February 15

“Prisoner of a Frozen Heart” 💔❄️

4-Qism ❤️‍🩹 | #BAHROMIDDIN 🍃

🖤 4-QISM: “Qon va Sir” 📝

Seul chekkasidagi eski sanoat hududi.
Yomg‘ir tomchilari zanglagan temir tomlarga urilardi.
Bugun kelishuv bo‘lishi kerak edi.
Ammo bu — tuzoq edi. Jennie va uning mafiasi uchun tuzoq.

— Ular kelishmadi, — dedi Jenniening yonidagi odam....

Javob o‘rniga o‘q ovozi yangradi.
Eski oyna shishasi sindi.
Qorong‘ulik ichidan qurollangan odamlar chiqdi.
Raqib klan....☠️

— Pozitsiya oling! — buyruq berdi biri.🗣

Ammo buyruq berishga hojat yo‘q edi.
Jennie allaqachon qurolini ko‘targan.
U poshnada emas edi bugun.
Qora kostyum. Sochlari orqaga yig‘ilgan. Nigohi muzdek.❄️

Birinchi o‘q — aniq.
Ikkinchisi — shubhasiz.
Va o'qlar davom etardi
U qo‘rqmasdi.
U to‘xtamasdi. Jennie juda ham jasur qiz!🫀

Yomg‘ir kuchaydi. O‘qlar temirga urilib chaqnardi.
Portlash.
Yer silkinib ketdi.
Jennie yon tomonga sakradi, ammo chap yelkasidan kuchli og‘riq qabul qilib oldi....
O‘q tekkandi bechora Jenniega...❤️‍🩹

Qoni qora rangli ko‘ylak ichidan asta yoyila boshladi.
Yonidagi odam yiqildi.

— Chekining! — qichqirdi kimdir.🗣

Ammo Jennie chekinadiganlardan emas edi.
Yana bir o‘q.
Bu safar u qaltiradi.
Nafasi og‘irlashdi.

Raqiblar soni ko‘p edi.
Bugun strategiya xato ketgan.
Jennie atrofga tez qaradi.✨

Yashash — hozir ustunlik edi.
Insonlar nega qulaydi?
Qayta qaddini tiklab olish uchun...
Jennie ham hozir shunday yo'l tutishga majbur edi.
U mashina tomonga yugurdi.

Yelkasidan qon oqayotgan bo‘lsa ham, rulga o‘tirdi va gazni bosdi.
Orqasida o‘qlar.
O'qlar tinmay yog'ilardi, ammo zirxli BMW uchun bu o'qlar pista po'chog'i edi...
Oldinda esa — qorong‘i tun.🌒

🖤 Ko‘cha cheti

Mashina bir necha ko‘cha narida to‘xtadi.
Dvigatel o‘chdi.
Jennie rul ustiga suyanib qoldi.
Nafasi notekis.
Ko‘zlari xiralashib borardi.⚡️

Mashina eshigi ochildi.
U tashqariga chiqdi.
Bir necha qadam yurdi.
Va… tizzalari bo‘shashdi.
Yo‘l chetiga yiqildi.💔

🖤 Jungkook

Jungkook studiyadan qaytayotgandi.
Qulog‘ida naushnik.
U ko‘chadagi qizning siluetini ko‘rib to‘xtadi.
Yerda yotgan qiz.
Qora kiyim. Sochlari yoyilgan.
U yaqinlashdi.
Va qotib qoldi.❤️‍🩹

— Siz…?😳

Jennie ko‘zlarini zo‘rg‘a ochdi.
Yomg‘ir yuziga tushardi.

— Ket… — dedi past ovozda.🙁

Jungkook qon izini ko‘rdi.

— Siz yaralangansiz!😟

U telefonini oldi.

— Tez yordamga qo'ng'iroq qilish kerak!😕

Jennie qo‘lini kuch bilan ushladi.
Nigohi hanuz sovuq edi.

— Yo‘q!!!😡

— Siz aqldan ozgansizmi?! Siz qon yo‘qotyapsiz!😤

— Kasalxonaga borsam… fosh bo‘laman.🥶

Uning ovozi past, ammo qat’iy edi.

— Nima deganingiz bu?🙄

Jennie chuqur nafas oldi.

— Uyinga olib bor.😶😖

Buyruq...
Ammo bu safar unda kuch yo‘q edi.
Jungkook ikkilanib qoldi.

— Bu… xavfli.😟 Hayotingiz muxumroq

— Men sendan ruxsat so‘ramayapman.😏

Hat­to yaralangan holatda ham u JENNIE edi.
Jungkook atrofga qaradi.
Ko‘cha bo‘m-bo‘sh.
Yomg‘ir kuchaymoqda.
U ichida kurashdi.

Va yutqazdi.❤️

— Yaxshi… — dedi oxiri.

U Jennieni ehtiyotkorlik bilan ko‘tardi.
Jennie boshini uning ko‘ksiga qo‘ydi.
Qon uning futbolkasiga o‘tdi.
Jungkook yuragini tez urayotganini his qildi.❤️‍🔥

Bu oddiy kecha bo‘lishi kerak edi.
Ammo endi u… noma’lum xavf ichida edi.‼️

🖤 Jungkookning uyi

Kichik, oddiy kvartira.
Yorug‘lik iliq.
Jungkook Jennieni divanga yotqizdi.🌿

— Menga tegma, — dedi u refleks bilan.

— Unda qon to‘xtamaydi!😕

U tezda dori qutisini olib keldi.
Ko‘ylak yelka qismi qonga botgan edi.
Jungkook bir zum ikkilanib turdi.

— Ko‘rma, tikilma menga! — dedi Jennie sovuqqina. — Faqat ishingni qil.😶

U matoni yirtib, yarani ko‘rdi.
O‘q kirgan, lekin chiqmagan...

— Bu yomon, — dedi u past ovozda.😶

Jennie tishlarini qisdi.

— Men yomon narsalarga o‘rganganman.😣

U hushini yo‘qotishga yaqin edi.

— Nega men? — deb so‘radi Jungkook.☹️

Jennie ko‘zlarini zo‘rg‘a ochdi.
Bir lahza zaiflik.

— Chunki… men senga ishonaman.

So‘ng ko‘zlari yumildi.
Hushidan ketdi.
Jungkook qotib qoldi.
U oddiy yigit edi.
Meditsinadan hech qanday xabari yo'q muzikant bola.
Endi esa…

Mafia qirolichasi uning divanida qon yo‘qotib yotardi.
Va tashqarida kimdir uni qidirayotgan bo‘lishi mumkin edi.❗️