Sen Bilan Onlayn 🍁🪻
8-qism: "Offline with you" 💫🪻🍁💫
Londonga ilk bor qadam qo‘yganimda, ko‘nglimda qandaydir bo‘shliq bor edi. Garchi orzumga yaqin bo‘lsam-da, ichimda bir narsa yetishmayotgandek tuyulardi. Tanho tonglar, begona kechalar, och qorin va to‘xtovsiz izlanishlar bilan boshlangan bu yangi hayotda yuragimning eng chetida hanuz bir ism yashardi: Park Chae Young.🪻
Men bu yerdagi talabalar turar joyida emas, universitet kutubxonasining bir burchagida yashagandek bo‘ldim. Darsdan chiqib, bevosita ishlashga jo‘nardim — restoranda idish-tovoq yuvish, oxirgi mijozgacha xizmat ko‘rsatish, ba'zida esa peshindan kechgacha ko‘cha bo‘ylab yetkazib berish xizmatida yugurish. Shu orada vaqt topib, onam bilan telefon orqali gaplashar, uyimni sog‘inardim. Ammo eng ko‘p sog‘ingan insonim... u edi.💫
Har kuni uning ismini xayolimda takrorlab yurardim. Multio‘lam guruhiga qaytib kirishni ko‘p o‘yladim, ammo u yo‘q bo‘lgan tarmoqda qolgan boshqa esdaliklar og‘riqdan boshqa narsa emasdi. Ular menga Chaeyoungni eslatib, bag'rimni tirnardi. Charchoq ichida uxlab qolgan kechalar, xotiralarga ko‘milgan holatda uyg‘ongan tonglar, o‘qishga bel bog‘lagan, lekin yuragida sevgi degan bo‘shliqqa ega bo‘lgan yosh yigit edim men. 🐉
2027-yilning yozida Londonda o‘qishim nihoyasiga yetayotgan bir pallada, professorim menga ijtimoiy loyihalarda faol ishtirok etganim va a'lo baholarim uchun diplom topshirdi. Rasmiy yakun bo'lyapti, ammo ichimda haligacha yakunlanmagan sahifa bor edi.🌖
Seulga qaytganimda ilk qilgan ishim — uni izlash bo‘ldi. Ijtimoiy tarmoqlarda u haqida hech qanday yangilik yo‘q edi. Lekin men baribir bir imkoniyat borligiga ishonardim. Chae Youngning universitetidagi do‘stlaridan biri orqali uni topdim. U hanuz Seulda, ijodiy sohada ishlab yurardi. Shaxsan o‘zim uning oldiga borishga qaror qildim.🌿
Uchrashuvimiz oddiy kafe oldida sodir bo‘ldi. U meni ko‘rib hayratlandi. Yuzida ehtiyotkorlik, ko‘zida esa haligacha tanish iliqlik bor edi.
— Salom, Chae Young, — dedim asta.🍁
— Yoongi... bu rostdan sizmisiz?🪻
Men bosh irg‘adim. U jimgina qarab turdi. So‘ng o‘zini tutib, kulimsiradi. Ichimda muz bo‘laklari erigandek bo‘ldi.❄️
Kechqurun uzoq suhbatlashdik. Men o‘zimni, uni, bo‘lajak hayotimni tushuntirdim. U esa sukut saqladi. Onasi hali ham qat'iy qarshi, otasi esa qizining hayotiga har doim qattiq nazorat o‘rnatgan. Lekin bu safar men voz kechishga tayyor emas edim.🌟
— Meni ularga tanishtir. Men yashirincha sevuvchi bo‘lishni istamayman. Agar biz birga bo‘lishga loyiq bo‘lsak, ular ham bu sevgini ko‘rishi kerak, — dedim qat’iylik bilan.🍂
Bir oy o‘tgach, nihoyat u rozi bo‘ldi. Oilalarimiz o'rtasida bir-birlaro bilan uchrashuv uyushtirildi. Ko‘zlarimda ishonch, yuragimda hadik bor edi. Park Chae Youngning otasi meni sinovdan o‘tkazayotgandek tikildi. Ammo so‘nggi savolimga javobimdan so‘ng, u kulimsiradi:
— Qizim hayotda birinchi marta sevgi haqida kulib gapirayapti. Bu nimagadir arzirli bo‘lishi kerak.😅
Shu vaqtdan boshlab biz ikkinchi marotaba sevishganlar bo‘ldik — bu gal real hayotda...
To‘y tayyorgarliklari boshlanganida barcha yaqinlarimiz yordamga shoshildi. Onam birinchi kundan boshlab Chae Youngni o‘z qizi kabi qabul qildi. Otam esa, "Men seni uylana oladigan darajagacha yetganing bilan faxrlanaman", — dedi.🌚
To‘yimiz Pusanda bo‘lib o‘tdi. Yorug‘, tiniq bahor kuni. Shabada dengizdan esib turardi. Chae Young oppoq libosda menga qarab kelayotganida yuragim to‘xtab qolgandek tuyuldi. U menga yaqinlashar ekan, oramizdagi barcha onlayn muloqotlar, ko‘z yoshlar, so‘rashuvlar, kutishlar va jimjit tunlar bir lahzada yo‘q bo‘lgandek bo‘ldi. Endi faqat biz bor edik — ikki jism, bir yurak.💜
Qasamimiz so‘ngida Chae Young ko‘z yoshini artib, faqat bitta so‘z dedi:
Men esa uning peshonasidan o‘pib pichirladim:
To‘y marosimi nihoyasida hamma raqsga tushar, quvonar, kulardi. Do‘stlarimiz — Jony, Taeoh, Minho — biz bilan birga edilar. O‘tmishda bizni ajratgan barcha to‘siqlar ortda qolgandi. Endi bu sevgi nafaqat qalbimizga, balki hayotimizga ham tegishli edi...❤️
Tungi osmonda yulduzlar charaqlardi. Men Chae Youngning qo‘lidan tutib, to‘y joyidan bir chekkaroqga olib bordim. Uni bag'rimga bosib, qattiq quchoqladim. Ko‘zlariga tik qarab, shivirlab dedim:
— Ilk marta seni “onlayn” ko‘rib sevib qolgandim. Endi esa... men sen bilan “offline” bo‘lmoqchiman. Har kun. Har nafas. Hamisha yoningda...😍