COLD AS ICE ❄️ | #BAHROMIDDIN 🍃
Kutubxonadagi voqeadan so‘ng oradan ikki kun vaqt o‘tdi. Lekin Inho hanuz xotirjam emasdi. Hamma narsa hayolida aylanib yurardi. O‘sha qorong‘ulikdagi qahramon... uning harakati... nigohi.
Bugun ertasiga aylanayotgan edi. Ammo yurak aldayolmasdi. U bu nigohni ilgari ham ko‘rgan. Aynan shu nigoh – Su Honnikiga o‘xshardi. 🌓
Sinfga kirgach, ko‘zi Su Honga tushdi. Odatdagiday bemalol, hazilkash ko‘rinishda edi. Seok Jin darrov oldiga bordi. Unga rahmat aytdi.
— O‘sha kuni kutubxonada sen eding, to‘g‘rimi? — dedi kulib.
Suhon jim kulib qo‘ydi, lekin javob bermadi.🕸
In Ho esa asta borib, Su Honning stoliga taq etib qo'lini urdi...
— Nega indamaysan? Bu sen eding-a?
Suhon jiddiy bo‘ldi.
— Hozir emas. Tashqariga chiqamiz, hammasini aytaman.❄️
Uchovlon binodan chiqib, orqa tomondagi sport maydoniga borishdi. Qorong‘ulikda In Ho — Su Honga tik qaradi.
— Nega indamading? Nega bu sir bo‘lishi kerak edi?🙁
Suhon bir zum sukut saqladi. Keyin ohangida og‘irlik bilan so‘z boshladi:
— Chunki men avvalgi hayotimni bu yerga olib kelmoqchi emasdim...🙂
— Ular — men ilgari tanigan yigitlar. Mahallamda, maktabdan so‘ng o‘sha bolalar bilan yurardim. Juda yosh edik. Men ularga yetakchi bo‘lardim. Ulardan biri mendan har doim g‘azabda edi. Keyinchalik, men universitetga o‘qishga kirdim, ular bilan aloqani uzdim. O‘zimni o‘zgartirishni istadim.😄
— Ular esa... buni xiyonat deb bilgan... - dedi Seokjin.
— Ular o'sha kuni kutubxonaga meni deb kelishgan. Uchrashuv tayinlangandi oramizda. Men ularga bularni tushuntirmoqchi edim. Ammo... siz ikkalangiz u yerga mendan oldin kelib qolgandinglar.🙁
In Ho hech nima demadi. Yuragidagi g‘azab, asta mulohazaga aylana boshladi.
— Demak... — dedi Seok Jin sekin. — Biz sizlar kelishgan joyda, bemavrid paydo bo'lib qolganmiz?🙃
Suhon bosh irg‘adi.
— Ha, sizlar ularning g‘azabini tasodifan tortib oldingiz. Ular faqat menga kelgandi. Men esa kech qolgandim. Afsusdaman yigitlar...🙂
In Ho unga qattiq qarab turdi.
— Nega himoya qilding?😒
— Chunki... endi men yolg‘iz emasman. Endi men sizlarni do‘st deb bilaman, — dedi Suhon. 😀 — O‘tmishimdan qochayotganim yo‘q. Faqat u bilan yashashni tanlamadim, xolos...😉
Seok Jin yengil kuldi.
— Menga bu yigit yoqdi, In Ho. Biz uchovlon zo'r do'stlar bo'lamiz... Ho'sh Inho senga-chi?😌
In Ho sukutda qoldi. Keyin asta, ilk bora jilmaygandek bo‘ldi:
— Ha... u tentak bo‘lsa ham, yaxshi odamga o‘xshaydi.😅❄️
Birinchi kurs asta davom etardi..💫.
Bahorgi shamollar auditoriya derazalarini silkitib o‘tar, In Ho, Su Hon va Seok Jin birinchi qatorlarda o‘tirar edi. Uch kishi. Bir jamoa.❄️🌓🕸
Taqdimotlar... seminarlar... suhbatlar... va prezentatsiyalar...
Har safar birgalikda chiqishar, bir-birini to‘ldirishar edi. In Ho tarjima qilsa, Su Hon tahlil qilardi. Seok Jin esa uni kulgi va rasmiy formatga solardi. Ular bir jamoaga aylanib bo‘lishgandi.🎯
Ko‘pincha kechqurunlar, kutubxonada birga o‘tirishardi. Ba’zida esa stadiona chiqib, energetik ichib o'tirishardi maydonchada. Bu jimlikda ham do‘stlik bor edi...✨
Bir marta Su Hon kasal bo‘lib qoldi. In Ho hech narsa demasdan, unga kerakli dars konspektlarini olib bordi.
Seok Jin esa har kuni uni ko'rishga keldi...🕸
Boshqa bir kuni Seok Jin stressdan yig‘lab yubordi. In Ho indamay, yoniga o‘tirdi.
Suhon esa qo‘lini yelkasiga qo‘yib:
— Biz do‘stmiz, Jin. Bu o‘tadi, — dedi.🌓
Ularning hayoti dars bilan emas, birga bo‘lgan sukunatlar, kulgular, xafaliklar, va yoqimli sukunatlar bilan to‘ldi.
Va o‘sha bahorda, birinchi kurs tugadi. 🌙
Imtihon kuni, so‘nggi testdan chiqqach, uchalasi universitet hovlisida to‘xtadi.
Seok Jin hayajon bilan:
— Bitta kurs ketdi. Bilmadim, bu yil men uchun nima edi. Lekin... hayotimdagi eng muhim yillardan biri bo‘ldi. Sizlar bilan tanishganim uchun.🌝
Suhon jilmaydi.
— Hali oldinda qancha yo‘l bor. Endi biz jamoadamiz.🌚
In Ho esa osmonga qaradi. Ko‘zida mayin tabassum paydo bo‘ldi.
— Ha... endi men yolg‘iz emasman. - dedi ichida...❄️
Shu payt osmondan birinchi yoz yomg‘iri tushdi.
Uchalasi yana jimlikga cho'kishdi.
Ammo bu jimlik — yangi hayot boshlanayotganini bildirardi. 🌦