July 26

COLD AS ICE ❄️ | #BAHROMIDDIN 🍃

🔸 11-qism: "Chechak ochilishi" 🔸

In Ho uchun endi tonglar boshqacha edi. Kunlar odatdagidek erta boshlanardi, ammo yuragi erta uyg'onardi. U har kuni o'ziga bir xil savolni berardi:
— Bugun uni yana ko'ramanmi? ❤️

Mia bilan munosabatlari tobora chuqurlashardi. Ular har kuni zalda uchrashar, mashg'ulotdan so'ng birga aylanib yurishar, sokin, lekin mazmunli suhbatlar qilishardi. Su Hon ularni ba'zan uzoqdan kuzatib kulib qo'yardi:
— In Ho, sen endi meni ham unutib qo'ydingmi? — deb hazillashardi.🌓

In Ho jilmayib javob berardi:
— Yo'q, men faqat o'zimni topdim. ❄️

Mia unga boshqacha kuch ato etgandi. In Ho birinchi marta hayotida o'zini quvnoq, yengil, yoritilgan his qilardi. Qizning har bir so'zi, har bir qarashi unga turtki bo'lar, u esa har kuni yanada kuchliroq inson bo'lishga intilardi. 🛡

Bir kuni zalda ular musobaqa o'ynashdi. Mia unga qarata:
— Yutqazsang, men uchun film tanlaysan.😌

In Ho esa:
— Yutsang, sen men uchun tanla. Chunki seni istaging menga zavq beradi, — dedi.🌚

O'yin yakunida ikkisi ham kulib yuborishdi. Chunki bu o'yin emasdi. Bu - yuraklar orasidagi jilva edi. 🩵

O'sha oqshom ular park bo'ylab sayr qilishdi. Suv to'lqinlarining mayin ovozi, shamolda qimirlagan yaproqlar, va ikki qalbning sukutdagi suhbati...❄️🛡

— Bilasanmi, Mia, — dedi In Ho. — Hayotimda ko'p jimliklar bo'lgan. Lekin sen paydo bo'lganingdan beri bu jimliklar go'yo musiqaga aylangandek...🎧

Qiz to'xtadi. Sochlarini shamol aralashtirayotgan edi. U In Hoga qaradi:
— Sen menga shunchaki yigitim emassan. Sen... xotirjamliksan. Men yuragimni hech kimga ochmaganman. Ammo senga qarasam... yopiq eshiklarim o'z-o'zidan ochiladi...❤️

Ular jim qoldi. Biroq bu jimlik hech qachon noqulay emasdi. Bu sokinlik... yurak titroqidagi sokinlik edi.🫀


2023-yilning bahori issiq iliqlik bilan kelgandi. Multi Olam guruhiga yana bir yangi a'zo qo‘shildi. Guruh a'zolari: Su Hon, Seokjin va In Ho xabarnomani ko‘rib, bir lahzaga hayron bo‘lishdi.

Ismi: Kim Ju Ri. 🌸

U... tanish edi. Juda tanish.🍃

Seokjin xayolga toldi:
— Bu qiz... xuddi...🤥

In Ho qo‘shdi:
— 2022-yilning noyabrida guruhga kirib, 2 haftada ketgan qiz emasmi?

Su Hon bosh irg‘adi:
— Ha, aynan o‘sha. Men u bilan o‘shanda ozgina gaplashganman. Juda muloyim, sokin qiz edi. Taeoh bilan qisqa munosabat qurib, ajralib ketgandi...🌓

Ju Ri guruhga shunchaki qo‘shilib qolmadi. U go‘yo eski qadrdon tanishdek kirib keldi. Ilk salomi ham jozibador edi:
— Salom hammaga. Men qaytdim... bu safar uzoq qolaman degan umiddaman... 😌

Suhon unga javob yozdi:
— Ju Ri? Qaytganingdan xursandmiz.🤝

Keyin Seokjin, so'ng In Ho. Ular har biri unga alohida mehr bilan murojaat qilishdi. Chunki u oddiy bir yangi a'zo emasdi. Ular uchun singil edi...🫶🏻

Uning yozuvlarida muloyimlik, hikoyalarida soflik, fikrlarida esa qalb iliqligi bor edi. U hali ham o‘sha Ju Ri edi. Ammo bu safar boshqa... bu safar u qolishni tanlagan edi. Minsu ismli yigiti bilan keldi guruhga...🐲

Va bu qolish... ko‘p yuraklar hayotiga yangilik olib kiradigan edi...🌾