DIFFERENT WORLD 9 🌎
Wonyoung daftarni yopib sekin balkonga chiqdi. Tashqarida tun chiroqlari hamon jilvalanardi.✨
Salqin shabada uning yuziga urilardi. U qoʻshni balkonga qaradi HaoRan oʻsha yerda qoʻllarini choʻntagiga solgancha osmonga tikilib turardi qizning qadam tovushini eshitib u darhol boshi burdi va mayin jilmaydi...😇
HaoRan : oʻzgarishlar qalay yozuvchi qiz jahling bosildimi?
Wonyoung : oʻchirib tashlamaganing yaxshi boʻlibdi. Baribir lekin mendan soʻrashing kerak edi🌚
HaoRan : bilaman va yana bir bor uzr soʻrayman ammo tan ol sening isteʼdodingni hamma koʻrishi kerak edi🌝
Wonyoung bir muddat jim qoldi keyin xonasiga kirib ketdi-da bir nechta qalin daftarlarni koʻtarib chiqdi ularni panjara ustidan HaoRanga uzatdi🫴🏻📚
Wonyoung : mana bularni ol bu mening barcha fanficlarim shu paytgacha yozgan bor budim. ularni senga ishonib topshiraman endi nima qilsang oʻzing bilarsan. baribir hammasini tarqatib boʻlding🌝
HaoRan daftarlarni qoʻliga olarkan uning koʻzlarida hayrat va samimiy bir minnatdorchilik porladi😻
HaoRan : rostdanmi ularni menga ishonasanmi vaʼda beraman bu hikoyalarni hamma sevib oʻqiydi xoʻsh yangi bob tayyormi😍
Wonyoung : ha yozdim sening musiqang juda ilhom berdi ertaga darsdan keyin yana eshitaman oʻsha ohangni men kirdim xayr😁
HaoRan : xayr mening sirli yozuvchim😻
Wonyoung xonasiga kirib yuzida paydo boʻlgan tabassumni yashira olmay divanga yotdi uning hayoti ham hikoyasi ham butunlay boshqacha tus olayotgand❤️
Vaqt xuddi suvdek oqib oʻtdi oradan olti oy oʻtgan boʻlsa-da SaRang va Miraning hayoti tanib boʻlmas darajada oʻzgargandi.
Ular endi Nara xonimning eng koʻzga koʻringan shogirdlari moda olamida oʻz oʻrniga ega boʻlayotgan qizlar edi.
Ayniqsa SaRang va Young bu olti oy ichida shunchalik yaqin boʻlib ketishgandiki har kuni birga ishlashar loyihalar tayyorlashar va boʻsh vaqtlarini ham birga oʻtkazishardi.
SaRang endi yigitning yonida oʻzini erkin his qilar uning har bir haziliga kulib javob berardi u oʻzini dunyodagi eng baxtli qiz deb hisoblardi.
Kuz kunlarining birida ishxonada hamma tarqalganidan keyin Young oʻychan holatda SaRang va Miraning yoniga keldi uning yuzida har doimgi quvnoqlik oʻrniga qandaydir hayajon bor edi.
Young : SaRang Mira sizlar bilan juda muhim bir narsani.. m aslahatlashishim kerak menga bitta qiz juda yoqib qolgan uni qattiq sevib qoldim bugun unga Marry me qilib taklif kiritmoqchiman...
SaRang bu gapni eshitishi bilan xuddi tepasidan muzdek suv quyilgandek qotib qoldi. uning ichida nimalardir parchalanib ketgandek boʻldi. yuragi qattiq ogʻridi.
Demak Young boshqa qizni sevardikan. 6 oylik barcha shirin xotiralar uchrashuvlar shunchaki doʻstlikmidi?
SaRang yigʻlab yubormaslik uchun oʻzini zoʻrgʻa tutdi ammo yuziga soxta bir tabassum yugurtirdi...
Mira vaziyatni darrov tushunib SaRangga xavotir bilan qarab qoʻydi keyin gapni davom ettirdi
Mira : voy rostdanmi tabriklayman xoʻsh bizdan qanday yordam kerak?
Young : qiz bolaga qanday taklif qilsa koʻproq yoqadi qanday gʻoya oʻylab topsam ekan shunga boshim qotgan sizlardan yordam soʻrab keldim?
Mira darrov SaRangning yelkasidan quchib gap boshladi
Mira : bu borada SaRangning gʻoyalari juda zoʻr u xuddi kinolardagidek loyihalar oʻylay oladi toʻgʻrimi SaRang....
SaRang ichidan oʻlayotgan boʻlsa ham sekin bosh irgʻadi va majburlab kuldi...)
SaRang : ha albatta men yordam beraman nima siz sevasiz sevasizmi uni u qanday qiz taʼriflab bering?
Young jilmaydi uning koʻzlari bu qiz haqida gapirayotganda gʻalati bir mehr bilan porlab ketdi u hayajonini yashirolmay gapira boshladi...
Young : u shunday qizki har doim kulib yuradi hayotdagi hamma muammolarni tabassum bilan yengadi u shunchalik gʻayrioddiyki hatto yomgʻirli havoda ham soyabonsiz bemalol yura oladi.
Young hayajon bilan soʻzlashda davom etardi.
Young: Uning mana shu beguborligi va pozitivligi meni butunlay oʻziga rom etgan keyin . SaRang senga qanday yer yoqadi men aynan sening didingga ishonaman sening maslahating men uchun juda muhim....
SaRang yigitning har bir soʻzini eshitarkan ich ichidan ezilib tamom boʻlayotgandi. Vhunki Young aytgan bu taʼriflar uning oʻziga shunchalik oʻxshab ketar edida. Ammo u oʻzini oʻsha baxtli qiz oʻrniga qoʻyishga qoʻrqardi. U yigitning senga qanday yer yoqadi degan gapidan keyin koʻzlariga kelgan yoshni yashirish uchun tezda boshini egib daftariga qaradi
SaRang : tushunarli juda ajoyib qiz ekan mengachi menga... chiroyli xiyobonda faqat chiroqlar va mayin musiqa ostida boʻlgan joylar yoqadi. Unda taklifni ham shunday yerda qilish kerak men hozir ssenariysini yozib beraman siz esa unga uzuk tanlashni boshlang.
SaRang ichidan qon yigʻlab oʻzi sevgan yigitning boshqa bir qizga uylanish taklifi uchun tayyorgarlik koʻrishni boshladi. Uning har bir soʻzi oʻz qalbiga pichoq boʻlib sanchilardi... ammo Youngning baxti uchun buni qilishga majbur edi.
Mira esa chekkada turib SaRangning bu holatiga qarab ich ichidan achinib ketayotgandi...(
Oradan bir hafta oʻtdi. Shu bir hafta ichida Wonyoungning barcha hikoyalari internetda tinimsiz tarqaldi. 😍
Minglab odamlar uning fanficlarini oʻqib ularni ijtimoiy tarmoqlarda trendga olib chiqishdi. Wonyoung esa shu kunlarda SaRang va Young hikoyasining eng oxirgi qismini qanday tugatish haqida oʻylab xayol surib yozishga tayyorlanib yurar edi u oxirgi qismini boshqacha yozish neyatida edi...🌝
Kechki payt Wonyoung charchagan holda xonasiga kirdi va chiroqni yoqmay karavotiga oʻzini tashladi.👤
U biroz tinchlanish uchun choʻntagidan telefonini oldi va ijtimoiy tarmoqlarga kirdi. 🛜
U oʻzining DARK STORY sahifasidagi xabarlarni va yangi bildirishnomalarni oʻqiy boshladi bir necha soniyadan soʻng uning koʻzlari hayratdan katta katta ochilib ketdi u koʻrgan narsalariga ishonolmay oʻrnidan sapchib turdi...🤭
Wonyoung : nima bu nimasi yana?
Wonyoung telefon ekraniga tikilgancha qotib qolgandi internet olami portlagan oʻquvchilar soni milliondan oshib ketgan edi ammo uning eʼtiborini boshqa narsa tortdi hikoyaning bosh sahifasida muallif qismiga uning taxallusi emas balki butunlay boshqa bir sirli ism yozib qoʻyilgandi....🤔
Wonyoung buni koʻrib gʻazabdan titrab ketdi koʻzlari kosasidan chiqqudek boʻlib baqirib yubordi.😳🫨
Wonyoung : qanaqasiga mening ismim oʻzgargan boʻlishi mumkin axir buni faqat u qila oladi????
U telefonini mahkam siqqancha xonasidan otilib chiqdi va yugurib borib HaoRanning eshigini qattiq qattiq taqillata boshladi... yuragi gʻazabdan va hayajondan tez tez urardi😡🫀
Wonyoung : HaoRan eshikni och senga aytyapman bu nima qilganing och eshikni🤬
Biroq ichkaridan hech qanday ovoz kelmadi. Wonyoung eshik dastasini pastga bosgan edi eshik qulflanmagan ekan u ichkariga kirdi uydagi chiroqlar oʻchiq hamma yoq jim jit edi u xonalarni birma bir koʻzdan kechirdi ammo HaoRan u yerda yoʻq edi yigit uyida yoʻq edi👀