November 20, 2025

🍓SᴛʀᴀᴡʙᴇʀʀY MᴏᴏN🌙

13-qism 🌆 | #Bahromiddin 🍃

11-sinfning yarim yillik yakuni yaqinlashmoqda. Bitiruvchilarga xos shovqin sinfni to‘ldirib turardi— kimdir suratga tushmoqda, kimdir kulib gaplashmoqda, kimdir dars daftarini yopishga ham ulgurmasdan navbatdagi vazifalar haqida o‘ylayotgandek edi... Ammo shu jarayon ichida Taeyoungning dunyosi aksincha — bir nuqtaga siqilganday torayib borardi. 🍓

U nigohini sinfning eng chetidagi deraza yoniga qadadi. Lichanga qarardi...🍀

Bir paytlar uning ko‘ziga qarab yonib kulgan, hazillarini eshitganda yelkalari bilan qiqirlab kulib, jilmayib qo‘ygan o‘sha qiz hozir butunlay o‘zgargan edi. Bir necha haftadirki, u bola Taeyoungdan qochardi. Yoniga o‘tirmasdi, suhbatga qo‘shilmasdi, ko‘zi qorachigʻini olib qochardi....❤️‍🩹

Yigitning ataylab uzoqlashayotgani shunchalik aniq ediki, Taeyoung hatto bunga qarab og‘riqni jismonan his qilardi. Go‘yo kimdir ko‘ksini ichkaridan asta bosayotgandek.💔

Tanaffus payti. Barcha o‘z hayoti bilan band. Lichan esa deraza oldida kitobni ochib qo‘ygan, lekin o‘qiyotgani yo‘q. Sahifa bir joyda toʻxtab qolgan. Qizning esa barmoqlari mo‘rt, titrab turgandek. Ko‘zlarida esa bezovtalik, biror yashirin sir, ichki tug‘yon yashiringan.📌

Taeyoung unga tikilganda, yuragida eski Lichanning aksini izlar edi. Ammo topolmasdi.
U ichida o‘zini qo‘rqitayotgan savolni baland eshitdi:
— “Nega u mendan qochyapti? Men nima qildim? Qaysi joyda uni ranjitdim?”🥲

Bu savollar unga tinchlik bermasdi, uni asta yeb borardi.
Lichan ataylab sovuqroq bo‘lishga urinayotganini Taeyoung tushunardi, lekin sababi bo‘yicha hech qanday javob yo‘q. Qizning qadam bosishi ham o‘zgargandi — ehtiyotkor, mulohazali, yuzi esa muzdek.🌊

Lichan Taeyoungga yaqinlashsa o‘zini yo‘qotib qo‘yishidan qo‘rqardi. Shuning uchun uzoqlashayotgan edi.💫

Ammo bu uzoqlik qizni ham qiynar, ko‘zlari orasida yashiringan charchoq va azobni yashira olmasdi.🦋

Taeyoung nihoyat chidolmadi. Orasidagi sukunat tarang ipday cho‘zilaverib uzilish darajasiga kelgan edi.🌤

U oʻsha yigitning yoniga bordi.
— Lichan… nega mendan qochyapsiz? Nimaga o‘zgardingiz? — dedi u past ovozda, lekin ovozidagi titroq yashirinmadi.❣

Lichan qotib qoldi. Bir necha soniya lablari qimirlamadi. So‘ng o‘zini tiklab, sovuq ohangda:

— Hech narsa bo‘lganim yo‘q, — dedi.🙂

U so‘zlarni og‘irlik bilan, o‘zini majbur qilganday aytdi. So‘ng darrov yuzini boshqa tomonga burdi.😒

Ammo Taeyoung buni sezdi. Ovozidagi taranglik, nafasidagi notinchlik uni alday olmasdi.
— Lichan… siz mendan nimanidir yashiryapsiz. Sezyapman. Nega? Nima bo‘ldi?😐

Yigitcha ko‘zini yumdi. Bir lahza butun tanasi titrab ketgandek bo‘ldi. So‘ng o‘zini qo‘lga olish uchun lablarini tishladi va ovozini yanada sovuqroq qildi:
— Men yaxshiman. Meni ishimga aralashma.😕

Bu so‘z Taeyoungni o‘rtaga tashlab ketilgan kabi his qildi. U sukutda bir necha soniya turdi. Boshini egdi. Ko‘zlarida alam to‘plana boshladi.🥺

— Nega menga bunday sovuq bo‘lyapsiz? Oxirgi marta qachon birga kulganimizni ham eslay olmayapman… — dedi u nihoyat, ovozi sinib.😟🥺

Lichan bu so‘zni eshitib dovdiradi. Ko‘zlari pirpiradi, qo‘llari kitobni mahkam qisib oldi.
— Taeyoung… men… xullas hech narsa bo‘lmadi. Shunchaki biroz charchadim, — dedi u kuchsiz, ishonchsiz ohangda.😒

Taeyoung bu yolg‘onni qalbining tagida ham sezdi. Qiz himoyalanayotgan edi. Biror narsa uni qo‘rqitar, uni o‘z holiga tashlab qo‘yardi.⚡️

Shunda Lichan birdan, o‘zini chalg‘itish uchun bo‘lsa kerak, keskin gapirib yubordi:
— Nima, mendan charchadingmi? Kel unda… bu munosabatlarni to‘xtatamiz!🙄

Taeyoung ko‘zlarini kattaroq ochdi. Bu so‘z uning ichidagi eng nozik ipni uzdi.

— Nima dedingiz hozir? — dedi u ohangini ko‘tarmagan, ammo ichidan yonib.😳🥺😢

Lichan ortga tisarildi. Ammo Taeyoungning sabri tugagan edi. U yigitni to‘xtatish uchun qo‘lidan ushlab qoldi. Qo‘llari qattiq edi. Qiz cho‘chib ketdi....🤝

— Qo‘yib yubor meni, — dedi Lichan titrab. —😡 Sen qachon haqiqatni aytsang shunda qayt.😏

U qo‘lini siltab oldi. Orqasiga qaramay sinfdan chiqib ketdi.
Taeyoung uning ketayotgan iziga qarab qotib turdi. Havo og‘irlashdi. Yuragi siqildi. U Lichanning qadam tovushlari uzoqlashib borayotganini eshitarkan, o‘zidan nimadir uzilib ketayotganini his qildi.💔

Kechga yaqin hovli chetida Taeoh Jiwooni chaqirdi. Hamma uyga tarqala boshlayotgan payt edi. Shu payt Taeoh o‘zgargan yuz ifodasi bilan, ohista, g‘alati jimgina ko‘rinishda turardi....🪐

Jiwoo uning yoniga kelib to‘xtadi.
— Taeoh, nima gap? 🌚

Taeoh asta jilmaydi. Ammo bu jilmayish hushyorlikdan, zavqdan emas — nimagadir tayyorlanayotgan odamning xavfli jilmayishi edi.😈

— Sangtae haqida rejam bor, — dedi u chuqur ohangda.😌

Jiwoo ko‘zlarini qisdi, bir nimalarni sezganday. Taeoh esa lablarini biroz ko‘tarib, sovuq ovozda davom etdi:

— Men Sangtaeni sharmanda qilmoqchiman.😈

13-qism shu yerda tugadi.🍃