‘pincha oldinda o'tirgan Jisooning sochlariga tushardi.🍃
Suhon, Jin aka, Nayoung, Lisa va Anhyeopning ko'zlari va e'tiborlari telefonlarida edi. Chunki ular hammasi bir tarmoqqa ulanib, birgalikda qarta o'ynashayotgan edilar.🃏
— “Menga o‘rgatinglar, men ham o‘ynay!” — dedi Jisoo sho‘x bolalarcha ohangda.
U Lisaning telefonidagi karta o‘yiniga qiziqib qolgan edi.👀
Taeoh kulimsiradi. U Jisooning bunday beg‘ubor harakatlarini ko‘rganda yuragi erib ketayotgandek bo‘lardi.🫀
— “Men o‘ynayapman-ku Jisoo. Suhondan so‘ra, u o‘rgatsin”, — dedi Lisa jilmayib.😸
Jisoo orqasiga o‘girilib:
— “Menga ham o‘rgat, Suhon”, — dedi.👀
Suhon bir qo‘li bilan telefonni tutib, ikkinchi qo‘li bilan Jisooga o'yinni qanday o‘ynashni ko‘rsata boshladi. Yuzida samimiy ifoda bilan Suhonni diqqat ila tinglardi.🦋
Taeoh ularni uzoq kuzatdi. O‘sha lahzada yuragida notanish bir hissiyot paydo bo‘ldi. Nafrat emas, alam emas, lekin kichik g‘ashlik.🫣
— “Gaplashmanglar”, — dedi o‘qituvchi jahl bilan.😐
Jisoo oldiga qarab o'tirib oldi. Suhon esa gapini oxiriga yetkazmagan edi. Shuning uchun:
— “Yonizga o‘tirsam bo‘ladimi?” — dedi.🍂
— “Mayli”, — deya javob berdi Jisoo.🍓
Suhon qizning yoniga o‘tdi. Ularning yelkasi bir-biriga yaqin, suhbatlari sokin, ammo quvonchli ohangda davom etdi.🌿
Taeoh jim edi. Ichida to‘fon, yuzida esa sokinlik. U rashkni his qilayotgan edi. Jisoo shunaqangi darajada yigitlarga qarshi qobig'i bor edi-ki, Taeoh shu boisdan uni rashk qilmasdi. Ammo bunisi ilk bor bo'layotgani uchun Taeoh biroz o'zini g'alati his qildi.🍁
Uyga qaytayotganlarida, Suhon unga qarab:
— “To‘g‘risini ayt, rashk qilding-a?”🌚
— “Yo‘q. Nega sendan rashk qilishim kerak, do‘stim?”🌝
— “Hmm… Bilmadim. Lekin u yaqindan juda chiroyli ko‘rinar ekan.”🌚
Bu so‘zlar Taeohga o‘qday botdi. Yuragi tez ura boshladi. Qon bosimi ko‘tarilgandek tuyuldi. Ammo jaxli chiqqanini va kuchli rashk qilganini Suhonga sezdirmadi.🍃
Suhon esa hech narsani sezmagandek kulib ketaverdi Taeoh oldida...🍂
Taeoh hozir Inho bilan auditoriyada o‘tirgan, dars tugagan. Derazadan tashqariga qaragancha, xayolga tolib:
— “Men Jisooni birinchi marta rashk qildim. Suhondan...”🙁
Inho unga jiddiy qaradi:
— “Taeoh... Suhon bizning do‘stimiz. U hech qachon Jisooga boshqacha ko'z bilan qaray olmaydi. Ishon menga. U faqat kursdosh sifatida uni yonida o'tirdi va o'yinni o'rgatdi xolos.”🙂
Taeoh xo‘rsinib, ko‘zlarini yumdi.
— “Men buni bilaman... Lekin yuragim tinchimayapti.”☹️
— “Shuning uchun ham hozir tavakkal qilishing kerak. Unga nisbatan nimani his qilayotganingni ayt. Jisooning qo'lini so'ra. Aks holda, bu rashk faqat kuchayib boradi Ertaga Suhondan emas, boshqa bir begonadan qattiq rashk qilishinga to'g'ri keladi. Unda kech bo'ladi.”😟
— “Agar u boshqasiga turmushga chiqsa...” Taeohning ovozi pasaydi. — “Men bilmadim, to'g'risi bilmayman nimani xis qilishimni.”😖
Inho unga qattiq qarab:
— “Shuning uchun harakat qil. Uni yo‘qotishni xohlamasang, so‘ra. Uni qo'lini so‘ra.”🙂
Taeoh bosh irg‘adi. Nigohida qat’iyat porladi.
— “Ho‘p... Men harakat qilaman.”✨
JOZIBALI SEVGI...🍓 | 3-mavsum, 16-qism 🍃 | PART 2
Sessiya boshlandi. Universitet binolari endi boshqa nafas bilan yashay boshlagandek edi. Har kuni boshqa-boshqa fanlardan imtihonlar, auditoriyalar ichida paydo bo‘lgan sukut, tashqarida esa shivirlab qilingan savol-javoblar, sarosimalar...🍫
Har bir talabaning yuragida turli sinovlar bor edi. Lekin Taeoh uchun bu kunlar ikki karra qiyin edi. Chunki uning oldida ikki imtihon turardi: biri universitet baholariga, ikkinchisi esa yurakka taalluqli edi...🦋
Imtihonlarni topshirib, ertasi kungi testlarga tayyorlanish odat tusiga kirgandi. Ammo yurakdagi imtihon, ya’ni Jisooga qalbidagi gaplarni aytish – undan qiyinroq edi. Har safar sahifani ochib o‘qishga urinardi-yu, lekin ichidagi satrlar doimo chayqalib, joyidan sirg‘anardi.🫀
Inho aytgan edi: “Hozir yoki hech qachon...” Shu so‘zlar kechalari uxlamay o‘ylagan paytlarida quloqlari ostida aks-sado berardi. Chunki u bilardi – agar hozir harakat qilmasa, Jisoo bir kun boshqa birovning soyasida yo‘qolib ketadi.🌿
Oxirgi imtihon kuni yaqinlashdi. 4-iyun — so‘nggi dars kuni, so‘nggi imkoniyat. Hamma unga umid bog‘lagandi. Taxsirlar, bir nechta kursdosh qizlar, hattoki MultiOlam guruhidagilar ham “Bu safar aytasan, a?”, "Sizga ishonaman u bilan gaplashasiz akajon", "Taeoh bilaman bu qiyin, ammo siz buni bajarishingiz kerak" deya tabassum bilan qarashardi.🌛
Taeoh esa 2-iyun kuni Inhoga yozma tarzda o‘z rejalarini jo‘natgan edi. Nutqining har bir satrini, nimani qanday aytishini birma-bir yozgan. Inho esa unga kichik tahrirlar kiritib, mukammal shaklga keltirib bergandi.
Hammasi tayyor edi. Yurak – tayyor bo‘lmasa ham...🌜
So‘nggi imtihon kuni keldi. Taeoh auditoriyadan chiqdi. Eshik oldida uni Inho kutib turardi.
— “Endi borib Jisoo bilan gaplash, do‘stim,” — dedi Inho uning ko‘zlariga tik qarab. Imtixon natijasini ham so'rab o'tirmadi, chunki unga bundan ko'ra Taeohing Jisoo bilan suxbati muxim edi.🪐
— “Ho‘p,” — dedi Taeoh, biroz chuqur nafas olib.🙂
U Jisooning imtihon xonasi oldiga bordi. Yuragi qattiq ura boshladi. Tez orada Jisoo chiqardi. Va u chiqdi:
— “Salom,” — dedi u iltifot bilan.💕
— “Salom. Nechta javob topdingiz?” — so‘radi Taeoh.🍃
— “20 ta,” — dedi Jisoo kulib.🍓
Taeoh ichida quvonchdan qichqirib yuborgudek bo‘ldi.
— “Bu rekord natija! Zo‘r bo‘libdi. Tabriklayman!” — dedi u chin dildan.🥰
Jisoo qanday yechganini, qanday javob topganini jozibali ohangda hikoya qila boshladi. U gapirar, Taeoh esa uning ko‘zlariga tikilib turardi. Bu nigohlar uzilmas, go‘yoki vaqt to‘xtagandek edi. Har bir so‘z, har bir tabassum – yurakka urilgan zarbdan battar edi.🍉
Suhbat yakunida Jisoo dedi:
— “Endi boshqa qizlar chiqishini kutaman. Oshxonaga tushaman.”🍓😊
— “Men ham siz bilan tushaman,” — dedi Taeoh, bekinmagan iltifot bilan.😉🍃
Ular birga tushishdi. Ovqat oldilar. Yonlariga Nayeon ham keldi. Suhbat o‘z-o‘zidan har xil mavzularga burildi. Oradan biroz vaqt o‘tib, Lisa va Rose ham ularga qo‘shildi. Beshovlon shirin bir davrada, xotirjam va xush kayfiyatda ovqatlandilar.💜
Biroz vaqt o‘tgach, Taeoh navbatma-navbat hammasi bilan xayrlasha boshladi. Chunki taxsirlarning oldiga qaytishi kerak edi. U oxirida Jisoo bilan ko‘zlariga qarab:
— “Sog‘ bo‘ling — salomat bo‘ling,” — dedi. Bu ular o'rtasidagi iconic hayrlashish edi...🍃
— "Albatta, sog' bo'ling — slaomat bo'lin Taeoh. Bu kurs davomida bizga ko'p yordam berdingiz. Qizlarni va o'zimni nomimdan kattakon rahmat sizga. Yozni yaxshi o'tkazing" 🍓☺️
— "Bundan ham ko'prog'iga arziysizlar Jisoo. Mayli ko'rishguncha, sizlar ham yaxshi o'tkazinglar. Yana bir bor, sog' boling — salomat bo'ling"😍🍃
Bu uning iconic so‘zlari edi. Har safar biror muhim xayrlashuv lahzasida shunday deyishni odat qilgandi. O'tgan yili 31-may, sevgi izxor, va birinchi kursdagi so'ngi kunda Jisoodan aynan shu 2 jumlani eshitgan edi. Bu safar bu jumlani ikkinchi kursning so'ngi kunida Jisooning o'ziga qaytardi... Jisoo ham jilmaydi. Ular ajrashdilar.👋🏻
Taeoh esa taxsirlarning yoniga bordi. Hammaning ko‘zida savol.🤓
U yuragini siqib, yuziga jilmayishni majburlab:
— “U bilan gaplashdim. Barcha gaplarimni aytdim. Turmush qurishni taklif qildim... Jisoo esa meni rad etdi,” — dedi.😅
Hammasi shokda edi. Kimdir: “Afsus, ammo sen jasur bo‘lding” dedi. Kimdir: “Hech bo‘lmasa aytganingni aytding,” deb quvvat berdi.🍫
Ammo bu YOLG'ON edi. Taeoh bunday demagandi Jisooga. U jim turgandi. U Jisoo bilan umuman bu mavzudan o'zga narsalar haqida gaplashgandi. Hech narsa aytmagandi o'sha 2-iyun kuni tayyorlangan nutqdagi...✍🏻
O‘sha kechasi, Multiolam guruhiga uzun, yurakdan chiqqan xat yozdi. Barcha haqiqatni o'z guruhdoshlari oldida tan oldi:
— “Nega bunaqa qildim? Nega Jisooga gapirmadim? Chunki o‘zim xohlamadim. Menimcha, men Jisoosiz hayotga ko‘nikib qolgandim shekilli. Ha, albatta... Hozir ham uni sevaman, lekin hislarim oldingidek emas.
Men undan kichikman. U oldida juda hayajonlanaman. Bir gapimni ikkinchisiga qo'sholmaymana ham telbalarcha sevganim uchun. Kelajagimizni birga tasavvur qila olmayman. Chunki cheksiz sevgim tufayli uni oldida "keyin"ni o'ylolmayman. Xattoki uni oldida "keyingi gap" degna tushuncha ham yo'q Shunchaki uni ko'zlariga termulib turishdan nariga o'tmayman. Xullas u bilan kelajagimni ham shu kabi tasavvurimga sig'dira olmayman. Undan tashqari, eng asosiy sabablardan yana biri uylarimiz orasidagi masofa ham...
Yuragimda millionlab sabablarim bor edi. Sizlar ularni yaxshi bilasizlar...”🙂
Hamma bu gaplarni o'qirdi. Chunki ular ham xuddi Taeohning kursdoshlari kabi Taeohga kuchli qiziqish bilan qarab turishgandi.
Keyin yana davom etdi:
— “Muhimi, bugun uni ko‘rdim. Uning ovozlarini eshitdim. Ko‘zlariga qaradim. Hatto birga suratga tushishga ham ko‘ndirdim.
Bu ikki kun – mening esdaliklarim bo‘ldi.
Kelajakda to‘yi bo‘lsa, biroz siqilarman. Lekin bu bosqichdan ham o‘ta olaman.
Yaxshi, mehribon, unga mos inson chiqsa, mendan ham ko'proq ardoqlasa – men xursand bo‘laman.
Endi hammasi tugadi. Yo‘llarimiz ayro bo‘ldi. U o‘z yo‘lidan, men esa o‘z yo‘limdan yuraman...” 🍓
JOZIBALI SEVGI...🍓 | 3-mavsum, 16-qism 🍃 | PART 3
"Uzoq Yo'l" 🍃 yoxud "Taeohning monologi" 🦋
Men – Kim Taeoh.
Bu safar siz bilan yozuvchi emas, o‘zim suhbatlashmoqchiman. Chunki bu voqealar mening yuragimdan o‘tgan, bu yo‘lni men o‘z oyog‘im bilan bosib o‘tganman.😊
Orqamda qolgan o‘sha ikkinchi kursdagi voqeadan so‘ng, hayotimda yangi bosqich – 3-kurs boshlandi. Darslar og‘irlashdi. Kursdoshlarimiz yana o‘zgardi. 71-guruhda odamlar ko‘paydi, ammo afsuski, ular orasida juda yoqimsizlar ham yo'q emasdi. Aql bor, biroq odamgarchilik... uni topolmadim ulardan.🙃
Jisoo?
U bilan deyarli gaplashmadik. Darslarda yuz-ko‘zimiz uchrashganida, bir-birimizga jilmayib salom berardik, xolos. Biroq vaqt o‘tgan sari, bu salomlar ham so‘nib bordi. O‘qish tugagunga qadar biror marta ham ochiqchasiga suhbatlashmadik. Men esa uni shunchaki kuzatib yuraverdim. Lekin oldingidek uzoq kuzatmaydigan bo'lib qoldim. Ko'zim tushib qolsa, biroz qarab qo'yardim xolos... Jim, yashirin, hech kim bilmagan kuzatish edi bu...🍓
Aytganimdek, bu kurs unchalik esda qolmadi. Bitta emas, o‘nlab imtihonlar, tugamaydigan topshiriqlar, darsdan darsga yugurish va o'sha yoqimsizlar bilan har kuni bir darsda o'tirish...
Ammo ikkita voqea bor: biri – Aprel oyidagi o‘sha unutilmas tog‘ga sayohat.⛰
Ikkinchisi esa – birinchi semestr yakunida ustozimiz bizga tayyorlab qilgan Pulko‘gi.🥓🥦
Qolganlari – so‘nib borayotgan yulduzlardek, xira, rangsiz...✨
Qilgan qarorim haqida esa... Ha, men Jisooga hech narsa aytmadim. Qalbimdagi so‘zlarimni ichimda saqladim. Men bunga tayyor emasdim. Ba’zida telbalarcha sevgan insoningizni ham qo‘yib yuborishga to‘g‘ri kelar ekan. U siz uchun qanchalik qadrli bo‘lmasin...🙂
Men bu his-tuyg‘ularni yuragimning eng chuqur joyiga ko‘mib qo‘ydim.
Chunki men unga erkinlik berdim. Men esa... boshqa yo‘lni tanladim.😊
Yil yakunida yapon tilidan imtihon topshirdim. 3-darajani qo'lga kiritishim uchun atigi 1 ball yetmadi. Bilasizmi, bu meni qattiq ezdi. Chunki shu o'qishga kelishimdan oldim ham yillar mobaynida reptitorga qatnardim. Shu fanni o'rganishga urunardim. Uch yil o'qib ham o'sha kichik uchunchi darajaga erisha olmaslik... bilmadim! Yana atigi bir bal kam chiqishi... juda alamli bo'ldi. Uchinchi kurs shunaqa dabdala xotiralar bilan yodimda qoldi.☹️
Ammo... yana bir voqea bor. Hozir sizga uni aytmayman. Chunki uni aytishim uchun alohida hikoya yozishimga to‘g‘ri keladi. Chunki u inson boshqa bir olam. U qizning ismi... Kim Chon Ah. Uchunchi kurs, ikkinchi semestrmning mo'jizasi, yoqimli xotirasi yoxud ajoyib farishtasi...🦋
Mana endi uchta mavsum ham o'z yakuniga yetdi.
Siz mening sevgi yo‘lim haqida o‘qidingiz, his qildingiz, men bilan birga yurakni qo‘lga olib, umidlandingiz.
“Jozibali Sevgi” hikoyam qaysidir ma’noda tragediya bilan yakun topdi.🍓
Lekin hayot – bu kutilmagan burilishlar zanjiri. Har bir kun sizga yangi syurpriz tayyorlaydi.
Siz kutgan narsa emas, aynan *siz kutmagan narsa* siz uchun yaxshisi bo‘lishi mumkin.
Hech qachon taslim bo‘lmang.
Doim umid bilan yashang.
Ishoning — *hammasi yaxshi bo‘ladi.* 🍃
Agar sizda ham paralellik hodisasi sodir bo‘lsa, xuddi menda bo‘lgani kabi…
Ikki tanlov o'rtasida qolsangiz,
ikkilanmang...
Yuragingizga quloq soling.
Tanlov qilishdan qo‘rqmang.
Siz qilgan tanlov — sizni to‘g‘ri yo‘lga boshlaydi.❤️
Men o‘z tanlovimni qildim.
Umid qilamanki, menda ham hammasi yaxshi bo‘ladi.
Va nihoyat, so‘nggi so‘zlarim:
— Inson har taraflama mukammal bo‘lishi kerak.🍃
JOZIBALI SEVGI...🍓 | 3-mavsum, 16-qism 🍃 | AFTOR:
Assalomu alekum. Kunni yoki tunni qaysi qismida o'qiyotgan bo'lsangiz, o'sha qismi hayrli bo'lsin. Mana Parallel muxabbatlarning davomi bo'lmish Jozibali Sevgi ham o'z yakuniga yetdi. Umid qilamanki bu hikoyadagi barcha voqealar sizga yoqdi. Ulardan emotsiya olgan bo'lsangiz, nimanidir o'rgangan bo'lsangiz bundan juda mamnunman. ☺️
Mani tanishim, yaqinim, do'stim, singlim, opam, akam yoki ukamdirsiz. Yoki umuman notanishdirmiz. Lekin kim bo'lishingizdan qat'iy nazar sizga kattakon rahmat. Shu kungacha birga bo'lganiz va buni so'ngi nuqtasigacha o'qiganiz uchun.😇
Alloh sizdan rozi bo'lsin! Boringizga shukur.
Endi umumiy fikringiz, final haqidagi fikringiz, yoki boshqa nima bo'lsa ham... xullas hammasini yozib qo'ying. Erinmang.. Bu man uchun juda ham muxum. Sizdan 5 daqiqa yoki 30 daqiqa yoki undan ham ko'proq vaqt olarman to'liq fikringizni yozdirishga. Lekin iltimos, man uchun ayab o'tirmang vaqtingizni.🥰
Fikrlar, reaksiyalar va commentlarni yondirib tashlashingizni kutaman! Hammaga rahmat! Tugadi...🫠