Sen Bilan Onlayn 🍁🪻
Min Yoongi — 17 yosh — 2022-yil, Pusan
- Salom, men Yoongiman. To‘liq ismim — Min Yoongi. Tug‘ilgan joyim — Pusan, janubiy Koreya. Tug‘ilgan yilim — 2005. Ayni vaqtda 17 yoshdaman va hozir men sizga bir hikoya aytib bermoqchiman. Hikoya emas, balki — mening hayotim haqida dramma.🌚
Ha aytgancha, men biroz pazitivman. Hamisha hazil qilaman. Yig‘lagim kelsa ham kulaman, chunki hayot o‘zi yetarlicha og‘ir bo'lsa — endi men unga yanada ko'proq og‘irlik qo‘shib nima qilaman, to‘g‘rimi? 😅
Men ziyoli oiladanman. Otam ham, onam ham o‘qituvchi. Otam tarixdan dars beradi, onam esa koreys adabiyotidan. Uyda yana ikki kishi bor — opam va singlim. Opam mendan 3 yosh katta, singlim esa mendan 5 yosh kichik. Biz bir-birimizga to‘g‘ridan-to‘g‘ri gapiramiz, ba’zan janjallashamiz ham. Qisqasini aytganda it-mushukmiz! 😂 Lekin oxirida baribir bir-birimizni yaxshi ko‘ruvchi jigarlar bo'lamiz. Xuddi hamma oilalardagidek.😁
Hozir 2022-yil. Bitiruvchilarning bitiruv bazmi bo'lmoqda. Ayni damda men 17 yoshdaman. So‘nggi bir yil ichida boshimda juda ko‘p narsa o‘tdi, lekin shular ichida eng chalkash, eng tushunarsizi — bu Kvan Migyeong bilan bo‘lgan munosabatim. Ha, bir yil davomida birga edik, ammo bu munosabat tugadi.🌼
Migyeong mendan bir sinf yuqorida o‘qirdi, lekin aslida biz tengdoshmiz. U 6 yoshida maktabga kirgan, men esa 7 yoshimda. Demak, hozir u bitirmoqda, men esa hali oxirgi yilimni o‘qishim kerak.🍁
Endi esa... u menga aytdi:
- “Yoongi, men sizni endi do‘st sifatida ko‘raman. Hammasi tugadi. Mendan hafa bo'lmang.”
Sabab deysizmi? U mening eng yaqin do‘stlarimdan biri — yoqimtoy Kim Taeohni sevar emish.🍃🌝 Ha ananib tetayda o'zim!🌚🌼
Ha, men buni bilardim. Yashirmayman. Bilardimki, uning ko‘zlari har safar Taeohga qaraganda boshqacha yonadi. Lekin men... yuragimni aldab, baribir u bilan munosabat qurib yurdim. Uni sevgisini qozona olaman deb o'ylagandim. Natijada faqat o'zimni uvol qilganim qoldi...🍂
Endi esa — tamom. Men hech qanday g‘azab, nafrat, yoki gina bilan emas, oddiy bir tushunish bilan ajraldim undan. “Xo‘p,” dedim. “Omad.” deya unga zafar tilab qo'ydim.🦦
Hozir maktabdagi eng yaqin do‘stlarim — Minho va Jony. Minho bilan biz bolaligimizdan do‘stmiz. Jony esa Taeoh bilan birga bir mahallada qo'shni bo'lib katta bo'lgan. Ular ham 2005-yilda tug‘ilgan.🍭🌾
Kim Taeoh haqida alohida aytish kerak. U — do‘stlar orasida eng aqllisi, eng faolidir. (Lekin baribir man undan aqlliroqman deb kibrsiz qavs ichida aytib ketay) U ham Migyeong kabi 6 yoshida maktabga kirgan, shuning uchun bizdan oldin bitirmoqda.🍃
Aytgancha Jonyning sevgan qizi ham bor. Bizdan bir sinf pastda o'qiydi. 2006-yilda tug'ulgan sohibjamol Leo. U do'stim Jonyni bolalikdan beri sevadi. Jony esa uni. Bizlarga esa qadrdon singil bo'lib ketgan. Ko'proq Taeoh bilan birga o'sgani uchun, uni qadrlaydi. Ammo men va Minhoni ham Taeohdan kam qadrlamaydi. Xullas, tushuntira oldim degan umiddaman. Biz ajoyib jamoamiz! OKE community!🌝
Ha, endi sizlar bilan tanishib oldik. Endi esa men... itdek o‘qishim kerak. Haqiqiy marafon boshlandi. 24/7 kitob, daftar, sinf, test, qayta test... Har kuni REPITITOR, onasini emsin!😶🌫️ Hozirda hammasini tashlab, bir joyda uxlab qolishni istayman.😏
Lekin bu hali hammasi emas. Men bugun yana bir narsani qilishim kerak.🥲
Do‘stim Taeoh boshchiligidagi “Multiolam” guruhi bilan hayrlashish va ularning chatidan chiqib ketish. Bu guruh — mening virtual olamdagi boshpanam edi. Oke Communtiy eng faol a'zolari edi bu Multi olamning. Har kuni shunchaki bir necha daqiqa u yerga kirib, bo‘shashib olish men uchun hammasidan qadrli edi.🙂↔️
Endi esa bu oromgohni ham orqamda qoldirishim kerak.🌊
*“Salom, Multiolam ahli. Sizlar bilan o‘tkazgan vaqtim unutilmas. Har biringizga rahmat. Meni kechiring, lekin hozir boshqa yo‘lga chiqmoqdaman. Balki bir kun, qachondir... yana ko‘risharmiz.”*
“Xayr, do‘stlar.”😌
___
Aftor: Mana birinchi qismni ham yozib bo'ldim. Endi reaksiya va commentlar kutib qolaman. Komil bilan qisqa tanishib oldik. Uning oilasi va do'stlari bilan ham. Shuningdek sobiq qizi bilan ham)🌚