June 4

MAQSAD sari INTILISH 🍃

Eh, onasini emsin!🤧 Gappi nimadan boshlashi ham bilmiman.🙁
Boshim shu darajada qotgan-ki, tasavvur qilolmisiz!🧠 Butun umrim va bundan keyingi kelajagim ko'z oldimdan o'tib ketyapti asabdan...🫀
Muammo - Maqsadga Intilish va Kelajak 🫱🏻

Yetishmovchiliklar:
1. TOPIKdan yuqori daraja🇰🇷
2. Armiya 🔫
3. Prava 🚘
4. Koreyada o'qish 🇰🇷
5. Yangi uy-joy yoxud uy qurish 🏘
6. Mashina 🏎
7. To'y...🚷

Yechim:
1. Juda kuchli tayyorlanish kerak. Eng asosiy kamchilik hozir shu.✅
2. Buni hal qilsa bo'ladi 1oylik yoki Pul bn. 1 yil umrimmi Bunaqangi darajadagi Armiyaga sarflash Bu isrof!✅
3. 6 oylik kurs bo'ladi. Buni ham amallasa bo'ladi. Boshqa maqsadlarim amalga oshkuncha Mashina kutib turadi.✅
4. TOPIK dan keyingi maqsadim shu.✅
5. Bu dadamni zimmasida bo'lgan. Man uchun olingan 2-uy bor... ammo uy solishga umuman harakat ko'rmadim. Mana 20 ga kirvoman, hali hanuz harakat yo'q. Bunga ham o'ziga yarasha juda ko'p sabablar bor... Manga qosa shu 2 uyimizi sotib Shaxardan uy olish xohliman. Lekin onam va dadam bunga ko'nishmaydi. Man bunaqa noldan quriladigan uyga ko'nmayman.❌
6. Mashina olinadi hammasidan so'ng! Baribir amallasa bo'ladi.❌
7. Hammasiga erishmagunimcha to'y bo'lishini xohlamayman. Ammo oyim hozirdan shu haqida gap ochyapti. 2 yildan keyin juda shoshiltiradi mani... (Ota-onamni yoshlari ancha katta bo'b qogani ham Bunga plyusga ishlaydi)❌

Ehhhh TOPIK masalasi 8-sinfligimda koreys tilini 6 oy o'qiganimda ham aytilardi. Ustozim aytgandi TOPIKga imtixon topshiring deb. Ammo manda TOPIK imtixoni nima, u o'zi nimaga kerak? uni nima qilaman? Xullas manda umuman tushuncha yo'q edi. Ham 6 oy o'qiganimdan keyin, ustozim Koreyaga ketib qogan. koreys tilini tashab qo'yib... yana 1 yil o'tgach Ingliz tili boshlaganman.✳️
11-Sinfligimda, bitiruvchi sinfligimda 9 oy Koreys tilini qaytatdan o'qidim. O'shanda ham o'qituvchim ham, uydegilarim ham mandan TOPIK haqida so'rardi. Keyin man registratsiya qildim qishda. Odamlar bu narsaga falon pul sarflashardi... man esa o'zim kurashdim. Qayerlargadir borib rasmga tushib, passport skaner qilib, saytga kirib hamma ma'lumotlarimni kiritdim. Ammo man axmoq kechasi 10:00da kirilishi kerak bo'lgan saytga... Kunduzi 10:00 da kirib o'tirganman. So'ngi kunda, muxum kunda. shunde qovun tushurganman. Bu narsa haqida bilmaganligim uchun. O'zim oxirigacha eplayman deb... Bu ishim uchun darsda ustimdan kuliwkandi ham.. ) ✳️
Bundan tashqari chindan ham Koreyaga ketamanmi bilmasdim. Ko'zim yetmasdi. Uydegila o'qishga kir deyishdan tinmasdi. Hamma mani o'qiwka kiradi deb turuvdi. Shunda man endi tanlashim kerak edi... Ingliz tili yoki Koreys tili... Man koreys tili yo'nalishi o'zbekstonda yo'q deb o'ylaganman yoshlik qilib. Xullas ingliz tilini tanladim imtixonda. 114 ball bn kirolmadim. O'sha payt yaxshyam KIUT ga regstratsiya qb qo'ygan ekanman. Aynan Koreys tili yo'nalishiga..... buyoqqa esa kirib ketdim ) ✳️
Shu ondan boshlab o'z maqsadim, o'zim qalban ich-ichimdan xohlagan orzumdagi joyni va yo'nalishni topdim. Bu yerda o'qiganimdan haligacha afsuslanmiman Ammo dars jadvallari chalkash joylashtirilgani sababli ishlolmasdim... O'qishni har bir fanidan yuqori baholar olishga harakat qildim.✳️
Ishlab o'qimoqchi bo'ganlarni ko'pini ko'rdim. O'qishni rasvosi chiqib ketardi, ham darsda uxlab o'tirishardi.. U yerdagi ko'pchilik 22 million kontraktni suvistemol qilardi. Man, Shohijaxon, Ibroxim kabi sanoqli insonlar shuncha to'lovga o'qiyotgani uchun Mukammal o'qishga harakat qilardik✳️
2 marta TOPIK topshirib ham ko'rdim. So'ngi urunishimda TOPIK-3 daraja olishimga atigi 1 ball yetmay qoldi. Atigi bir bal.. yomon alam qildi bu manga. Bundan keyingi registratsiya vaqtini 2 marta unutib qo'yganim uchun Hammadan qolib ketdim. Topshirolmadim✳️

Endi manda 2 ta shans bor. Kuzda topshirishim kerak. Bundan keyin Bahorda topshirishim kerak. Kuzda kamida 4 daraja olishim kerak. Bu manga yetarlicha ishonch beradi. So'ng keyingi topshirishimda eng yuqori 6 yoki 5-darajani olishim kerak. Bu magistraturam uchun juda muxum. Koreyaga ketishim uchun juda muxum! 🇰🇷 Shu 3 oylik Yozgi kanikulda o'zimni shaxrimdagi birorta o'quv markazida ishlayman deb kelgandim. Dars berish uchun. Ham bu manga tajriba bo'lardi, ham TOPIKga tayorlanishimga dalda bo'lib turardi, ham o'zim uchun bilimlarni takrorlash bo'lardi, ham dadamni xohishini amalga oshirib Biror ishlik bo'lardim... va qanchadir summada pul keltirib turgan bo'lardim uyga.. Ammo onasini emsin! Ming la'nat... TOPIK talab qildi hammasi. TOPIKsiz men shunchaki ish o'rganuvchi sifatida borib, 2 haftami qanchadir muddat bekor yurishim kerak ekan..... EY INSONLAR MANDA 3 YILLIK KOREYA TAJRIBASI BOR!!!!! HAM MAN BOLALARNI NOLDAN O'QITAMAN DEYAPMAN!!!! desam ham tushunishmadi............ tushunishmaydi ham.....😑
boshqa ish topish kerak bo'lsa, tiqilib yotibdi ish! Juda ko'p ish bor. Lekin ular faqat vaqtimni va quvvatimni oladi. TOPIKga tayyorlana olmay qolaman.... 😩
Dadam 2 kundan beri qo'ng'iroq qilmayapti. Ishlamay yurganim uchun qattiq gapiryotgandi, buni oyim eshitib qoldi. So'ng ikkisi tortishib qolishdi. Va o'shandan beri dadam arazlamoqdaaa!!!!!!🫥

Shuning uchun man shu 3 oy davomida tinim bilmay, to'xtovsiz faqat TOPIKga tayyorlanishim kerak. Avvalo topik olishim, keyin 4-kursni QIZIL diplomga bitirishim, so'ng Koreyaga eson-omon ketib olishim biror muamosiz... KERAK. Borib o'sha Incheon aeraportiga qo'nsam bo'ldi. Mandan baxtli inson yo'q... Qutulaman bunaqa tashvishdan. Ishlarim uyoqda yurishib ketadi. Pul topa boshlayman. O'qiyman. Tajriba orttiraman va qaytib kelgach Dadamga uy solishda Mashina olishda yordamlashaman, (koreyada ham ishlab pul jo'natmoqchiman o'zi shu uchun) ⚡️

Shuaqa gaplar, asosiy dardim Koreya ekan o'ylab qarasam. Qaytganimdan so'ng boshqa hamma yetishmovchiliklarga yechim topa olaman bemalol, o'z kuchim bn!!!🌟 Odamlarni hecham tushunmimande. Odam qigan ishni odam qilishi kerak deb o'ylashadi, Aksincha o'ylashmiydi. Odam qigan ishni odam qilishi kerak emas, odam qila oladi dib xisoblash kerak. Oyim aytadi: "Maktab o'quvchilar, yettinchi-sakkiznchi sinf bolalar TOPIK olishyapti, nega hali ham sanda yo'q?" deydi. Shox aytadi: "Toy buyoqqa kelishidan oldin ham ancha o'qigan, lekin hali ham TOPIK omagan" deydi. Yana shunga o'xshash har xil kommentlar. Ularga parvo qimaslikga doim harakat qilib, mana oxiriga taqab qo'ydim o'zim ham vaziyatni.⚡️

Muvofaqiyat avvalo Alloh tomonidan beriladi, bizdan esa unga erishish uchun kuchli mehnat talab qilinadi. Ba'zida juda qattiq mehnat qilsak ham, tinimsiz duolar qilsak ham... o'sha o'zimizdan kichik insonlar erisha olmagan natijalarga erisholmasligimiz mumkun. Buni bilib bo'lmiydi.🍃

Biz boshqalarni hayotiga emas, o'zimizikiga javob berishimiz kerak emasmi? Muvofaqiyat kimgadir 18 yoshda, kmgadir 25 yoshda, kimgadir 30 yoshda keladi axir. Buni qachon kelishini kim bilib o'tiribdi axir? Mani hayotim o'zim qilgan rejalar bo'yicha bir maromda ketmoqdaku. Nega boshqalar bilan mani taqqoslashlari kerak? Nega axir?🍓

Haliyam 1 yillik bonusim bor mani. Ya'ni 2004 la bilan o'qiyman. Bu degani tengdoshlarimdan 1 yil oldinda va yuqorida yuraman degani.... ammo v prinspe olib qaraganda man baribir 2005man! ☹️
Aytmoqchiman-ki nimagadir erishomasam ham... 1 yillik yutug'im bor. Yana bir bor urunib ko'rishga imkonim bor demoqchiman😐

Hammasi bir maromda ketvotiku. O'zim tuzgan rejam bo'yicha hali yutqizmadimku. 2ta, kerak bo'lsa 3 ta shans bor manda TOPIK olishga... Hamma ham yiqilib-yiqilib keyin oyoqqa turib ketadi. Nima qibdi manam yiqilsam? Baribir qachondir o'sha natijani qo'lga kiritaman-ku😏

Man nimanidir istasam doim bunga erishganman, in shaa Allah bu safar ham erishaman. Faqat manga dadam bunaqa ishlash haqida bosim o'tkizmey tursala yaxshi bo'lardi. 18 yoshdan oshganimdan so'ng ishlamayotganim har kuni mani kamida bir marta qiynab qoladi. Ammo nima qilay? Nima qilay... ko'nglimdagidek ish bo'masa... ishlayman desam O'qishim qolib ketsa... ufff yana chuqurlashib ketvoman..😕 Xullas Koreyaga ketvosam marra maniki onasini emsin!!!❤️