August 17

MENING KOMETAM 2 ☄

2-QISM 🕊 | #BAHROMIDDIN 🍃

2024-yilning 2-sentyabri. Incheon universitetining kampusi yozgi ta’tildan keyin yana jonlanib, toza havoga talabalar shovqini arala­sha boshlagan edi. 🏢

Yangi o‘quv yilining ilk tongi hamisha­gidek o‘ziga xos hayajon va kichik xavotir bilan chiqadi. Park Jimin esa bu safar boshqacha kayfiyatda uyg‘ondi.🥱

Odatdagidek ertalab choy ichib bo‘lganidan so‘ng, oyna qarshisida biroz to‘xtab, o‘zini sinchkovlik bilan ko‘zdan kechirdi.😎

Sochlarini ozgina tartibga soldi va kulimsiradi:
— “Bugun yangi bosqich. Uchunchi kurs, yangi sahifa. Bugun porlashing kerak Yeondo!…”🙆🏻‍♂

Universitetga borganida, yo‘laklarda tanish yuzlarni ko‘rib ko‘ngli yanada ko‘tarildi. Ba’zilar bilan qo‘l silkitib salomlashdi, ba’zilar bilan quchoqlashib ko‘rishdi. 🫂

Har kimning ko‘zida yoz faslidan keyingi yangi boshlanishga bo‘lgan umid porlardi....🫀

Tanaffus vaqtida u telefonini qo‘liga olib, uzoq vaqtdan beri qadam bosmay qoʻygan Multi Olam Telegram guruhiga kirdi. Taeoh tomonidan yaratilgan bu kichik makon boʻlsada Jimin uchun har doim iliq hissiyotlar bilan bog‘liq katta maydon edi.⚡️

U kirishi hamono guruhga allaqachon o‘nlab xabarlar yozilganini ko‘rdi:
— Taeoh: “Mr Stark qaytibdilar-ku, xush kelibsan uyinga doʻstim!" – deb kutib oldi.🍃

Armon: “Yaramas professor, qaytib kelibsiz-ku, nega ketgandiz? Endi ketib qolmang.”🤨🕊

Yumin: “Guruhga yanada fayz qo'shildi Jimin akam qaytgani uchun!” 😍🌗

Jimin bularni o‘qib jilmayib yubordi. So‘ng qisqa bo‘lsa-da, juda samimiy javob yozdi:

— Jimin: “Hammaga salom qadrdonlarim, ha men qaytdim. Yangi o‘quv yilini yangi hissiyotlar bilan boshlaymiz!”😎☄

Xuddi shu ondayoq guruhga ko‘plab “🥳✨❤️” emojilar yog‘ila boshladi. U birinchi marta oradan uzoq vaqt o‘tib chin dildan o‘zini… haqiqatan ham sog‘ingan joyga qaytgandek his qildi.💫

O‘sha kunning kechki payti Jimin kampus hududidagi kichik parkda o‘tirib, darslarini ko‘zdan kechirar ekan, ichidan shunday o‘yladi:
— “Bu yil azobli xotiralarsiz, yangi orzular bilan yashayman. Balki… bu yil menga haqiqiy baxtni olib kelar....”❤️

Shamol asta-sekin daraxt yaproqlarini tebratar, ufqda botib borayotgan quyosh esa go‘yo unga kulib qarardi.🌤

Jimin esa asta jilmayib, daftarining yangi bo‘sh sahifasiga so‘z yozdi:
“Beginning of the Park Yeon Do Era!...” ✍🏻