W I C K E D G A M E
Ba’zan inson ertangi kun uchun rejalar tuzadi. Kimdir yangi hayot boshlashni, kimdir sevgilisi bilan uchrashishni, yana kimdir oilasi davrasida vaqt o‘tkazishni istaydi.🍃
Ammo hayotning o‘z rejalari bor.
Va ba’zan birgina qo‘ng‘iroq insonning butun dunyosini ostin-ustun qilishga yetadi... 🥀
— Jungkook, qahvang sovib qolyapti.🌝
Kim Mina o‘g‘liga qarab jilmaydi. Jungkook esa telefonidagi xabarlardan ko‘z uzmay, piyolasini qo‘liga oldi.☕️
— Bugun ham kompaniyaga erta borasanmi? — so‘radi otasi, Jung Tae.🗣
— Ha. Yangi loyihalarimizni ko‘rib chiqishim kerak.
— Ishni deb sog‘lig‘ingni unutma. Kompaniya seni kutadi, lekin sog‘lig‘ingni qaytarib berolmaydi.👀
— Dada, siz hamon meni maktab o‘quvchisidek ko‘rasiz.😏😄
— Men uchun sen doim o‘sha bolaligicha qolasan.🌚
— O‘zingiz ham undan qolishmaysiz. Har kuni kompaniya, kompaniya. Uyga kelganingizda ham telefoningiz qo‘lingizdan tushmaydi.😇
— Oilamizning kelajagi uchun ishlayapman-ku.😁
— Bizga sizning pulingizdan ko‘ra, o‘zingiz ko‘proq keraksiz, — dedi Mina muloyimlik bilan.😻
Jungkook ularning suhbatini tinglab, beixtiyor jilmaydi. U bunday lahzalarni odatiy deb bilardi. Yangi onasiga koʻnika boshlagandi. Har kuni ko‘radigan, qadriga yetishga shoshilmaydigan manzaralar edi bular.🧚🏻♀🧚🏻
Sena zinadan tushib keldi. U telefoniga qaragancha stol yoniga o‘tirdi.
— Xayrli tong, — dedi Mina qiziga.😍
— Bugun ishga birga borasizlarmi? — so‘radi Jung Tae.😄
— Mening uchrashuvim bor, — dedi Sena. — Jungkook boshqa tomonga ketadi, shekilli.🤨😏
— Men seni olib borishim mumkin, — dedi Jungkook.😄
Sena unga shubha bilan qaradi.
— Har doim ham taklifni rad etishing shart emas.🙂
— Har doim ham mening ishlarimga aralashishing shart emas.😌
— Yetar! — dedi Mina kulimsirab. — Hali nonushta tugamasidan janjallashib oldinglar.😄
— Bir uyda yashashni o‘rganganlaringga ancha bo‘ldi. Qachon bir-biringiz bilan tinch gaplashishni o‘rganasizlar?🙁
— U boshlaydi, — dedi ikkalasi bir vaqtda.😏😒
Bir lahza hamma kulib yubordi.
Mina Senaning sochlarini siladi.
— Bugun kechqurun hammamiz birga ovqatlanamiz. Hech kimning ishi bahona bo‘lmasin.😍
Jung Tae o‘g‘lining yelkasiga qo‘lini qo‘ydi.
— Kechqurun gaplashadigan muhim masalamiz bor. Oilamiz va kompaniyalarimizning kelajagi haqida.😄
U o‘rnidan turdi, kostyumini to‘g‘riladi va eshik tomon yurdi.
— Jungkook! — deb chaqirdi Mina.👀
— O‘zingni ehtiyot qil, bolam.😇
Bu uning onasiga aytgan so‘nggi oddiy gapi bo‘lishini u xayoliga ham keltirmagan edi.
Tushdan keyin Taeoh kompaniyasida yangi loyiha bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazilayotgan edi. Jimin hujjatlarni taqdim etar, Taeoh esa hamkorlarning takliflarini ko‘rib chiqardi. 💬
Chaeyoung:
— «Bugungi uchrashuvimiz bekor bo‘lmaydimi? Seni ko‘rishni kutyapman. 😊»
Taeohning yuzida tabassum paydo bo‘ldi.
Taeoh:
— «Albatta, bekor bo‘lmaydi. Bugun seni o‘zim olib ketaman.🌚
U telefonini chetga qo‘yib, yig‘ilishni davom ettirdi. Shu payt Taehyung eshikdan kirib keldi.
— Yig‘ilishdaman, ko‘rib turganingdek.🤔
Taeoh uning jiddiy qiyofasini ko‘rib, Jimin va qolgan xodimlarga qaradi.👀
— Besh daqiqa tanaffus qilamiz... kechirasizlar...
— Xo‘sh, nima bo‘ldi? — so‘radi Taeoh.🤔
— Jungkookning kompaniyasi bizning yangi loyihamizga qiziqish bildirayotgan ekan. Taqdir hazilimi bu?
— Biznes hamkorlarimizdan biri aytdi. Jungkook hali rasmiy taklif yubormabdi, lekin bizni kuzatib borayotgan ko‘rinadi. Oʻzicha dono..😏
— U hech qachon biror narsani shunchaki kuzatib o‘tirmaydi.😶
— Demak, ehtiyot bo‘lishimiz kerak. Maktabdagi qilgan fitnalari esingdan chiqmagandir? 🤨
— Biz o‘z ishimizni yaxshi bajarsak, boshqalarning nima o‘ylashi muhim emas.🍃
— Umid qilamanki, shunday bo‘ladi.🙂
Ular suhbatni davom ettirishayotganida Jungkookning telefoni jiringladi. Noma’lum raqam. U qo‘ng‘iroqqa javob berdi.
Telefonning narigi tomonidagi ovoz jiddiy va shoshilinch edi.
— Sizga zudlik bilan xabar berishimiz kerak. Ota-onangiz yo‘l-transport hodisasiga uchrashdi.🗣
Jungkookning yuzidagi ifoda o‘zgardi.
— Ular hozir shifoxonaga olib ketilmoqda. Iltimos, imkon qadar tezroq yetib keling.🗣
Bir necha soniya davomida Jungkook gapira olmadi.
— Yo‘q... Bu qandaydir xatolik. Dadam hozirgina men bilan gaplashgan edi. Onam ham uyda edi...👤
— Janob, iltimos, manzilni yozib oling.🗣
Jungkookning qo‘lidagi telefon titray boshladi.
Narigi tomondan sukut eshitildi.
— Iltimos, shifoxonaga yetib keling.🗣
Qo‘ng‘iroq tugadi. Jungkook telefonni qulog‘idan tushirdi. Atrofdagi tovushlar birdan uzoqlashgandek bo‘ldi...... Uning xayolida faqat birgina jumla aylanardi. *Ota-onangiz yo‘l-transport hodisasiga uchradi.*🗣
— Yo‘q... — dedi u pichirlab. — Yo‘q, bunday bo‘lishi mumkin emas...
Jungkook mashinasiga o‘tirib, shifoxona manzilini navigatsiyaga kiritdi. Qo‘llari titrar, yuragi ko‘ksini yorib chiqadigandek urardi.🫀
U otasiga qo‘ng‘iroq qildi. Javob yo‘q. Onasiga qo‘ng‘iroq qildi. Yana javob yo‘q.
— Iltimos, telefonni ko‘taringlar... — deb pichirladi u. — Ona, iltimos...
Ko‘z oldiga ertalabki nonushta keldi. Onasining tabassumi, otasining yelkasiga qo‘l qo‘yishi, Senaning ular bilan hazillashishi...🫀
Bir necha soat oldin bularning barchasi oddiy hayotning bir qismi edi.🫴🏻
Endi esa Jungkook ularni yo‘qotish ehtimolining o‘zidan dahshatga tushayotgandi.💔
— Jungkook? — dedi Sena. — Nima bo‘ldi? Qoʻngʻiroq qilib qolibsan singiljoninga?🫤
Jungkook bir zum jim qoldi. Bu xabarni qanday aytishni bilmasdi.
— Darhol shifoxonaga kelishing kerak.😟
— Nima uchun? Jungkook, meni qo‘rqitma.🙁
— Ota-onamiz... avtohalokatga uchrashdi.💔
Telefonning narigi tomonida sukunat cho‘kdi.
— Men hammasini bilmayman. Shunchaki tezroq kel.🗣
— Yo‘q... Yo‘q, bu mumkin emas...🎸
Sena nafasi qisilib, stol chetiga suyanib qoldi.
— Jungkook, ular yaxshi ekanmi? Yetib bordingmi?🥹
— Bilmayman, Sena... Bilmayman. Hozir yoʻldaman...🍃
Ushbu uchta so‘z Jungkookning ham, Senaning ham yuragini tilib o‘tdi. Sena telefonni qo‘yib, darhol chiqib ketdi. Uning xayolida faqat bitta fikr bor edi: onasini yana ko‘rishi kerak. Uni quchoqlashi, ovozini eshitishi, ertalab aytgan gaplarini yana bir bor eshitishi kerak edi.💔
U hali onasiga aytadigan gaplari ko‘p ekanini bilardi. Va endi ularni aytishga kech qolishdan qo‘rqardi.🫶🏻
Shifoxona yo‘lagi sovuq va jimjit edi. Oq devorlar, uzoqdan eshitiladigan qadam tovushlari va shoshilib o‘tayotgan tibbiyot xodimlari...🎓
Jungkook qabulxona oldida u yoqdan bu yoqqa yurardi. Har bir ochilgan eshikda umid bilan bosh ko‘tarar, ammo hech kim unga kutgan xabarini bermasdi.💭
U akasining yoniga yugurib borib, uning yelkasidan ushladi.
— Ular qayerda? Ahvollari qanday?🥹
Jungkook boshini ko‘tardi. Ko‘zlari qizarib ketgan, yuzi oqarib qolgan edi.🥶
— Hali hech narsa deyishmadi.🫥
Sena uning qo‘lini mahkam ushladi.
— Ular yaxshi bo‘ladi. Shundaymi? Onam kuchli ayol. Dadam ham...🤝
U gapini tugata olmadi.
Jungkook singlisini bag‘riga bosdi.
— Hammasi yaxshi bo‘ladi, Sena. Ishon.🫂
Bu gapni u singlisini tinchlantirish uchun aytdi. Balki o‘zini ham ishontirish uchun. Oradan bir necha daqiqa o‘tdi.🫀
Nihoyat, shifokor ularga yaqinlashdi. Uning yuzidagi jiddiylikni ko‘rgan zahoti Sena Jungkookning qo‘lini yanada qattiqroq siqdi.🤝
— Sizlar Jung Tae va Kim Mina janoblarining farzandlarimisiz? — deb so‘radi shifokor.🗣
— Ha, — dedi Jungkook shoshilib. — Otam va onam qayerda? Ularning ahvoli qanday?😟
— Biz qo‘limizdan kelgan barcha choralarni ko‘rdik...🙂💔
— Yo‘q. Iltimos, bunday demang...🥹🥺
— Afsusdaman. Ularni saqlab qololmadik. Jarohatlari ogʻir edi. Yetib kelguncha yetarlicha qon yoʻqotishgan...💔
Dunyo to‘xtagandek edi. Sena shifokorga tikilib qoldi. U eshitgan so‘zlarning ma’nosini anglay olmasdi.💔
— Nima?.. — dedi u zo‘rg‘a. — Yo‘q... Siz adashyapsiz. Onam... onam hozirgina...😶🌫
— Men ertalab u bilan gaplashdim. U kechqurun birga ovqatlanishimizni aytgandi. U meni kutadi...😩😭
Sena yuzini qo‘llari bilan berkitdi.
Jungkook esa qimirlamay turardi. U ko‘zlarini shifokordan uzolmasdi.
— Dadam hammi? — deb so‘radi u nihoyat.🙂
Jungkookning tizzalari bo‘shashdi. U devorga suyanib qoldi. Bir necha soat oldin otasi undan sog‘lig‘ini asrashni so‘ragan edi. Onasi esa kechqurun birga ovqatlanishlarini aytgandi.💔
Endi esa ularning hech biri qaytib kelmasdi.
— Dada... — dedi Jungkook ovozsizgina.🗣
Uning ko‘zlaridan yosh oqib tushdi. Sena esa yerga cho‘kib, yig‘lab yubordi.🥲
— Men onamni xohlayman... Jungkook, men onamni xohlayman... Ularni koʻrishim kerak...🥹
Jungkook uning yoniga cho‘kdi va singlisini bag‘riga bosdi. Ular bir-biriga qarshi gapirgan, janjallashgan, bir-birining asabiga tekkan kunlarni eslashdi. Ammo hozir bularning hech biri ahamiyatga ega emasdi. Ularning ota-onasi yo‘q edi. Ular endi qaytib kelmasdi.....💔
O‘sha kecha uy odatdagidan ham jimjit edi. Mina odatda mehmonxonadagi chiroqlarni yoqib qo‘yardi. Jung Tae esa uyga qaytgach, gazeta yoki hujjatlarini stol ustiga qo‘yardi. Ularning ovozlari, qadam tovushlari, oddiy savollari bu uyning ajralmas qismi edi.🏡
Endi esa hamma narsa o‘z joyida turgan bo‘lsa-da, uy butunlay o‘zgargandi.💔
Sena onasining xonasiga kirdi. Karavot ustidagi yostiqni quchib, ko‘zlarini yumdi.🎸
— Ona, men keldim... — deb pichirladi u. — Nega meni kutmadingiz?..🥹😭
Javob bo‘lmadi. U ko‘z yoshlarini to‘xtata olmadi. Jungkook esa otasining kabinetida turardi. Stol ustida hali tugallanmagan hujjatlar, yonida esa oilaviy surat bor edi. Suratda ular to‘rtovlon kulib turishardi. Jungkook suratni qo‘liga oldi....🌃
— Siz menga hali gaplashadigan muhim masalamiz borligini aytgandingiz, dada...🙂
— Nega ketdingiz?.. Nega meni erta tashlab ketdingiz? Endi sizdek suyangan togʻimsiz men nima qilaman...?
Ko‘zlaridan yosh oqdi.
Jungkook hayotida ko‘p narsani yo‘qotishdan qo‘rqmagan edi. Pul, obro‘, mavqe — bularning barchasini qayta qo‘lga kiritish mumkin deb o‘ylardi.🤴🏻
Ammo endi u pul ham, kuch ham, kompaniya ham unga kerakli narsani qaytarib bera olmasligini tushunardi.🫀
— Men nima qilishni bilmayman...🫂
Eshik oldida Sena paydo bo‘ldi. Ko‘zlari shishgan, yuzi oqarib ketgan edi. Jungkook unga qaradi. Sena hech narsa demadi. Shunchaki uning yoniga kelib o‘tirdi. Bir necha daqiqa ular jim turishdi. So‘ng Sena boshini Jungkookning yelkasiga qo‘ydi.💔
— Endi nima qilamiz? — deb so‘radi u yig‘lab.🥲
Jungkook singlisining qo‘lini ushladi.
— Bilmayman... Sena. Biz bugun ertalab vorislar edik. Endi esa taxtga oʻtirishi kerak boʻlgan qirol va qirolichaga aylandik. Ular biz bilan xatto hayrlashishga ulgurmadilar. Endi qiladigan birinchi ishimiz ularning dafn marosimida munosib turishimiz kerak...💔
U birinchi marta hamma narsani biladigan, har qanday vaziyatni nazorat qila oladigan inson emasligini tan oldi.🍃
— Lekin sen yolg‘iz qolmaysan, Sena. Men borman. Men endi doim seni yoningda boʻlaman. Hech kimga ishonmayman. Seni doim ximoya qilaman...❤️
— Sen ham meni tashlab ketma...🥲
Jungkook uning qo‘lini mahkam siqdi.
Bu va’da uning hayotidagi eng muhim va’daga aylandi. Ammo u hali bilmasdi: kelajakda aynan shu va’dani bajarish uchun o‘zining eng yomon odatlari bilan kurashishiga to‘g‘ri keladi.🦋
Ertasi kuni dafn marosimi oʻtkazildi. Bundan soʻng darxol Jungkook va Sena kompaniya vakillari bilan uchrashishga majbur bo‘lishdi. Ota-onalarining vafoti nafaqat ularning oilasini, balki ikkala kompaniyaning kelajagini ham noaniqlikka solib qo‘ygandi.🔗
Katta majlislar zalida rahbarlar, yuristlar va maslahatchilar yig‘ilgan edi.🖼
Jungkook stol boshida o‘tirdi. Uning yonida Sena jim turardi.
— Janob Jeon, — dedi kompaniya vakillaridan biri, — otangizning o‘rnini kim egallashi haqida qaror qabul qilishimiz kerak. Kompaniyaning faoliyati to‘xtab qolmasligi lozim.🍃
— Otamning o‘rnini hech kim egallay olmaydi.🙂
— Ammo kompaniya davom etishi kerak, — dedi boshqa bir vakil ehtiyotkorlik bilan.🙃
— Bilaman. Men otamning kompaniyasini boshqarishni o‘z zimmamga olaman. Boshqachasiga boʻlishi ham mumkun emas....🍃
— Sen ham onangning kompaniyasini boshqarishga tayyor bo‘lishing kerak. Men senga yordam beraman.
— Men buni uddalay olamanmi, bilmayman.🎸
— Hozir hech birimiz nima qilishni bilmaymiz, — dedi Jungkook. — Lekin boshqa ilojimiz yo‘q. Biz davom etishimiz kerak.❤️🩹
Sena ko‘zlarini yumib, chuqur nafas oldi.
— Mayli. Men harakat qilaman. Onam uchun... va albatta otam uchun...🪼
Ular bir-biriga qarab turishdi. Kecha ular ota-onalarining farzandlari edi. Bugun esa ikki kompaniyaning kelajagi ularning yelkasiga tushgandi. Va ularning oldida nafaqat biznes, balki o‘zaro ishonch bilan bog‘liq eski muammolar ham turardi...🦊
Kechqurun Jungkook uyga qaytib, mehmonxonadagi divanga o‘tirdi. Qarshisidagi stol ustida otasining soati turardi.📸
Sena sekin kelib, uning yoniga o‘tirdi.
— Men seni hali ham kechirmadim.☹️
Jungkook unga qaradi. U Yoongi bilan bo‘lgan voqealarni nazarda tutayotganini tushundi.
— Sen doim mening hayotimni boshqarishga urinding. Men senga ishonishga harakat qilganimda ham, sen o‘z bilganingni qilding....💔
Jungkook ko‘zlarini yerga tikdi.
— Bilaman, Sena. Afsusdaman...
— Men hozir seni ayblashni istamayman. Bunga kuchim yo‘q. Lekin ota-onamizdan ayrilganimiz sening oldingi xatolaringni unutganimni anglatmaydi.🙂
— Men sendan buni so‘ramayman.😏
— Unda bir narsani tushun. Endi bizda faqat bir-birimiz bormirx. Men sen bilan oilamni saqlab qolishni istayman. Lekin buning uchun menga buyruq berishing shart emas. Menga ishonishing kerak.❤️
Sena o‘rnidan turib, xonasiga yo‘l oldi. Jungkook esa joyida qoldi. U ota-onasini qaytara olmasdi. Ammo singlisini ham yo‘qotishni istamasdi. Bu safar u g‘alaba qozonish uchun emas, o‘z oilasidan qolgan yagona rishtani saqlab qolish uchun kurashishi kerak edi....🎸
Jungkook stol ustidagi otasining soatini qo‘liga oldi.
— Dada... Ona... — deb pichirladi u. — Men unii asrayman. Va’dam shu sizlarga...
Deraza ortida Seul chiroqlari porlab turardi. Shahar hayotida hech narsa o‘zgarmagandek edi. Ammo Jungkook va Sena uchun eski hayot tugagandi.🫴🏻
Ba’zi yo‘qotishlar insonni sindiradi. Ba’zilari esa uni o‘zi hech qachon bo‘lishni istamagan insonga aylantiradi.🫀