September 4

LEAFFLY πŸ¦‹ | #BAHROMIDDIN πŸƒ

5-qism πŸ’˜ | Izxor πŸ’Ž

Endi esa eng ajoyib qismga ham keldingiz. U bilan munosabatlarning boshlanishini guvoxi bo'lasiz...πŸ’—

May oyining boshlarida Hwan Yunjil singlim (Multi olam guruhidan) bilan U haqida suxbatlashayotganimizda "Chongah bilan gaplashing, munosabat quring" degan tavsiyaga o'xshash fikr bildirga edi. 🫢🏻

Kim Taela singlimdan ham maslahat so'rab ko'rdim. "Mayli aka, agar shu darajada idealingiz bo'lsalar, harakat qilib ko'ring. Rad javobi bergan taqdirda ham yo'qotadigan narsangiz yo'q-ku" dedi.πŸŒ™

Jungkook akam bilan ham juda ajoyib tarzda maslahatlashdim. U bilan suxbatimiz qiziq bo'ldi. U o'zining uchrashuvi haqida menga so'zlab berdi. "O'zingizni boringizcha ayting ukajonim. Hech qanday yolg'on gaplar va bajarib bo'lmas va'dalar haqida, osmondagi oyni olib beraman kabi so'zlarni aytmang. Xolis so'zlang. Harakat qiling. Ichizdagi fikrlarni sof bildiring sevgi izxor qilayotkaningizda" deb aytdilar...πŸ¦…

Keying asosiy odam. Inxo do'stimdan ham maslahat so'radim universitetga borganimda. Inho ya'ni o'sha o'tgan yili Jisooni qo'lini so'ra deb meni rosa shu ishga undagan do'stim. Undan ham asosiy maslahatni oldim.
u aytdiki, "San boshqa gaplarni, anavi maslahatlarni qo'yib tur. Aqlin yetadimi? dedi. πŸ™

β€” Ha β€” dedim men.😌

β€” Haligi hazilimiz esingdami? Agar shu qiz kal bo'lib qolsa kelajakda, shu holicha ham sevaverasanmi?

β€” Ey tentak, nima bo'lishidan qat'iy nazar doim uni yonida bo'laman. Qarsak ikki qo'ldan chiqadi, agar u menga pand bermasa... men unga hech qachon pand bermayman!🫠

β€” Unda olg'a... Gaplashila, sevgi izxor qil.😁

* * *

Keyin esa Chongah bilan o'sha mashxur kafee β€” ICY COCOda uchrashishga qaror qildik. O'zimizning baza shu yer aslida.🌎

Boshida yarim soat oddiy suxbat bo'ldi o'rtamizda. Keyin juda qattiq hayajon bilan ichimdagi bor izxorni unga aytdim. Buni hikoya tarzida so'zlab berdim. Ilk uchratgan kunimdan toki shu kunga qadar hamma holatlarni birma-bir eslab chiqdim. Ayniqsa tug'ilgan kun voqeasidagi bolajon Chongahni alohida ta'kidlab o'tdim. Keyin esa unga sevib qolganim haqida shu tarzda aytdim...

β€” Men o'sha qizni sevib qoldim... Ya'ni sizni... Ha, men sizni sevaman Chongah!❀️🫠

U bo'lsa meni shunchaki tabassum va xayajon bilan boshidan oxirigacha tingladi. Men esa gapimni tugatib bo'lgan edim. U jim turgani sababli yana nimadir qo'shimcha gaplar to'qib chiqarib, hayajonim battar oshib o'tirardim qarshsida uyalib..πŸ™‚β€β†”οΈ

β€” Ho'sh, nima deysiz? Javobingiz ha β€” yoki yo'q?😌

U biroz chuqur nafas oldi va:

β€” Sizni judayam hurmat qilaman. Mening eng qadrli insonim bo'lib ulgurdingiz qisqa fursatda. Tan olish kerak ideal insonsiz.... Lekin ayni damda bu holatga tayyor emasdim. Meni to'g'ri tushunasiz....☺️

β€” Albatta😍

β€” Javobimni esa o'ylab ko'raman deya olaman...🫠

β€” Mayli, mayli - dedim... shu holat meni ancha tinchlantirdi, β€” Unda qancha desangiz kutaman. Lekin menga o'sha avvaldan ma'lum bo'lgan "Ha" nomli javobingizni tezroq ayting - dedim o'zimga bino qo'yib.πŸ˜‚

Keyin kulishdik... Hammasini ham aytolmadimu ammo uni ko'zlariga qarab yuragimdagi hamma gaplarimni va hissiyotlarimni aytib berdim...🫠

U bo'lsa juda xursand, bolalarcha xursandchiligi bilan, ko'zlari kulib mani tingladi. Keyin esa nima deyishni bilmi qoldi. Va uni kvartirasi oldigacha yana kuzatib qo'ydim. Yetib borgunimzcha ikkimiz ham bezabonlar kabi hech qande so'z aytmay, boya bo'lgan ishdan uyalibbbbbb yetib bordik...🀭🫣

(Aytgancha o'sha yergacham tug'ilgan kunida ham kuzatib qo'ygandim. Bu ham odat tusiga aylangan edi bizda...)
Keyin esa biz yetib keldik. Hayrlashdik va unga "Javobizi intizorlik bilan kutaman Chongah" dedim. Doimiy hayrlashuvimizi qildik va man ketdim...🀝