August 17

MENING KOMETAM 2 ☄

4-QISM 🕊 | #BAHROMIDDIN 🍃

2024-yilning oktyabr oyi o‘rtalari. Incheonda kechalar tobora salqinlashdi, tonglar esa xuddi vujud ichidan chiqayotgan iliq nafasdek sokin va mehri bilan uyg‘otuvchi bo‘lib qolgan edi. 💗

So‘nggi hafta davomida Multi Olam telegram guruhidagi suhbatlar boshqacha tus ola boshladi. Guruhdagi umumiy suhbatlar sekin-sekin alohida shaxsiy chatlarga bo‘lina bordi. Ayniqsa, Jimin va Armin o‘rtasidagi suhbatlar...🌙

Avvaliga oddiy *“Bugun darslaring qanday o‘tdi?”* bilan boshlangan xabarlar tobora *“Hozir nimani o‘ylayapsan?”*, *“Sen bilan gaplashmay qolgan kun o‘zimni g‘alati his qilaman…”* ko‘rinishiga aylanib ketdi. Sog'inchini ham yashirmay aytardi yigitcha... Rashkni ham ochiqchasiga qilardi...🍃🌒

Jimin hatto har kecha uxlashdan avval telefonini bir chetga qo‘yib, Armin yozishmalari ustidan bir necha bor o‘qib chiqadigan odat chiqardi.🙂‍↔️

Kechalarning birida Hyon Vu guruhga hazil tariqasida shunday xabar tashladi:

— Hyon Vu: “Armin, Jimin ikkalangiz oxirgi paytlar guruhda yo‘qolib qolyapsizlar. Ikkalangiz alohida Multi Olam ochib olyapsizlarmi lichkada? 😏😂”

Jimin bu xabarni o‘qib kulib yubordi, lekin shu zahoti yuragiga nimadir urilib tushdi. O‘sha onda u birinchi marta o‘ziga savol berdi:
— “Nega Armin bilan suhbatlashmaganimda kunim to‘liq bo‘lmayotgandek tuyuladi? Nega u boshqalarga (hatto Hyon Vu bilan) kulib javob yozsa, ichimda qonim qaynab ketgandek, yuragim bo‘linib ketgandek bo'ladi?..”😒☄️

U divanda o‘tirgancha chuqur nafas oldi, telefon ekraniga nazar tashladi. Armin “Hayrli tun, yaxshi dam oling, Jiminah 🌙” deb yozgan xabarni yuborgan edi.😍

Uzoq vaqt lablarida jilmayishni yashira olmay turgancha, Jimin barmoqlarini klaviaturaga olib keldi… va bir zum to‘xtadi...🙂‍↕️

Bu safar u oddiy javob yozolmadi. Yuragidagi tebranish birinchi marta *his*ga aylanayotganini aniq sezdi. Shu payt u ichidan sekin pichirladi:
— “Men… Arminni yoqtirib qolyapmanmi?..”😳❤️

Xuddi shu paytda telefoniga yangi xabar tushdi.

Armin: — “Menga biror javob yozasizmi deb o‘ylab turgandim janob Stark…😌 Yoki telefoningiz yoniqligicha uxlab qoldingizmi?”🕊

Bu so‘zlar Jiminni butunlay erkalik bilan o‘rab oldi. U yuragining urishi oshib ketganini yashira olmay, tezda javob yozdi:
Jimin: — “Yaxshi uxla… Hayrli tun va bilib qo‘y… men seni hammadan qizg'onaman. Uxlaganimdan keyin anavi 2 tentak bilan kamroq yozish...” ☄️😌🫂

U yuborish tugmasini bosgan ondayoq o‘z yostig‘iga boshini qo‘yib, ko‘zlarini yumdi. Hozir u biror narsadan qo‘rqmasdi. Sababi nihoyat tuyg‘usini *anglab bo‘lgan edi*. 🫀

O‘sha kecha Jimin uzoq vaqtdan beri birinchi marta kometa haqidagi xotirani yodga olmadi.
Bu gal u yuragining ichida *yangi nur* — Armin deb ataluvchi kichik, lekin tobora yorishib borayotgan yulduzni ko‘rgan edi. ❤️💫