June 23

TILL THE MOON BLOOMS...πŸŒ’

4-qism

_ ORADAN BIR YIL O'TDI _

Ha, sezib turibman. Nega birdan time skip qilganimga qiziqdingiz. Chunki ko'pincha bir xil vaziyatlar sodir bo'lardi maktabda. Keyinchalik bizning juftlikning mish-mishlari o'qituvchilarga ham yetib borgan edi. Tabiyki ular menga ham, Minsuga ham, bizning ota-onamizga ham inday olishmasdi. Shuningdek Minsu bilan ko'p yaxshi kunlarni qarshiladik. Qizlar bayrami, sevishganlar bayrami, Mening tug'ilgan kunim, Uning tug'ilgan kuni va yangi yilni ham birga kutib oldik. Biz juda ham baxtli edik. Gohida urushar edik, gohida esa yarashar edik. Hammasi ertaknamo tarzda o'tar edi.

Toki o'sha kun kelmaguncha...πŸŒ’

O'sha kuni yomon tush ko'rdim. Yarim kechasi taxminan soat uchlarda, bemahalda uyg'onib ketdim. Qayta yotsam ham uxlay olmadim. Uyqu hech kelmadi...

Maktabga odatda 7:30 da yetib kelardim. Ammo o'sha kuni 7 da keldim. Kelib xonani ochmoqchi bo'ldim.

Bizning xona kaliti ko'pincha menda turardi. Chunki hammadan birinchi kelardim. Meni xattoki maktab oldida turgan qorovul amakilar ham tanishardi.

Xullas, eshikni ochishga harakat qildim. Kalitni buradim, ammo muammo kalitda emas. Bu eshik ichki tomondan qulf edi...

Ichkaridan bir qizning ovozi eshitildi.
β€” Hozir chiqaman!
β€” Kim bu? - dedim, chunki ovoz aniq eshitilmasdi xona ichidan.
β€” Men Minsuman.
β€” Minsu?
β€” Ha!
β€” Bu yerda nima qilyapsan? Nega xona qulf?
β€” Raqs repititsiya qilayotgan edim Hyonu.
β€” Raqs? Qanaqa raqs?
β€” Tadbir bor edi.
β€” Qanaqa tadbir? Bu haftadayam, keyingisida ham hech qanday tadbir yo'qku!?

Ko'nglim nimadandir g'ash edi. Minsu, soat yettida, qulflangan xonada nima qilyapti? Bu juda g'alati edi...
β€” Mana hozir, bir daqiqa.. Ochyapman eshikni.
β€” Tezroq och!
β€” Ho'p - dedi va eshikni ochishi bilan men ham qattiqroq ochib ichkariga kirdim.

Kirdim, ammo shubxali bir nimani payqamadim. Xona jim-jit edi... ammo 3 ta derazadan faqat bittasi ochiq turibdi...

Birinchi taxminim, Minsu faqat shu yerga kelib oynani ochgan. Qolganlariga borishga eringan. Ikkinchi taxminim, bu yerda yana kimdir bo'lgan va shu oynadan sakrab qochib qolgan.

Ikkinchi taxminimga yetishish istagi tinchlik bermadi. Oyna tomonga yugurdim. Minsu esa yana shubxali edi.
β€” Hoy qayerga ketyapsiz? - deb cho'chir edi.

Borib qaradim. Uzoqdan kimdir yugurib ketayotganiga ko'zim tushdi. Aftidan bu sinf prezidenti Pek Jin bo'lishi tabiiy...

β€” Hyonu, nima bo'ldi sizga?

Unga hech nima demadim. Server xonasi tomon yugurdim. Borsam, kutganimdek admin kelmagan. Keyin uni kelishini soat 8 gacha kutdim o'sha yerda.

Nixoyat u keldi va menga o'qrayib qaradi.
β€” Sen Hyonumiding?
β€” Ha. Salom janob.
β€” Salom.
β€” Sizdan bir iltimos bor edi.
β€” Qanday?
β€” Meni qimmatbaxo buyumim yo'qolib qoldi. Shuni kimdir olib qo'ygan deb o'ylayapman. Bugungi va kechagi video yozuvlarni ko'rsatishingizni so'rayman.

β€” Ariza yozishing kerak Hyonu. Shunchaki ko'rsata olmayman...

Qancha gapirmay, u qaysarlik qildi. Keyin albatta pul bilan uni ko'ndirishga erishdim. Shundoq cho'ntagiga pulni joyladim.

β€” Menga shunchaki xonani ochib bering. Tezda ishni bitiraman.
β€” A? Haligi.. bu ishing...

β€” Bilaman, bu bizning sir.

β€” Yaxshi, ehtiyot bo'l.

U menga eshikni ochishi bilan, ichkariga kirdim. Uni kirmasligini tayinlagandim. Ammo u kirdi. Menimcha sumkasini qo'yib chiqib ketadi dedim. U rostdan shunday qildi.

Keyin esa men ishga kirishdim. Bugungi soat 6 dan 7 gacha bo'lgan video kuzatuvni ochdim...

Davomini so'zlab berishimni kutmayotgandirsiz? Nimaga guvox bo'lganimni aytmasam ham bo'laveradi. Ochib qarasam, aynan o'sha Pek Jin hamda mening "vafoli" muxabbatim Min Su edi xonada. O'rtalarida masofa degan tushunchadan asar ham yo'q edi.......πŸ’”

Nega U bunday qildi? Qachondan beri bunday qilib kelmoqda edi? Nega unda men bilan bir yilni chog' o'tkazdi? Meni sevmas edimi? Meni nimam unga kamlik qildi? Pek Jindan ko'ra o'lsam o'ligim ortiq-ku meni!!!!

Shu kabi hayollar tinmay miyamda aylanardi. Borib Pek Jinni ham, Minsuni ham yer bilan bitta qilgim kelardi. Ammo bu Minsuning sha'niga dog' tushirishi aniq edi.

Shu uchun shunchaki jim bo'lishga qaror qildim. Qanchalar alamli bo'lmasin, Minsu uchun shunday qaror qildim.

Xonadan chiqarkanman, adminning "Yo'qotgan narsangni topdingmi" degan gapi ham miyamga eshitilmasdi.

O'zimni yomon xis qilayotgandim. O'zimizning xonaga borguncha ko'z oldim qorong'ulashib, o'zimni noqulay his qilayotgan edim.

Menimcha bu stressdan edi. Kutilmagan muammo, kutilmagan vaziyat va kutilmagan xiyonat zarbasini qabul qilgan edim.

O'shandan keyin maktabga bormay qo'ydim. Boshim qattiq og'riydigan bo'lib qoldi. Ikki hafta kasalxonada bo'ldim.

Bunday zerikarli kunlar o'tarkan ichimda Minsuga ham, Pek Jinga ham alamlarim oshib borar edi.

Hayollarim "maktabga borganimda..." degan jumlalar bilan boshlanuvchi gaplarga to'lib ketgan edi.

O'sha kun ham nixoyat yetib keldi. Men bordim, ularni ko'rdim. Biri mendan ko'zini olib qochsa, ikkinchisi soxta mehribonlik qilib hol ahvol so'rash bilan band edi.

β€” Yo'qol! Ko'zimga ko'rinma - dedim Minsuga hammaning oldida.
U ham, qolganlar ham bu muomalamdan qotib qolishdi.
β€” Men sizga nima qildim?
β€” SEN MENGA NIMA QILDING!? - baqirdim va ko'zlariga o'qrayib qaradim.

Uni ovozim ham, g'azabga to'lgan ko'zlarim ham birdaniga yig'latib yubordi. Tashqariga yugurib chiqib ketdi.

β€” Hyon Vu, nega baqiryapsan hammani o'zinga qaratib?

Pek Jinning bu so'zlari aynan mana shu vaziyatda shunaqangi xunuk eshitildi-ki... o'zimni tutib turolmadim.

O'laksaday qilib kaltakladim...

Ko'zi shunchalar shishb ketdi-ki, endi Minsuga chiroyli ko'zlari bilan qarolmasdi. Og'zi shunchalar yirtilib ketdi-ki, operatsiya bilan qutqarib qolish mumkun edi uni. Endi bu lablar Minsuni o'polmasdi. Yetmaganiga Minsuni bag'riga bosgan qo'lini va barmoqlarini sindirdim.

Natija?
Alamlardan xalos bo'ldim.
Maktabdan haydaldim...
Minsudan ham, la'nati Pek Jindan ham qutuldim....

Pek Jin esa bizni kompaniyadan yaxshigina pul undirib oldi. Bu pullar uni qondirsada, sog'lig'ini tiklab qo'ymasdi avvalgi darajada...

Ayb o'zida, birovning ko'z ostiga olgan qiziga ko'z olaytirmasligi kerak edi.

Minsu esa tinmay qo'ng'iroq qilib, SMS yozardi. Ammo men ularni birortasiga ham javob bermasdim. Ba'zida eshigim oldiga, yangi ko'chib o'tgan maktabim oldiga ham kelib turardi.

Afsuski, endi kech edi. Singan finjon qanchalik yamalmasin, baribir suv sizib chiqib uni sindirishi aniq edi. Xiyonatni kechirib bo'lmasdi. Men umuman kechirolmasdim uni....

Shunga qaramay, yuragim usiz yashay olmasdi....πŸ’”