August 18

MENING KOMETAM 2 ☄

7-QISM 🕊 | #BAHROMIDDIN 🍃

Tungi shovqinlar orasida tez yordam mashinasining sirenasi ko‘chani yorib o‘tdi. 🚑

Jimin behush holda mashina ichida yotardi. Ko‘kragi arang ko‘tarilib tushardi, peshonasidan qon to‘lqini pastga oqayotgan bo‘lsa-da, lablarida go‘yo shu ondayam kimnidir kutayotgan mayin ifoda bor edi. 🪫

Dok: — “Boshidan og‘ir zarba… qon bosimini ushlab turing!” – deb qichqirardi shifokorlar. 🗣

Ular uni reanimatsiya bo‘limiga olib kirishar ekan, tez harakatlar, yorqin lampalar va ichkariga shoshilgan hamshiralarning qadam tovushlari qorong‘ulik bilan qorishib ketdi...👤

* * *

Bir necha daqiqa o‘tib, shifokor boshini og‘irlik bilan chayqadi:

— “Bosh miya jarohati kuchli. Chap oyog‘idagi sinish ham asoratli. U hozir komada… holati nihoyatda og‘ir...” 💔

Korridorda turgan onasi shu gaplarni eshitib, toqat qilolmay birinchi bo‘lib yig‘lab yubordi. Otasi esa yuzini qo‘llari bilan bekitib jimgina turdi....❤️‍🩹

Shu payt koridor bo‘ylab yugurib kelayotgan singlisi ham nafasini rostlay olmay qichqirib yubordi:
— “Jimin akaaa… iltimos uyg‘oning!” 😭

Ular ko‘z yoshlariga to‘la ko‘zlar bilan oynali eshik ortiga tikilib turishdi....🫀

Ichkarida esa Jimin tinch yotardi… go‘yo uxlayotgandek...🌾

Bir soatlardan so‘ng Ryujin ham yetib keldi. U garchi ko‘zlarida yoshni ushlab tursa-da, hushini yo‘qotmadi. Palataga qarab, sekin pichirladi:

— “Men ishonaman… Jimin baribir qaytadi. Doʻstim sen kuchlisan. Hammasi yaxshi boʻladi…”

O‘sha paytda esa Jimin tush dunyosiga cho‘kib borardi.
Atrof oppoq nur bilan qoplangan edi. U ko‘zlarini ochgan zahoti soy bo‘yidagi o‘sha joy kelib chiqdi — lekin bu safar tun emas, yorug‘ ob-havo, daraxtlar esa yengil shamolda raqsga tushayotgandek tebranardi...🌳

Shu joyda Armin turgan edi. Quyosh nuri uning yuzlariga tushib, tabassumini yanada yorqin ko‘rsatardi...🥰

— “Jiminah…” — dedi u shirin ohangda.😻

Jimin bir zum hayratda qoldi, so‘ng u tomonga bir qadam tashladi...🚶🏻‍♂

Qadam tashlagani sari yuragidagi barcha iztiroblar yo‘q bo‘lib borayotgandek edi...🫀

Armin unga qo‘lini uzatdi:
— “Men seni uzoq kutdim…”🤝

Jimin Arminning qo‘lini tutdi va shu zahoti ularning atrofidagi soy bo‘yi gullarga burkandi. Shamol yaproqlarning orasidan yengil kuy chalardi. Ular bir-biriga yaqin turar, lablarida esa nihoyat topilgan baxt jilvalanardi...🙌🏻

Armin sekin Jiminning kaftidan ushlab pichirladi:
— “Endi men seni hech qayerga qo‘yib yubormayman…” 🥰

Jimin birinchi marta hech ikkilanmay:
— “Men seni sevaman…” — dedi yorug‘, ravshan va aniq ovozda.❤️

Armin jilmayib boshini qimirlatdi:
— “Men ham seni sevaman.”😇

…Va shu on ularning orqasidagi osmon bo‘ylab kometa sekin uchib o‘ta boshladi. ☄

* * *

Palatada...

Jiminning kaftlari shifoxona choyshabiga mahkam yopishgancha yotar edi. Asta-sekin barmoqlari qimirlab qo‘ydi… lekin hali ham hushga kelmagan edi.🫀

Oynali eshik ortida esa barcha – onasi, singlisi, Ryujin – ko‘zlarini uyquga yubormay uning tiniq nafaslarini kuzatar, har bir harakatidan umid izlashardi...🦋