AGAIN...🍃 | 9-qism 🌸
Oradan ikki oy o‘tdi. Har bir kun yuragimni yangi sinovdan o‘tkazdi. Vaqt o‘tib, atrofimdagi odamlar hamon o‘z hayotlari bilan band. Hamma o'zi bilan o'zi ovora. Ularning baxtli kulgulari, oddiy suhbatlari va kelajak rejalarini eshitib, o‘zimni chetda his qilaman... Go‘yo men ulardan boshqa bir dunyoda yashayotgandekman... Bu dunyo sokin, ammo iztirobga to‘la...🍃
Hali ham o‘sha voqealar xotiramdan o‘chmadi. Yuragimda Taeohning ovozi, uning vajoxati va oxirgi marta aytgan gaplari saqlanib qolgandek. U meni tark etdi, lekin men uni yuragimdan chiqarib tashlashga qodir emasman.🖤
Kecha xonamga qaytganimda kundaligimni ochdim. Uni birinchi marta qo‘limga olganimdan beri qancha yozganimni bilmayman. Har bir sahifada Taeohga yo‘llangan so‘zlar bor. Kundalik mening suhbatdoshimga aylangan.🍓
Men yozishni boshladim:
"Bugun yana seni esladim, Taeoh. Nega men seni tushlarimda ko‘raveraman? Har safar uyg‘onganimda bo‘m-bo‘sh xonamga tikilib qolaman va bu yolg'izlik... haqiqat ekanini tushunaman. Nega bu qadar qiyin bo‘lishi kerak? Sen o‘zingni qanday his qilyapsan? Balki sen meni butkul unutgandirsan? Yoki, men o‘ylagandek, ichingda nimadir sening qalbingda mendan bir parcha o‘zimni ham olib qolgandir?"🥲
Ko‘z yoshlarimni artdim va yozishda davom etdim:
"Taeoh, bilaman, bu yozuvlar seni qaytarib keltirmaydi. Lekin men seni unutmoqchi emasman. Balki bu adashishdir, lekin yuragimga qarshi chiqolmayman. Nega men seni yana bir bor ko‘rishni shu qadar xohlayman? Nega yana senga takror qaytib qolaveraman?" 🥲
Qog‘ozda mening iztiroblarim aks etdi. Kundalikni yopdim va yuragimdagi og‘riq bilan yotdim. Bu ikki oy davomida hayotim o‘zgarmadi. Hamon yolg‘izlikni his qilyapman.🍃
Ammo bugun ichimda bir fikr paydo bo‘ldi: balki uni yana bir bor ko‘rish uchun nimadir qilishim kerakdir? Balki unga yozgan har bir jumlamni rostdan ham unga aytib berishim kerakdir? Yoki shunchaki taqdirga bo‘ysunib, o‘zimni boshqatdan topishim kerakmi? Balki akkaunt ochib, unga yozib barchasini so'rab ko'rarman?😅
Oradan ikki oy o‘tib, maktabdagi odatiy darslardan birida bizning sinfga yangi o‘quvchi kelgani haqida e’lon qilishdi. Qiziquvchan nigohlar bilan eshik tomon qaradim.👀
Eshikdan kirgan bola tanishdek ko‘rindi, lekin darhol kimligini eslay olmadim. Uning ko‘zlari va tabassumi tanish tuyuldi. Bir zumdan so‘ng, miyasiga chaqnashdek xotira qaytdi: bu uzoq qarindoshim Minsu edi...😻
Minsu bolaligimizda oilaviy uchrashuvlarda birga o‘ynagan, lekin keyinchalik ular boshqa shaharga ko‘chib ketishgandi. Yillar o‘tib, men uni butunlay unutib yuborgandim. Ammo endi, u mening qarshimda turardi. Shuningdek u meni sinfdoshim edi bugundan e'tiboran...😺
Darslardan so‘ng, Minsu men bilan gaplashish uchun yonimga keldi. U tabassum bilan dedi:
— Juri! Seni bu yerda uchrataman, deb o‘ylamagandim. Yillar o‘tib, ko‘p narsa o‘zgargan, ammo sen hali ham bolaligimdagi kabi ko‘rinasan....😁
Uning so‘zlari yuragimni iliq qildi. Biz uzoq suhbatlashdik: maktab, hayot, bolalik xotiralari haqida. Minsuning quvnoq va xushmuomala bo‘lishi meni hayratga soldi. Bolaligida juda sho'x edi va meni hafa qilardi. U bilan gaplashib, birinchi marta yuragimdagi iztiroblar o‘z o‘rnini xotirjamlikka bera boshlagandek tuyuldi...💜
Kunlar o‘tgan sayin, Minsu bilan ko‘proq vaqt o‘tkaza boshladik. U mening darslarimga yordam berar, hazillar bilan kuldirar edi. U bilan birga bo‘lganimda, yuragimdagi bo‘shliq biroz to‘lgandek tuyulardi...🌸
Kundaligimga yozuvlarim ham o‘zgarib borayotganini sezdim:
"Bugun Minsu bilan darsdan keyin parkda sayr qildik. Uning hazillari yuragimni bir zum bo‘lsa ham yengillashtirdi. Taeohni o‘ylashni bas qildim, hech bo‘lmasa shu lahzalarda... Balki bu noto‘g‘ridir, lekin o‘zimni bu tuyg‘ularga topshirgim kelyapti. Minsu ajoyib do'st!"🍓
Minsuning yonida yuragimga yangi hislar kirib kelayotganini payqadim. U mening iztiroblarimdan bexabar edi, lekin go‘yo uning borligi og‘riqlarimni sekin-asta davolayotgandek edi...😊
Ammo bir kuni Minsu to‘satdan mendan so‘radi:
— Juri, so‘nggi paytlarda senga bir savol berishni o‘ylayapman. Yuragingni biror narsa qiynayotgandek tuyuladi. Bu haqda gaplashishni istaysanmi?🤔
Uning to‘g‘ridan-to‘g‘ri savoli meni qattiq hayratda qoldirdi. Taeoh haqida gapira olmayman. Chunki bu sirimni hali hech kimga ochmaganman. Ammo Minsuning samimiy nigohlari meni biroz xotirjamlikka chaqirdi. Shu payt bir qarorga keldim: men hali bu haqda gapira olmayman, lekin balki, bir kun u hammasini bilsa, menga yordam bera olgan bo'lardi degan umiddaman.✨
Bu qism ham yoqdi degan umiddaman. Reaksiyalar hamda commentlar kutib qolaman :)