June 22

TILL THE MOON BLOOMS...πŸŒ’

3-qism

Keyin uning tug'ilgan kunidan bir kun oldin, shanba kuni barchasini aytishlikga qaror qildim. Yakshanba kuni baribir uchrasha olmasdik. Uyda o'zi bilan ovora bo'lardi. Men ham unikiga borolmasdim. Shuning uchun shanba kuni hammasini xal qilmoqchi bo'ldim.

Uni mo'jaz bir kafega olib kirdim. Unga yoqadigan shirinlikdan sotib oldim. Biz mazza qilib suxbatlashib o'tirardik Shundan keyin men o'z so'zlarimni bir boshidan aytishga qaror qildim.

β€” Nima desam ekan Minsu! Nimadan boshlashni ham bilmayman....
β€” Uyalmang, tortinmang... biror gapingiz bo'lsa va uni nimadan boshlashni bilmayotgan bo'lsangiz, eng boshidan boshlashni masalahat beraman. Shunda gapingiz tushunarli va yanada tartibli chiqishi mumkun.
β€” Aha! Xullas, o'sha kuni maktabga yangi kelgan kunimiz. Hamma bir-birini endi tanishni boshlagan ilk kun edi... O'shanda o'qituvchi kirib keldi, va nutq so'zladi. Undan so'ng bizni joylarimizni saralab chiqdi, to'g'rimi?
β€” Ha, esimda...
β€” O'sha kuni seni ismingni ilk bor eshitdim, seni ham ilk bor ko'rishim edi.
β€” Ho'p?
β€” Ortinga qanday o'girilganing, sochlaringga derazadan kirayotgan shamol qanchalar go'zal ta'sir o'tkazgani va sen meni oldimga yetib kelguningcha 8 qadam tashlaganing hali hanuz ko'z oldimdan ketmaydi.

U meni diqqat bilan eshitishga kirishdi. Xuddi men aytmoqchi bo'lgan gapni tilimdan sug'urib olishga intilayotgandek, ko'zlari va quloqlari shay turardi...

β€” Bir ko'rishda sevgiga ishonasanmi? Men aynan seni uchratgunimcha bu narsaga ishonmas edim. Dramlar, kinolar va o'qigan kitoblarimda ham bu holatga juda ko'p marotaba guvox bo'lgan bo'lsam ham, hech ishongim kelmasdi.

U qizarishni boshladi. Quloqlari hali hanuz ding edi...

β€” Cho Min Su, men seni dramadagi yigit dramadagi qizga to'qnashgani kabi, kitoblardagi yigit qizni olisdan ko'rib sevib qolgani kabi va filmlardagi yigitlar filmlardagi qizlar bilan ilk ko'rishda bir-biriga oshiq bo'lib qolganday, oshiq bo'ldim. Seni yoqtirib qoldim bir ko'rishda... Sen bilan boshqacha muomalada bo'lganim, hammadan ko'proq seni qadrlaganim va o'sha sinf prezidentidan qizg'onganimning sababi ham ayni shunda...

β€” Qizg'onish emas, rashk edi bu! - dedi gapimni darxol bo'lib... ko'zlarini mendan uzmay...

β€” Ha, xaqsan.. Bu oddiy bir qizg'onish emasdi. Bu rashk edi... oxirgi paytlar ko'p rashkimni keltirib yubording va tezroq bu gaplarimni eshitishingni istab qoldim.
β€” Ha.
β€” Xo'sh, endi gapir. Sevgimni qabul qilassmi? Men bilan bo'lasanmi?
β€” Voy... - u battar qizarib ketdi.
β€” Ha Minsu? Gapirsangchi?
β€” Qiz boladan darxol fikrini so'rar ekanmi? - deya ensa qotirdi.
β€” Ha, nima?
β€” Biroz kuting va men sizga o'z javobimni aytaman - dedi.

Shu bilan boshqa mavzularda suxbatlashishga kirishib ketdik. Endilikda Minsu o'zgacha uyalish bilan, hayajon bilan gapirardi... Men buni yaqqol sezganim uchun ham ataylab uni gapga tutishga harakat qilardim.

Bu qizning biroz kuting degan so'zlarini kutish ham ancha vaqt talab qildi. Naq 4 kun kutdim uning javobini. Bu kunlar ichida biz kam gaplashdik. Chunki endi do'stlar yoki oddiy sinfdoshlar ham emasdik. Sevgi munosabati oldidan, bu munosabatga aniqlik kiritib olish payida yurgan ikki pinxona sevishganlar edikda.

Nixoyat biz maktabdan qaytayotganimizda o'zi gap ochib qoldi.
β€” Mmm, haligi...
β€” Nima?
β€” Hozir, aytaman.
β€” Ayta qolsangchi!
β€” Voy ho'p aytaman. Men o'ylab ko'rdim. Yaxshilab o'yladim. Men sizga rad javobini beraman! KechiringπŸ₯²

Ichimdan nimadir uzulgandek bo'ldi.

β€” Sen tentak emasmisan? Nega unday deyapsan? Nima uchun? Menga befarqmiding?
β€” Ha shunaqa

β€” Yeo xudo, aqldan ozish mumkun Minsu, meni hayratda qoldirding!

Biz biroz shu kabi tortishdik va men arazlab ketib qoldim. Bir payt ortimga qaradim, u esa yugurib kelardi. Ko'zlarida o'zgacha quvonch, lablari quyosh nuri tushib o'zgacha tovlanib turibdi. U qiqirlab kulib kelayotgan edi men tomon.

β€” Shoshmang Pek Hyon U!!!!

Men to'xtadim.

β€” Meeen sizni seeevamaaaan!!!! - deb baqirdi.

Yonimda bir sotuvchi xola turgandi. Bir unga qarardim, bir men tomon yugurib kelayotgan Minsuga qarardim. Hola oldida qanchalar uyalganimni va Minsu qarshisida qanchalik hayajonlanganimni so'z bilan ifodalab berolmayman.

U nixoyat yetib keldi.
β€” Men sizni sevaman. Boyagi gaplarim hazil edi Hyonu!
β€” Sal qoldi sendan butun umr kechib yuborishimga.
β€” Qo'ysangizchi, nahotki mendek qizdan kechib yuborsangiz!?
β€” Albatta. Men ham kazo-kazolardanman-ku...
β€” Maqtanchoq! - deb kuldi va yelkamga urib qo'ydi.

Ha shuning bilan mening birinchi muxabbatim muvofaqiyatli tarzda meniki bo'ldi. Biz maktab miqiyosiyda hammaning ko'ziga tushkan edik. Hamma bizni sevishib yurganimizni bilardi. Quyi sinfdagi qizlar, menga xat yozib sevgi izxor aylab yurgan qizlar yomonam kuyib qolishgan edi-da o'ziyam.

Ularni oldida Minsuning qo'lidan tutib yurishim, sevgilimga o'zgacha quvonch berardi. O'zicha mendek yigiti borligidan mag'rurlanib qo'yardi yaramas.

Uni ishqida kuyib yurgan yigitlar bir kuni yo'limni to'sishdi maktab orqasida. Men o'sha payt sport zalimizdan qaytayotgan edim. Tabiyki ularning kattasi meni sevgilimning oshig'i bo'lib chiqdi. Besh kishiga qarshi β€” Pek Hyon Vu! Natija? Direktor xonasida ularning gap eshitib turishlarida albatta. Shuningdek birini ko'zi ko'kargan, birining burnidan qotib qolgan qon xidi anqib xonaning atmosferasini buzib turardi.

_ ORADAN BIR YIL O'TDI _

Ha, sezib turibman. Nega birdan time skip qilganimga qiziqdingiz. Chunki ko'pincha bir xil vaziyatlar sodir bo'lardi maktabda. Keyinchalik bizning juftlikning mish-mishlari o'qituvchilarga ham yetib borgan edi. Tabiyki ular menga ham, Minsuga ham, bizning ota-onamizga ham inday olishmasdi. Shuningdek Minsu bilan ko'p yaxshi kunlarni qarshiladik. Qizlar bayrami, sevishganlar bayrami, Mening tug'ilgan kunim, Uning tug'ilgan kuni va yangi yilni ham birga kutib oldik. Biz juda ham baxtli edik. Gohida urushar edik, gohida esa yarashar edik. Hammasi ertaknamo tarzda o'tar edi.

Toki o'sha kun kelmaguncha..........................