July 25

COLD AS ICE ❄️ | #BAHROMIDDIN πŸƒ

πŸ”Έ 10-qism: "Qalbga boshlovchi yo'l" πŸ”Έ

Ta'til yakuniga yetib kelayotgandi. Daraxtlar yana barg to'kib, universitet atrofi qayta jonlanayotgandi. Talabalar birin-ketin shaharga qaytayotgan, eski xonadonlar yana yangi quvonchlar bilan to'layotgandi.🍁

Seokjin ham Daegudan qaytib keldi. Uni ko'rgan Su Hon va In Ho uni darhol kutib olishdi. Ular uchovlon yana uchta soyadek birga yuradigan odatlariga qaytishdi. Endi ular nafaqat Multi Olamdagi do'stlar, balki haqiqiy hayotda bir-biriga suyanadigan yelkadoshlar edi. πŸ’«

β€” Hayot yana boshlanyapti, β€” dedi Seokjin auditoriyaga ilk qadamini qo'yar ekan.🌚

β€” Yangi sahifalar ochiladi, β€” dedi Su Hon jilmayib.😌

β€” Omad jentlmenlar, β€” In Ho o'z zaylida pichirladi. πŸ™‚

O'qish kunlari boshlanganidan keyin In Ho ko'nglini bir joyga to'play olmasdi. U yomon yotmayapti, yaxshi o'qiyapti, biroq yuragidagi bir tasvir uni tinch qo'ymayotgandi. Zal. Har bir mashg'ulot. Va Mia.πŸ›‘

β€” Bugun ham boramizmi? β€” so'radi u Su Hondan.πŸ€”

β€” Albatta. Sen meni shogirdimga aylanib bo'lding, β€” dedi u kulib.😁

β€” Ajab bo'pti.πŸ™ƒ

Tez orada ular doimiy sportchilarga aylanishdi. Seokjin ham ularga qo'shildi. Ular har kuni zalda to'qnash kelayotgan yuzlardan biriga In Ho har doim ko'z tikar edi. U β€” Mia edi. Uning har bir harakati, zarbalari, chanqoqlik bilan ichilayotgan suv lahzasi β€” barchasi In Honi o'ziga tortardi. ❀️‍πŸ”₯

β€” Qachon unga gapirasan? β€” dedi Su Hon bir kuni dam olish daqiqasida.🧐

β€” Bugun gapirmasang, ertaga boshqa yigit undan raqam oladi, β€” dedi Seokjin yelkasiga urib.πŸ˜πŸ•Έ

β€” Bo'ldi, agar sen gapirmasang, borib o'zim raqamini olib kelaman, β€” hazilomuz ohangda qo'shdi Suhon.πŸŒ“

β€” Yo'q, yo'q! β€” dedi In Ho jiddiy. β€” Buni men qilishim kerak. Lekin... hali emas.❄️

Shu orada taqdirning o'zi aralashdi...✨

Mashg'ulot kunlaridan biri edi. In Ho yugurish yo'lagida to'xtadi. Mia yugurayotgan edi. To'satdan u sirg'alib yiqilib tushdi. Bir necha kishi unga tomon yugurdi. In Ho ham ularning orasida edi.⭐️

β€” Yaxshimisiz? β€” dedi u cho'kkalab.❄️

Mia oyoq barmoqlarini silkitdi, tizzasiga qaradi:
β€” Hmm... faqat qattiq urildim shekilli.πŸ›‘

In Ho bir lahzalik jimlikdan so'ng:
β€” Biroz dam olaylik, men suv olib kelaman.❄️

Qiz ko'zlarini ko'tardi. Shu nigohda shunchaki minnatdorchilik emas, ichki iliqlik ham bor edi...πŸ‘€

Ular zalning chekkasidagi o'rindiqlarda o'tirishdi. Suv, muzlatilgan bandaj, va sokinlik orasida ilk suhbat boshlandi. Mia kuldi. In Ho gapga tortdi. Va ular... to'xtamadi. Har bir savolga boshqa bir savol ulanib ketdi. Soatlar uchib o'tganday bo'ldi.πŸ«€

β€” Men... seni ko'pdan beri kuzatib yuraman, β€” dedi In Ho nihoyat.❄️

Mia jilmaydi:
β€” Bilaman.πŸ›‘

β€” Bilasanmi?❄️

β€” Har kuni zalga bir xil vaqtda kirib, o'sha burchakdagi o'rindiqqa o'tirasiz. Har doim suvni faqat chap qo'lingizda ushlaysiz. Har safar ko'zlarim ko'zingizga to'g'ri kelganda, tezda nigohingizni olib qochasiz..πŸ˜…

In Ho o'zini tutolmay kulib yubordi:
β€” Demak... sen ham meni kuzatgansan?πŸ˜„

β€” Shunchaki ehtiyot bo'lganman, β€” dedi Mia tabassum bilan.πŸ™‚β€β†”οΈ

O'sha kun ular birga ketishdi. Ertasi esa yana sport zalda uchrashishdi. Endi ular birga mashq qilishar, bir-birlarini ko'proq anglay boshlashardi.πŸ’“

Bir kuni, mashg'ulotdan so'ng In Ho qizni ko'chadagi kichik, ammo sokin kafe oldiga olib bordi.
β€” Bugun sen bilan boshqa mavzuda gaplashmoqchiman, β€” dedi u.❄️

Mia jiddiylashdi:
β€” Tinglayapman.🌝

In Ho chuqur nafas oldi:
β€” Men... seni birinchi ko'rganimda qalbim jim bo'lib qolgandi. Har kuni seni ko'rish menga kuch berardi. Endi esa... men seni doim ko'rishni xohlayman. Sen bilan vaqt o'tkazishni, sen bilan birga yuksalishni. Ya'ni... doim yonimda bo'lishingni...🌚

Qiz nigohini pastga soldi. Keyin yana In Hoga tikildi.
β€” Men... siz bilan o'zimni xavfsiz his qilaman. Siz bilan vaqt qanday oβ€˜tib ketishini bilmayman. Siz β€” sokinlikiz. Sizdagi jiddiylik doim meni o'ziga rom etgan. Xullas roziman yonizda bo'lishga.🌝

Ularning ilk munosabati shunday boshlangan edi. To'satdan paydo bo'lgan tuyg'u, zarbalar orasida boshlangan doβ€˜stlik, va endi asta-asta chiroy ochayotgan muhabbat.⚑️

Endi In Ho ham yolg'iz emasdi. Endi yuraklar birin-biriga teginayotgan, va har bir urishda yangi bir umid tug'ilayotgan edi...β„οΈπŸ›‘