August 23

AGAIN 2 ❄️ | #KIM_JURI 🌸

4-QISM 🍃 | KAPALAK 🦋

Again 2-mavsum, 4-qism (1-part — Mart) 🌙

Mart boshlanganida hammasi yangi, rang-barang bir faslga o‘xshab ketardi. Daraxtlarning shoxlarida oppoq g‘unchalar paydo bo‘lganini ko‘rib, ichim ham shunday ochilib ketayotgandek tuyulardi. Universitet hovlisida yurib, yonimdan Taeohning jilmayib kelayotganini ko‘rsam, yuragim beixtiyor tez ura boshlardi. Har bir ko‘rishuvimiz, har bir kichkina salomlashuvimiz — men uchun bir olam edi... ❤️

— “Bugun seni darsdan keyin olib ketaman. Birgalikda issiq choy ichamiz,” — dedi u bir kuni jilmayib.😁

Men ham jilmayib bosh silkidim:
— “Mayli. Lekin sizning navbatdagi leksiyangiz-chi?”👀

— “Sening yoningdami? Leksiya qurbon bo'lsin sen uchun,” — deb kuldi u.😂

Shu ondayoq yuzlarim qizarib ketardi. Shunaqangi oddiy gaplarim ham uning yonida qanchalar muhimdek tuyulardi.💗

Mart oyi meni borgan sari g'uncha misol ko'nglimni ochib borardi. Biz tez-tez uchrashardik. Kafe derazasidan tashqariga qarab o‘tirib, odamlarning shoshilinch qadamlari orasida faqat ikkovimiz bir-birimizni eshitardik. Men uchun uning kulgisi eng yoqimli musiqa edi. Hatto uning oddiy “Bugun darsing qanday o‘tdi?” degan savoli ham yuragimga iliqlik berardi.❤️

Shu davrda men ichimda bir narsani aniq sezdim: men shunchaki sevmayapman, men unga bog‘lanib qolyapman...🍁

Martning o‘rtalarida ob-havo iliqlashdi. Bir kuni Taeoh qo‘limdan tutib, shunday dedi:
— “Bugun darsdan keyin kichkina piknik qilamiz. Men tayyorlab qo‘ydim hamma narsani...”☺️

— “Nimalarni tayyorladingiz?” — dedim hayron bo‘lib.🧐

— “Surpriz.”😉

Biz daryo bo‘yiga bordik. Oppoq gullar ochilgan daraxtlar soyasida, u to‘shama solib, kichkina qutilardan sendvich, mevalar va shokoladlarni chiqardi. Shamol sekin yuzimni silab o‘tar, sukunat ichida uning ovozi yanada yaqinroq eshitilardi.❣️

— “Senga yoqadimi?” — dedi u, qo‘lidagi shokoladni uzatarkan.🍫

— “Bu… mukammal,” — dedim men jilmayib.😍

— “Mukammal bo‘lishi uchun yetmagan narsa bor,” — dedi u.😌

— “Nima?”👀

— “Sen menga doim shunday tabassum bilan kulib turishing.”😻

Bu so‘zlarni eshitib, ko‘zlarim yonib ketdi.
Ichimda qandaydir baxtli portlash yuz bergandek bo‘ldi.🥰

Biz uzoq suhbatlashdik, o‘tmishimiz, kelajakdagi orzularimiz haqida. U kelajakda dunyo kezishni xohlashini aytdi. Men esa o‘zimning sodda, lekin samimiy istagimni sekin ovozda bildirdim:
— “Men uchun dunyo — yonimdagi inson. U siz bo‘lsangiz, yetadi.”😌

U jim bo‘lib, ko‘zimga qaradi. Men yuragimda ilk marta “baxt” degan so‘zning jonli qiyofasini his qildim.🍃

* * *

26-mart 🦋

Ammo baxt doim ham izma-iz kelavermas ekan. 26-mart kuni men uchun og‘ir bo‘ldi. O‘sha kuni Taeoh haqida xabar eshitdim: u Chongah bilan birga edi. Yana kursdoshim va yana yigitim...❣️

Chongahning tug‘ilgan kuni edi, ammo bobosining vafoti tufayli oilasi bilan nishonlay olmasdi. Unda oilaviy nishonlamaslik uchun arzirli sabba bor edi. Dugonalari ham bora olmadi uni oldiga. Xattoki meni ham borishim uchun imkon bo'lmadi. Onam "holangnikiga borasan" degani uchun Chongahning oldiga borolmadim...🌸

Shunda Taeoh unga yon bosib, uni yolg‘iz qoldirmaslik uchun birga vaqt o‘tkazibdi. U bilan birga tug'ilgan kun nishonlabdi...🫀

Buni bilib, yuragim g‘ash tortdi. O‘sha payt ichimda ikki xil ovoz kurashardi. Biri: “Taeoh shunchaki insoniylik qildi, yordam berdi, nima bo‘pti?” derdi. Ikkinchisi esa qattiqroq gapirdi: “Nega sen emas? Nega boshqa qizning yonida bo‘ldi? Bu do'stlikmi yoki...?” 😅

O‘sha kuni juda ko‘p o‘yladim. Telefonimni qo‘limga oldim-u, yozishga jur’at qilmadim. Chunki unga ishonardim, lekin ichimdagi g‘alati tuyg‘ular jim turishni xohlamasdi.🌊

Men o‘zimni tinchlantirishga harakat qildim, lekin yuragimda mayda darz paydo bo‘lgandek edi. Shu darzni o‘zim ham tan olishni xohlamasdim. Balki bu shunchaki bir kunlik holatdir, balki hech qanday ahamiyatga ega emasdir...💔

Again 2-mavsum, 4-qism (2-part) 🦋

Aprel oyi kirib kelishi bilan atrofni bahorning hidi qamrab oldi. Daraxtlarning mayin gullari, shamol esganda yuzimga urilgan iliq havosi... hammasi yuragimni quvontirar edi. Har kuni universitetga borishim, darsdan so‘ng esa Taeoh bilan uchrashishim — bu oy ham men uchun xuddi orzudagi kabi boshlangandi. 🍓

Biz tez-tez universitet kampus hovlisida, ba’zan esa kutubxona yonida uchrashardik. Har safar uni ko‘rsam, ichimda qandaydir issiq narsa yonib ketardi. Ba’zida u bilan oddiy suhbatlashishning o‘zi ham menga dunyodagi eng katta baxtdek tuyulardi. Aprelni ham bejizga eng sevimli oyim deb atamayman...❣️

— Sen har kuni kulib yurasan, — derdi Taeoh, — bilasanmi, bu kulging men uchun eng katta motivatsiya. Seni ko'rsam bahri dilim ochiladi...☺️

Men esa u gaplarni eshitib, yana ham qizarib ketar edim.🥰

* * *

18-aprel — bu kunni hech qachon unutmayman. Universitetda katta konsert bo‘lishi rejalashtirilgandi. Shu bilan birga... bu mening tug‘ilgan kunim edi. Avvaliga biroz hayajonlandim: tug‘ilgan kunimni universitetdagi shovqin-suron orasida kim eslar ekan, deb. Lekin Taeoh meni hayratga soldi. 💗

Konsert kuni ertalabdan u meni kutib oldi. Qo‘lida kichkina quti bor edi.
— Tug‘ilgan kuning muborak, Juri, — dedi u jilmayib. — Bu sovg‘a senga mos bo‘lsa kerak. 😍

Qutini ochganimda ichidan nozik kumush bilaguzuk chiqdi. Uning ustida kichkina yurak shakli osilgan edi❤️

— Bu judayam chiroyli... — dedim men sekin, ko‘zlarim porlab.🥹

— Men uni ko‘rgan zahoti sen yodinga tushding, — dedi u. — Men xohladimki, sen uni taqib yurganingda, har safar meni esla...🥰

Konsert davomida ham u yonimda edi. Sahnadagi yorug‘lik, musiqa, olqishlar... hammasi bir-biriga qo‘shilib, o‘sha kuni men uchun hayotimdagi eng quvonchli onlardan biriga aylandi. Chunki yonimda eng qadrli insonim bor edi.🫠

Konsertdan keyin biz daryo bo‘yiga bordik.
Shamol yuzimizni silardi, suv mayin tovush chiqarardi.
— Baxtlimisan? — deb so‘radi Taeoh, ko‘zlarimga qarab.😍

— Ha, juda, — dedim men. — Chunki siz yonimdasiz.🤩

O‘sha kuni men ichimdan shuni his qildim: agar vaqt shu holatda to‘xtab qolsa, men butun umr shunday yashashga rozi bo‘lardim.🌒

* * *

Ammo oy oxiriga yaqin... nimadir o‘zgara boshladi. Taeoh biroz sovuqqina tuyula boshladi. Suhbatlarimiz qisqaroq bo‘lib qoldi, ba’zan u xayolchan yurardi. Men esa ichimdan savollar berar edim:
— "U charchagani uchunmi? Yoki menga aytmayotgan biror narsasi bormi?"🍃

Shubhalar asta-sekin yuragimni egallay boshladi. Ayniqsa, u ba’zan Chongah haqida gap ochganida, ichimda qandaydir g‘alati his uyg‘onardi. “U faqat do'st sifatida qarayaptimi, yo‘qmi?” degan savol tinchlik bermasdi. 🦋

Men buni ochiq so‘rashga jur’at eta olmadim. Faqat ich-ichimda, sekin-sekin, birinchi marta qo‘rquv paydo bo‘layotgandi: “Agar u mendan uzoqlashsa-chi...?” 🖤

Bahorning eng yorqin oyi — Aprel. Lekin men uchun u endi faqat quvonch emas, balki ichki chalkash hislarning ham boshlanishiga aylandi.😅