COLD AS ICE 🌸 | #BAHROMIDDIN ❄️
🔹 16-Yakuniy qism: "Shoshilinch Izxor" 🔹
Bu kunlar Inho uchun g‘alati o‘tayotgandi. Har safar derazadan tashqariga qarasa, ko‘z oldida Jurining jilmaygan chehrasi gavdalanar, yuragi ohangraboday unga tortilar, fikri xoh u istasin, xoh yo‘q — o‘sha qiz atrofida aylanardi. 💗
Avvallari bu holatni oddiy mehr, odat yoki shunchaki yaxshi inson sifatida qabul qilgan bo‘lsa, endi bu tuyg‘u ichida nimalarnidir uyg‘otayotgandi. Bu bir hafta mobaynida hatto band va charchoqdan o‘zini bosib olishga harakat qilgan bo‘lsa ham, fikrining yurish yo‘li o‘zgarmasdi — u Juri haqida o‘ylardi. 💖
Har kuni bir bahona bilan Juri bilan yozishardi. Ba’zan shunchaki bir gif yuborardi, ba’zan esa ahvolini so‘rardi. Ammo har safar u yozganida yuragi iliq tortardi. Shunchalik, hatto Juri yozgan bir oddiy javobini o‘qib ham, labida tabassum paydo bo‘lardi. U endi tan olmaslikdan charchagandi. Bu mehr, bu e’tibor... bu Juri edi. Endi u buni anglab yetgandi. Yuragida bo‘sh turgan bo‘lim bor edi — va u joyni allaqachon Juri egallagandi.💘
Bu shunchaki mehr yoki o'rganib qolish emas edi. Bu — sevgi edi.
🌙 18-iyundan 19-iyunga o'tar kechasi
Soat allamahal bo‘lishiga qaramay, Juri ham, Taeoh ham uxlamagan edi. Guruh chati har doimgiday jim. Bir-biridan so‘rashgan ilk savollar oddiy edi.
— Uxlamadingmi?
— Yo‘q, uxlay olmadim. Sizchi?
— Men ham.🍃
Suhbat asta-sekin boshqa mavzularga ko‘chdi. O‘qish, rejalari, musiqa, hatto bolalikdagi xotiralar haqida yozishdi. Gap har ikki tarafga ham yoqardi. Chunki kechasi jimjitligida yozilgan har bir gap yurakdagi parda ortidagi tovushga aylangandi. 🎯
Keyin birdan Juri yozdi:
— Taeoh... Menimcha Inho aka meni sevib qolgan. 👀
Taeoh cho‘chib ketdi. U ham buni bilardi, ammo Jurining o'zidan bu gapni kutmagan edi. Bir zumga ekranga tikilib qoldi. Bu kutilmagan holat edi. Ammo o‘ylab qaraganda — bu haqiqat edi. U Inho akasini yaxshi bilardi. Oxirgi haftalarda Inhoning harakatlarida nimadir bor edi. 👤
— Ha, Juri. Bu sezilayapti. U har doim atay sen atrofingda aylanadi. Sen gapirsang, jim turadi, sen jilmayganingda u yashirincha qaraydi. Bilasanmi... Inho akam og‘zini ochmasdan seni sevishini butun dunyo bilayapti, faqat sen ikkilanayotganding. O'zidan ham oldin hamma bildi seni sevishini...🫀
Jurining yuragi tez ura boshladi. U buni hazilga yo‘ymadi. Chunki Taeoh har doim haqiqatni aytardi. Va bu kechada u haqiqatni ochdi.
— Men nima qilishim kerak deb o‘ylaysiz? Men hali sizni unutganim ham yo'q-ku...😄
— Men... sen rozisan deb o‘ylayman. Chunki sen ham uni ko‘p bora kutding shekilli. Kel hoziroq hal qilamiz buni.
Juri jim qoldi. So‘ng:
— Balki ha. Balki men uni anchadan beri ko‘nglimdan joylashtirgandirman. Ya'ni u arzirli inson bo'lgani uchun bu maqomga.. Sevganim uchun emas, tushunarlimi?
Taeoh chuqur nafas oldi. Bu kechada u bitta yurakni boshqa yurakka bog‘lab qo‘yishga axd qilgandi. Jurini tasdiqladi.
Inho uyg‘onib, ko‘zlarini uqalab, telefoniga qaradi. Bildirishnomalar to‘lib ketgandi. Guruhga kirdi. Ko‘rganlaridan yuragi o‘ynab ketdi. Chatdagi yozishmalarni oxirigacha o‘qib chiqqach, yuragi gupillab urdi. 😮
Ammo bu quvonch birdaniga jaxlga aylandi. "Nega buni Taeoh aytdi? Nega men emas?" degan o‘ylar xayolini o‘rtadi.
U guruhga yozdi:
— Taeoh, sen bilan gaplashishimiz kerak. Nega bunday qilding? Axmoqmisan? O'zimni tilim yo'qmidi meni? 😑
Lekin kutmagan holat yuz berdi. Juri darhol yozdi:
— Yo‘q, Inho! U siz qilmoqchi bo‘lgan ishni shunchaki sizdan oldin qildi. Siz xohlaysizmi-yo‘qmi, bu sizning his-tuyg‘ularingizni himoya qilish uchun qilindi. Men uni qo‘llab-quvvatlayman.🤨
Inho yuragini bosdi. Jurining javobi — qattiq, ammo adolatli edi.🪽
Bir zum jim qoldi. So‘ng Inho yozdi:
— Bugun uchrashamiz. Senga aytadigan gaplarim ko‘p. Va bu safar og‘zimdan eshitasan. Sen uchun, o‘zim uchun — chin yurakdan gapiraman.❄️
Yoz kunlarining harorati endi yuraklarning iliqligiga teng kela boshlagan edi. Inho erta tongda uyg'onganida yuragidagi hayajonni yashira olmadi. Bugun nihoyat, u bilan uchrashadi. U, Jurini yana ko'radi. Endi hech qanday tushlar, orzular yoki xayollar emas – bu haqiqat edi.💫
Soat 10:30 da Seuldagi kichik, ammo go'zal kafelardan birida ular uchrashishdi. Jurining nigohlari, yelkasidan pastga tushgan to‘g‘ri sochlari, tabassumi... Inhoning yuragi tebranib ketdi. ✨
Ular biroz suxbatlashishdi. O'tgan kunlar, orzular, Jurining ota-onasi va kelajak haqida... Keyin Inho chuqur nafas oldi. Yuragi tez urayotgan bo‘lsa-da, ko‘zlariga to‘g‘ri qaradi:
— Juri, men sening tabassumingda xotirjamlikni topdim. Sen bilan har bir daqiqa men uchun dunyodagi eng muqaddas vaqtga aylanmoqda. Sen yo‘q paytlaringda ham yuragim sen bilan yashaydi. Men senga ishonaman, sening qo‘lingdan tutishni, kelajakda sen bilan birga yashashni istayman. Seni sevsam, bu ayb bo‘lsa, men butun umrimni shu ayb bilan o‘tkazishga tayyorman. ❄️
Jurining ko‘zlari jimjimador yosh bilan to‘ldi. U sekin bosh irg‘adi va Inhoning qo‘lini ushladi.🥹
Shu lahza ularning munosabatlari boshlandi. 2025-yil 20-iyun kuni ular rasmiy tarzda sevgi hikoyasini yozishni boshlashdi. Shu kunni guruhdoshlari, do‘stlari, hatto multi olamdagi yaqinlari ham tabrikladi. Taeoh, Armin, Suhon, Yumin, Yoongi, Taela, Yunjil hatto Minho ham ularga tilaklar yo‘lladi. Hammaning yuragida bitta tilak: *"Baxtli bo‘linglar."* 💕
Taeoh esa 21-iyunda ularga tabrik yo'lladi. Chunki u bu voqeani o'zi sodir etgandi. Shu sababli Juridan ayrilganiga chidolmadi. So'ng unga kechikib tabrik yo'lladi:
🍃 Taeoh:
— Kim Ju Ri, qadrligim! 🌸 Bugun sening hayotingdagi eng muhim bo‘limlardan biri ochildi. Nihoyat, yuragingga mos, qalbingga tinchlik beradigan inson — Hvang In Ho aka bilan topishganingni eshitib, chin dildan quvondim! 🕊💍 Bu yangilik yuragimni iliqlik bilan to‘ldirdi. Baxtingni eshitib, ko‘zlarimga yosh keldi – bu safar quvonch yoshlaridir. 🥲 Chunki sen bunga haqlisan. Sen doim mehrga, hurmatga, e'tiborga loyiq eding. Endi bu barcha tuyg‘ularni Inxo akadan topayotganing meni juda-juda baxtli qiladi. 🫶🏼 Sizlarga cheksiz baxt, bir umr sevgi, va birga o‘sib boradigan hayot tilayman. Har kuningiz quyoshli, har kechangiz osoyishta bo‘lsin. Har qaroringiz bir-biringizni yanada ko‘proq qadrlashga olib borsin.❄️🌸 Juri, sening baxting mening baxtimdir. Sening kulging men uchun musiqadek eshitiladi.💫 Shunchaki aytmoqchimanki — seni chin dildan tabriklayman. Yaxshi ko‘raman va doimo qalban sen bilanman.🌼 Inho akam bilan baxtli bo‘l! Hammasi uchun rahmat. Endi esa — boshlanayotgan yangi hayoting muborak bo‘lsin! 💐 Sening do‘sting, Kim Tae Oh 🍃
Bu betakror tilak uchun Juri biror so'z aytolmadi. Shunchaki qattiq yig'lab yubordi. Chunki ilk muxabbati, chin muxabbati va ushalmagan muxabbati endi Juri va boshqa bir inson uchun baxt tilagan edi...❤️🩹
Ular har kuni uchrashishdi, birga kinoga borishdi, yomg‘irli kechalarda bir-birlariga she’rlar o‘qishdi, qirg‘oq bo‘yida yurishdi. Hamma ularga qarab havas qilar, ularning mehrini ko‘rib “mana haqiqiy sevgi” deb qo‘yishardi. Inho har kuni Jurini ko‘rgach, "Bugun ham eng go'zal kunim bo'lar ekanda", deb pichirlardi. 😍
Bir kuni Kim Taela Inhoni guruhga chaqirdi. Jiddiy ohangda:
— Aka, siz chindan Juri opamni sevasizmi?
— Ha, — dedi Inho hech ikkilanmasdan.
— Unda uylariga boring. Juri opamning ota-onasidan rozilik so‘rang. Agar chindan sevsangiz, kurashing. Baxtingiz uchun orqaga chekinmang.🌙
Inho jim qoldi. Yuragining chuqur joyidan og‘riq chiqdi. Chunki u ota-onasiz ulg‘aygan edi. U qizning ota-onasi bilan gaplashish darajasida emas edi, o‘zicha shunday his qilardi. Ammo sevgining zo‘rligi uni har qanday qo‘rquvdan ustun qildi. 🌟
Ertasi kuni kechqurun u Jurining ota-onasi yashaydigan uyning eshigini taqillatdi. Yuragi tez urardi. Bir ayol eshikni ochdi.
— Salom, men Hwang Inho bo‘laman. Men... haligi sizning qizingiz Jurini yaxshi ko‘raman.... — Inho gapida tutuldi — haligi, kirsam maylimi?🪐
— A, ha.. marhamat. — deb sovchisiz kelgan mard yigitni ichkariga kiritdi Kim xonim.🌿
Inho ularning qarshisidan joy oldi va Kim xonim uzatdagn qahvani stol ustiga qo'yib gapirishni boshladi:
— Gapni zudlik bilan maqsaddan boshlayman. Nega bu yerga o'zim keldim? Chunki meni ortimdan keladigan ota-onam yo'q...
Bu gapdan so'ng Jurining otasi janob Kimning yuzidagi holat o'zgardi.🙁
— Uni baxtli qilish uchun hamma narsaga tayyorman. O'z biznesim, uyim, joyim, mashinam va farzandimiz kelajagiga yetuvchi boyligim bor. Faqat ota-onam yo‘q. Agar ular bo'lgan taqdirda ham, zamonaviy ota-ona sifatida qaynona va qaynotasi bilan yashashini istamagan bo'lardingiz. Menimcha Juri ham... Lekin men sizning qizingiz uchun yaxshi inson bo‘lishga intilaman. Uni chin dildan sevaman... Juri meni tanimaydi, men uni universitetda ko'rib yoqtirib qolganman.🫀
Shu tariqa suxbat davom etdi. Ular gaplashishdi. Ular hali Juridan Inho haqida eshitmagan edilar. Shuning uchun aytishdi:
— Biz bu gapni jiddiy qabul qilamiz. Ammo hali sizni tanimaymiz. Siz bilan Jurining uchrashuvini o‘zimiz tashkil qilamiz. Qizimizning his-tuyg‘ulari qandayligiga qarab keyinroq qaror qilamiz.👀 - degan qarorga keldilar.
( Oradan uch kun o'tdi... soxta uchrashuv ham uyushtirildi )
Juri ota-onasi bilan kechlik qilayotgan edi. Uning ko‘zlariga qarab savol berishdi:
— Inho sen uchun kim?
Juri jilmayib dedi:
— U mening idealimdagi inson ekan. U bilan o‘zimni to‘liq his qilaman. Uning yonida vaqtning qanday o‘tib ketayotganini sezmay qoldim. Men uni chin dildan sevib qolaman deb o'ylayman dada....🙊
Bu so‘zlardan so‘ng ota-onasi ham taslim bo‘ldi. Nihoyat, ular ikki yoshga ruxsat berishdi. Ularning sevgi hikoyasi endi haqiqiy oilaviy hayot sari qadam tashlayotgan edi.💕
2025-yil 20-avgust. Ularning to‘yi kuni shu onga belgilandi. U kun multi olamda ham, real hayotda ham baxt, shodlik, ko‘z yoshlari va kulgu bilan yodda qoladigan kun bo‘lishi aniq.
Inho va Juri – endi faqat sevgililar emas, balki bo'lajak umr yo‘ldoshlar edilar. Va ularning hikoyasi boshlanishiga bir necha sanoqli kunlar qoldi. O'sha kun, shu vaqt – *baxt tarixi* sifatida yodda qoladi....❤️
🍃20-iyun ular munosabat qurishdi.
🌸20-iyul ular ota-onasini rozi qilishdi.
❄️20-avgust ular to'y marosimini o'tkazishdi.
Inhoning To‘y Marosimidag nutqi:
Salom, hurmatli mehmonlar, aziz do‘stlar, mening hayotimda muhim o‘rin tutgan odamlar va, albatta… mening baxtim — Juri. Bugun men sizlar oldingizda turib, bir umr yodimda qoladigan so‘zlarni aytmoqchiman. 🔰
Men hayotim davomida ko‘p narsani boshdan kechirdim. Ota-onam yo‘qolgan payt… dunyo to‘xtab qolgandek bo‘lgan edi. Men hali bola edim. Yuragimning bo‘shlig‘i faqat yillar bilan emas, balki odamlar bilan to‘ldi. Men kuchli bo‘lishga majbur edim. Sababi menga ishonib yashayotgan do‘stlarim bor edi. Kimdir meni yo‘qotishdan qo‘rqsa, men esa ular uchun borimni berishga tayyor edim. Ammo shunday insonlarning ham ko'pchiligidan pand yedim. 🔗
Hayotda ishonch — bu eng katta boylik. Men ishonchni ko‘p yo‘qotdim. Menga suyanib qolganlar birdan yo‘q bo‘lishdi. Ba'zilarim hali ham yuragimda og‘riq izlari bilan yashaydi. Men yo‘qotgan odamlarimni kechira oldim, lekin unutmadim. Ular menga saboq bo‘ldi. Menga sabrni, bardoshni, va eng muhimi — haqiqiy sevgini kutishni o‘rgatishdi. 🔮
Bugun mana shu yerda turib, taqdirimni bir umrga bog‘layotgan insonim — Juri bilan yonma-yonman. U menga baxt nimaligini o‘rgatdi. Sukunatda yuragimni tinglashni o‘rgatdi. Uning ko‘zlariga qaraganimda, butun olam jim bo‘lib qoladi. Juri — bu men uchun faqat muhabbat emas. U — umidim, kelajagim, yuragimdagi har bir zarbaning sababi. 🌸
Suhon… sen bo‘lmaganingda men bu joygacha yetolmasdim. Sen meni doim tushunding, doim yonimda bo‘lding. Menga akamdek, birodardek bo‘lib kelding. Hamma menga ishonishni to‘xtatgan paytda, sen menga ishonding. Rahmat, birodarim!🌓
Bu kunlarga yetib kelishimiz oson bo‘lmadi. Odamlar turli fikr bildirishdi. Kimdir bizga ishonmadi. Hatto Juri ota-onasi ham avvaliga shubhalandi. Ammo men taslim bo‘lishni istamadim. Chunki yuragimda haqiqat bor edi. Men Jurini chin dildan sevardim. Va bugun men buni isbotlash uchun bu yerda turibman.✨
Yana bir bor hammaning oldida va multi olamimiz vakillari — Taeoh, Taela, Yunjil, Yumin va boshqalarning oldida aytmoqchiman:
Hayot ba'zan bizdan ko‘p narsani tortib oladi. Ammo o‘sha yo‘qotishlar bizni kuchliroq inson qiladi. Har bir yaradan keyin chiroyli iz qoladi. Va har bir qulashdan keyin turishga sabab topiladi. Bugun mening sababim Juri. Va ertaga men ham biror kishining sababiga aylanaman. ⚡️
Sevgi — bu kurash. Ishonch — bu fidokorlik. Baxt esa — sadoqatdan tug‘iladi. Rahmat sizlarga. Men baxtliman. Chunki men yolg‘iz emasman. Barchangizni qattiq yaxshi ko'raman...❄️🥲
Ularning to'yi eng unutilmas onlarni baxsh etdi. Xattoki Seokjin ham bu oqshomga tashrif buyurdi va Inho bilan, Suhon bilan yarashib oldi. Bu ham ushbu kunni unutilmas lahzalarga boy qiluvchi voqea bo'ldi. Yetmaganidek yonida Sohee ham u bilan birga edi. 🕷🕸
Suhon hamda Yumin ham juda baxtli edi. Juri va Inhoni kuzatib "Bizning to'yimiz undanda ajoyib bo'ladi" deya niyat qilib qo'ydilar bir-biriga qarab...🌗🌓
Shuning bilan "Muz Kabi Sovuq" nomli hikoyamiz nixoyasiga yetdi. O'qib mutolaa qilganingiz uchun, ketqizgan vaqtingiz uchun kattakon rahmat. Kim Jurining bir gapini hech qachon unutmang. Love Wins All, ya'ni sevgi doimo g'alaba qozonadi...🌸❄️
Cheksiz hurmat va ehtirom ila #Bahromiddin Botirov yoxud asardagi #Kim_Taeoh 🍃