September 7

JODUGAR 🌀 | #BAHROMIDDIN 🍃

III boʻlim 🫀 | @Kim_Tae_Oh 🌹

Jodugar🌀
III bo'lim 1-qism
ILK MUHABBAT

Kundalikning shu yeriga kelganimda, tong otib qolgandi. Kim Namjun ey... yuyechji qiz toza yuragidan urgan ekan-da... Ishga borgach ham darhol davomini o'qishga tutindim. Menga sehr-jodudan ko'ra, ularning ishqiy sarguzashtlari qiziqroq edi.
<< So'ng tonggacha mijja qoqmadim. Fikru yodim unda edi. Shu vaqtgacha faqat xunarim bilan ovora yurardim. Do'konda ham eshikka termilgancha hayol surib o'tiraverdim. Qani endi, u kirib kelsa-yu, bir umr shu yerda suxbatlashib o'tirsak... Baxtimmi, baxtsizligimmi, u ham meni unutmagan ekan. Bir kuni do'konga tashrif buyurdi. Mis lagan sotib olish bahonasida... Bu safar uni gapga tutdim, ko'proq u haqda bilishni istardim.
-Bu yerda ko'p bo'lasizlarmi? -meni shu savol qiziqtirardi.
-Unchalik emas. Tez orada ketamiz, taqsir, -qiz ham mayuslandi
-Isming nima?
-Lim Teyong

Teyong bilan o'sha kuni uzoq suhbat qurdik. Do'konga kirib chiqayotgan haridorlar bilan ham ishim ham yo'q edi. Ahiyrni Teyongni bugun oy tikka kelganda chodirlari yonidagi katta anhor bo'yida uchrashishga ko'ndirdim. U avvalgi safar juda shaddod ko'ringan bo'lsa-da, auni damda juda uyatchan va samimiy edi...
Teyong bilan uchrashuvimiz... u hayotimdagi eng serbaxt lahzalar edi. O'sha tunda unga sevgimni izxor etdim. Hech nimani o'ylamasdim: bunga ota-onam nima deydi, uning qavmichi? Ahir biz Xansonliklarda yuyechjiga uylanish, bos ustiga u g'ayridin bo'lsa, qattiq qoralanishi aniq edi. Lekin men muxabbatimizga hamma qarshilik qiladigan bo'lsa, u bilan uzoqlarga qochib ketishga ham shay edim. Teyong bilan uchrashuvimiz uzoq davom etmadi. Bir kuni doimiy uchrashuv makonimizga u emas, keksa bir ayol keldi.
-Teyongning ko'pdan qadami o'zgarib qoldi desam... gap buyoqda ekan-da, -meni ko'rib yo'g'on ovozda so'zladi u, -Maryam boshqa kelmaydi. Uni tinch qo'y!
-Siz kimsiz o'zi? Teyong o'zi tinchmi?
-Omon. Men uning buvisiman.
-Mening niyatim xolis, momo. Nabirangizni baxtli qilishni istayman, xolos.
-Bizda boshqa qavmga qiz bermaydilar ham, olmaydirlar ham. Agar buni akalari sezib qolishsa, seni tilka pora qilishadi. Imkon borida bariga nuqta qo'y. Teyongga ham o'zim tushuntiraman.

Bu suxbat bizning muhabbat sinovimizning ibtidosi edi. Men Teyongdan kecholmasdim. Usiz yashagandan ko'ra akalari qo'lida o'lishga rozi edim. Ertasiga folbinlik qilayotgan o'sha lo'lilarni kuzatdim. Ular orasida Teyong yo'q edi. Kechqurun chodirlarga nazar soldim: ko'rinmadi.
Anduhli kunlarim boshlandi. Bir necha kun nima qilishni bilmay yuraverdim. Oxiri uni izlab qarindoshlaridan so'rashga qaror qildim. Folchi ayollardan tusmollanib so'radim:
-Teyong chodirda, endi fol ko'rmaydi, -deyishdi ular.
-Nega endi?
-Katta buvimiz unga boshqa yumush yukladi.
-Yoniga borib fol ochirsam bo'ladimi? Uning foli to'g'ri chiqadi, deb eshitgandim. -ularning xayron bo'lganiga javoban.
-Yo'q! O'zi tez orada qaytamiz, chodirga seni baribir yo'latishmaydi. Ana, Jinahga bor, uni foli doim o'ng keladi...

Meni chodirga yo'latmasliklarini bilsam-da, tavakkal deb oyoqlarim o'sha yerga buyurdi. Chodir o'rtasida bir necha lo'li erkak bo'ri terisini shilish bilan ovora edi. Bozorda yuyechjilar bo'ri terisni, tirnog'i, tishini sotib o'tirishlariga guvoh bo'lgandim. Demak bo'ri ovchilari shular ekan-da. Yuyechjilar kelgandan buyon cho'ponlar qo'y-qo'zilarni bo'g'izlab ketayotgan bo'rilar ancha kamayganini aytishgandi. Men to'g'ri ularning yoniga bordim.
-Senga nima kerak? -qoram ko'ringach ular darxol atrofimni qurshab olishdi.
-Teyong folbinni ko'zlab keldim. Fol ochdirmoqchiman.
-U fol ko'rmaydi, -dedi erkaklar orasidagi baquvvat yosh yigit.
-O'tgan safar ko'rgandi...
-Bizda turmushga chiqayotgan qizlar fol ko'rmaydi, -yoshi kattaroq lo'li menga qattiq tikildi, -Teyong qizimni shu kunlarda mana bu yigitga, -u boyagi baquvvat yigitga imo qildi, -uzatamiz. Boshqa folchi topaqol o'g'lim.

Uning qarashlaridan sirimdan xabardorligini payqadim. Teyongning otasi bo'lsa, demak, buvisi o'g'liga bu haqda aytgan. Shuning uchun darrov erga berish tashvishiga tushib qolgan bo'lsa kerak. Men dadillanib, so'zimda davom etdim.
-Mayli... unday bo'lsa mana bu buyumni unga berib qo'ysangiz. Buyurtma qilgandi, haqi to'langan.
-Mayli, -u shunday deb qo'limdan buyumni olib nariroqdagi chaylaga kirib ketdi. Men ham ortimga qaray-qaray uyga qaytdim. Yaxshi, bari o'ylaganimdek bo'ldi. Agar Teyong, laganni olib ishlatsa yoki ichini ochib ko'rsa, albatta maktubimni topadi. Faqat boshqalar ko'rib qolmasa bo'ldi.
Uni besh kecha kutdim. Maktubda yozganimdek, har tuni uni o'sha anhorimizda kutardim. Qachon imkon qila olsa, so'ng ikkimiz bu yerdan uzoqlarga ketishimizni yozgandim. Biroz muddat o'tib yuyechjilar bu yerlardan jo'nab ketishadi. Ota-onamning xuzuriga bosh egib boramiz. Bizni qabul qilishsa, Teyong bilan bir umr hayot kechiramiz. Ularning qabilasi esa bu yerlarga qaytib kelishmaydi. Rejam juda osondek ko'ringani bilan, amalga oshishi dargumon edi. Teyong hech kelmasdi... Har kun hamyonimni aqchaga to'ldirib, otim bilan kelardim. Tongga yaqin umidsiz xolda uyga qaytardim. Otam tungi yurishlarimni payqab, sababini surushtirdi. Turli bahonalar to'qidim.
-Nihoyat, oltinchi tunda u keldi. Yugurib kelgan chog'i, terlab ketgandi.
-Ketdik! -dedi Teyong meni ko'rishi bilan. Kimdir ortimizdan kelishi mumkunligini o'ylab menam shoshib uni otga mingashtirdim. Yo'limni o'ylab qo'yganimdek shahar tashqarisiga burdim. Qishloqda yolg'iz beva holam turardi. Eri o'n yilcha burun qo'zg'olon burun qo'zg'olon ko'tarilganda o'lib ketgandan beri o'zi uyida o'tirardi. Bittagina qizi ham er qilib ketgan. Bu yer biz uchun tinch va xavfsiz yerligiga ishonardim.

| #Jodugar |

Jodugar🌀
III bo'lim | 2-qism
QOCHQINDA

To manzilga yetguncha u ham, men ham bir so'z demadik. Xuddi birov eshitib qolib ortimizdan tushadigandek tuyuldi. Tongga yaqin ko'zlagan joyga kelib, tulporni to'xtatdim. Holam bizni ichkariga kiritdi. Savolomuz qarashga javoban:
-Bu suygan qizim, qochib keldik! -deb to'g'risini aytib qo'ya qoldim. Yo'lda biror bahona o'ylarman, deb hayolimga durust fikr kelmagandi. Baribir bu yerda bir qancha vaqt qolishimiz holamda turli savollar uyg'otishi aniq edi.
-Voy, sho'rim, - kutganimdek holam yelkamga shapatladi. - Onang biladimi, Namjun, ne balolarni boshlab yuribsan?
-E, qo'rqmang, hola, ota-onam rozi bo'lgach qaytib ketamiz. Meniyam tushuningda endi, qizni otasi bermayman, deb to'palon qildi. Shartta olib qochaverdim. Sizdan boshqa ishonadigan kimim bor?
So'zlarim holamni eritdi. Bejiz holamning uyini tanlamagandim. Bir vaqtlar bobom ham "qizimni bermayman", deganida pochcham olib qochgan ekan. Bobom ancha vaqt norozi bo'lib yuribdi-yu, keyin kuyovini kechirdi. Shuning uchun holam muhabbat degan narsani yaxshi biladi. Bo'lmasa eri o'lgandan so'ng unga shuncha yil aza ochib, ko'k kiyib yurmasdi.

-Bo'lar ish bo'pti. Qani, uyga kiringlar. Hozir choy qo'yaman.
Devorlari nurab qolgan honaga kirdik. Sham yog'dusida Teyongga qaradim, uning momataloq bo'lib ketgan yuziga ko'zim tushib:
-Kim qildi?! - so'radim jon holatda.
-O'tgan tunda ham... qochgandim. Ammo akalarim tutib olib kaltaklashdi.
Qo'llarim musht bo'ldi. beixtiyor uni bag'rimga bosdim.🫂
-Bugunchi? Sezishmadimi?
-Bugun... - u aytaymi, yo'qmi, degandek atrofga sinchiklab qaradi, - ularni jodulab keldim.
-Qanaqa jodu? - yuyechjilarning fol ochishini bilsam-da, jodu haqida eshitmagandim.
-Keyin aytib beraman, - u bag'rimdan chiqib to'zg'igan sochlarini to'g'irladi. Holam kirib, dasturxon yozdi. Choy ustida gaplashib o'tirdik. Holamga uning lo'li ekanini aytmadim. Shunchaki boshqa yerdan kelgan savdogarning qizim deb tanishtirdim.
-Endi shu sizning keliningiz, hola. Men esa o'g'lingiz bo'laman.
-Teyong qizim, ko'p kuyinma, bu savdolar mening ham boshimdan o'tgan. Otang bag'ritosh bo'lmasa, albatta, kechiradi. Ungacha mening kelinim bo'lib yuraver. Namjun ham o'g'lim-da. Opam tushmagur to'rt o'g'il ko'rgan-u, bittasini menga bermagan. Boshimda bittagina qizim bor xolos. Keyin xudo farzand bermadi. Opamga "bitta o'g'lingni asrab olay" desam ko'zi qiymagan. Mana, taqdirni ko'r, o'g'li endi bunday deb o'tiribdi. Jon deyman, bolalarim bo'lsangiz...

Xullas, holamnikida qoldik. Ota-onamni qo'rqitmaslik uchun shaharga jo'naydigan bir qo'shni dehqondan xat berib yubordim. Unda bor gapni yozgandim. So'ngida yuyechjilar jo'nab ketgach xabar qilishlarini so'ragandim. Bu maktubim ularga yoqmasligini bilsam-da, boshqa chora yo'q. Vaqti kelib, barcha narsaga ko'nikish mumkin.
Holam Teyongni o'z xonasiga joylashtirdi. Menga esa eshik yonidagi so'ridan joy tegdi. Teyong bilan kunduzlari tuzukroq gaplasholmasdim ham. Holam ikkimizning yonimizdan nari ketmas, hech kimga gap bermay turli bo'lgan va bo'lmagan voqealarni so'zlab berardilar.
Ammo bir kuni odatlariga ko'ra erta sahardan uyg'onmadilar.
-Holam tuzukmi? -so'radim Teyongdan.
-Holam bugun tushgacha uxlaydilar. Siz bilan holi gaplashib olishim kerak edi, shunga...
Uning jodu haqidagi gapi esimga tushib, holamning honasiga olazarak boqdim.
-Qo'rqmang Namjun. Shunchaki uxlayaptilar. Ularni o'z onamdek yaxshi ko'rib qoldim. O'z onam yo'q bo'lgani uchundir...
-Ularni ham... joduladingmi?
-Ha.
-Qanday qilib?
-Buni baribir tushunmaysiz. Shunchaki duo o'qidim. Men sizga o'zim haqimda aytib berishim kerak. Aslida vaqtliroq aytsam balki meni sevmagan bo'lardingiz.
-Nega unday deysan, Teyong? Hayotimda sendan boshqani demayman.
-Namjun, men... men aslida jodugarman. Avloddan-avlodga o'tadigan bu hislat afsus-ki, menga nasib qilgan. Qavmimizda faqat men va buvimda bor jodulash imkoniyati. Onam meni tug'ayotib o'lib qolgan. Aslida opnamda ham bor edi. Jodugarlik bora-bora yo'qolib ketayapti. Boshqa yuyechji qavmlarida ham kamyob. Buvim o'lib ketsa, qavmimizda bir men qolaman. Bu xislat faqat to'ng'ich qizlarga o'tadi. Avlodimizda ilk farzand qiz bo'lishni taqdiri azalga bitilgan. Xislat yo'qolib ketmasligi uchun ham men turmushga chiqishim va qiz farzand ko'rishim lozim. Shunda qobiliyat qizimga ham o'tadi. Shu tariqa davom ettirilishi kerak.

Bir muddat gangib turdim. Uning yuyechjiligi, folbinligi, buning ustiga jodugarligi... Nima bo'lsa bo'ldi. Sehr joduga ishonmasam-da, qarshimdagi qiz yolg'on gapirmasdi.
-Xullas, akalarimni ham uxlatib qo'yib qochgan edim. Buvim sehrni o'z manfaating yo'lida ishlatma, deb uqtirgan. Ammmo men... qochib ketsam, qavmim oddiy lo'li qabilaga aylanadi, deb o'ylamang. Topmaguncha qo'yishmaydi, qishloqlarni kezishadi. Shunga qo'rqaman... bu yerda uzoq qololmaymiz.
-Teyong, gaplaringni anglashga urunyapman... Unday bo'lsa, bizning turmush qurishimizga rozi bo'lishmas ekan-da.
-Shunday. Namjun, men... men sizni yaxshi ko'raman.
-Men ham Teyong. Ayt, nima qilsak, umrbod birga bo'lamiz? Sen uchun hammasiga roziman.
-Yaqinda... - Teyong qo'limdan tutib pichirladi, - buvim eng oxirgi jodu sirini o'rgatdi. O'limtopmas sehr. Qavmimiz tarixida hech kim buni ishlatmagan. Chunki u ma'n etilgan. Bu olamda hech kimning umrbod yashashga haqqi yo'q! Lekin... lekin biz birga bo'lishimiz mumkin.
-Qanday qilib? Keksaymasdanmi? Sen va men... - o'sha onlarda sevgi ko'zlarimni shunchalik ko'r qilgandiki, Teyong bilan birga bo'lish uchun har qanday joduga rozi edim. Umrbod yashash... buning naqadar daxshatligini o'shanda bilganimda xatto Teyongdan ham voz kechgan bo'lardim. To'g'ri, muhabbat buyuk kuch, ammo inson ming yil yashashi... bunga chidab bo'lmaydi.
-Buning uchun nima qilish kerak, Teyong?
-Joduli ichimlik tayyorlayman. Buning uchun bir necha kun ketadi. So'ng uni ikkimiz ichamiz. Bilsangiz... uni ichgan odam o'lmaydi.
-Xatto qilich tig'idan hammi?
-Ha. Qayta tirilaveradi. Bizni topib olisshsa sizni o'ldirishadi, ammo yana ko'zlaringizni ochaverasiz. Shunda sira ayrilmaymiz. Bizga qarshi bo'lgan qavmim ham yillar o'tib vafot etadi, lekin bizga vaqt ta'sir ko'rsatolmaydi. Umrbod birga yashaymiz.
-Umrbod...
Teyongning lablarini o'pdim. Otashin ilk bo'samizdan so'ng bariga rozi ekanimni bildirdim.>>

Jodugar🌀
III bo'lim | 3-qism
MING YILLIK JODU

Shu yerga kelganda bir kitobxonning savoli meni o'zimga keltirdi. Kim Namjunning hayotidan chiqib, ishim borligi esimga tushdi. Malol kelgandek yosh o'quvchiga so'ragan kitobini topib berdim. Qalin daftarga qaradim: hali-beri tugata olmayman. Namjundan so'zlab berishini so'raganim ma'qul. Kundalikni ham roman qilib yuboribdi. Bu jodu sirini bilaman, deguncha sochim oqaradi, shekilli. Daftarni bir chetga tashladim-da, ko'zlarimga dam berdim. O'limtopmas sehr... demak uni men ham o'zlashtirishim mumkin ekan-da? Ahmoq, Namjun, lo'li qizdan boshqasi qurib qolganmidi unga? Qiz ham tentak ekan, bir inson bilan umrbod o'lmay yashash unga nimaga kerak? Zerikib ado bo'ladi-ku! Ehtimol, sevmaganim uchun shunday derman. Balki sevishganlar toanad birga bo'lishni istashar? Qaydam. Qiziq, joduni ichishgan bo'lsa, Teyong qayerda?
Tezroq bilmasam bo'lmaydi. Namjunga sim qoqdim.
-O'qib bo'ldingizmi deyman? -so'radi u.
-E, qayoqda? Sevgi romaningiz juda ezma ekan. O'zingiz kelib bunday qisqa variantini aytib beraqoling. Teyong qayerda hozir? Uni izlab yuribsizmi yoki?
-Bilish uchun o'qish kerak - uh tortdi u, - qani endi izlab yursam. U allaqachon o'lib ketgan.
-Iye... o'limtopmas jodu unga ta'sir qilmadimi? - kulib yubordim - voy tentak qiz-ey, sizni jodulab o'zi u dunyoga ketibdi-da, kelajakda uchraydigan go'zal qizlardan rashki ham kelmaptimi?
Kulishim Namjunni ranjitdi, shekilli, indamadi.

-Bo'pti, uzr, uzr, Namjun. SHunchaki... sevgi haqidagi hikoyalarni o'qisam doim kulgim qistardi. Bilaman, sizlarniki chin! Ho'p, qachon ko'rishamiz endi?
-Kerak bo'lsa, o'zingiz keling, Jisoo xonim. Uyimning manzilini o'sha daftarimda qoldirganman. Jodugarlarga qiyinmi endi meni topib kelish?
-Ahir ishdaman-ku?
-Unda tunda keling.
-Qiziqisiz? Qiz bola boshim bilan...
-Havotir olmang, men bobokaloningiz kabi odamman. Noxush fikrlarni o'ylamang iltimos. Menga sizning jodu ilmingiz kerak. Yordamingiz kerak... siz Teyongning avlodidansiz.
-Nima? Voy o'lay, hali lo'limanmi men? -shu paytgacha tajang momo, tentak Teyong haqida o'qiymanu, o'zimning ularga bog'liqligimni sira o'ylamagan ekanman. Ahir Namjun ham ming yillik ajdodlaringizni bilaman degandi-ku - Nahotki, mengacha kelgan bo'lsa?
-Shunaqa. Barini bilmoqchi bo'lsangiz kelarsiz. Bo'pti, go'shakni qo'ydim - Namjun aloqani uzdi.

Men esa yana chalkash fikrlar qurshovida qoldim. Onam... davomchi bo'lgan. Lekin mening bu ishni davom ettirishimni istamagan. Shuning uchun ham... Onam qayerda ekan hozir? O'limtopmas sehr haqida kitoblarda yozilmagan. Ehtimol onam bilar buni? Namjunga yordami tegar. Savollar ko'pki, javobsiz. Eng hayratlanarlisi esa... mening yuyechjilar avlodi ekanim. Shu paytgacha koreysman, deb yursam. Oh, xudo! Qiziq, Teyong qiz ko'rgan bo'lsa, uning otasi kim bo'lgan ekan? Namjunmi?
Barini aniqlash uchun yarim tunda yo'lga tushdim. Onamni esa tonggacha qotib uxlashlari uchun oddiygina joduladim. Mening yo'qligimni bilsalar, hayollari buzulmasin, dedim. Daftarning oxirgi betida bir dunyo manzillar yozilgan edi. Nazarimda, u shu paytgacha yashagan joylar. Ba'zi shahar nomlarini hatto eshitmagan ekanman. Bu bobokalonim dunyo kezib chiqqan. Ho'sh, oxirgisi.... mana, topdim, unchalik uzoq emas ekan.

Taksi tutdim. Har holda, jodugarlar kabi supurgida uchib borish haqida o'ylamasa ham bo'ladi. Shahar shunchalar charog'onki, seni "uchar qiz" seb urib tushurishlari turgan gap. Shuning uchun el qatori ulovga mingan ma'qul. Namjun aytganidek, sehringni birov sezib qolsa, tamom. Tinch yashay olmaysan. Aytishicha, ikki yuz yilcha avval bir jodugar o'z sehrini xalqqa namoyon qilib, turli tomoshalar tashkil etarkan. Lekin ko'p o'tmay, yomon odamlarninh qo'liga tushib, ularning quliga aylanibdi. O'g'rilik, talon-tarojlik, qotillik qilishga majbur bo'libdi. Ahiyri o'z joniga qasd qilib qutulibdi bu azoblardan.
Miyamdan noxush o'ylarni quvdim. Mening umuman bu sehr-jodu bilan shug'ullanish niyatim yo'q. Namjunga yordam bersam bo'ldi. Keyin barini unutaman va o'z hayotimga qaytaman. O'sha kitobdan qancha o'rgansamam, hech birini qo'llamadim...

Jodugar🌀
III bo'lim | 3-qism (davomi)
MING YILLIK JODU

Namjunning uyi "dom"da edi. Qo'ng'iroqni chalganimdan so'ng ochildi.
-Kiravering, Jisoo, o'zim ham hozirgina ishimni tugatdim, - u meni ichkariga boshladi.
-Ish? Siz hali ishlaysizmi?
-Kun ko'rish kerak-k? - Namjun kuldi, - o'lmasam ham har xolda qornim ochadi.
-Sir bo'lmasa nima ish qilasiz?
-Ota hunarim ming yildan beri asqatadi-da. Hunarmandchilik qilaman, - u shunday deb zalda turgan mis choynakni ko'rsatdi, - qanday chiqibdi? Bu sizga, mendan arzimas sovg'a.
-Rahmat! Bunaqasini ilgari ko'rmaganman. Nafis ekan... - dedim uni sinchiklab kuzatarkanman.
-Yillar o'tsa-da, baxtimga bu hunar o'lmadi. Antikvar deyishadi hozir bunaqa idishlarni. Bizning davrimizda kundalik buyumlar edi bular. Sayyohlarga xizmat ko'rsatadigan savdo markazlari uni jon deb sotib oladi. Qayerda bo'lmayin, shunday idishlar sotib yashab keldim.
-O'z ustaxonangiz ham bo'lsa kerak?
-Ko'p bo'lgan. Ammo u yerda doimiy ishlolmasdim. Bilasiz-ku, ko'chib yurishga to'g'ri kelgan...
-Tushunarli. Sizgayam qiyin.
-Sekin aytasizmi? Eh, mayli, o'tiring, qani... - u mehmonxonadagi kresloga imo qildi, - sizni yaxna sharbat bilan mehmon qilaman.
-Bajonidil.
Sharbatdan so'ng Namjunga savollarimni yog'dirdim.
-Lim Teyong, Lim Teyong, u joduni tayyorlay oldi, biroq... - og'irlik bilan javob berdi Namjun, - xullas, qadahlarga to'ldirilgan ichimlikni qo'llarimga olgan lahzada eshikni buzib lo'li erkaklar kirib keldi. Bizni qanday topib olishdi, shunga hayron edim. Keyin sehrgarlik kitoblaridan o'qib bildimki, insonning bir buyumi orqali jodugarlar uni topa olarkan. Teyong barcha buyumlarini chodirda qoldirib ketgan, enasi yashiringan joyimizni ana shu yo'l bilan aniqlagan edi. Qo'lga tushdik. Ular ustimizga bostirib kelguncha men jon holatda qadahni ichdim. Ammo Teyong... ulgurmadi. Yuyechjilar qadahni otib yuborishdi. Suyuqlik to'kilib yerga singidi. Yuzimga musht, tepkilar tushdi. O'zimga kelsam, hech kim yo'q. Xolam boshimda yig'lab o'tiribdi.
-Teyongni olib ketishibdimi?
-Ha. Darhol uni izlab yo'lga tushdim Shahardan ketib bo'lishgan ekan. Ko'rganlardan so'rab-so'rab ortlaridan ketdim. Ammo bepoyon cho'lga kelgach, uyog'iga borolmadim. Na pulim, na oziq-ovqatim bor. Ularning izini yo'qotdim... Teyongni ham.
-Shundan so'ng ko'rmadingiz...
-Ko'rdim. O'n ikki yil dunyo kezib uni axtarganimdan so'ng ko'rdim. Sochlariga oq oralagan, ko'zlari mayuslangan, yonoqlari salqigan ayolni topdim. Men esa o'sha-o'sha, o'zgarmagandim. U doimgidek lo'lilar bilan fol ochardi. Meni tanib yuzlari oqarib ketdi. Atrofga qarab qo'ydi-da, ko'zlari bilan chetroqni imo qildi. Uni sal naridagi ko'prik tagida poyladim. Ko'p o'tmay keldi... Ikkimiz ham bir so'z deyishga ojiz edik. Teyong tilga kirdi. Boshida eri, bolalari borligini aytdi-da, ko'zidan oqqan bir tomchi yoshni yashirib ketib qoldi. Uni uzoqdan o'n yashar qizchani bag'riga bosib o'qrab yig'laganini unsiz tomosha qilib turdim. Qizi bor ekan, demak, nasl o'lmabdi, jodugarlik davom etarkan, deb o'yladim. Endi davomchi bor... Teyong yuyechjilarga kerak emasdir, degan o'ydan sevinib ketdim. Men hamon undan ko'ngil uzmagandim. Ertasiga fol ochirish bahonasida yuyechjilar yoniga bordim. Teyong o'tirgan ixcham chodirga kirdim. Unga qo'limni tutqazdim, so'ng shivirladim:
-Qochib ketaylik, Teyong... seni izlab nihoyat topdim ahir.
-Ilojim yo'q... Enam o'limi oldidan meni sehrimdan mahrum etdi, - u shunday deb teskari o'g'irildi. - Endi oddiy erli ayolman. Bolalarimni ham tashlab ketolmayman.
-Teyong, men sensiz umrbod qandoq yashayman? Necha yil bo'lsa-da, yonimda bo'l...
-Yosh va navqiron yigitning yonidami?
Yo'q, Namjun, men qariyapman. O'laman...
Afsuski qadahni icholmadim. Endi keting, -dedi Teyon.

-Men ham sensiz yashashni istamayman.
-Meni kechiring, ming yil yashashga majbursiz. Ming yildan keyin avlodomizda tug'ulgan qizgina joduni yechishi mumkin. MEn bu haqda bashorat qilib kitoblarimizga bitib qo'ygandim. Enam jodu kitobini mendan olib qo'ygan. Otam uni qizim voyaga yetgach, o'ziga beradi. O'sha kitobda yozilgan joduni yechish ham mana bu taqinchoq ham avloddan-avlodga o'tadi. Busiz jodulab bo'lmaydi. Unutmang, ming yildan keyin taqinchoq o'sha qizning bo'ynida bo'ladi. Faqat avlodlarimizni ko'zdan qochirmang.
-Meni haliyam sevasanmi, Teyong? - mening hayolim ming yil yashashda emas, faqat unda edi/

Shu payt chodirga bir lo'li erkak kirib keldi. Eri bo'lsa kerak. Teyong shosha-pisha qo'limga qarab bir nimalar deb fol ochgan bo'ldi-da, ruxsat berdi. Tanga tashlab, u yerdan chiqdim.
Teyongni topib, undan yana ayrilgach, ko'p vaqt hayotdan bezib devonadek yashadim. Keyinchalik esa meni sevgi dardi emas, jodudan qutulish azobi o'ylantira boshladi. Ota-onamning yoniga qaytdim. Hamma qarindoshlarim mening safarga ketish oldidan qanday bo'lsam shunday qolganimni aytib hayratlanishardi. Keksaymaganligim oshkor bo'lmasdan turib ona Vatanimni tashlab ketishga majbur bo'ldim.

Yillar o'tdi. Ota-onam, ukalarim, barcha qarindoshlarim o'lib ketishdi. Teyong ham keksayib o'ldi... O'shanda ham lo'lilar chodiri yaqinida edim. Sevganimga aza tutdim. Men uch yuz yil lo'lilar ketidan yurdim. Avloddan-avlodga o'tayotgan jodugar qizni ko'zdan qochirmadim. Ammo orada lo'lilar turgan joyda urush boshlanib, hammayoq ag'dar-to'ntar bo'ldi. Ko'plab yuyechjilar o'lib ketdi. Ammo naslli qiz tirik edi. Hamma har yerga qochganda uni yo'qotib qo'ydim. Oradan yuz yillar o'tib uning avlodlarini boshqa lo'li qavmidan topdim. Yana kuzatuv boshlandi. Yuyechjilar qayerga ko'chsa, ortlaridan yurar, o'sha shaharlarda yashardim. Jahon urushi davrida ham ular Osiyoda edi. Urush vaqtida qavm ham qirilib ketdi. Faqat yosh bolalar omon qolib, yetimxonaga topshirildi. Ular orasida merosxo'r qiz ham bor edi. Keyinchalik uni osiyolik bir oila asrab oldi. Shu tariqa qiz yuyechji maqomidan chiqib ketdi. Ammo jodugarlik an'anasini saqlab qoldi. Uning qizlariga o'tdi bu hislat. Sehrgar qizlarning oxirgisi Koreys yigitiga turmushga chiqdi. Shu tariqa, Koreyaga keldim. U sizning onangiz edi, Jisoo...