AGAIN 2 ❄️ | #KIM_JURI 🌸
3-QISM 🍃 | SOG'INCH va VISOL 🌊
Yilning eng sovuq, lekin eng issiq hislarga boy davri edi bu. Chunki hayotimda birinchi marta yangi yilni sevgilimni sog‘inib qarshi oldim. Hamda shu tarzda davom etkizdim...🌒
Har tong uyg‘onganimda oynadan tashqariga qarar, daraxtlar ustini qoplagan qorlarni ko‘rib, ichimda qandaydir bo‘shliqni sezardim. Shu onlarda telefonimni qo‘limga olib, faqat bitta odamning yozganini ko‘rishni istardim — Taeoh. Uning birgina “Qalaysan?” degan savoli ham meni dunyoning eng baxtli qiziga aylantirardi.🍃
Ba’zida kechalari uxlamasdan suhbatlashardik. Soat tungi ikki bo‘ladimi, tong otib soat 4 ga qarab ketadimi — bilmasdim. Faqat uning ovozini eshitishni, yozganini o‘qishni xohlardim. Chunki har bir jumlasi ichimdagi qahraton qishlarni eritib yuborardi. Gar u uxlab qolsa ham qo'ng'iroqni o'chirmasdim. Uning nafas olishini eshitib yotardim. Bu juda g'alati tuyular sizga, ammo men uni shunday his qilardim. Yonimda va quloqlarim ostida his qilardim nafasi orqali...🫠
Bir kuni kechqurun o‘sha mashhur daryo bo‘yidagi suhbatimizni esladik. O‘sha onlarni qayta his qilish men uchun ham, uning uchun ham muhim edi. Men unga sekin yozdim:
— “Juri meni yonimda bo‘lsa, hech narsadan qo‘rqmasdim” — degandingiz o‘sha kuni. Eslaysizmi?😍
U jim qoldi. Telefonimning ekrani uzoq vaqtgacha qorong‘u turdi. So'ng yana qo'limga oldim.
Ammo oradan bir necha daqiqa o‘tib, bildirishnoma chiqdi. 🌊
— Albatta eslayman. Va o‘shanda aytganimdan ham ko‘proq his qilyapman hozir...🫶🏻
Ko‘zlarimga yosh qalqib chiqdi. Shu lahzada men o‘zimni Pusan bilan Seul orasidagi masofa yo‘qdek his qildim. Go‘yoki ikkovimiz bitta osmonga qarab turgandik...🍁
Yanvarning oxiriga kelib, imtihon natijalarim ham e’lon qilindi. Men kutmagan darajada yaxshi natijalar qo‘lga kiritdim. Telefonimni qo‘limga olib, darhol unga yozdim:
— Taeoh, men barcha fanlardan a’lo baho oldim!🥹
Uning javobi uzoq kutdirmadi:
— Shunaqa bo‘lishiga shubha qilmaganman. Sen men uchun allaqachon eng zo‘rsan. Men faqat yoningda bo‘lishimni xohlagandim, qolganini sen o‘zing uddalading.🫠
Men esa jim qoldim. U bilmasdi — aslida kuchimni, ishonchimni, sabrimni bergan ham aynan uning o'zi edi. Har kuni “Sen qilasan”, “Men senga ishonaman”, "Bu sening qo'lingdan keladi" degan so‘zlari imtihon zalida ham qulog‘imda jaranglab turganday bo‘lardi...🍓
Shu lahzada o‘zimga dedim:
“Taeoh, sen men uchun kuchning manbaisan. Balki hech qachon aytmagandirman, lekin sening yoningda men o‘zimning eng kuchli nusxamni topdim.” 🌸
Yanvarning so‘nggi oqshomlaridan biri. Derazadan tashqariga qarab, qor yog‘ayotganini tomosha qilardim. Telefonim yana yondi. Taeoh yozibdi:
— Juriyim, yaqinda ko‘rishamiz. Yana ko'ramiz bir-birimizni. Hali yanvar o‘tdi, fevral kelmoqda. Sen meni sog‘inding, bilaman. Men esa undan ham ko‘proq sog‘indim. 😍
Ko‘zlarimni yumib, u so‘zlarni yuragimga muhrlab qo‘ydim. Chunki men uchun eng go‘zal sovg‘a — uning sog‘inch bilan yozgan satrlari edi.❤️
Shunday qilib, yanvar ham o‘tdi. Men sog‘inchga to‘la, lekin umidli kunlarni ortda qoldirdim. Endi fevral yaqinlashib kelardi. 14-fevral — bizning ilk Sevishganlar kuni qanday o‘tarkin? Shu savol ko‘nglimni hayajonga to‘ldirardi…🫠
Again 2-mavsum 3-qism (2-part) ❄️
Havoda nimadir boshqacha edi. Yilning eng qisqa, ammo eng mazmunli oyiga kirib kelgandim. Har kuni kundaligimning sahifalarini ochib, sanalarni belgilab borar, ko‘zim esa bitta raqamni izlab topardi — 14-fevral...💗
Men uchun bu sana oddiy bayram emasdi. Chunki ilk bor uni haqiqiy sevgilim bilan kutib olayotgandim. Har doim filmlarda, kitoblarda o‘qiganimdek emas, balki o‘z hayotimda, o‘z qalbim bilan. Har doim sinfdoshlarim orqali guvox bo'lganim emas, bu gal o'zim qatnashuvchi bo'ladigan bayram...🌎
13-fevral oqshomi. Telefonimda xabar chaqnadi. Taeoh yozibdi:
— Ertaga tayyor bo‘l. Bu kunni hech qachon unutmaymiz. 😍
Uning xabarini o‘qib, yuragim qattiq urib ketdi. Ko‘zlarimni yumdim, ichimda allaqanday iliq hislar uyg‘ondi. Nima bo‘lishini bilmasdim, ammo bir narsaga amin edim: ertaga mening hayotimdagi eng muhim kunlardan biri bo‘ladi...🫶🏻
Taeoh shu payt menga negadir kech javob yozayotgandi. "Kim bilandir yozishyapsizmi?" desam "Faqat sen bilan" deb javob berdi. Men esa hayron, shunchaki "Ha" deya qoldim xolos. 😅
14-fevral. Tongda uyg‘onib, oynaga qaradim. Yuragim qo‘limga sig‘masdi. Kiynadigan libosimni ancha avvaldan tayyorlab qo‘ygan edim — oq rangdagi oddiy, ammo nafis ko‘ylak. Sochlarimni ozgina yoyib, ozgina pushti lab bo‘yog‘i surtib, oynaga qaradim. Ichimdan:
“Juri, bugun sening kuning,” — dedim.💋
Biz o'qishga bordik, bir necha soatlik darslarimizdan so'ng men u bilan ovqatlanish uchun oshxonada uni kutardim. Unga qo'ng'iroq qildim.
— Qayerdasiz? - dedim.
— Kutubxonadaman Juri, Suhon bilanman, hozir tushaman yoninga... - dedi Taeoh.
— Ho'p, kutaman... - dedim va qo'ng'iroqni tugatdim.💗
Ammo uzoq kutib qoldim va yuqori qavatga ko'tarildim. So'ng kutubxonaga kirib ularni izlay boshladim. U menga Suhon bilan o'tiribman degandi, lekin ne ko'z bilan ko'ray-ki, qarshimda Chongah bilan Taeoh turardi. Ular birga o'tirgancha, nimadirlarni gaplashib o'tirishgandi. So'ng ikkisi o'rnidan turishdi va qo'l berib salomlashishdi...🤝
Bu salomdan ko'ra ko'proq tanishuvdan xursandlik belgisiga o'xshar edi. Men esa turli savollar bilan ularni pinxona kuzatib turardim. So'ng Chongah ketdi birinchi bo'lib. Uni tabassumi hali hanuz hayolimdan ketmaydi. Shunaqangi xursand edi, qo'lidagi sovg'ani esa xoyna-xoy Taeoh bergan bo'lsa kerak... Lekin nega Chongahga beradi? Nega aynan meni kursdoshimga?🦋
Men esa darxol Taeohni oldiga borib vaziyat haqida so'radim.
— Hayotim, u qizni kanaliga a'zo bo'lgandim. Menga kim kitob sovg'a qiladi degan post joylagan ekan. Men esa unga "Yashamoq"ni sovg'a qildim xolos. Shunchaki sovg'a - deb jahlimdan tushurishga harakat qildi.
— Asabimni buzmang Taeoh, Chongahda nima ishingiz bor? Undan nari yuring... Men buni xiyonat deb qabul qilaman keyingi safar...😏
— Ho'p sevgilim, endi ketamizmi?😍
— Hmmm🙁
Uchrashuv joyimiz — yana o‘sha daryo bo‘yi. Qor erib, suv yuzida mayin shamol to‘lqinlar hosil qilayotgan edi. Qorong‘ulik asta-sekin tushib, osmon shaffof ko‘rinish oldi...🌊
Taeoh meni kutib turgan edi. U qo‘lida kichkina qutini tutgancha jilmaydi.😍
— Juri… Bugun senga birinchi marta sevishganlar kunida sovg‘a beraman, — dedi u sekin.🥰
Qutini ochdim. Ichida mayda yurak shaklidagi kulon bor edi. Uning ichiga kichkina yozuv tushirilgan: “Biz abadiymiz.” deb bargcha va chechak gulining rasmi chizilgan edi...🍃🌸
Ko‘zlarimdan yosh chiqib ketdi. Bu oddiy sovg‘a emas, bu mening kelajagimga bo‘lgan va’dadek tuyuldi.
Men sekin jilmayib, unga qaradim:
— Taeoh… Siz menga hayotimning eng katta sovg‘asini berdingiz. Men sizni tanlaganim uchun hech qachon afsuslanmayman.🥹❤️
U esa kulib, qo‘limni mahkam ushladi.
— Men seni o‘zimning so‘nggi manzilim deb bilaman, Juri. Qayerga bormayin, kim bo‘lishimdan qat’i nazar, sen yonimda bo‘lasan.🙂↔️❤️
Biz uzoq vaqt daryo bo‘yida suhbatlashdik. Shamol sochlarimni taratar, lekin yuragimda iliqlik bor edi. Uning yonida vaqt qanday o‘tib ketayotganini sezmasdim....🫀
U menga qarab:
— Bugun sevishganlar kuni. Men seni birinchi marotaba shu bayramda bag‘rimga bosaman, — dedi.🤗
Va meni bag'riga bosdi...🫂 Men umrim davomida hech qachon his qilmagan iliqlikni uning ko'ksiga boshimni qo'ygach his qildim...
O‘sha on — mening butun hayotimda muhrlanib qoladigan eng go‘zal daqiqa bo‘ldi....❤️