October 10

W I C K E D G A M E 🫟 2

1-qism 🎯 | #BAHROMIDDIN 🍃

Assalomu Aleikum.
Bu — Bahromiddin Botirov.
Va uning muvofaqiyatli fanficlaridan biri
Wicked Game.🎯

Ikkinchi mavsumga rasman start beraman.
Bu mavsum ham sakkiz qismdan iborat bo'ladi.
Oldinda juda ko'p qiziqarli voqealar sizni kutmoqda.
Bu mavsumda o'ziga xos tub burilishlar bo'ladi...🎸

Bilasiz, birinchi mavsumni Lin Yui, Sara va Juri ko'magi bilan yozdim. Bu mavsumga ham maksimal hamma fanfickerlarimizni taklif qilaman. O'z xissangizni qo'shasiz degan umiddaman. Unda biz boshladik...🎳

WICKED GAME 🎯
2-mavsum, 1-qism — YANGI DAVR 🫟

Hayotning har bir bosqichi o‘z yakuniga ega. Ammo ba’zi yakunlar yangi boshlanishlarning eshigini ochadi. Universitet yillari ortda qoldi. Endi Taeoh, Taehyung, Jungkook va Sena oldida butunlay boshqa hayot turardi. Bu safar ularni imtihonlar emas, hayotning o‘zi sinovdan o‘tkazardi. 🖤

🫟 Yangi sahifa

Seulning tongi odatdagidek gavjum edi. Osmono‘par binolar orasida quyosh nurlari jilolanar, ko‘chalarda esa minglab insonlar o‘z orzulari ortidan shoshilardi.
Shahar markazidagi hashamatli binoning yuqori qavatida Taeoh katta deraza qarshisida turardi. Uning nigohi shahar uzra kezdi. Qo‘llarini shimining cho‘ntagiga solgancha, chuqur nafas oldi.🍃

— Nihoyat, — dedi u sekingina. — Biz kutgan kun keldi.😎

Orqasidan Taehyungning ovozi eshitildi.
— Hali hech narsa boshlanmasidan g‘alabani nishonlashni boshladingmi?😅
Taeoh jilmayib, unga yuzlandi.
— Biz universitetni tugatdik. O‘z kompaniyamizni ochyapmiz. Yana nima kutishim kerak?😁
— Birinchidan, kompaniyamiz hali rasman ish boshlamadi. Ikkinchidan, hisob-kitoblarimizni ko‘rsang, bu tabassuming yo‘qolishi mumkin.😁
— Shuning uchun ham seni sherik qilib olganman. Men orzu qilaman, sen esa hisob-kitob qilasan.😅
Taehyung kulib yubordi.
— Bir kun kelib shu gaplaring uchun sendan qasos olaman.😆
— Navbat kut, do‘stim.😁
Ularning kulgisi xonani to‘ldirdi. Bir paytlar maktab koridorlarida o‘z qoidalarini o‘tkazishga urinadigan ikki yigit endi o‘z kelajagini o‘zlari qurishga tayyor edi. Ammo bu yo‘l avvalgilariga qaraganda ancha murakkab bo‘lishini ikkalasi ham bilardi. Albatta ikkisining ham otalari bu loyihaga katta sarmoya kiritishgandi. Yigitlar esa buni oqlashi kerak edi...🫆
Taeoh stol ustidagi hujjatlarni oldi.
— Demak, kelishdik. Kompaniyamizni bugundan boshlab rasman ishga tushiramiz.😎
Taehyung qo‘lini uzatdi.
— Birgalikda boshlaymiz. Birgalikda davom ettiramiz.😄
Ular qo‘l siqishdi.🤝
Bu oddiy kelishuv emasdi. Bu yangi davrning boshlanishi edi. 🤝
⭐️ Taeohning yordamchisi
Ertasi kuni kompaniyaning qabulxonasida bir yigit hujjatlarini tartibga solib turardi. U ozoda kiyingan, o‘ziga ishongan va har bir harakatida jiddiylik sezilib turadigan inson edi.😁
— Park Jimin? — deb so‘radi Taeoh unga yaqinlasharkan.🍃
Yigit o‘rnidan turdi.
— Ha, janob Kim. Siz bilan ishlash imkoniyatiga ega bo‘lganimdan xursandman.😄
Taeoh uning qo‘lini siqdi.
— Men ham. Rezyumengiz bilan tanishdim. Ish tajribangiz yaxshi ekan.😊
— Ishonchingizni oqlashga harakat qilaman.😄
— Menga shunchaki topshiriqlarni bajaradigan yordamchi kerak emas, Jimin. Men muammolarni mendan oldin ko‘ra oladigan, kerak bo‘lsa, xatolarimni yuzimga ayta oladigan inson bilan ishlashni xohlayman.😊
Jimin biroz jilmaydi.
— Unda ba’zan sizga yoqmaydigan gaplarni ham eshitishingizga to‘g‘ri keladi.😅
Taeohning lablarida tabassum paydo bo‘ldi.
— Yaxshi. Demak, to‘g‘ri odamni tanlabman.😅
U Jiminni o‘z kabinetiga boshlab kirdi.
— Bugun oldimizda juda ko‘p ish bor. Avvalo, hamkorlar bilan uchrashuvlar jadvalini tuzamiz. Keyin yangi loyiha bo‘yicha hujjatlarni ko‘rib chiqamiz.😄
— Tushunarli, janob Kim.😊
— Yana bir narsa. Ish vaqtida meni Taeoh deb chaqirishingiz mumkin. Ortiqcha rasmiyatchilikni yoqtirmayman.😅
Jimin bosh irg‘adi.
Taeoh hali bilmasdi: bu yigit vaqt o‘tishi bilan uning nafaqat ishdagi yordamchisi, balki eng muhim qarorlariga guvoh bo‘ladigan insonlardan biriga aylanadi.🕶

🐉 Taehyungning yangi kotibasi

Taehyung esa o‘z kabinetida yangi xodim bilan uchrashishga tayyorlanardi. Stol ustida hujjatlar, yon tomonda esa yangi loyihaning taqdimoti turardi.👑

Eshik taqilladi.
— Kiring.😊

Ichkariga qora kostyum kiygan, sochlari tartibli turmaklangan bir ayol kirdi. Uning nigohi sokin, qadamlari ishonchli edi.😍

— Salom. Men Kim Jisooman. Sizning kotibangiz sifatida ish boshlayman.😄

Taehyung bir zum unga tikilib qoldi. So‘ng o‘zini qo‘lga olib, o‘rnidan turdi.👀

— Xush kelibsiz, Jisoo. Men Kim Taehyungman.😊

— Siz haqingizda ma’lumotga egaman, janob Kim.😄

— Umid qilamanki, faqat yaxshi ma’lumotlar.🌚

Jisoo yengil jilmaydi.
— Hozircha xulosa chiqarishga erta.😁

Taehyung kulib yubordi.
— Javobingiz menga yoqdi. Juda qat'iyatli boʻldi. Odatda odamlar birinchi uchrashuvdayoq meni maqtashga tushishadi.😁

— Men ishga maqtash uchun emas, ishlash uchun keldim.😄

— Ajoyib. Unda til topishib ketamiz, deb o‘ylayman.🌚

Jisoo stol ustidagi hujjatlarni ko‘zdan kechirdi.
— Bugungi uchrashuvlaringizni tartibga soldim. Soat o‘n birda hamkorlar bilan yig‘ilish, soat birda tushlik uchrashuvi, soat uchda esa yangi loyiha bo‘yicha taqdimot bor.😌

Taehyung hayrat bilan unga qaradi.

— Men hali sizga bularning hammasini aytishga ulgurmadim-ku.😄

— Kerakli ma’lumotlarni oldindan o‘rgandim.😍

— Demak, bugun omadli kunim ekan. Xudo sizni menga yetkazdi.😁

Jisoo javob bermadi, faqat hujjatlarni uning oldiga qo‘ydi.
Taehyung uning ortidan eshikka qarab qoldi. Nega bilandir bu uchrashuv oddiy ish tanishuvidan ko‘ra ko‘proq taassurot qoldirgandi.
U boshini chayqadi.🤭

— Ishga kelganman, Taehyung. Ishga...😁

Ammo yuzidagi tabassumni yashira olmadi. 🌸

🫆 Jungkookning qarori

Shaharning boshqa tomonida, hashamatli xonadonda Jungkook katta stol boshida o‘tirardi. Uning oldida kompaniyaning moliyaviy hisobotlari va yangi loyihalar haqidagi hujjatlar yotardi. Eshik ochilib, Sena ichkariga kirdi. U qo‘lidagi qahvani stol ustiga qo‘ydi-da, Jungkookka qaradi.👸🏻

— Hali ham ishlayapsanmi?

— Ko‘rib turganingdek.🙂

— Nonushta ham qilmading.

Jungkook hujjatlardan bosh ko‘tardi.🤔

— Sen ham menga onamdek tanbeh berishni boshladingmi?😏

Sena sovuqqonlik bilan unga qaradi.
— Xavotir olma. Bunga vaqtim yo‘q. Shunchaki, och qolib hushdan ketishingni istamayman.😒 Keyin seni shifoxonaga olib borishga to‘g‘ri keladi. Buni mehribonlik deb o‘ylama.😏

Sena chiqib ketmoqchi bo‘lganida, Jungkook uni to‘xtatdi.

— Sena.🫆

Qiz ortiga o‘girildi.

— Nima?🎸

— Bugun kompaniyaga borasanmi?🤔

— Ha. Yig‘ilishim bor.

— Unda kechqurun birga qaytamizmi .😟

Sena qoshlarini chimirdi.

— Nega?

— Chunki bir uyda yashaymiz. Har safar alohida kelib-ketishimiz shart emas. Menimcha...

— Men o‘zimning ishlarimni o‘zim hal qila olaman, Jungkook.😏

— Buni bilaman. Lekin hamma narsani yolg‘iz bajarishing shart emas.🙂

Sena bir necha soniya unga tikilib turdi. Jungkookning ovozida kinoya yo‘q edi. Bu esa qizni biroz hayron qoldirdi.🍃

— Ko‘ramiz, — dedi u va xonadan chiqib ketdi.🙃

— Lisa Manoban, bugungi uchrashuvlarimni tasdiqlang. Yangi hamkorlarimiz haqidagi ma’lumotlarni ham tayyorlab qo‘ying.🤨

— Albatta, janob Jeon.😊

Jungkookga kotiba sifatida Lisa kelgandi. U oʻziga xos fashion harakterga ega. Ishlarni puxtalik bilan bajaruvchi ma'sulyatli xodim edi...🌙

🪻 Chaeyoungning qaytishi

Kunning ikkinchi yarmida Taeoh kabinetida hujjatlarni ko‘rib chiqayotgan edi. Jimin eshikni taqillatib, ichkariga kirdi.🌿

— Yaxshi. Ro‘yxatga qo‘shing. Biz ham boramiz.🍃

— Yana bir narsa. Taqdimot materiallari bo‘yicha tashqi hamkorlardan biri bilan uchrashuv belgilash kerak ekan.😄

— Kim bilan?🤔

Jimin bosh irg‘ab xonadan chiqib ketdi.

Taeoh Chaeyoungning xabariga javob yozdi:
— «Salom! Yaxshi, rahmat. Men ham seni ko‘rmoqchi edim. Qachon va qayerda uchrashamiz?»❤️

— Aytgancha, — dedi Taehyung birdan, — ertaga kechqurun bo‘shmisan?🐉 Jisoo ish jadvalimni shunday tuzdiki, ertaga kechqurun bo‘sh vaqtim bor. Balki biror joyga borarmiz.🤔

— Chaeyoung bilan boramanmi?😄

— Albatta. Ayniqsa, ertaga Jisoo bilan uchrashuvlarimni tekshirishim kerak.🌚

Ammo ular bilmasdiki, bu yangi davrda har bir tanlovning o‘z narxi bo‘ladi. Sevgi ularni kuchliroq qilishi ham, eng zaif nuqtalarini ochib qo‘yishi ham mumkin edi.❤️

Bir paytlar ular bir maktabda o‘qishgan, birga kulishgan va bir-birlarining sirlarini bilishgan. Endi esa ularning har biri o‘z yo‘lini tanlagan edi. Ammo hayot ularni yana bir maydonga olib chiqayotgandi. Bu safar xatolarni o‘qituvchidan yashirish mumkin emasdi....💔

WICKED GAME 🎯