JOZIBALI SEVGI...🍓 | #Bahromiddin 🍃
U yotoqxonada, ekran nurida yorqin ko‘ringan Kim Jisooning videosiga tikilib o‘tirardi. Video oxirlagan zahoti yuragida g‘alati, begona, ammo shirin tuyg‘u uyg‘ondi.🪻
Taeoh beixtiyor o‘zini yo‘qotdi. Ko‘zlari porlab, lablari titrab, ich-ichidan toshib chiqqan hislarni ortiqcha o‘ylamasdan ochiqchasiga baqirib yubordi:
— Suhoooon! Men sevib qoldim! 🍃
Suhon, deraza yonida telefon titkilab o‘tirgandi. U birdan sakrab ketdi, yuzida hayrat va kulgudan iborat g‘alati ifoda paydo bo‘ldi. 😁
— "Zo‘rku" — dedi u kulib, — "qanaqasiga bir zumda sevib qoldingiz?"
Taeoh yuragini qo‘llari bilan bosdi va jiddiy ohangda javob berdi:
— Men sizga bu narsani tushuntirib berolmayman... Mana, mana bu videoni tomosha qildim. Bu videoda u juda ham go'zal porlagan. Kameraga yaqin kelib tabassum qilgan joyida meni sehrlab qo'ydi... Va men sevib qoldim!😳
Suhon endi chinakamiga qiziqib ketdi. U yoniga o'tirib, videoni ko‘zdan kechirdi, biroq Taeohdek hissiyotga berilmagandi.🌸
Taeoh so‘zida davom etdi, go‘yoki o‘zini oqlagandek:
— Birinchi kurs davomida u bilan birga o'qidim, yaxshi do‘st bo‘ldim. Ammo Park Eunjiga bo‘lgan tuyg‘ularim sababli Kim Jisooga faqat do‘st ko‘zi bilan qaragan ekanman. Park Eunjiga juda ko‘p marotaba sevishimni aytdim. Undan uchta so'zni — "Men seni sevaman" degan so'zni juda ko‘p kutdim. Oltı oy do‘stlikdan nariga o‘tmadik. Shu olti oy davomida unga bo‘lgan tuyg‘ularim maksimal darajaga ko‘tarildi, ammo shuning bilan birga maksimal darajada undan ko‘nglim sovudi.🌒
Taeoh chuqur nafas oldi. So‘zlarini yutib yubormaslik uchun o‘zini zo‘rg‘a tutdi:
— Park Eunji bilan birga bo‘la olmasligimiz aniq edi. Menimcha, Eunji shu og'ir qismat sababli menga do'stdan ortiq inson bo‘la olmadi. Demak, bo‘lishi kerak bo‘lgan narsa ertaroq bo‘lgani yaxshi....🌒
Taeoh shunday o‘ylar girdobida asta sekin uxlab qoldi. U yuragidagi og'irlikdan biroz yengillashgandek edi.🌹
Sokin tongni Park Eunji bilan yana bir kelishmovchilik buzdi.
Taeohning sabri chidamadi. Eunjining gaplari unga xuddi pichoqdek sanchildi:
— Siz meni sevmagansiz... Sevgingizni isbotlay olmagansiz...⚡️
Bu so‘zlar Taeohni o‘z qobig'idan chiqarib yubordi.
U Eunjining oldiga bordi va qattiq jahl bilan:
— Men oxirgi ikki oy davomida necha marotaba sevishimni aytdim! Do‘stlik chegarasidan o‘tyapman! Nega menga “sevmagansiz” deyapsiz? Oltı oydan beri faqat sevib kelayotgan, talpinayotgan, sevgisini yashirmayotgan inson faqat menman shekilli?! — deb qattiq gapirdi.😡
— Tinchlaning, o'tiring bu yerga. Bafurja gaplashib olamiz. Jaxl qilmang menga! - dedi Eunji.🌙
Taeohning ko‘zlari achchiq g‘azab va armon bilan yonardi. U davom etdi:
— Sizdan to‘liq ko‘nglim qoldi. Endi sizni sevmayman. Buning o‘z sabablari bor! Hammasiga sabab — umidning so‘nishi.🥀 Birinchidan, siz men uchun muhim bo‘lgan uchta so‘z — "Men seni sevaman" — ni hech qachon aytmadingiz. Munosabatlarimiz do'stlik deb ham, sevgi deb ham bo'lmasdi. Ammo sevgiga ko'proq o'xshardi. Sizda esa sevgidan darak bo'lmadi. Ikkinchidan, 19-may kuni hammasini tugatishga kelishib olganimiz ham meni sovutdi...😠
FLASHBACK:
📆 2023-yil, 25-Mart.
Park Eunji va Kim Taeoh o‘sha payt yaqin do‘st sifatida suhbatlashib, kelajakda majburan ajralishga tayyorlanishgan edi... Eunji oilaviy sabablar, Taeohning yoshi kichikligi hamda u uzoq Pusan viloyatidan ekanligi tufayli shunday qaror qabul qilgandi:
— Biz baribir bir kun kelib ajralishimizga to'g'ri keladi Taeoh. 19-may kuni oramizni ochiq qilamiz... — degan edi u, ko‘zlari to‘la g'am bilan...🍂
Taeoh xotiralar girdobidan chiqib, gapini davom ettirdi:
— Uchunchidan, o‘sha jin urgur qo‘pol hazilingiz. U ham yetarlicha qalbimni sovutdi va ko‘nglimning qolishiga so‘nggi nuqtani qo‘ydi.😑
Park Eunji faqat uni tinglardi. Taeoh gapirishda davom etib, yana chuqur nafas oldi, ichidagi barcha alam va dardni to‘kdi:
— Mana sizga umidsizlik qanday oqibatga olib kelishini ko‘rsatib berdim! Xursandmisiz?! Qanchalik sevganimni ko‘rdingizmi?! Nimalarni his qilganimni qayoqdan ham bilardingiz...😡
Park Eunji jim. So‘zsiz. Faqat ko‘zlari pastga qaragancha, tinglardi. Taeoh esa gapini tugatganda, yuragidagi g‘azab bir oz tinchigandi. Ich-ichidan esa biroz afsus va armon sezilar edi. Chunki ko'ngli qolgani haqida to'g'ridan-to'g'ri aytib tashladi. Kim bilsin balki Eunji ham pinxona Taeohni sevardi...🌱
Suxbat deyarli yakun topay deganda Taeohning og'zidan 3 ta so'z bexosdan chiqib ketdi:
— Men Jisooni........❤️🩹