TILL THE MOON BLOOMS...🌒
Yorug’likka yetib borish uchun avval zulmatni yengmoq lozim. Bu insonning o’ziga va irodasiga bog’liq. Hayot sizga yetarlicha zulmat tuxfa etishi mumkun. Bu zulmatdan chiqish faqat o’z qo’lingizda.
Salom! Mening ismim Pek Hyon Vu. Meni Hyonu deb atashadi. Yoshim ayni dam 21 da. Bizning sulolamiz ancha vaqtlardan beri yuqori daromad ko’rib kelmoqda biznessdan. Shu sababli menda bolalik yomon o’tgan deb ayta olmayman. Lekin shunga qaramay, imkon qadar oilaviy merosdan, oilaviy pullardan yiroqda bo’lishni xohlayman. Imkon qadar mustaqil bo’lishga harakat qilaman. Chunki menga ota-onam shuni o’rgatishgan. Hayot menga shuni o’rgatkan…
— Dadajon, nima qilapshiz? – deb qizim kirib qoldi xonaga.
— Senga bo’lgan uzoq yo’limni qog’ozga muxrlayapman, - deb javob berdim uni porloq ko’zlariga termulib.
Ko’zlari xuddi onasinikidek… Ularning tubiga cho’kib ketmay iloj yo’q. Menga xalaqit qilmasligi uchun holasi Pek Yu Minni chaqirdim.
— Akajonim labbay – deya xonam eshigidan mo’raladi.
— Singiljonim balki jiyaningizga qarab turarsiz, meni ba’zi ishlarim bor edi. Shularni kechlikga qadar bitirib olay. Xadeb yigitingiz bilan telefonda hangoma qilish o’rniga, oilamizga foydasi tegadigan ishlar bilan ham shug’ullanib turing-da!
— Bosh ustiga akaginam… - deya jilmaydi Yumin.
— Rahmat – dedim va yana hayotiy hikoyamni yozishga tushdim.
Ho’sh, gapni qayerdan boshlasam ekan? Mana shu savolni yomon ko’raman. Doim bu savolga ehtiyoj tug’ilganda, uni o’zimga berish o’rniga… shunchaki suxbatdoshimga gapimni bir boshdan tartib bilan aytib berishlikni afzal bilaman. Shu sababli hayotiy hikoyamni eng boshidan so’zlab beraman sizga.
Bolaligim haqida eslaymi?
Ha mayli, uni eslasam to’rt devor hamda uyimiz oldidagi bolalar maydonchasi esimga keladi. So’ng yuqori tartib intizomga ega, nufuzli bog’chada qiynalib taxsil olganimni eslayman. U davrdan pichoqqa ilinadigan biror yoqimli xotira qolmagan.
Bolaligim otam bilan ham, onam bilan ham o’tmagan. Ularning 99% vaqtlari faqat ish bilan bog’liq bo’lgan. Qolgan 1% vaqtlarini meni tug’ilgan kunim uchun yoki yangi yil bayrami uchun sarflashgan. Bolaligimni zerikarli qilib qo’ymagan, menga quvonch ulashgan ikki insonni sizga maqtab ayta olaman.
Birinchisi, ota-onam menga bermagan 99% mehrni bergan enagam — Chon xola. Hamda to’rt yoshligimda bolaligimning eng esda qolarli ajoyib tuxfasi — singlim Pek Yu Min. U meni bolalik zulmatidan qutqargan birinchi nurim.
Chon xola meni va uni katta qildi. Singiljonimni men ham katta qilganman deya olaman. Unga malikalardek munosabat bildirardik. Xonadonimizning erkatoyi edi mening Yuminim.
Keyin buyog’i maktab boshlandi. Boshlang’ich sinf o’quvchisiman. Adashmasam uch yoki to’rtinchi sinfman. Hech qachon unutmaydigan voqeam sodir bo’ldi o’shanda. Otam ilk marta ota-onalar majlisiga kelgan kun edi.
Ularni ko’rib qanchalar xursand bo’lganimni tasavvur qila olmaysiz. Shu qadar ishga berilgan ota o’z bolasini majlisi uchun vaqt topib kelganligi. Majlisdan chiqqanidan so’ng meni izlardi. Men ham darrov ularning oldiga chopib bordim. Quchoq ochib kutib olmadilar kutganimdek.
— Salom dadajon, - deb ta’zim qildim oldilarida.
Dadam esa bir so’z aytmadilar. Shunchaki menga yaqinroq keldilar. Yuzlaridan jaxl isi kelib turardi. Qulog’imning yumshoq joyini ushladilar va uni uqalay boshladilar. Bu holat menga avvaliga yoqimli tuyuldi.
— Ha o’g’lim, yaxshimisiz?
— Ha dadajon. O’zingiz yaxshimisiz? Majlisga keldingizmi? – dedim tabassum bilan.
— Albatta keldim o’g’lim. Ammo siz meni xursand qilmadingiz-ku, - deb qulog’imning aynan o’sha yumshoq yeridan zarb bilan tortdilar.
— Ayshshsh! – men baqirdim og’riqqa bardosh berolmay.
— Kimsan Pek Yu Jonning o’g’lining baholari past natija ko’rsatayotgan bo’lsa… Siz meni uyaltirdingiz. – Yanada qattiqroq tortdilar qulog’imdan.
— Aaa! Dadajon, kechiring. Og’riyapti…
— Bugundan boshlab 95 dan kam natija qo’lga kiritsangiz, shu qulog’ingizdan ayrilib qolasiz – dedilar.
Yoshmanda. Dadamning vajoxatidan shu qadar qo’rqardim-ki, “Ho’p” dedim qo’rqqanimdan. O’shandan keyin shunaqangi o’qirdim-ki, biror marotaba ham 95 dan kam natija olmadim. Dadamga quloqlarimni berib qo’ymaslik uchun qattiq o’qirdim. Navbatdagi majlisdan so’ng dadam yana xonadan birinchi bo’lib chiqdilar.
Bu safar ular tomon borar ekanman, dadam ham men tomon harakatlanardilar… Bundan chiqdi, dadamni o’z natijam bilan ko’nglini ko’tara oldim.
— Salom dadajon, keldingizmi?
— Ha o’g’lim. Keldim. – dadam bu safar egilish o’rniga, tizzalariga cho’kdilar. Va meni qulog’imning aynan o’sha joyidan ushladilar.
“Dadam nega yana bunday qilyapti? Endi bu safar natijam 97 bo’lganidan darg’azabmilar?” degan savollar hayolimni chulg’ardi dadam qulog’imni silayotganlarida…
— Barakalla o’g’lim, - deb boshimdan ikki qo’llari bilan tutdilar, so’ng peshonamdan o’pib qo’ydilar.
Sizga buni qanday tushuntirib berishni bilmayman. Shu onda qanchalik baxt xis qilganimni so’z bilan tasvirlab bera olmayman afsuski. O’sha kuni shuni tushunib yetdim. Bu hayotda yaqin insonlaringizni, ayniqsa ota-onangizni o’z muvofaqiyatingiz bilan faxrlantirishga yetadigan tuyg’u kamdan-kam uchrar ekan…
O’shandan beri hech qachon muvofaqiyatsizlikga uchramadim. Doim yuksak harakat bilan yuksak natijaga erishdim. O’rta maktabga o’tdim. Oyim tanlab berdi bu maktabni menga. Bu yer oldingisidan ham yaxshiroq edi. Fanlar borgan sari qiyinlashib borardi.
Sinfda birinchi raqamli o’quvchi bo’lishning afzalligi ko’p albatta. Ammo men bu afzalliklardan qochishga harakat qilardim. Chunki buni bilaman, hamma menga ota-onamning boyligiga qarab muomala qilishadi.
— Sinf sardori kim bo’ladi? — Pek Hyonu!
— Tashkiliy ishlar kimda? — Hyonu shug’ullansin!
— Tadbirga kim chiqadi? — Hyonuuu!
Bunday savollarni ko’p keltirishim mumkun. Ammo siz ham tushundingiz, bu savollarning javobi baribir Hyonu bo’ladi. O’qituvchilar menga doim yaxshi muomalada bo’lardi.
Tanganing ikkinchi tomoni bor deganlari kabi, meni ko’rolmaydiganlar ham talaygina edi. Bunday yaxshi e’tiborni men ko’tarishni xohlamasam ham, baribir buni ko’ra olishmasdi. Aksariyat sinfdoshlarim o’sha boylikni deb yaxshi muomalada bo’lsalar ham, baribir ichidagi xasad shundoq sezilib turardi.
Xasadni ichda saqlamaydiganlar menga yana bir narsani o’rgatishdi.
Maktab xojatxonasida “Do’stimsan” degan o’sha yaqin sinfdoshlarim meni yaxshigina xaqorat qildilar. Otam va onam haqida ham quloqda turmaydigan gap aytishdi. Tabiyki men bunga jim qarab tura olmasdim. Shu sababli ularga xujum qildim.
Ulardan kaltak yeb, oyoq ostilarida tepki bo’lgan kunim, yana bir narsani o’rgandim. Bu hayotda faqat aql bilan kuchli bo’lishni foydasi yo’q. Aqli borlarga kuchi borlar taxdid solishi mumkun. Shu sababli sport bilan shug’ullanishni boshladim.
Yuqori maktab…
Ham aqlan, ham jismonan kuchli bo’lib keldim. Yangi xususiy maktab edi. Bu yerda esa men uni uchratdim……………🌒