“Prisoner of a Frozen Heart” 💔❄️
🖤 2-QISM: “Muz qanday paydo bo‘ldi?” 🧊
Seul tunlari har doim ham jim emas. Ba’zi tunlar insonning ichidagi shovqinni kuchaytiradi.🌬
Jennie mashinaning orqa o‘rindig‘ida jim o‘tirardi. Oynadan tashqarida shahar chiroqlari bir-biriga aralashib ketganini tomosha qilardi. Ammo uning xayolida boshqa narsa aylanardi.
Gitara, yumshoq kulgi...💫🎸
— “Salom… yordam kerakmi?”
Jungkookning ilk soʻzlari va yoqimli ovozi.... Jennie ko‘zlarini yumdi va shu onni qayta qayta hayolidan oʻtkazdi.🖤
— Bu shunchaki qiziqish, — dedi u past ovozda, ichidagi beqaror tuygʻuga barham bermoqchidek.
Lekin yuragi unga bo‘ysunmay urardi. U hech qachon kimningdir ovozini eslab qolmagan. Hech qachon kimnidir qayta ko‘rishni xohlamagan. Bu qaysidir ma'noda zaiflik edi. Va Jennie mana shu zaiflikni yomon ko‘rardi. Oʻzining ogʻriqli tomonidan nafratlanardi...❤️🩹
🕯 FLASHBACK
Yillar oldin…
Katta, sovuq uy. Marmar pol. Qorong‘i zal.
Kichkina Jennie zinapoya yonida jim turardi. Pastda otasining ovozi yangradi.
Onasining past, qo‘rquvga to‘la ovozi eshitildi. Keyin esa keskin sukut sodir boʻldi suxbatda. Otasi unga qarab burildi. Qattiq nigoh bilan koʻz tikdi. Hech qanday mehrsiz...🍃
— Agar biror narsani xohlasang, uni kuch bilan ol. Zaiflar esa hech qachon hech nimaga erisha olmaydilar...
O‘sha kundan e'tiboran, ota-onasining toʻxtovsiz janjallaridan boshlab Jennie yig‘lashni to‘xtatdi.💔
Bir necha yil o‘tib, u mehribon enagasini yo‘qotdi. Sababi oddiy edi: enaga haddan tashqari otasiga “yaqinlashgan” edi.
O‘sha tun Jennie oynaga qarab shunday dedi:
— Agar men kimgadir yaqin bo‘lsam, oʻsha insonni yo‘qotaman. Agar egallasam… unga egalik qilsam u men bilan qolarkan.
Enagasi, dugonasi, ilk yoqtirib qolgan sinfdoshi va hokazo kimsalardan ayrildi qizaloq.❤️🩹
Shundan keyin u bora-bora o‘rganib ketdi.
His qilmaslikni.
Buyruq berishlikni.
Odamlarni oʻzidan masofa bilan ushlab turishni.
OʻZLASHTIRDI.🖤
Ertasi kuni....
Mashina studiya oldida to‘xtadi.
Jennie yana o‘sha studiya oldida turardi.⚜
Bu safar tasodifan emas edi va Jennie ichkariga kirdi. Atmosfera yoqimli, havo avvalgidek — iliq va samimiy. Gitara tovushi yana yangrayotgan edi.🎸
Jungkook boshini ko‘tardi. Bir lahza hayronlik.
— Yana sizmi?👀
Jennie sovuq ohangda javob berdi:
— Bu yer ommaga ochiq emasmi?😕
Jungkook kulib qo‘ydi.
— Ochiq. Faqat mehmonlar kam keladi.😅
U qo‘lini uzatdi.
— Jeon Jungkook.
Jennie bir soniya o‘yladi. Hech kim bilan bunday oddiy tanishmagan edi.
— Jennie.🫱🏻🫲🏻
Familiyasini aytgisi kelmadi. Oddiy qoʻl siqib qoʻydi.. Jungkook gitara yoniga ishora qildi.
— Qo‘shiq yozaman. Shunchaki… yurakdan chiqqan narsalarni. Istasangiz biror kuy chalib beraman!?🙂 Xohlasangiz, “Yurak.” nomli qoʻshiqni chalib beraman.
Jennie ichida kuldi. U bu so‘zni zaiflik deb bilardi.
— Yurak bilan yashash qiyin emasmi? — dedi u sovuq ohangda.😟
Jungkook yelkasini qisdi.
— Qiyin. Lekin bu haqiqiy hayotni his qildiradi....
Jennie birinchi marta suxbatda jim qoldi. Hech kim unga bunday javob bermagan. Hech kim uning sovuqligidan qo‘rqmay, oddiy odamdek gaplashmagan.❗️
Jungkook birdan jilmayib so‘radi:
— Siz doim shunaqa jiddiy yuribsizmi? Kulishni bilasizmi biroz?
Bu savol… qizga pichoqdek tegdi.
Atrofdagi havo og‘irlashdi.
Ammo Jennie g‘azablanmadi.
Faqat yigitga koʻz uzmasdan qarab turdi. Uning ko‘zlarida bir lahza tushunarsiz ifoda paydo bo‘ldi. Go‘yo ichidagi muz bir soniyaga yorilgandek.💢
— Men kulishga majbur emasman, — dedi u sekin.
Jungkook yelkasini qisdi.
— Majbur emassiz. Shunchaki… ba’zan yaxshi bo‘ladi kichik tabassum...😊
Bu oddiy gap. Lekin Jennie uchun begona dunyo edi. U studiyadan chiqdi. Tashqarida shamol kuchaygandi. Mashinasiga o‘tirar ekan, telefonini oldi.
— Jeon Jungkook, — dedi u sovuq ohangda. — Hammasini bilmoqchiman u haqida.
Oyna ortida Jungkook chiroqlarni o‘chirib, studiyani tark etdi.
U bilmasdi. Bu qiz uni shunchaki qiziqish bilan kuzatmayapti.
Bu qiz JKni o‘rganmoqda.
Nazorat qilish uchun. Oʻziniki qilish uchun.
Va Jennie oynaga qarab, ichida shunday dedi:
— Agar yurak bilan yashasang… uni ham sindirish mumkin.😈
Tun chuqurlashdi.
Va muz asta-sekin harakatlana boshladi.🧊
🖤 3-qismda nima kutvoti?
— Jennie Jungkook hayotiga asta kirib boradimi?
— Yoki birinchi sevgi izhorini darhol qiladimi?
— Yoki Jungkook uning kimligini bilib qo‘rqib ketadimi?
Aktiv boʻlamiz littolar. Choʻta yoqmadi shekilli ff silaga!?😟