June 1

Sen Bilan Onlayn 🍁🪻 | 4-qism

Yashirin Yurak Urishi 🫀

Avgustning ilk tonglari. Quyosh hatto osmonga ko‘tarilmasidan turib uyg‘onaman. So‘nggi ikki oy ichida uyqu nima ekanini unutdim desam, oshirib yubormagan bo‘laman. Har tongni bir chashka qahva, kitoblar va testlar orasida qarshi oldim. Ta’til degan so‘zni lug‘atimdan o‘chirib tashlagandek bo‘ldim.👤

O‘zimga: “Yoongi, sen qila olasan,” deb ming marta takrorlaganman. Har safar toliqib, qiynalganimda esa Park Chae Youngni esladim. Bir ko‘rish, bir so‘z, bir jilmayish uchun intilayotganimni his qildim. U bilan hali to‘liq tanish bo‘lmasam-da, nimadir ichimda meni unga tomon tortardi.✨

Avgust oyining o‘rtalarida nihoyat imtihonlar marafoni boshlandi. Beshta davlat universiteti, ikkita xususiy universitet imtixonlari bor menda. Har biriga borish, har birida ter to‘kish, har birida orzularimni sinovga qo‘yish men uchun nafaqat jismoniy, balki ruhiy kurash bo‘ldi.🦦

Ammo o‘sha jizzaki imtihonlar orasida yana bir o‘ziga xos voqea sodir bo‘ldi.

*Multi Olam.*

Ha, men nihoyat guruhga qaytdim. Telegramni ochib, “Multi Olam” guruhiga xabar yozganimda yuragimni allaqanday issiqlik qamrab oldi. Ilk bo‘lib yozgan inson... Park Chae Young edi.🪻

— *“Ooooo, Yoongi qaytdi-ku!”* 🌝

Uning bu so‘zlari yuragimni yoritib yubordi. Garchi yozilgan kichik matnli xabar bo‘lsa-da, nigohimda uning ohangi, quvonchi va hayronligi jonlandi. Hamma mendan qayerda yurganimni, nima bilan band bo‘lganimni so‘ray boshladi. Men esa oddiygina “O‘qish, o‘qish, yana o‘qish,” deb javob berdim. Kulishdi. Yana suhbatlarimiz boshlanib ketdi. Yana hayotimga rang kirdi.🪽

Chae Young bilan rasmiy tanishuvimiz esa boshqacha bo‘ldi.

— *“Salom, men Park Chae Young. Guruhga yangidan kirdim siz ketgach, tanishganimdan xursandman. Lekin siz qaytgunizcha allaqachon eskirib bo'ldim shekilli. 🌝”*

Men esa jilmayib yozdim:

— *“Min Yoongi. Yana tanishganimizdan xursandman. 🌚”*

U kulib emoji yubordi. Yuragim allaqanday bo‘shashib tushdi.❤️

Oradan bir necha kun o‘tdi. Nihoyat o‘sha kun – 26-avgust yetib keldi. Men Seulga otlandim. Navbatdagi imtihon, lekin bu safargi sababi boshqa. Ich-ichimda yashirin bir niyat bor edi.😎

Jo‘nab ketishimdan bir kun oldin Chae Youngga yozgandim:

— *“Salom. Men 26-avgust kuni Seulga boraman. Imtihon uchun. Balki... ko‘rishsak ham bo‘larmidi?”*🌚

U bir oz jim qoldi. Keyin yozdi:

— *“Hmm... Bilmayman. Yangi tanishganmiz-ku hali.”*😁

Rad etilgan bo‘lsam ham, bu rad etish beg‘ubor edi. Shiringina rad javobi...
Ammo mendagi umid hech qachon o‘lmaydi. 🤭

26-avgust ertalab, Seul. Imtihonlar saraton quyoshi ostida o‘tdi. Qattiq terladim, lekin tinmadi yuragim. Har daqiqa telefonimga qaradim. Nihoyat, imtihondan chiqdim. Tushlikdan so‘ng unga yana yozdim:😶

— *“Men shu yerdaman. Balki ko‘rishsak, shunchaki salomlashsak? To‘g‘ridan to‘g‘ri emas, odam ko‘p joyda. Masofa saqlab... Agar qo'rqsangiz, yoki ishonmasangiz deymanda...🌚”*

Yana jimlik. Hali o'qimadi.
Men esa shunchaki kutdim.
Mana shu yerda 4-qism tugaydi.
Yuragimdagi eng yashirin istak bilan....✨