DIFFERENT WORLD 6 🌎
Wonyoung yana fanficni davom ettirish uchun o'zi sevgan balkonga chiqdi va o'rindiqqa o'tirdi. Qo'liga ruchkani oldi-yu, bu fanficni yozishga tushdi...✍🏻
SARANG
< < <
SaRang va Young o‘sha kuni xayrlashgach, hayot odatdagidek davom etdi. Bir hafta davomida ular deyarli uchrashishmadi. SaRang darslari va rasmlari bilan band edi. Young esa moda olamidagi ishlarini davom ettirardi.
Lekin Youngning xonasida bir narsa doim uning e'tiborini tortardi.
Bu SaRang bergan surat edi.
U har kuni suratga qarardi. Undagi kiyim dizayni qanchalik oddiy bo‘lsa ham, unda qandaydir o‘ziga xos joziba bor edi.
Bir kuni u suratni qo‘liga olib uzoq tikilib qoldi.
— Bu haqiqatan ham chiroyli... — dedi o‘ziga o‘zi.
Shu zahoti uning xayoliga bir fikr keldi.
Nega bu rasmni haqiqiy kiyimga aylantirmaslik kerak?
Oradan ko‘p vaqt o‘tmay Young eng yaxshi tikuvchilar bilan uchrashdi.
SaRang chizgan har bir detal ularga ko‘rsatildi.
— Hech narsani o‘zgartirmang. Hammasi aynan shu holicha bo‘lsin, — dedi Young.
Bir necha kun davom etgan mehnatdan keyin kiyim tayyor bo‘ldi.
Young natijani ko‘rganida hatto o‘zi ham hayratlandi.
Suratdagi kiyim qog‘ozdan chiqib kelgandek edi.
Bir necha kundan so‘ng Seuldagi mashhur moda haftaligi boshlandi.
Katta zal odamlar bilan to‘lib ketgan edi.
Jurnalistlar, fotograflar va mashhur insonlar tadbirni kuzatish uchun yig‘ilishgandi.
Navbat Youngga keldi.
Musiqa yangradi.
Young podiumga qadam qo‘ydi.
Uning ustidagi kiyim zaldagi hammaning e'tiborini tortdi.
Fotokameralar birin-ketin chaqnay boshladi.
Tomoshabinlar hayrat bilan unga qarashardi.
— Bu dizayn ajoyib ekan.
— Juda noodatiy.
— Kim yaratgan ekan?
Savollar ko‘payib borardi.
Ammo bu voqealarning birortasidan SaRangning xabari yo‘q edi.
Ertasi kuni SaRang universitet hovlisida o'tirgan paytda yoniga dugonasi Mira yugurib keldi.
— SaRang!
— Nima bo‘ldi?
— Tezroq qara!
Mira telefonini uning oldiga tutdi.
Ekranda Young ko‘rinib turardi.
SaRang kulib yubordi.
— Yana Youngmi?
— Kiyimga qara!
SaRang diqqat bilan qaradi.
Birdan uning ko‘zlari kattalashdi.
Bu...
Bu o‘zi chizgan kiyim edi.
Har bir chiziq.
Har bir detal.
Hammasi aynan o‘sha suratdagi kabi.
— Bo‘lishi mumkin emas...
— Men ham shuni aytyapman! — dedi Mira hayajon bilan.
Video davom etdi. Boshlovchi Youngga savol berdi.
— Bugungi obrazingiz ijtimoiy tarmoqlarda katta qiziqish uyg‘otdi. Ushbu dizayn kimga tegishli?
Young jilmaydi. So‘ng mikrofon tomon egildi.
— Bugungi kiyim dizayni menga tegishli emas.
Zalda sukut cho‘kdi.
— Uni SaRang ismli qiz chizgan. Men uning iste'dodiga ishondim. Shu sababli bu dizaynni haqiqiy kiyimga aylantirdim.
Bir necha soniya davomida SaRang nima deyishni ham bilmadi.
U faqat ekranga qarab qoldi.
Young esa davom etdi.
— Menimcha, kelajakda uning nomini ko‘pchilik eshitadi.
SaRangning yuragi tez ura boshladi.
Mira esa uning yelkasidan ushlab silkidi.
— SaRang! Bu sensan! U butun mamlakatga sen haqingda gapiryapti!
SaRang asta telefon ekraniga qaradi.
Youngning yuzida samimiy tabassum bor edi.
Bir hafta avval oddiy qog‘ozga chizilgan rasm bugun minglab odamlar qarshisida porlayotgan edi.
Eng hayratlanarlisi esa, Young uning ismini faxr bilan tilga olgandi.
> > >
2-PART
Wonyoung oxirgi nuqtani qo'yib, ruchkasini stol ustiga qo'ydi.🫱🏻
— Nihoyat tugadi...
U cho'zilib o'rnidan turdi va balkon tomon yurdi.
Kechki shamol yoqimli esardi.
Birdan dimog'iga sigaret hidi urildi.
Wonyoung qoshlarini chimirdi.
Qo'shni balkonda Haoran turardi.
Qo'lida sigaret.
— Yana shu baloni chekyapsanmi? — dedi Wonyoung.🙁
Haoran kulib qo'ydi.
— Ba'zida.
— Ba'zida deganing har kuni.😕
— Menimcha, sal oshirib yubording.
— Menimcha esa yo'q.😏
Haoran tutunni osmon tomon pufladi.
— Sen nega bunchalik sigaretni yomon ko'rasan?🧐
— Chunki hidi ham yomon, sog'liqqa ham zarar.
— Lekin stressni kamaytiradi.😌
— Fanfic yozish ham stressni kamaytiradi.
— Hamma ham sen emas-da.
Wonyoung kulib yubordi.
— To'g'ri.
Bir necha soniya jimlik cho'kdi.
— Zerikdim, — dedi Haoran.
— Unda uxla.
— Uyqum yo'q.
— Film ko'r.
— Ko'rgim kelmayapti.
— Musiqa eshit.🤨
— Yo'q.
— Unda o'zing bilasan.
— Fanfic o'qigim kelyapti.😌
Wonyoung unga qaradi.
— Rostdanmi?
— Ha.
— Bir daqiqa kut.
Wonyoung ichkariga kirib ketdi.
Bir necha daqiqadan so'ng qo'lida qalin daftar bilan qaytdi.
— Mana.🫴🏻
Haoran daftarni oldi.
Muqovada katta harflar bilan yozilgan edi.
DARK STORY
— Yangi yozganingmi?
— Yo'q.
— Yaxshimi?
— O'zimning eng yaxshi ishlarimdan biri.
— Unda o'qib chiqaman.
— Faqat qaytarib ber.
— Albatta.😁
Wonyoung esnab qo'ydi.
— Men uxlayman.
— Xayrli tun.
— Senga ham.☺️
Wonyoung xonasiga kirib ketdi.
Oradan ko'p o'tmay chiroq ham o'chdi.
Haoran esa balkon kursisiga o'tirib, daftarning birinchi sahifasini ochdi.
Avvaliga shunchaki vaqt o'tkazish uchun o'qishni boshlagan edi.
Lekin birinchi bob tugashi bilan ikkinchisiga o'tdi.
Ikkinchisi tugashi bilan uchinchisiga.
Soatlar o'tib borardi.
U esa hanuz o'qiyotgandi.
Ba'zi joylarida kuldi.
Ba'zi joylarida sukutga cho'mdi.
Ba'zi sahifalarda esa uzoq vaqt tikilib qoldi.
Tong otayotgan paytda u oxirgi sahifani yopdi.
Bir necha soniya davomida jim o'tirdi.❤️
— Bu...
Haoran chuqur nafas oldi.
— Bu juda yaxshi-ku.
U yana muqovaga qaradi.
DARK STORY
— Bunday hikoya faqat daftar ichida qolib ketmasligi kerak.😁
Haoran telefonini oldi.
Bir necha daqiqa o'ylab turdi.
Keyin esa fanficning barcha sahifalarini suratga ola boshladi.
Tong yorishayotganida esa u hikoyani internetga joylab bo'lgandi.
— Odamlar buni o'qishi kerak.😄
U telefonini stolga qo'yib qo'ydi.
Va nima bo'lishini kutishga qaror qildi.
Bir hafta o'tdi.
Dastlab bir nechta izoh paydo bo'ldi.
Keyin o'nlab.
Keyin yuzlab.
Keyin minglab.
Internetning turli burchaklarida bitta nom tilga olinardi.
DARK STORY.
"O'qiganlar bormi?"
"Bu fanficni kim yozgan?"
"Oxiri nega bunchalik ta'sirli?"
"Yangi bob qachon chiqadi?"
"Muallif kim o'zi?"
Ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalar tobora ko'payib borardi.🗣
DARK STORY kutilmaganda trendga chiqib ketgandi. Ammo bundan Wonyoungning hali ham xabari yo'q edi...🫶🏻