November 22, 2025

🍓SᴛʀᴀᴡʙᴇʀʀY MᴏᴏN🌙

14-qism 🏙 | #Bahromiddin 🍃

« G'oya muallifi: #Min_Hana 🌿 »

Dars payti.
Sinf ichida sokinlik.
Kimdir daftariga qarab yozadi, kimdir dars eshitayotgandek o'zini tutadi ammo hayollari boshqa joyda...🍁

Ammo Lichan deraza tomon qarab, mutlaqo boshqa olamda o‘tirardi. Uning ko‘zlari bo'm-bo‘sh, rangi oqarib ketganday. U hozirgi paytni emas, ikki hafta avval bo‘lgan voqealarni kuzatardi… ichida asta, og‘ir, alamli tarzda.💔

| FLASHBACK — 2 hafta oldin 🌎 |

Kechki payt.
Lichanning xonasi iliq yoritilgan.
U karavotda yarim yotgancha, quloqlariga telefon tutib, Taeyoung bilan past ovozda suhbatlashardi. Yuzida mayin tabassum, ko‘zlarida yengillik bor edi. U Taeyoungning har bir so‘ziga jilmayib qo‘yar, ba’zan hazilga kulib yuborar, ovozi esa muloyim, yumshoq edi.🥰

— “Ha, jinnivoyim buni bilaman… lekin sen aytganda boshqacha eshitiladi,” — derdi Lichan past ovozda.🍓

Taeyoung nimadir deb javob berardi, Lichan esa yana jilmayib qo‘yardi. Shu holatning o‘zi ham unga baxt bag‘ishlardi.❣️

Lekin shu payt xonaga eshik taqillamasdan ochilib ketdi. Lichan cho‘chib ketdi. Telefonni deyarli tushirib yuboray dedi. 😳

Onasi eshik oldida turardi. Nigohi sovuq, qattiq.
Telefondan esa Taeyoungning ovozi hali ham eshitilib turardi.❗️❕❗️

Lichan shosha-pisha telefonni o‘chirib qo‘ydi.
— “Kim bilan gaplashyotganding?” — onasining ovozi iyagini muzlatib yubordi.🥶

Lichan jim turdi. Ammo onasi bunday jimlikni juda yaxshi bilardi. U darrov o‘g‘lining kim bilan gaplashganini fahmladi. Uning onasi juda ham qattiq qo'l edi. O'g'lini a'lo baholarga o'qishini xohlardi. Buni yo'lida esa, unga xalaqit beruvchi har qanday ortiqcha narsalarni olib tashlash payida bo'lardi. Xattoki bu Taeyoung bo'lsa ham...🍓

— “Men senga u qiz bilan yurishni taqiqlaganman!” — dedi onasi baland, sovuq ovozda. —
“Bu oilamiz darajasiga to‘g‘ri kelmaydi!”😡

Lichan yutinib qo‘ydi.
— “Ona… lekin biz....”😟

— “Men ‘lekin’ degan gapni eshitishni xohlamayman.”😡

Lichan nimadir demoqchi bo‘ldi, ammo onasi so‘z bermadi. U stolga qo‘lini qattiq urdi.

— “Men seni dugonamning qiziga uylantirmoqchiman. U oilasi bilan bizga mos. U tarbiyasi bilan mos. Kelajagi bilan bizning o'g'limiz kelajagiga mos. O‘sha qizni esa hayotingdan chiqar. Unut. Orangni och.”🤬

Lichanning ko‘zlari kattalashdi. Na g‘azabni, na qo‘rquvni yashira oldi.💔

— “Men Taeyoungni yaxshi ko‘raman…” — dedi u nihoyat, ovozi titrab😶‍🌫️

Onasining ko‘zlari yana ham muzlab ketdi.🥶

— “U qizning yashash tarzi boshqacha. Oilasi boshqacha. Kelajagi… biznikiga mos emas. Men buyuraman — bu munosabatni tugat. Sen mening bolamsan. Meni aytganimni qilasan.”😠😡

Bu so‘zlar xonada so‘nggi hukmday jarangladi.
Lichan hech narsa deya olmadi. Hatto nafas olishni ham unutgandek bo‘ldi.💔

Onasi chiqib ketayotib, oxirgi zarbani berdi:

— “Ertadan boshlab seni kuzatib yurishadi. Agar o‘sha qiz bilan yana ko‘rsam… bilasan oqibatini.”🙁

Uning ovozida tahdid, g‘azab va qat’iylik aralash edi. Endi Lichan Taeyoungdan uzoq yurmasa, qizga nisbatan biror ko'ngilsizlik sodir bo'lishi mumkun edi. Lichan darxol bundan qo'rqdi... Eshik yopilishi bilan xonada o‘lik sukunat qoldi. 🌎

Lichan qo‘llari bilan yuzini bosdi. Titroq qo‘llariga tarqalib ketdi. U telefonni oldi… Taeyoungga yozmoqchi bo‘ldi. Lekin… qo‘llari to‘xtab qoldi.
Yozolmadi...💔

Stol chetiga sekin telefonni qo‘ydi. Yotoqqa boshini qo‘yib, shiftga tikildi. Ko‘zlarini yumdi. Bu kecha u umuman uxlamadi....💔

Ichida ikki ovoz janjallashardi:
“Men Taeyoungni tashlab ketolmayman.”
“Agar davom ettirsam, onam unga zarar yetkazadi…”💔

Qizning yuragi ikki tomonga tortilgan edi — sevgi va qo‘rquv orasida.❤️💔

| COMEBACK |

Darsda Lichan shu voqealarning hammasini yana bir bor esladi. Derazaga qarab o‘tirgan holida, ko‘zlari ichki iztirob bilan to‘la edi. Yuzida charchoq. Nafasida og‘irlik...🌿.

Sinfning narigi tomonida Taeyoung o‘tirardi.
Ular nigohlari tasodifan to‘qnashdi. Lichan shu zahotiyoq ko‘zini olib qochdi. Yuragi siqilib ketdi — chunki baribir davom ettira olmaydi. U yaqinlashsa, hammasi buziladi.💔

Ichida ovoz eshitildi, faqat o‘zi eshitadigan:
“Men seni hali ham yaxshi ko‘raman…
Lekin seni himoya qilish uchun sovuq bo‘lishim kerak. Kechir meni, Taeyoungimmm…”💔💗

< Kim Tae Young >

14-qism | 2-part | #Min_Hana 🌿

Kechasi...💫
Shahar osmoni quyuq ko‘k rangga kirgan, ko‘cha chiroqlari birin-ketin yonib, yo‘lni oltin rangda yoritib turardi. Salqin shamol daraxt barglarini tebratib, havoga yumshoq shivirlash qo‘shardi. Yoongi Hananing yonida asta qadam tashlab borar, vaziyatning sokinligi ikkisiga ham yoqardi. Bu kecha qandaydir beg‘ubor, iliq edi.✨

— Charchamadingmi? — dedi Yoongi asta, uning ovozi havo bilan aralashib ketgandek yumshoq eshitildi.🌙

Hana jilmayib boshini chayqadi.
— Yaxshi kun bo‘ldi. Juda yaxshi, — dedi u mayin ovozda.🥰

Ular biroz jimlik saqlab yurishdi. Bu jimlik noqulay emasdi, aksincha, ikkisiga ham taskin beruvchi qandaydir bir sokinlik edi. Hech qanday shoshilishlar yo‘q, hech qanday ortiqcha gap-soʻzlar yo‘q — faqat birga qadam tashlayotgan ikki inson bor edi, xolos.🌿🦋

Hananing uyi ko‘ringanida, qiz sekin to‘xtadi. Yoongi ham to‘xtab, bir lahza unga qarab turdi. Uning ko‘zlarida titroq bor edi — biroz uyalgan, biroz ikkilanayotgan, lekin shu paytni qo‘yib yubormoqchi bo‘lmagan bir his.⚡️

— Xo‘sh… yaxshi yetib kelding men bilan — dedi Yoongi, ohangi juda yumshoq, hatto pichirlashga yaqin.
Hana jilmaydi.
— Rahmat…😇

Yoongi chuqur nafas oldi va bir qarorga kelgandek, sekin qo‘lini ko‘tardi. Hananing yelkalariga yengil tegdi va uni yoniga tortdi. Hana bir zum jim turdi — keyin asta boshini Yoongining ko‘ksiga qo‘ydi. Bu quchoq kuchli emasdi ammo iliq, ishonchli, ehtiyotkor edi...🫂

Ammo shu payt… Eshik daranglab ochildi. Yoongi ham, Hana ham bir zumda ajralishdi. Eshik tagida bir kishi paydo bo‘ldi — Hananing akasi, Min Ho. Uzun bo‘yli, keng yelkali, ko‘zlarida sovuq jiddiylik bor edi. Uning nigohi bir qarashda hammasini tushunib olgandek keskin edi.👤

— Hana. Uyga kir.
(Ovozi qattiq, buyruq ohangida)

— Aka… Yoongi faqat… — dedi (Hana, qo‘rqinch bilan, tushuntirmoqchi bo‘lib)

Lekin Min Ho uning gapini bo‘lishga imkon bermadi:
— Kir dedim.😑

Bu ohangda tortishish uchun joy yo‘q edi. Hana sekin yonidan o‘tib, uyga kirishga majbur bo‘ldi. Ammo eshikdan o‘tar chog‘ida Yoongiga yana bir marta qaradi — ko‘zlarida “kechirasan… men hozir hech narsa qila olmayman” degan ma’noda mayin iltijo bor edi.🥺

Eshik yopildi. Endi tashqarida faqat Yoongi va Min Ho qoldi....☘🍀

Min Ho sekin, ammo qat’iy qadamlarda Yoongi tomonga yaqinlashdi. Qo‘l ko‘tarmadi, hech qanday jismoniy harakat qilmadi — shunchaki juda yaqin turdi va uning sovuq qarashi o‘ziyoq bosim berardi. Naqadar o‘tkir, ogohlantiruvchi.❗️

Bir necha soniya sukunat. Keyin Min Ho past, lekin keskin ovozda gapirdi:
— Men, Kim singlim bilan yonma-yon turishini o‘zim tanlayman.🙄

Bu gap havoni kesgandek og‘ir tus oldi. Yoongi esa jim turdi — lekin u ko‘zlarini olib qochmadi.👀

< Min Yoon Gi >

14-qism | 3-part | #Bahromiddin 🍃

Parallel vaqt, kechgi payt...
Kafe yarim qorong‘i, derazadan tushayotgan iliq sariq yorug‘lik ichkariga yumshoq rang qo‘shardi. Fon musiqasi juda past, go‘yo kafe nafas olayotganday sokin edi. Stol ustida bir dona chiroq yonib turardi, uning nuri kichik doira yasab, atrofni tinch ko‘rsatardi.✨

Jiwoo birinchi bo‘lib ichkariga kirdi. Qadam tovushi deyarli eshitilmadi. U deraza yonidagi kichik stolga o‘tirib, qo‘llarini bir-biriga qisib oldi. Ko‘zlari deraza ortiga qadalgan, lekin fikri ancha uzoqda edi. Havo juda tinch bo‘lsa ham, Jiwooning ichida nimadir bezovta qilar, yuragi sekin, ammo og‘ir urardi. U noto‘g‘ri ish boshlayotganini his qilayotgandek edi, lekin bu yo‘lni Taeoh uchun tanlagan — orqaga qaytish yo‘q edi.🪐

Bir necha daqiqadan so‘ng, kafe eshigi ohista ochildi. Taeoh kirib keldi. Uning qadam tovushi sokin, qiyofasi esa odatdagidek jiddiy, bosiq. Ko‘zlarida hech qanday shoshqaloqlik yo‘q, lekin ichki qat’iylik aniq sezilardi. U Jiwooga bir zum qaradi — qisqa, sovuq jilmayish bilan — keyin stolga yaqinlashdi.🍃

Taeoh stulga o‘tirdi, qo‘llarini stol ustiga qo‘ydi va hech qanday kirish soʻzlarsiz, past ohangda gap boshladi:
— Vazifang Sangtae bilan bog‘liq.🌚

Jiwoo ichidagi xavotir birdan kuchaydi. Taeoh davom etdi, ohangi o‘zgarmas darajada aniq va buyruqona edi:
— Uni kuzatasan. Qayerga borishini, kim bilan gaplashishini, kim bilan ishlashini.... xullas hammasini. Mayda detallarigacha. Kerak bo‘lsa suratlarga olasan. Hech narsani o‘tkazib yuborma.😈

Jiwoo boshini sekin qimirlatib, tushunganini bildirdi. Uning qo‘llari titrar-titrar tinardi, lekin ovozini chiqarishga jur’ati yetmadi. Taeoh esa hech qanday hissiyot ko‘rsatmasdi — go‘yo bu oddiy ish topshirig‘idek.🧠

— Hech kim bilmaydi, — dedi Taeoh. — Men esa sendan ishonaman.🍃

Kutilmaganda u stuldan tez ko‘tarildi. Go‘yo vaqti yo‘qdek, shoshayotgan odam kabi. Jiwooga yana bir bor qaradi — bu qarashda “ishni bajar” degan qisqa ishonch bor edi, xolos. So‘ng tinchgina ortga qarab, kafe eshigidan chiqib ketdi.🍃

Jiwoo bir necha soniya qimirlamay qoldi. Nafasi qisilib ketgandek, ichida nimadir g‘alati bo‘ldi. Kafeda issiq bo‘lishiga qaramay, qo‘llari sovuq edi.🙌🏻

Shu payt eshik yana ochildi.
Ichkariga ikki nafar barzangi yigit kirdi. Ularning qadam tovushi og‘ir, ammo shovqinsiz edi. Atrofdagilar ularga qaramadi, lekin Jiwoo yuragi darhol siqilib ketdi. Ular bevosita uning stoliga qarab yurishardi.📌

Jiwoo asta o‘rnini to‘g‘riladi, qo‘llarini stol ostiga yashirdi. Ammo tanasidagi taranglikni yashira olmadi.⚔

Yigitlar uning oldiga kelib to‘xtashdi. Ulardan biri egilib, Jiwooning yuziga juda yaqin turib, past ovozda, bezoriday ohangda dedi:
— Yolg‘izmisan, chiroyli qiz?😍

Ikkinchisi uning yelkasi tomon qo‘l cho‘zdi. Jiwoo titrab ketdi, orqaga qochmoqchi bo‘ldi, lekin stul uni to‘xtatdi. Uning qo‘llari kuchsiz edi, ko‘zlarida qo‘rquv. U hech qarshilik ko‘rsata olmasdi.😳

Kafe ichidagi iliq yorug‘lik birdan sovuqqa aylangandek bo‘ldi..................😱

< Park Ji Woo >

14-qism | 4-part | #Lin_Yui 🪷

Hemi so‘nggi haftalarda turli-tuman bahonalar topib, B3 schoolga tez-tez boradigan bo‘lib qoldi. Go‘yo dugonasini ko‘rgani kelayotgandek ko‘rsatardi, lekin aslida yuragini tortib kelayotgan sabab boshqa edi — Jungkook.🍀

Maktab koridorlari shovqinli, o‘quvchilar kulgu bilan yugurib o‘tardi, havoda yoshlarning yorqin energiyasi sezilardi. Hemi esa shu shovqin ichida ham uni izlab topa olardi.👀

Oshxonaga tushgan paytlarida u doim Jungkookni uzoqdan kuzatardi. Jungkook stol yonida do‘stlari bilan o‘tirganida, u qiz o‘sha tomonga qarashga jur’at qilardi. Ba’zan ataylab yigitning yonidan o‘tib ketardi. Jungkook esa boshini egib, ko‘zlarini qochirardi. 🦅

Nega shunday qilayotganini o‘zi ham bilmas, lekin Hemi yuragi shu harakatlardan nimadir titrab ketardi. Ular his qilayotgan tuyg‘ularini ikkalasi ham tushunmasdi — faqat bezovta, g‘alati, yoqimli bir tortilish mavjuddek edi goʻyo...🌤

Bir kuni Hemi dugonasini kutib, B3 school kutubxonasiga kirib qoldi. Kutubxona tashqaridagi shovqindan mutlaqo farqli — tinch, sokin, derazadan tushayotgan yumshoq yorug‘lik hamma joyni iliq qilib turardi. Kitoblar orasidan taralgan yengil chang hidi ham xotirjamlikni his qildirardi.📚

Hemi kitob qidirib sekin yurayotganda, ko‘zi kutilmaganda tanish qiyofaga tushdi — Jungkook.🎁

Ammo bugun u yolg‘iz emasdi. Yonida Hyekyo turardi. Ular bir-biriga yaqin turib, qandaydir masala haqida past ohangda gaplashayotgandi. Ularning masofa juda yaqindek, ovozlari juda muloyimdek tuyuldi.🗣

Hemi yuragi birdan jimirlab ketdi. Bu tuyg‘u uni qo‘rqitdi — avval hech qachon bunday his qilmagandi. Ichida tushunarsiz rashk ko‘tarildi, lablari sekin titradi. Nima bo‘layotganini o‘zi ham anglamasdi, lekin ularni birga ko‘rish unga yoqmadi. Shu holat unga juda begona, juda yangidek tuyuldiki… u hatto nafas olishini unutib qoldi.🫀

Hemi bir necha soniya ularni kuzatib turdi. Yuragi tez-­tez ura boshladi, tovush kutubxona sukunatini buzayotgandek tuyuldi.🦋

Shunda Jungkook tasodifan boshini burdi va Hemi borligini ko‘rib qoldi. Ularning ko‘zlari bir zumga to‘qnashdi. Bu nigoh hech narsa demasdi — lekin hammasini sezdirardi.😻😍

Hemi ko‘zini olib qochmadi. Aksincha, ichida nimadir yonib borayotganini namoyon qildi. U o‘zini butunlay boshqarolmay, keskin, aniq harakat qildi.🤩

To‘g‘ri Hyekyo yonidan o‘tdi. Hech narsa demadi, faqat yuragi qattiq urardi. Jungkook oldida to‘xtadi. Nafasini rostlab, imkon qadar sokin ohangda dedi:

— Jungkook… menga bir daqiqa vaqt ajrating...............🌷

< Jeon Jung Kook >

14-qism | 5-part | #Bahromiddin 🍃

Kunduzning oxiri edi. Quyoshning so‘nggi nurlari B3 school hovlisini iliq rangga bo‘yab turardi. Yengil shamol daraxt yaproqlarini hilpiratar, maktab atrofi g‘alati darajada tinch edi — go‘yo kun tugayotgani sezilardi.💫

Hovlining chetida Hyekyo skameykaga o‘tirib, kompyuterini yoniga surib olgancha pichirlab gapirar edi. U asabiy ko‘rinardi. Ekran bir yonib, bir o‘chardi.👤

— Uffff… endi nima qilaman… — deb pichirladi u, yelkasini tushirib.🌓

Shu payt hovliga kirib kelgan Seojun tasodifan uni ko‘rib qoldi. Avvaliga e’tibor bermaslikka harakat qildi. Lekin Hyekyoning xafa, charchagan ovozi qulog‘iga chalingach, u vaziyatni o‘zgartirdi va sekin qiz tomonga yurdi.🌾

— Buzildimi bu? — dedi u sokin ovozda.🗣

Hyekyo ko‘zini ko‘tarib, biroz hijolat bo‘lib jilmaydi. Qarshisida Seojunni koʻrish uni hayratga soldi, ammo buni yigitga sezdirmadi.

— Ha… yonadi, lekin keyin qotib qoladi. Nima bo‘layotganini tushunmayapman.🤦🏻‍♀

Seojun uning yoniga sekin o‘tirdi.
— Ko‘rsat-chi.💁🏻‍♂

U kompyuterni qo‘liga olib, bir necha tugmani tez-tez bosdi, tizimni qayta ishga tushirdi. Uning harakati sokin, ishonchli edi. Hyekyo esa yonida jim turib, u qilayotgan har bir harakatni kuzatdi. Go‘yo yigit qanchalik tinch holatda bo‘lsa, Hyekyo shunchalik bezovta edi.🫶🏻

Oradan bir necha daqiqa o‘tib, ekran birdaniga to‘liq ochildi.
— Haqiqatdan ham ishladi?! — dedi Hyekyo hayrat bilan.😅

Seojun yengil jilmaydi.
— Juda oddiy muammo edi.👀

Ularning orasida bir zum noqulay jimlik cho‘kdi. Shamol yengil esib, daraxtlarning orasidan o‘tardi. Seojun asta o‘rnidan turdi, lekin qandaydir hayajon bilan yana Hyekyoga qaradi.🌝

— Xohlasang… kafega birga boramizmi? — dedi u sokin, ammo aniq ohangda.🌚

Hyekyo ko‘zlarini pirpiratib, ajablangancha:
— Yo‘q? Nega? — deb so‘radi.🙃

Seojun o‘yin aralash ohangda yelka qisdi.
— Kompyuterni tuzatganim uchun qahva olib bermaysanmi? Shunchaki… shunday tartib-da qutilarding..😁

Hyekyo jim bo‘lib qoldi. Uning yuzida ikkilanayotgan, nimanidir o‘ylayotgan ifoda paydo bo‘ldi. Ko‘zlari bir lahza pastga tushdi, qo‘llari esa kompyuterning chetini asta ushlab turardi. Seojun esa sabr bilan javob kutardi.🫀

Hyekyo og‘iz juftlab, sekin dedi:
— Lekin, men….......💫

< Song Hye Kyo >

LONDON | #Min_Hana 🌿

Shahar bulutlar orasidan tushayotgan xira yorug‘likka burkangan edi. Ko‘chalar sokin, eski binolar orasida yengil shamol esar, Temza tomondan kelayotgan salqin havo yuzni silardi. Kutubxona oldida odamlar kam, atmosfera esa g‘oyat tinch edi.🌊

Song Junki sekin yurib kelarkan, kutubxona zinapoyasida turgan Yelenani darrov payqab qoldi. Qiz qo‘lida ikki-uchta kitob ushlagan, jingalak sochlari yelkalariga tushib, mayin shamolda tebranardi. Junki uni ko‘rib, biroz ikkilanib to‘xtadi.📚

U bir necha soniya nimadir o‘yladi… so‘ng chuqur nafas olib, sekin yoniga yaqinlashdi.👀

— Salom, Yelena, — dedi u iliq jilmayib.😊

Yelena ham jilmaydi. Uning ovozi yengil va muloyim edi.
— Salom, Junki. Kitob izlab chiqqandingmi?🌝

Ular qisqa suhbat qildilar. Junki qizning yuziga qarab turarkan, yuragi nimadir qilib ketdi — bu tuyg‘uni yashira olmadi. Bir lahza jimlik bo‘lgach, u botinmay turgan fikrini dedi:
— Daryo bo‘yiga birga boramizmi? Biroz aylansak…🌚

Yelena unga qaradi. Bir soniya o‘yladi. So‘ng boshi bilan tasdiq ishorasini qildi.😊

Ular yonma-yon London ko‘chalarida yurib ketishdi. Shamol yengil esardi, osmon asta qoraya boshlardi. Oldinlari Junki bunchalik hayajonlanmagan edi. Yuragi tez ura boshlaganini sezib turdi, lekin baribir so‘z topolmasdi.❤️

Daryo bo‘yiga yetib kelishganda, atrof juda sokin edi. Suvning oqishi, uzoqdan kelayotgan shovqin — hammasi bir maromda. Ular bir necha lahza jim turishdi.❤️‍🔥

Junki Yelenaga sekin qaradi. Yutindi. Ovozini pasaytirib dedi:
— Yelena… men sizga bir narsani aytmoqchi edim…👀

Yelena unga qaradi. Ko‘zlarida qiziqish, lekin biroz hayajon aralash edi. Junki yuragini yig‘ib, nihoyat tiniq ovozda davom etdi:

— Men… men sizni sevib qoldim.❤️..............

< Song Jung Ki >

Sangtae endi maktabga kechiksa ham, Jisoo bunga e’tibor bermaslikka harakat qilardi. Jisoo u bilan gaplashish uchun qadam tashlamasdi, lekin ichidan yuragi biroz siqilar edi. 🍃

Sangtae ham Jisoo bilan gaplashmas, o‘zini jim tutardi. Shu bilan birga, ularning ko‘zlari tez-tez to‘qnashib qolardi.🕊

Har safar ko‘zlari uchrashsa, Jisoo darhol nigohini olib qochardi, xuddi hech narsa bo‘lmagandek harakat qilardi. 🌸

Lekin ich-ichidan, ularning yuraklari bir-birini kuzatishda davom etar, hislar esa jimjit, yashirin edi.🍓