June 6

DIFFERENT WORLD 5 🌎

#Lin_Yui 🪷 & #Bahromiddin 🍃

💞

Woonyeong unga qarab turgan koʻzlardan biroz xijolat boʻlsa ham lekin yozishda davom etdi...✍🏻

HaoRan ham boshqacha ohanda pianino chaldi yana hikoya ichiga olgʻa 🎹

SARANG

< < <
Ularning suxbati yaxshi ketayotgan edi va ular bir chetga borib oʻtirishdi. Musqaymoqlarini yeb suxbat qilishar edi...
Young : zòr qiz ekansiz. yolgʻon gapirmaydigan...
SaRang mus qaymogʻini yeb gapirdi
SaRang : nega yolgʻon gapiray rostan ham men faqat rasm chizshi zoʻr bilaman tamom.
Shabada mayin esar edi sakura gullaridan bir ikki donasi kelib SaRangning sochiga tushdi.

Young buni koʻrib mayin jilmaydi va asta qoʻlini uzatib SaRangding sochidagi sakura gulini olib qoʻydi. Bu voqea romantik tarzda sodir boʻldi. Uning bu harakatidan SaRang biroz xijolat boʻlib koʻzlarini yerga qaratdi...
Young : sochizga sakura guli tushibdi sizga juda yarashibdi
SaRang musqaymoq idishini ushlagancha pichirladi.
SaRang : rahmat koʻrmay qolibman
Young oʻrnidan turib SaRangga qarab tabassum qildi..
Young : agar musqaymogʻingizni yeb boʻlgan boʻlsangiz keling biroz bogʻni aylanib yuramiz bu yerning manzarasi judayam goʻzal ekan :)
SaRang ham joyidan turdi va mayin shabada ostida Young bilan birga yoʻlak boʻylab yura boshladi...
SaRang : mayli aylanaylik oʻzi men ham bu yerga tez-tez kelib turaman rasm chizish uchun ilhom bagʻishlaydi bu bogʻ.
Young unga qiziqish bilan boqdi.
Young : siz chizgan rasmlarni biror marta koʻrsam boʻladimi? judayam qiziqib ketdim. Rostan ham faqat rasm chizishni bilasizmi yoki boshqa qobiliyatingiz ham bormi?
SaRang kulib yubordi.
SaRang : yoʻq rostan ham faqat rasm chizish... tamom. Boshqa narsaga unchalik uquvim yoʻq. sizchi? oʻzingiz haqingizda gapiring siz qanday insonsiz...?
Young biroz oʻylanib qoldi va uzoqlarga qarab javob berdi.
Young : men oddiygina yashashni va tinchlikni yaxshi koʻradigan insonman. ammo hayot baʼzan biz kutmagan kutilmagan sovgʻalarni beradi xuddi bugun siz bilan uchrashganimdek
Ularning suhbati juda samimiy va qiziqarli ketayotgan edi bogʻ ichkarisiga qarab birga qadam tashlashdi....

SaRang va Young bogʻ koʻchalari boʻylab asta qadam tashlab borishardi. Abeddan keyingi iliq havo va daraxtlar soyasi ularga juda yoqimli tuyilayotgan edi.
Uchrashuvlari kutilmagan boʻlsa ham suhbatlari xuddi uzoq vaqtli qadrdonlardek qizgʻin kechardi.

Young atrofga qarab yoʻlak chetidagi chiroyli oʻrindiqni koʻrsatdi.

Young : keling anavi yerga oʻtiraylik ketishingizdan oldin. Yana biroz gaplashamiz modellik haqida soʻrayotgan edingiz shekilli...

Ular borib oʻtirishdi SaRang qiziqish bilan Youngga tikildi.

SaRang : rostan ham judayam qiziq boya aytganingizdek kiyim koʻrgazmalarida chiqqaningizda hayajonlanmaysizmi? Hamma faqat sizga qarasa rasmga olishsa qanday chidaysiz?

Young kulib javob berdi.

Young : boshida juda qiyin boʻlgan odam koʻpligidan... qadamlarimni ham adashtirib ketardim. Lekin hozir oʻrganib qolganman. Kamerani koʻrganimda oʻzimni xuddi boshqa odamdek his qilaman. Kiyimni qanday koʻrsatish kerakligini oʻylayman xolos...

SaRang uning gaplarini diqqat bilan eshitib bosh silkidi...

SaRang : voy men boʻlsam u yerda tura olmasdim. Axit odamlar koʻp boʻlsa, xijolat boʻlib, uyalib va qizarib ketaman. Menga tinchgina xonamda oʻtirib rasm chizish qulayroq deb oʻylayman Janob Minyoung.

Young unga qarab samimiy tabassum qildi :)

Young : har kimning oʻz olami bor. Siz rasmlaringizda goʻzallikni yaratsangiz men dizaynerlar yaratgan goʻzallikni odamlarga koʻrsatib beraman. Ikkalamizning ishimiz ham sanʼat aslida.

SaRang bu gapdan quvonib ketdi. Uchrashgan yigiti nafaqat kelishgan balki juda aqlli va madaniyatli ekanligidan ich-ichidan xursand edi u. Qizaloq osmonga qaradi quyosh nurlari daraxtlar orasidan juda chiroyli tushib turardi.

SaRang : rostan ham shunday ekan tushlikdan keyingi bu suhbatimiz juda qiziqarli boʻldi siz bilan tanishganimdan xursandman. Endi rostan ham uyga qaytmasam boʻlmaydi ishlarim kutib qoldi...

Young ham oʻrnidan turdi va SaRangga yoʻl boshladi.

Young : men ham juda xursandman uchrashganimizdan. Keling unda uyingizgacha kuzatib qoʻyaman. Bugun sizdek rasm chizadigan qiz bilan bogʻda aylanish men uchun juda yoqimli boʻldi...

Ular bogʻ darvozasi tomon birga qadam tashlashdi yoʻl-yoʻlakay Young modellikdagi qiziq voqealardan gapirib SaRangni kuldirib kuzatib bordi uygacha.

Woonyeng ruchkasini qoʻydi vayozishdan tuxtatdi. Hamma narsasini yegʻishtirdi. Pianino chalayotgan HaoRanga qarab oʻtirdi. HaoRan ham pianino chalishdan tuxtadi...✍🏻🎹

HaoRan : yozib boʻldingmi yozuvchi qiz?

Woonyeong boshi bilan ha deb javob berdi u narsalari yegʻishtirib ketmoqchi edi🌝

HaoRan : qayerga🌚

Woonyeong ; kech boʻldi endi uyga ketishim kerak🌝

HaoRan : yur birga ketamiz🌚

Ular 2 lasi berga ketishdi Seul tunda juda ham chiroyli manzaraga aylanar ekan...⚡️✨

Woonyeong : sen korealik emassan isming ham Xitoylardikiga uxshaydi...🙂

HaoRan: toʻgʻri men korealik emas xitoylik man😇

Woonyeong : qachonda beri yashaysan koreada 🌝

HaoRan ; yaqinda 2 oy boʻladi🌚

Woonyeong : ha seni oldin koʻrmagan ekanman oʻzi nega koreaga kelding?🌝

HaoRan : uqishga keldim oʻzin chi oʻzin oʻqimaysanmi🌚

Woonyeong : yoʻq shu yil mk di tugatdim shu yetadi menga 🌝

Ular suxbat qilishar ekan oʻz uylariga ham yetib kelishdi xayrlashib kerib ketishdi....❤️‍🔥