COLD AS ICE ❄️ | #BAHROMIDDIN 🍃
🔸 2-qism: “Hech kimga ishonib bo‘lmaydi” 🔸
Mehribonlik uyida hayot og‘ir emasdi. Ota-ona sog'inchini hisobga olmaganda albatta...
U – beparvo edi.
Hwang In Ho soat nechada uyg‘onish kerakligini bilardi. Nonushta paytida qanaqa non berilishini ham. Qaysi tarbiyachi qaysi kuni qichqirishini, qaysi biri befarq tabassum bilan kunni o‘tkazishini ham. Bular hayotning oddiy tizimiga aylangan edi.
Ammo bir narsani o‘rganib ulgurgandi: insonlar vaqtinchalik bo‘ladi. 🔹
Bir kuni mehribonlik uyiga bir bola keldi. Ismi Jun Se. Ular tez til topishishdi. In Ho birinchi marta o‘zini kimningdir yonida yengil his qila boshlagan edi. O‘yin o‘ynashdi, yelkama-yelka turishdi, kechalari pichirlab gaplashishdi.🔆
Ammo oradan bir oy o‘tmay Jun Se asrab olindi. In Ho darvozadan chiqib ketayotgan do‘stiga qarab turgancha, yuragida nimadir uzilganini his qildi.💔
— “Men yana yolg‘iz qoldim.”
— “Demak, odamlar ketadi.”
— “Hech kim qolmaydi...”💫
Shu kundan keyin, u hech kim bilan uzoq gaplashmadi.
Hech kimni "do‘st" deb atamadi.🪐
🏫 Maktab — unga begona joy edi.
O‘qituvchilar uni “yaxshi o‘quvchi” deb atardi. Chunki u hech qachon shikoyat qilmasdi. O‘qirdi. Javob berardi. Topshiriqni vaqtida bajarardi. Ammo hech kim uning ichkarisiga qarashga urunmasdi. Sinfdoshlar esa... uni doim *g‘alati bola* deb atashardi. 🌪
— “U doim yolg‘iz yuradi.”
— “Hech kim bilan o‘ynamaydi.”
— “Og'zini faqat ovqatlanyotganida ochadi, doim sukud saqlab yuraversa — biror kun portlaydi shekilli.”⚡️
Maktabda tez-tez bolalar orasida uchrab turuvchi zo'ravonlik Inho bilan ham sodir bo'ldi. Bir kuni ikki o‘quvchi uning sumkasini polda sudrab, ichiga suv quyishdi. Boshqa o‘quvchilar kuldi.
U... bir og‘iz ham gapirmadi. Faqat xona o‘rtasida turib, lablarini tishladi. Ko‘zlari esa hammasini yodda saqladi.💥
— “Sen o‘zingni himoya qilmasang, hech kim seni himoya qilmaydi.” degan xulosaga keldi...🥀
🏫 Kollej — bu yangi bosqich bo‘lishi kerak edi.
Ammo u bilan hech narsa o‘zgarmadi.
Yangi sinfxona. Yangi odamlar.
Ammo In Ho hanuz o‘sha — sovuq, sukutli, yolg‘iz yigit edi.🌒
Qizlardan biri — Yuna, bir kuni unga yaqinlashdi.
— Menga senga o‘xshagan odamlar qiziq... - dedi...👀
U kuldi. In Ho esa hech narsa demadi. Hech kim bilan suxbatlashmasa ham, shu qizga gapirib turadigan bo'lgan edi.
Oradan bir hafta o‘tib, Yuna o‘z dugonalariga Inhoni “yo‘lini topolmaydigan ruhiy notekis yigit” deb masxara qildi.👤
Shu kuni In Ho derazadan tashqariga tikilib, o‘zidan so‘radi:
— “Qanday qilib odamlar bunchalik ikkiyuzlamachi bo‘lishi mumkin?”
U xafa bo‘lmadi.
U allaqachon hafaligidan ham voz kechgandi.
Hissiz bo‘lish — azob chekishdan ko‘ra yengilroq edi.🧠
Shu tarzda yillar o‘tdi. Hamma narsaga sovuq nigoh bilan qarash — uning odatiga aylandi. U esini tanigan kundan toki hozirga qadar turli xiyonatlar va tark etishlarga duchor keldi. Natijada odamovi bo'lib qoldi. Insonlardan pand yeyavergani uchun shavqatsiz va rahmsiz kimsaga aylandi...🌊
U odamlar bilan suhbat qurmasdi, faqat o‘zini o‘qishga, bilimga bag‘ishladi. Uzoq kechalar davomida kitoblarga cho‘kib ketardi, chunki kitoblar — hech qachon ortga qaytib urmaydigan yolg‘onlarni aytmasdi.📚
Va bir kuni, u har doimgidek oynaga tikilgancha, ichidan pichirladi:
— “Hayotda o‘zim uchun o‘zim kurashishim kerak ekan.” 🔗
Yana qor yog‘ardi.
Ammo bu safar qor uni muzlatolmasdi.
Chunki u allaqachon muzga aylangandi. 🧊