August 21

AGAIN 2 ❄️ | #KIM_JURI 🌸

1-QISM 🍃 | MUKAMMAL TAEOH 🫀

Hayotimda ilk marta bunday baxtiyor edim. Har tong darsga ketishim uchun emas, balki Taeohni ko‘rish uchun uyg‘onardim. Uning jilmayishini, oddiy “Salom, Juri” degan so‘zlarini kutardim intizor bo'lib. Yuragim esa har safar uni ko‘rganimda o‘zini tutolmay, go‘yo qanot chiqarib uchib ketgudek urar edi...🫶

Universitetdagi kunlarim endi o‘zgacha ma’noga ega bo‘lib qolgandi. O‘sha keng yo‘laklardan yurish, auditoriyalarning havosi ham menga juda ham juda ham shirin tuyulardi. Chunki u yo‘laklarda Taeoh meni qarshi olar, yonimga kelar, hatto darslarimizga kirib ketishdan oldingi mayda-mayda suhbatlarimiz ham mening xotiramda oltin yozuvlar kabi saqlanib qolardi. 🫀

Bir kuni darsdan chiqqanimizda u qo‘limni asta ushlab dedi:
— Kel, bir oz parkda aylanamizmi? Bugun havo juda yoqimli. Nima deysan? Uyga biroz kech borsang, ota-onang indamas? 🍃

Qanchalik oddiy so‘zlar edi, lekin yuragim ichida chinakam bayram boshlanib ketgandek bo‘ldi. Uning qo‘li iliq edi. Men o‘sha qo‘lni hech qachon qo‘yib yuborgim kelmasdi. Parkdagi daraxtlar ostida sekin yurib, bir-birimizga bo‘shliq qolmasligi uchun yaqinlashib ketardik...🫠

Shunda men:
— Siz bilan o‘tgan har daqiqa men uchun eng katta sovg‘a, — deb yubordim.🥰

U jilmayib qaradi, ko‘zlari yonib turardi:
— Juri, sen men uchun chindan ham ilhom manbaisan. Sen bo‘lmaganda men juda ko‘p narsadan voz kechib qo‘yardim. Endi esa sen borligingizni bilib, yanada kuchliroq bo‘laman. Sen mening qirolichamsan. Ilhom manbayimsan...🫶🏻🍃😌

Shu so‘zlaridan keyin men o‘zimni osmonlarda uchib yurgandek his qildim. Na bir dars, na bir imtihon — hech narsa muhimi emas edi men uchun. Muhimi — biz birga edik...❤️

O‘sha kunlari biz tez-tez kichik kafelarga borardik. Bir piyola issiq qahva, yonida bir bo‘lak shirin tort — lekin biz uchun bu oddiy taom emas, balki ikki qalbni birlashtiruvchi sehr edi go'yo. Shirinliklar bizning shirin xotiralarimizdan shirinroq tuyulmas edi...🫀

U kofesiga qand solayotganda men uning yuziga qarardim, va o‘ylardim: “Men uchun butun dunyo shu insonning ichida yashaydi. Agar bir kun uni yo‘qotsam, dunyo ham yo‘qoladi...” 🌸

Kechasi esa yulduzli osmon ostida birga sayr qildik... Shahar chiroqlari uzoqdan yaltirab ko‘rinardi. Biz esa jim yurib, ba’zida kulib yuborardik...🌛

To‘satdan Taeoh to‘xtab, jiddiy qaradi:
— Juri, bilasanmi, men seni hayotimdagi eng toza baxt deb bilaman. Men seni uchratgan kunimdan beri hammasi boshqacha. Men... seni juda qadrli deb bilaman o'zim uchun...🍃

O‘sha damda men ko‘z yoshlarimni tiya olmadim. Baxtdan yig‘ladim. Chunki men ham shuni his qilardim. U meni har daqiqa yig'latishga qodir edi. Birgina quvonch bag'ishlashi bilan ham, birgina qayg'u bag'ishlashi bilan ham juda ham tez yig'lab yuborardim. Yolg'izlikdan tosh qotgan yuragimni bunchalar tez eritib yuboruvchi inson faqat — mukammal Kim Taeoh edi...🌪

Men uning yonida o‘zimni to‘liq, toza va mukammal his qilardim.
Shu payt ichimdan bir ovoz pichirladi:
— Bu bizning eng go‘zal davrimiz. Bizning sevgimiz hech qachon so‘nmaydi...❤️🍃🌸