April 15

JOZIBALI SEVGI...🍓 | #Bahromiddin 🍃

2-Mavsum 💓 | 11-qism 🌴

Taeoh uchun yana Seul sari yo‘l boshlandi. Bir haftalik ta’til go‘yo ko‘z ochib yumguncha o‘tdi. Ammo Eunjisiz o'tgan 5 kunni bunday deb bo'lmaydi. Shunga qaramay ular yana yarashib olishdi.❄️

Mashina oynasidan tashqariga qarab, yuragidagi sokin sog‘inch bilan Seulga borishga tayyorlanardi Taeoh. Yelkasida sumka, yuragida esa hali to‘liq tiklanmagan, ammo umidga to‘la hislar bor edi...🍃

* O‘qish boshlandi. *

Kampus yana shovqinli, auditoriyalar esa yana talabalar shovqiniga to‘ldi. Taeoh va Eunji barcha darslariga qatnashishdi. Hammasidan ham ular uchun eng qadrli joy — bo‘sh auditoriyalar edi. Shu yerda yana oralaridagi unsiz uyg‘unlikni his qila boshlashdi. Auditoriyalardan biriga kirib bir haftalik ta'til qanday o'tgani haqida suxbat qurishdi.💓

Eunji har safar auditoriyaga birinchi kirib, deraza yonidagi o‘zining sevimli joyida kutardi. Taeoh esa uni uzoqdan kuzatib kelardi.
Ularning so‘zlari oddiy, mavzular oddiy, ammo oralaridagi ko‘ngil tovushlari juda nozik edi...☄️

Aprel kelib, bahor go‘zalligi chindan o‘zining eng chiroyli sahnalarini namoyish qila boshladi. Shu oy ichida ular birgalikda bir nechta joylarga sayohat qilishdi.✨

Birinchi manzil: Botanika bog‘i.
Yaproqlar orasidan quyosh nurlari yuzlariga tushgan payt, Taeoh yashirincha Eunjini videoga olishni boshladi. U esa kamera qarshisida noqulaylik sezgan bo‘lsa-da, Taeohning tabassumli nigohi unga xotirjamlik baxsh etardi...💕

— "Hammaga salom! Mana bu 1-qism, Botanika bog‘idan alangali salomlar tilagan holda, video roligimizni boshlaymiz!," — deb boshladi Taeoh kameraga qarab jilmayib.😁
Eunji esa asta turtib qo‘ydi:
— "Yana blogerligingizni boshlabsizda!..."😄
— "Blog emas bu, esdalik bu... faqat siz va men bor bo‘lgan esdalik. O'zimizning kanalimiz uchun maxsus video vlog!"🌚

( oradan bir necha kun o'tdi )
Ikkinchi sayohat: Yapon bog‘i.
Sokin musiqa, gullagan sakuralar va orqada joylashgan chiroyli ko‘prik — bu joy ular uchun go‘yo vaqt to‘xtagan manzilga aylandi. Yana kamera, yana lavhalar. Bu safar ular suv ustidagi ko‘prikda yurib suratga olishdi. Har galgi videolarida bir-biriga qaragan nigohlar, kulgular va mayin suhbatlar bor edi.
Eunji past ovozda dedi:
— "Mana shunaqa tinch joylarda yurish menga yoqadida."🌙
Taeoh kulib javob berdi:
— "Demak, bunday joylarga yaxshi sherik bilan kelish kerak. U kim do'stlaaar? Albatta bu - Kim Taeee Oooooh " deya kameraga qarab yaqin kelib baqirdi.😁
Eunji jilmayib, javob bermadi. Shunchaki oldinga yurdi.

Boshqa kunlari esa ular xiyobonga va boshqa parklarga yo‘l olishdi. Gullagan daraxtlar ostida qahva ichib o‘tirish, sokin musiqa eshitib yurish, videolarni suratga olish, hattoki birga jim yurish ham ular uchun o‘ziga xos ma’no kasb etardi...🌸

Har gal hayrlashuv esa bir xil tarzda yakun topardi.
Eunji sumkasini yelkaga ilib, orqasiga qarab jilmayar, Taeoh esa uni kuzatar, keyin sekin yaqinlashib:
— "Yaxshi boring, bugun juda yaxshi kun bo‘ldi. Bu uchun sizga raxmat" — derdi.🍃
Eunji esa shunchaki:
— "Ha. Sizga ham kattakon rahmat. Yaxshi yetib oling Taeoh" - derdi.🌙

Keyin ular bir-birini quchoqlardi. Bu quchoq oddiy edi. Yoki shunchaki do‘stlik niqobi ortiga yashiringan hislar edi, aytish qiyin.
Ammo har quchoqlashuvda ikkalasi ham bir xil narsani his qilardi: yurak urishlarining sinxron ohangini...🫂🫀

Ular hali bir-biriga muhabbat mavzusidan og'iz ochmas edilar. Chunki Eunji bunday holatni buzishni istamasdi. U do‘stlikdan nariga o‘tishni istamagan edi. Lekin ular orasidagi hislar so‘zlarsiz ham ifodalana boshlagan edi.🫂🫀

Taeoh kechqurunlar xonasida o‘tirib, ular birga tushgan videolarni montaj qilardi. Har lavhada Eunjining tabassumi, har kadrda yuragini iliq qiladigan bir parcha bor edi go'yo....🌺

Har bir qism tayyor bo'lishi bilan uni ikki kishilik shaxsiy kanallariga joylardi Taeoh...🍃🌙

Aprel oyi mana shunday unutilmas xotiralar, ajoyib lokatsiyalarga sayohatlar bilan o'tdi. Shaxsiy kanal ham ancha rasmlarga va vloglarga to'lib ketdi. Kim Taeoh va Park Eunjining munosabatlarining eng yuqori va pik davri mana shu 2023-yilning Aprel oyi bo'ldi desak adashmagan bo'lamiz. Do'stlikni niqob etgan ikki qalb....❤️🍃🌙