🍓SᴛʀᴀᴡʙᴇʀʀY MᴏᴏN🌙
Seul shahrining ko‘chalari sokin edi. Kechadan qolgan yomg‘ir tomchilari asfalt ustida mayin jilva qilardi, shamol esa daraxtlarning sariq barglarini sekin silkitardi. Havo nam, ozgina sovuq, lekin xushbo‘y edi. Qushlar allaqachon uyquga ketgan, faqat uzoqdagi mashinalar motorining ovozi shaharni jimlikdan ozgina qutqargandek eshitilardi. 🍁
Kuzning oxiri yetgan, barglar yerga tushib, shahar ko‘chalarini sariq-qizil ranglarga burkagan edi. Har bir tomchi, har bir shamol urishi qandaydir sirli, nozik hislarni uyg‘otardi. Bu sokin tong, bugungi voqealar boshlanishi uchun mukammal edi.🫠
O‘sha tongda, boshqa oddiy bir maktabda o‘qiydigan 11-sinf o‘quvchisi, Hemi, maktab koridorlarida quvnoq qadamlar bilan yurar edi. U tabiatan huchahchaq, samimiy va go‘zal edi — biror narsani his qilsa, darrov atrofdagilarga sezdirib qoʻyardi, kimnidir yoqtirsa, yuzida ochiq-oydin aks etardi, hech narsani yashirmasdi. Shu sababli uning hislarini har doim yaqin atrofdagilar tez payqardi. Lekin Hemi bundan uyalmasdi, u hech narsani yashirmaydigan, ochiq koʻngil hamda sodda qiz edi. 🌸
Kecha u Jungkookga to‘qnashib, uning jahl bilan ketganini esladi. Aniqrog'i birdan esiga tushib qoldi. Shu payt qalbida bir oz ajablanish aralash qiziqish uyg‘ondi. Chunki u yigitni yaqindan ko‘rgan, uning jim, og‘ir bosiq tabiatini sezgan edi. He Mi ichida kichik bir hayajon paydo bo‘ldi: u endi bu yigit haqida ko‘proq bilishni xohlardi. 🌊
Darslar davom etdi, He Mi o‘z maktabida har doim faol va kulgili edi. O‘qishdan keyin esa u B3 Schoolga yo‘l oldi — kechagi vizitkada Taeoh bergan telefon raqami uni qiziqtirgan savolni hal qilishga yordam berishi mumkin edi. HemiTaeohni izlay boshladi va nihoyat uni topdi. Bu unchalik qiyinchilik tugʻdirmadi Hemi uchun, chunki bu maktabda hamma Taeohni yaxshi taniydi 🍃
— Taeoh, — dedi u tiniq ovoz bilan, jilmayib. — Jungkook haqida ayta olasizmi? Men kecha sizdan vizitkangizni qabul qilgan qizman. ❄️
Taeoh biroz jim turdi, so‘ng past va aniq ovoz bilan javob berdi:
— Jungkook…? U jim, og‘ir bosiq yigit. O‘zi haqida deyarli hech kimga gapirmaydi, hislarini yashiradi. Shu bois ko‘pchilik uni noto‘g‘ri tushunadi. U mustaqil, o‘ziga ishongan va mas’uliyatli yigit Yomon ish qilmaydi, bilsang kerak bu yerda asosan boylar oʻqiydi... Seni tishing o'tadi deb o'ylamayman. 🍂 Nega oʻzi sen u bola haqida soʻrayabdsn? — Taeoh doimgidek sovuq ammo ishonch bilan aytdi.😈
Hemi biroz hayratlandi, so‘ng yuzini jilmayish qoplab oldi. Ichida biroz hayajon, biroz qiziqish aralash hislar uyg‘ondi. U nafasini bir oz sekin oldi va muloyim ohangda gapirdi:
— Shunchaki… qiziqdim. — dedi u, tabassumini yashirmay.🫠
Taeoh esa biroz bosh chayqab, ko‘zlarida odatiy sovuqqon ifoda bilan javob berdi:
— Shuni unutma, bu yerda hech kim oʻzining shaxsiy maʼlumotini boshqalarga aytmaydi, ayniqsa Jungkook. Agar u sening qiziqishingni sezsa ham, ochiqchasiga aytmaydi.😶
Hemi tinglarkan, ichida kichik bir qiziqish o‘rnini ishonchli hayrat egalladi. U endi Jungkookni yaxshiroq bilishni, uning ichki dunyosiga bir nazar tashlashni xohlardi. Qiziqish battar oshdi...😍
Kunlar shu tariqa o‘tardi. Hamma o‘z olamida, o‘z ishlari bilan band edi. Jiwoo maktabdagi odatiy kunlarini davom ettirardi, do‘stlari bilan muloqot qilar, lekin ba’zan jim bo‘lib, o‘ziga xos dunyosiga chekinardi. 🪐
Jungkook esa sinfdosh sifatida ko‘p gapirmas, og‘ir bosiq tabiatini saqlardi. U o‘z ishlariga e’tiborli, ichki dunyosini hech kimga ochmasdi. Taeoh doim sovuqqon, mas’uliyatli va o‘ziga ishongan yigit sifatida maktabda tanilgan. Uning singlisi Taela esa mehribon, ochiqko‘ngil qiz bo‘lib, Taeoh bilan farqli ravishda odamlar bilan osongina muloqot qilardi. Lekin akasi kabi kimdir unga gapirmaguncha hech qachon gapirmas edi...🌙
Hammasi oʻz oʻrnida edi, lekin Sangtae oxirgi paytlarda maktabga kechikib keladigan odatni chiqardi. Darslarda uyqusirab o‘tirar, ba’zan diqqatini to‘play olmasdi. Shu sababli Jisoo uni ko‘p bora kuzatdi, yuragi siqildi, lekin so‘rashga jur’at etolmadi.⚡️
Bir kuni tanaffusda u Sangtaega yaqinlashmoqchi bo‘ldi, lekin xotirasi Taeohni esladi va faqat uzoqdan qarab turdi. Sangtae esa uni ko‘rib jilmaydi. 😊
Keyingi kuni maktab hovlisida turgan payti. Jisoo Sangtaeni koʻrib so‘radi:
— Nima bo‘ldi senga oʻzi?
Sangtae esa muloyim ohangda javob berdi:
— Hech narsa bo‘lmadi, hammasi joyida.
Shu tariqa u Jisoo oldida o‘z hislarini yashirdi, lekin uni baribir yaxshi ko‘rardi.🫶🏻
Sangtae esa...
U o‘zini ich-ichidan hayajon aralash havotir egallardi. Taeoh Jisoo oldida uning boy emasligini aytib yuborsa, Jisoo buni qanday qabul qiladi? Shu savol ongini tinch qo‘ymasdi. Jisooning uni oldidagi so‘zlari, jilmayishi, hatto qarashlari ham Sangtaening hislarini chalkashtirardi. U o‘zini boy emasligini, ularga nisbatan kambagʻal ekanini yashirmoqchi edi, lekin yuragi bir tomonga tortilar, fikrlari esa bir-biriga qarshi bir-biri bilan urushar edi...🧠🫀
Hyekyo xonasida jimlik hukm surar edi. Shu payt telefon qo‘ng‘iroq chaldi. Ekranda “Ukam” yozuvi porladi.🖤🌒
— Salom, opa! — dedi Junki, ovozi biroz hayajonli, Londondan.😍
Junki Londonga o‘qishni davom ettirish uchun ketgan edi.
— Junki! Qalaysan? Nima qilyabsan ukaginam? — dedi Hyekyo, muloyim jilmayib.😊
— Opa… Men oldin his qilmagan narsani his qildim… Bir qizga nisbatan. U Yelena Kim, juda mehribon, aqlli va chiroyli qiz. Menimcha uni sevib qoldim opa, ammo qanday qilib aytishni bilmayapman hali…😂🫠
Hyekyo jilmayib unga dalda berdi:
— Qara, Junki, bu normal holat. Yuragingni tingla, asta-asta yaqinlashaverasan. U seni tushunadi. Ishonchim komilki, sening samimiyliging unga yetib boradi. Vaqti kelganda unga bu haqida aytasan. 😁🌒
Junki minnatdor ohangda:
— Rahmat opa keyin natijasini sizga aytaman. — dedi quvnoq ovozda.🫠
— Aha mayli ukajonim oʻzingni asra, omad tilayman.
Hyekyo yagona ukasini nima qilsa ham ich ichidan yaxshi koʻrardi. 🖤
— Hoʻp opa hayr. — Junki telefonni oʻchirdi. ❣️
Yoongi va Hana — og‘ir bosiq, tinch va doimo ahil juftlik edi. Ular har doim birga yurishar, bir-birini tushunar, hech qanday kichik nizolar ularni ajratolmas edi. Kattalari vujudga kelishiga esa yoʻl qoʻymas edilar. 🦋
Ammo ularga qarama qarshi juftlik ham bor edi. Oxirgi paytlarda Taeyoung va Lichan orasida har doim bir oz mojaro bo‘lar, kichik urush-janjallar doim yuz berardi. Lekin bu ularni bir-biridan uzoqlashtirmasdi; aksincha, har safar kelishib, yana bir-birlariga qaraganda yuraklari tezroq urardi. Shunday davom etayotgan kunlarning birida ular oʻrtasiga sovuq bir narsa tushdi bu gal ular qattiq tortishib qolishdi.....💔