June 3

H A L O V A T 🪐 | #JURI 🌸

#Oyin_Yutugi 🪷 | #Mini_Fanfic 🌙

LIN YUI - Marjona 🪷 | KIM TAELA - Rohila 🌙

Seoul shahri. 🌆

Kim Dohyunning hayoti juda tartibli edi. Juda ham tartibli.

Soat 6:00 da uyg‘onadi.
Soat 7:00 da universitet.
Soat 17:00 da kompaniya amaliyoti.
Soat 20:00 da biznes kitoblari.
Soat 23:00 da uyqu.🌚

Hammasi reja asosida. U universitetning eng namunali talabalaridan biri edi. 📚

Otasi katta kompaniya rahbari bo‘lgani uchun kelajakda o‘sha kompaniyani boshqarishi kerak edi.🦦

Shuning uchun Dohyun hayotini hissiyotlarga emas, maqsadlarga bag‘ishlagandi. Do‘sti Kim Taehyung esa buning aksi edi.🌚

— Bir kun yuraging ham excel jadvaliga aylanib qoladi. 🤣

— Meni tinch qo‘y.

— Sevgi degan narsani bilasanmi o‘zi?🌚

— Vaqt isrofi deb hisoblayman.

Taehyung har safar kulib yuborardi Dohyunning tartibli ohangini eshitib..😄

Bir kuni kuchli yomg‘ir yog‘ayotgandi. 🌧

Dohyun odatdagidek universitetdan qaytayotib yo‘ldagi kichik kafega kirdi.🌝

Ichkarida odam ko‘p edi. Lekin uning e'tiborini bitta qiz tortdi. Sahnachada gitara chalib qo‘shiq kuylayotgan qiz....🎸

Uzun soch.
Chiroyli tabassum.
Ko‘zlarida esa g‘alati hayot bor edi.😻

Lin Yui. 🎤✨

U qo‘shiq aytayotganda butun kafe jimib qolardi. Dohyun ham. Qo‘shiq tugagach ham u bir necha soniya qimirlay olmadi. Bu his unga notanish edi.🫀

Bir necha daqiqadan keyin qiz uning stoliga kelib qoldi.

— Salom. 😊

— Salom.😟

— Nega bunaqa jiddiy qaraysiz janob? 😻

— Men oʻzi shunaqaman.

— Voy. Robotmisiz? 🤨

Dohyun qoshini chimirdi. Yui esa kulib yubordi.

— Hazillashdim.😄 Shunchaki hayron qoldim, qoʻshiq aytishga ham uyaldim bunday qarashingizga..😆

Dohyun birinchi marta notanish qiz sabab kulgisini zo‘rg‘a yashirdi.☺️

Shundan keyin u kafega tez-tez bora boshladi. Avvaliga qo‘shiq uchun. Keyin esa... Yui uchun. Yui juda sho‘x edi.😁

Bir kuni uning telefonini olib qochdi. Bir kuni daftariga kulgili rasm chizib qo‘ydi. Bir kuni esa:

— Bugun darsdan qochasiz... 😌

— Nima?!

— Hayot faqat oʻqishdan iborat emas-ku, buzib turing axir qoidalarni janob Dohyun 😆

— Men dars qoldirmayman.

— Endi qoldirasiz.😁

Va rostdan ham qoldirdi. Oʻzi ham qanday qilib bunday shaddod qizga itoatkor boʻlib qolganidan xabari yoʻq edi... Dohyun bunga o‘zi ham ishonolmadi.🌚

Kunlar o‘tib u o‘zgara boshladi. Ko‘proq kulardi. Ko‘proq sayr qilardi. Ko‘proq yashardi. Bir kuni Han daryosi bo‘yida o'tirishgandi....🌃

Yui osmondagi yulduzlarga qarab dedi:

— Bilasizmi, siz juda yolg‘iz ekansiz.😻

Dohyun jim qoldi.

— Qanday bilding?😁

— Ko‘zlaringizdan.🌝

U uzoq vaqt javob bera olmadi. Chunki birinchi marta kimdir uni tushungandek tuyulgandi. ❤️

*

Bu orada Yui dugonasi Kim Taela bilan ham ko‘p vaqt o‘tkazardi. Bir kuni Taela ham kafega keldi. Va u yerda Taehyung bilan tanishdi. Chunki Taehyung ham Dohyun bilan birga kelgandi.

— Salom. 😊

— Salom.

— Men Taehyung.

— Bilaman.

— Nima? Qayerdan?

— Yui har kuni siz haqingizda gapiradi.😊

— Faqat yaxshi gaplarnimi?

— Afsuski yo‘q. 🤣

Ikkalasi kulib yuborishdi. Shundan keyin ular tez-tez yozisha boshlashdi. Taehyungning hazillari. Taelaning samimiyligi. Ularni asta-sekin yaqinlashtirib yubordi....👑

Oradan oylar o‘tdi. Bir kuni Dohyunning otasi uni chaqirdi.

— Kompaniyani boshqarishga tayyormisan zumrasha?

— Ha. Albatta kapitan.🫡

— Endi sen rahbarlikka tayyor bo‘lding.

Dohyun bosh irg‘adi. Lekin bu safar boshqa narsa ham bor edi. Oldin u faqat kompaniyani o‘ylardi. Endi esa... Kim bilandir baxtli bo‘lishni ham o‘ylardi.

O‘sha kuni u Yui bilan ilk uchrashgan kafega bordi. Kafe yana iliq edi. Sahna ham o‘sha. Gitara ham. Faqat bu safar qo‘shiq tugagach Yui uning yoniga keldi.🌝

— Nega buncha jiddiy turibsiz? 🤨

Dohyun jilmaydi.

— Sening aybing.

— Nega?

— Hayotimni buzib yubording.🌚

Yui hayron bo‘ldi.

— Nima?

— Tartibli hayotimni.😂

— Voy. 😳

— Lekin yaxshi tomonga.😊

U cho‘ntagidan kichkina uzuk chiqardi. Yui ko‘zlarini katta ochdi. Taela esa uzoqdan qichqirdi:

— MEN AYTGANDIM SHUNAQA BO‘LADI DEB! 😍👏🏻👏🏻👏🏻

Taehyung esa kulib yubordi.

— Nihoyat robot sevishni o‘rganibdi. 🤣

Kafedagilar ham kulishdi. Dohyun esa faqat Yui tomonga qarab turardi....🫶🏻

— Lin Yui.

— Hmm?

— Hayotimga mazmun olib kirganing uchun rahmat.🙉

Yuining ko‘zlariga yosh keldi.

— Men ham sizni yaxshi ko‘raman.🙈

Bir yil o‘tib... Kim Dohyun kompaniya rahbari bo‘ldi. Lin Yui esa mashhur qo‘shiqchiga aylandi.🌝

Taela va Taehyung ham baxtli juftlik bo‘lishdi. Va ular hamon ba'zan o‘sha kichik kafega borib turishardi....🍃

Chunki ba'zan insonning butun taqdirini o‘zgartirish uchun... Bir chashka qahva, Bir qo‘shiq, Va bitta uchrashuvning o‘zi kifoya qiladi....❤️‍🔥

✨ TAMOM ✨