JOZIBALI SEVGI...🍓 | #Bahromiddin 🍃
Suhbat deyarli yakun topay deganda Taeohning og‘zidan uch so‘z bexosdan chiqib ketdi:
— Men Jisooni sevaman...🙂
Eunjining yuragi shu lahzada to‘xtab qolgandek bo‘ldi. Ko‘zlari kattalashdi, lablari titradi. U beixtiyor oldinga egilib so‘radi:
— Nima dedingiz...? Iltimos... yana bir marta ayting...😕
Taeoh chuqur nafas oldi. Bu endi yashirib bo‘lmas haqiqat edi. U ko‘zlarini pastga tikdi, so‘ng yana Eunji tomon qaradi. Sekin, lekin qat'iy ovozda aytdi:
— Men Jisooni sevib qoldim... Yaqinda... juda tez sodir bo'ldi. Umuman kutulmagan vaqtda, kutilmagan vaziyatda - o'zim bilmagan holda sodir bo'ldi. O'zim tushunmadim ham. Sizga ham tushuntirib berolmayman. Buni xayolimga ham keltirmagandim, lekin yuragim meni aldamadi. Endi... endi siz bilan bo‘lish... mumkin emas, Eunji. Hammasi tugadi!💫
Eunjining qaddini ichkaridan nima ezayotgani ko‘rinib turardi. U bir necha soniya jim turdi. So‘ng g‘amgin tabassum qildi. Uning ko‘zlarida yosh porlardi, lekin u ularni to‘kmaslikka harakat qilardi.🙃
— Unda bu bizning… so‘nggi marta ko‘rishishimiz bo‘lsin. Ruxsating bilan... sizning yo‘lingizga to‘g‘anoq bo‘lmayman, Taeoh. Sizga baxt tilayman... — dedi u iliq ohangda, ammo ezilgan vidolashuvni aralashtirib.😊
Taeoh sukutda bosh irg‘adi. Ular jimgina hayrlashishdi.
Taeoh do‘sti Suhonning oldiga ketdi. Unga hamma voqeani so‘zlab berdi. Bir oz yengil tortganday bo‘ldi. Suhon va Taeoh kvartiralariga yetib borishdi.🚎
Taeoh telefoniga qarasa... Park Eunjidan 10 ta ovozli xabar.
U xabarlarni koʻrishi bilan darxol ochib qaradi. Xabarlarni birma-bir eshita boshladi...
“Men... men sizni chindan sevgan edim, Taeoh... Bilasizmi, necha marta aytmoqchi bo‘ldim... har safar yuragimni bosdim. Ammo endi... endi kech... Jisoo? Qayoqdan paydo bo‘ldi u? Nega aynan hozir?”😭
Eunjining ovozi sinib-sinib chiqardi. Uning har bir yig‘isi, har bir so‘zi – qattiq urgan zarbadek eshitilardi. Taeoh o‘zini qattiq aybdor his qilardi. Ammo yurak — bu buyruqqa bo‘ysunmaydigan tuyg‘u edi.🫀
Taeoh imkon qadar vaziyatni tushuntirishga harakat qildi. Undan doim uchta soʻz kutgani haqida, unga nisbatan umidsizlanib borgani va oxir oqibat uni qalbidan sug'urib tashlagani haqida tushuntirdi. Xuddi Park Eunji bilan kelishilgandek, kun kelib ajralishlari kerakligi haqida uqtirdi. Qoʻldan kelgancha Eunjini ovutishga va tinchlantirishga harakat qildi.❤️🩹
Oradan bir necha kun o‘tdi. Sessiyaning o‘rtalari. Taeoh tasodifan Jisoo bilan karidorda ko‘rishib qoldi. 🍫
— Salom, — dedi Taeoh.
— Salom, men Roseni kutayapman, — dedi Jisoo jilmayib.☺️
Ular bir oz suhbatlashishdi. Jisoo yurak yoritadigan samimiyatda gapirardi. Shu payt bir gap aytdi:
— Bilasizmi... ehtimol, kelasi kursdan bu yerda o‘qimasman. O‘z shahrimga ko‘chish haqida o‘ylayapman.🌝
Taeohning yuragi shuvvklab darxol soʻzlab ketdi:
— Nega? Bu yerda hammasi yaxshi-ku… — dedi u.😟
— Bilmadim, oila, masofa… Hali o‘ylayapman, — dedi Jisoo yumshoq tabassum bilan.😊
Keyin Rose imtihondan chiqdi. Jisoo Taeoh bilan hayrlashdi.
Taeohning ichida yangi olov yoqildi: "Men uni yo‘qotolmayman. Unga sevishimni aytishim kerak. Hozir. Yaqinda. Aks holda kech bo‘ladi." Ammo bu — jasorat talab qilardi. Uning yuragi avvalgidek emasdi. Qaltirardi. 🔥
2 kun davomida Suhon, Huri, Hona Chong, Dae Chon — barchasidan motivatsiya oldi. Doʻstlarining daldasiga muxtoj edi Taeoh. “Sen uddalaysan”, “O‘zingizni ko‘rsating, Taeoh!”, “Bu sevgi hayotingizdagi burilish nuqtasi bo‘lishi mumkin!” kabi gaplar aytishdi.
Taeoh oʻqishning soʻngi kuni sevgisini izxor qilishga qaror qildi va miyasida nimalarni soʻzlashi kerakligi haqida kichik rejalar tuzdi.☄
31-may. So‘nggi kun. So‘nggi imtihon. So‘nggi imkon. Hamma o‘z viloyatlariga ketadi shu imtixondan soʻng. Shuningdek Jisoo ham...🌸
Taeoh uni yana ko‘rdi. Tasodifan.
Ular salomlashdi. Gaplashishdi. Yurak qinidan chiqib ketayotganday bo‘lardi yigitchada...🦋
— Jisoo… men… — deb og‘iz ochdi yigit, ammo…🍃
Naemin kelib qoldi, kursdosh qiz. Jisoo bilan uyoq-buyoqdan suxbatlashibbturdi. Taeohning ichidagi gaplar esa yana to‘g‘on ortida qolib ketdi...🌿
“Keta qolsangchi Naemin, iltimos ket…” deb ichida tipirchilardi yigit.😑
Naemin ketdi. Taeoh endi jonidan to‘yib gapirishga hozir edi...
Ammo ne koʻz bilan ko'rsin-ki, Rose imtixondan chiqdi...🪐
Yana baribir so‘zlar ichida qoldi.
Jisoo soatiga qaradi, so‘ng jilmayib aytdi:
— Mayli Taeoh, sog‘ bo‘ling. Salomat bo‘ling…😊
U yigitga qo‘l silkitdi.👋🏻
Taeoh to‘xtab qoldi. 3 soniya… 4 soniya… *ko‘zlari uning ketayotgan izidan uzilmadi.* Nihoyat, ohangsiz ovozda javob berdi:
— Ko‘rishguncha, Jisoo... sog‘ bo‘ling. Salomat bo‘ling...🥲
Hayot har doim ham yuragimizdagi gaplarni aytishga fursat bermaydi. Ba'zida eng muhim hislar ichimizda qoladi. Aytishga jur’at topilmagan so‘zlar esa — insonni uzoq yillar qiynaydi....💫
Taeoh sevganini yo‘qotmagan edi, ammo... sevganiga yuragini ochishga ulgura olmadi. Endi uni ikkinchi kursda koʻrishi yoki koʻrmasligi 50/50 vaziyat edi.🍭
“Men Jisooni sevaman” — deb boshlangan kun, “Sogʻ boʻling - salomat boʻling” degan jim hayrlashuv bilan tugadi.🍓