June 27

JOZIBALI SEVGI...🍓 | 3-mavsum, 13-qism 🍃

“O‘zgacha jamiyat va yangi mehmon” 🦅

Ingliz tili darsining birinchi parasi tugagan edi. Taeoh tanaffusga chiqdi. Yuqori qavatdan pastga termulib turar ekan, imkon qadar Jisoo va uning dugonalariga yaqinroq turishga harakat qilardi. Ular esa o‘zlari bilan ovora edilar. Rasmga tushish bilan band edilar...✨

— Taeoh, kameraga qarang...* — deb qoldi Jiyoon bir zumda.
Taeoh darrov kameraga qaradi. Va ular bilan birga 2-3 ta suratga tushishga ulgurb qoldi. Bahonada Jisoo bilan ham bir ramkada paydo bo‘lish... bu lahzalar yuragining bir chetida alohida joy egalladi. 🍃🍓

O‘sha kuni dars tugagach, Jiyoon ulardan ikkita suratni Taeohga shunchaki:
— “Mana siz uchun esdalik…” — deb tashlab berdi.🕊

- - -

Bu orada, Taeoh va Suhon “Student” nomli yangi koreys dramasiga qiziqib qolishgandi.
U yerda do‘stlar o‘z jamoasini "Taxsirlar Jamiyati" deb atashardi.
Suhon serialdan ilhomlanib darhol dedi:
— “Biz ham Taxsirlar Jamiyati bo‘laylik! Oddiy do‘stlik emas, bizda prinsiplar bor!”🌚
Taeoh bu g‘oyani ma’qulladi. Keyin Jin aka, Inxo va Anhyeopga ham shu nomni taklif qilishdi.
Shu tariqa, ularning do‘stligi “Taxsirlar Jamiyati” degan Telegram guruhida rasmiylashdi. 🎯

Ammo... bir doimiy kuzatuvchi bor edi.
74-guruhdan — Park Jimin. U har doim ularning oldiga kelardi, do‘stona muomala qilardi.
— “Sizlarning jamiyatingizga qo‘shilsam bo‘ladimi?” — deb so‘radi bir kuni.
Ammo Suhon jiddiy ohangda:
— “Kechirasiz, lekin biz allaqachon to‘liq jamoamiz. Endi yangi a’zo olmaymiz,” — dedi.
Jimin esa kulimsirab:
— “Mayli, baribir sizlar zo‘rsizlar,” — dedi va ketdi.😁

- - -

📸 2-apre

Ingliz tili darsiga alohida topshiriq berildi.
Taeoh, Suhon, Inxo va ikki nafar qiz bir guruh bo‘lib, Seoul teleminorasiga bordilar.
Teleminoraga chiqish, yuqoridan panoramali suratlar olish, sahnalarni yozib olish — barchasi ajoyib kechdi.
Taeoh videoni suratga olish ishlarini o‘z zimmasiga oldi va videoni 25 daqiqaga yetkazdi. Har bir ishtirokchi 5 daqiqadan gapirdi — ustoz aytgandek.
Ammo...❤️‍🩹

Darsda ustoz yuzida kulgi ko‘rinmadi.
— “Video juda uzun. Bu — loyihaga yuqori ball qo'ya olmayman” — dedi.
Va pastroq baho qo‘ydi.
Taeoh uchun bu og‘riqli edi. Chunki u eng ko‘p mehnat qilgan edi...🍃

Keyingi video esa... Kim Jisooniki bo‘ldi.
Videodagi go‘zallik, yuz ifodalaridagi sokinlik — barcha nigohlarni jalb qildi.
Taeoh esa ekranga termulib qoldi.
Ammo Jisoo faqat ovoz yozgan, videoni dublyaj qilgan edi. Bu tajribasizlik sabab, u ham past baho oldi.🍓

- - -

🦋 9-aprel — “Taxsirlar Jamiyati” Seoul City Mallga bordi.

Yangi ochilgan savdo markazi, shinam chiroqlar va zamonaviy muhit ularni zavqlantirdi. Yigitlar yana kamerani ishga soldi. Suratlar, videolar — bariga vaqt topishdi. 📸

O‘sha kech... ular kafeda yig‘ilishdi.
Park Jimin ham, Kim Ako ham u yerda edi.
Barcha KOR yo‘nalishining yigitlari bir dasturxon atrofida yig‘ilishdi.
Kamera buni ham unutmadi. Bu lahzalar Telegram storylarda saqlab qolindi. 🍱

- - -

10-aprel. Taeoh yangi Telegram kanalga asos soldi.🍃

Nomini “Bargcham” deb qo‘ydi. Bu kanal — yuragidagi xotiralarni saqlovchi sirli sandiq edi go'yo. Bu kanal uning zaxira galereyasi sifatida xizmat qilardi. Mobodo telefonidagi rasmlar o'chib ketsa, shu kanal orqali topish imkonini berardi unga...🦋

Har bir yildagi rasmlarni saralab, bir kunda bir oydagi rasmlarni joylardi. Misol uchun 10-aprel kuni 2019-yilning sentabr oyidagi barcha rasmlarni kanalga joyladi...🍫 11-aprel kuni esa oktabr...🌼

- - -

Kvartiradagi holat esa biroz o‘zgardi.
Yangi mehmon kelgan edi.
2004-yil, ko‘zlarida mulohazali chaqnash, jimjit salobat va katta gavdali yigit edi. U sirtqi bo‘limda, tarix yo‘nalishida o‘qirdi.
Daegu shahridan kelgan, bu yigit biroz sirli edi.
Suhon va Taeoh unga salomlashib:
— “Salom, yangi mehmon? Ismingizni bilsak bo‘ladimi?” — deyishdi.🤝

Yigit jilmayib qaradi.
— “Ismim... Nam Shinyu. ” — dedi ohista.😊

Taeoh unga uzoq tikilib turdi. Bu yigit... oddiy mehmon emasdek edi. Kelajakda u bilan yaqin bo'lib ketamiz shekilli degan taxminlari bor edi ichida. Ammo buning qanchalik rostligini faqat vaqt ko‘rsatardi...⌛️