COLD AS ICE ❄️ | #BAHROMIDDIN 🍃
🔸 8-qism: “Ikki yarim oy to'qnashuvi” 🔸
Kuzning salqin kunlaridan biri edi. Multi Olam guruhida sokinlik hukm surayotgan, yozishmalar ko'paymoqda, a’zolar bir necha kundan buyon faqat salomlashish bilan cheklanayotgan edi. Ammo Su Honning yuragi… tinch emasdi. 🫀
U anchadan beri kuzatib yurgan Pek Yu Min ismli qiz haqida o‘ylardi. Uning har bir yozuvi, har bir emoji ortidagi ohangi… Yuragini junbushga keltirib yuborardi. Qizning rangli hikoyalari, shodon postlari, hatto kulgili xatolari ham Su Hon uchun betakror edi. 💕
Shu kuni u oxiri yurak yutdi.
Profilga kirdi, rasmga uzoq tikildi.
Keyin barmog‘i klaviaturaga bordi.
— “Salom.” 👀
So‘zlar oddiy edi. Ammo yurak urishi o‘zgacha. Bir necha daqiqa o‘tdi. Yumin javob yozdi:
Bu oddiy murojaat emasdi.
Bu… jilmayishga sabab bo‘ladigan so‘z edi.
“Oppa” debdi… Su Hon pichirlab o'ziga dedi.😄
U yana yozdi:
— "Gap cho'zish men uchun emas. Xullas, men sizni yoqtirib qoldim, Yumin.” ❤️
Yumin biroz jim bo‘ldi. So‘ng yozdi:
— “Aka… men hali yoshman. Sizni hurmat qilganim uchun shaxsiy chatda javob yozyapman. Aks holda bloklagan bo'lardim. Bundan tashqari akam ham bunga ruxsat bermaydi.”🙁
Su Hon xabarga qarab ancha o‘tirib qoldi. So‘ng yana yozdi:
— “Agar akangizdan ruxsat olsamchi?”🙄
Yumin:
— “Uff, bilmadim. Baribir… sizni hali yaxshi tanimayman. Virtual dunyodagi insonlarga qanday ishonish mumkin?”🧐
Su Hon jilmaydi. U bu javobni kutgandi.
— “Unda real hayotda ko‘rishsakchi? Shunda bir-birimizni yaqindan tanib, bilib olarmiz.”🌚
Yumin jim edi. Uzoq jimlikdan o‘ng nihoyat yozdi:
— “Bilmayman… men bu narsalardan qo‘rqaman. Aniq javobim yo'q sizga. Ko'rishmaganimiz ma'qul deb o'ylayman.”🌝
Ammo Su Hon qaysar edi. Yumin bilmasdi, lekin u allaqachon reja tuzgan edi .Ta’til kunlari boshlanganida, Su Hon Pusanga yo‘l oldi. Bu safar u shunchaki ekskursiya uchun emas – yuragini unga tortgan qizni ko‘rish uchun kelayotgan edi. Ketish oldidan Seokjin bilan yaxshilab xayrlashib oldi. Chunki u vatani Daegu shaxriga ketayotgan edi. Inho va Suhondan farqli o'laroq, Seokjin viloyatdan kelib o'qirdi...🕸
Shahar markaziga yetib kelgach u chuqur nafas oldi. Keyin telefonini olib, Yuminga qo‘ng‘iroq qildi.
— “Men hozir sizning shahringizdaman.”😁
Yumin uni ovozini tanidi. U hayron edi:
— “Nima?! Siz… atay keldingizmi o'sha yoqdan shu yoqqa?”🫨
— “Ha. Faqat sizni ko‘rish uchun.”😄
Yumin jim qoldi. So‘ngra u uchrashuvga rozi bo‘ldi. Chunki u yigitni rad etish uchun, uni hafa qilish uchun yetarli darajada "yo'q deyish san'ati"ni bilmas edi.🌗
_ _ _
Ular shahardagi kichik, ammo shinam kafe oldida uchrashishga kelishishdi. Su Hon allaqachon kelib, deraza oldidagi stolga joylashgan edi. Tashqariga qarab, yuragini tinchlantirishga harakat qilar, ammo bu oson emas edi. 🌓
Deraza ortidan qiz kirib keldi. U sochlarini orqasiga bog‘lagan, oppoq ko‘ylakda, sumkasini yelkasiga osgancha ichkariga kirdi. Ko‘zlari atrofni qidirdi. Keyin u Su Honni ko‘rdi. Yoniga bordi:
— “Siz… Haligi, mobodo... ismingiz mmm.. Xullas, Ji Su Honmisiz?” — dedi.😌
Suhon unga tikildi. U… real edi. Rasmlardan-da chiroyli. Yorug‘, sokin, jozibador… Va aynan shu hayotdagi lahza Su Hon uchun vaqtni to‘xtatib qo‘ygandek tuyuldi. U qizga uzoq tikilib qoldi.....😍
Qiz qo‘lini silkitdi:
— “Alo, siz meni eshityapsizmi?”😳
— “Ha… ha, kechirasiz. Men Ji Su Honman. Siz esa Yumin. Marhamat, o‘tiravering.”😁
Qiz jilmaydi. Ular birga ovqat tanlashdi, suhbatlashishdi. Su Hon hazil qilishga urunardi - garchi bu odat unga begona bo'lsa ham. Yumin kulardi. Har bir so‘z, har bir ohang orasida ko‘z tegmaydigan, ammo yurak sezadigan narsa bor edi. Yaqinlik. 🌓
Kechga yaqin Yumin uyiga qaytdi. Su Hon esa mashinaga chiqib, Seul sari yo‘l oldi. Yo‘lda esa faqat bir odam haqida o‘ylardi. Shuningdek unutilmas ilk uchrashuv haqida...🌗
Yetib borgach, telefonini oldi. Xabar yozdi:
— “Bugungi kun uchun rahmat. Men bilan ko‘rishganingizdan juda xursandman. Ana endi meni real hayotda ko‘rdingiz… o‘zimizni masala bo‘yicha qanday qarorga keldingiz?”🌚
Va u kutishni boshladi.........................