JOZIBALI SEVGI...🍓 | #Bahromiddin 🍃
Pusanning iyun tonglari — dengiz hidiga to‘lib, shamol esa yurakning eng og‘ir g‘ussasini ham olib keta olmasdi. Taeoh qadamlarini og‘irlik bilan tashlab yurib borardi. O‘sha — eski, ammo unutilmas manzillar orasidan o‘tarkan, uning qalbi faqat bitta ismni takrorlardi: Kim Jisoo...🍓
U vatanga yetib kelgach, tashqi ko‘rinishdan deyarli hech narsa o‘zgarmagan edi. Ammo ichki dunyosi – u endi butkul boshqa olam edi endi. Jisoo bilan o‘tgazilgan har bir daqiqa, uning ko‘zlaridagi jilva, so‘zlaridagi sokinlik, yurakdagi yaraga aylangan edi. Har kuni tongda u uyg‘onib, ko‘zini shiftga tikkancha o‘sha birgina ismni pichirlardi. Go‘yo yuragiga tamg‘a bosilgandek...✨
Park Eunji esa... Hali ham bor edi. Lekin u endi avvalgiday emasdi. Har kuni urush, har kuni janjal. Qasamlar buzulishi va dilxira qiluvchi so‘zlar orasida faqat bittagina ism takrorlanardi: Jisoo. Eunji buni sezardi, his qilardi, yomon ko‘rardi. Chunki u ham sevgan edi. Chunki u ham yo‘qotilayotganini bilar edi.🌙
Iyun va iyul oyining har bir kuni — bir kurash edi. Ichki og‘riq bilan, tashqi bosim bilan, oilaviy muammolar bilan. Otasining sog‘lig‘i, onasining g‘amgin ko‘zlari, o‘zining bo‘shashgan irodasi... Hammasi bir-biriga ulanib, Taeohni ichidan sindirayotgan edi. Oʻn sakkiz yoshidagi tugʻilgan kun ham oʻchmas iz qoldirgandi. Yaxshi ma'noda emas albatta... Oʻsha kun ham turli muammolar sodir boʻldi. Balog'at yoshini ulkan muammolar bilan qarshi olib, 15-iyunni ajoyib tarzda yodda qoldirdi... Lekin u hamon singani yo‘q.🍃
Iyul oyining oxirlarida u eski daftarini olib, yangi sahifaga yurakdagi g‘amni to‘kdi. Qalamni qo‘liga olib, yillarning og‘irligini harflarga aylantira boshladi. U bu yozuvni oddiy hikoya deb boshladi, lekin tez orada angladiki — bu uning hayoti. Bu uning ichki dunyosi. Bu uning sevgisi....🫀
“Parallel Muxabbatlar” — nomini berdi. Chunki bu hikoya sevgining bir yo‘nalishda emasdi. Har bir yo‘l, har bir qiz, har bir sevgi — alohida olam, alohida makon edi. U yozar ekan, ko‘zlari ba’zan kulardi, ba’zan eski onlarni eslab gʻamgin tortardi. Har bir satr — xotira edi. Har bir jumla — yurak nidosi edi.🧚🏻♂
Shu tarzda Taeoh daftarga "Parallel Muxabbatlar" degan hayotiy hikoya uchun rejalar tuzib chiqdi. Nechta qismdan, nechta boʻlimdan iborat boʻlishi haqida bosh qotirdi. Har birini puxta reja bilan yozib chiqdi.✍🏻
Shu tariqa birinchi qismni yozdi. Guruhga qoʻshilganiga bir oydan oshgan qizning kanaliga bu fanficni joyladi. U qizning ismi Hvan Yunjil edi.🌹
Hvan Yunjil yakka oʻzi kelmagandi. Vertual olamda tanishgan opasi Kim Yuna bilan birga kelgandi. Bu ikki qiz, qaysidir ma'noda biroz soʻnib qolgan guruhni qaytadan jonlantirishgandi. Guruhga oʻzgacha yangilik shukuhini kirgizishgandi. Ular kelgach guruh fayzli boʻlib qolgandi.🌟
Va nihoyat, Taeoh ichidagi eng og‘ir yukni tan oldi: afsusni. Chunki u Jisoo'ga sevgisini ayta olmagan edi. Bu armon bilan yashash – bu har kuni ichdan yonish edi. Shu bois u kuchli qarorga keldi: "Endi jim qolmayman. Endi armon emas, jasorat bilan yashayman."✊🏻
U o‘ziga shunday dedi:
“Men Jisoo'ga sevgimni izxor qilaman. Nima bo‘lishidan qat’iy nazar, yuragim endi sukutda o‘lmasin.”🎯
Va shu niyat bilan yozilgan fanficning bu bo‘limi yakun topdi. Ammo bu — bir yakun emas, bu — yangi boshlanish edi.....❣