September 7

JODUGAR 🌀 | #BAHROMIDDIN 🍃

IV boʻlim 🫀 | @Kim_Tae_Oh 🌷

Jodugar🌀
IV bo'lim | 1-qism
ONAMNI IZLAB

-Onam... - ko'zlarimga yosh keldi, - onam nega meni tashlab ketgan edi, Namjun?
-Onangizni kuzatib yurdim. Biroq eri bilan ajrashgach, og'iroyoq ayol yolg'iz qoldi. Sizni dunyoga keltirdi. Lekin bir tunda mashinaga o'tirib chaqaloqni qayergadir olib ketdi. Keyin yolg'iz qaytdi. Men go'dakni izladim. Topolmadim. Siz tug'ulgan kun jodulanganimga ming yil to'lgandi. Siz mening najotim ekaningizni bilardim. Yetimxonalarni izladim, ammo Jisoo ismli qizni topolmadim.
-Oyim meni chaqalog'ligimda asrab olgan.
-To'g'ri. Ahiyri sizdagi taqinchoqni qidira boshladim. Buning uchun ko'p qadimiy kitoblarni titdim, sizga bog'liq bashorat chiqishiga umid qildim.
-Topdingiz ham... Tasodif tufayli. Mayli, sizni qutqara olishimni bashorat qilishgan ekan, biroq qanday qilib?
-Shuni men ham bilmayman-da, Jisoo.

Shunda ikkimizning hayolimizga ham onamni izlash fikri keldi. Bir-birimizga shu ma'noda qarab qo'ydig-u, ammo... Men uchun bu oson bo'lmasligi aniq. Shuncha yil, ya'ni jodugarligimni bilmasimdan avval onamdan ich-ichimdan ranjib kelganman. Namjunning gaplaridan so'ng ularni tushundim: barini men uchun, oddiy inson bo'lishim uchun qilganlar. Balki onam ham el qatori yashash uchun dadamga turmushga chiqqandir. Nima ucchun ularning turmushi buzulib ketgan, bu menga qorong'u. Umuman onam hayotmikin? Qayerda ekan? Ichimdagi g'alayonni yengib, albatta, tuqqan volidamni topishim kerakligini tushundim.

-Onamni topish qo'lingizdan keladimi, Namjun?
-Men sehrgar emasman... Sizni izlash uchun yillarim sarf bo'lgan. Onangizni ham quduqdan igna izlagandek izlashim mumkun, ammo vaqt yo'qotamiz. Onangizni izlash sizning qo'lingizdan keladi.
-Qanday qilib?
-Esizdami, insonni buyumlari bilan topish mumkun, degandim. Teyo'ng bilan meni ham xuddi shu usulda topishgan edi-ku.
-To'g'riku-ya, lekin menda onamni buyumlari yo'qda.
-Menda bor.
-Rostdanmi? Nima ekan u? - qiziqib so'radim.
-Bir vaqtlar sizga xomiladorligida uning ortidan tinmay kuzatgan chog'larim bog'da ro'molini tushurib qoldirganm negadir uni asrab qo'ygandim. Umuman, menda ajdodlarimizning ko'p buyumlari bor. Hatto Teyongning uzugiji ham asrab kelganman. Uni sevgimiz ramzi sifatida tuxfa etgandi.
-Bo'lmasa, ishga kirishdik.
-Hozir qorong'u. Bu joduni tong otar mahal bajarish kerak. Shunda atrof osuda, sokin bo'ladi. Ko'zlaringizni yumib, hayollaringizga erk berishingiz oson kechadi. Hayolot tasvirlari sizni onangiz turgan makonga eltadi.
-Hali sinab ko'rmaganman.
-Eplaysiz, Jisoo. Ungacha esa mizg'ib oling. Bilasiz-ku, sehr kuchingizni olib qo'yadi.

Shundog'am ko'zlarim yumilishga shay turgan ekan, uxlab qolibman. Namjun g'ira-shira yorug' tushgan mahal turgizdi.
-Mana sizga o'sha duo, - eski kitobimizdan ko'rsatdi u, - bu esa onangizning ro'moli. Uni ushlang va duoni o'qing... Yaxshi. Ko'zingizni yuming. Ko'ringan tasvirlarni menga aytib bering.
Ro'molni mahkam ushlab bag'rimga bosdim. Hayolimni bir joyga yiqqach chindan ham ko'z oldimda tush singari bir nimalarni ko'ra boshladim. Qayerligini bilmasam-da, so'zlardim:
-Katta ko'prik. Yonida qabriston bor. Chap tarafdan eski uylar. Qurilish ham bo'lyapti. Odamlar ko'p... hammaning nigohlari negadir menda!
-Ko'zingizni darxol oching, Jisoo!!

O'zimga kelishim biroz qiyin bo'ldi. Harchand ko'zlarimni ochishga urunmay, eplolmasdim. Namjun yuzimga yengil tarsakiladi, natija bo'lmagach yelkamni silktdi.
-Ularga qaramang! O'zingizga keling tezroq!
Ko'zlarimni ochishim bilan chuqur nafas oldim. Hansirab terga botgandim.
-Nima bo'ldi o'zi? Kim ular? Men tomon yaqinlashib ushlashga urunishdi.
-Ogohlantirishni unutibman, kechiring. Hayollaringiz tizginini aslo qabirston tomon burmang. Marhumlar bu nigohlarni ko'ra oladi. Shitob bilan yaqinlashganlari ham bejiz emas: birortasi jismingizga kirib olishi mumkun edi. Shunda sizdan ayrilardim... hayriyat yo'qotmadim.

-Onam... onam ham nahot marhumlar ichida bo'lsa? Nega qabiristonni ko'rdim bo'lmasa?
-Yo'q. U tirik bo'lsachi. O'sha atrofda yashasachi?
-Chekka qabiriston. Qurilish ishlari bo'lyapti. Shaharga o'xshamadi.
-Biror belgi, so'z, raqamni eslashga uruning.
-Raqamga ko'zim tushdi. Mashina... yuk mashinasining raqamlari Deguniki edi.
-Barakalla! Unda dam olish kunlari safarga chiqarkanmiz.

Jodugar🌀
IV bo'lim | 2-qism
OSHKOR BO'LGAN SIR

O'sha kuni Namjun bilan kelishib olgach, uyda oyim bilan sayohat haqida gaplashdim. Nachora, aldashga to'g'ri keldi. Oyimga kutubxona jamoasi bilan Deguni aylangani ketyapmiz, dedim. Rozi bo'ldilar. Oxirgi vaqtlar oyim yolg'izlanib qolgandek. Mening hayotimda tub burulish yuz bergach, odatiy kun tartibimiz ham o'zgargan. Ishdan so'ng avvallari oyim bilan miriqib suhbatlashgan bo'lsam, endi xonamga qamalib sehrgarlik kitoblarini o'qiyman. Bugun oyijonimning ko'zlarida mushtoqlikni payqadim. Tonggacha yonlarida yotib, gaplashib chiqdik. Jodugar qizni asrab olganlaridan boshqa hech kimi yo'qligini, baxtimni ko'rishni istashini takrorladi.

Hozircha o'z baxtim haqida o'ylaganim yo'q. O'ylolmayman ham. Avvalo, kimligimni yashirib turmush qursam ham bir umr oddiy odamdek yashay olamanmi? Turmush o'rtog'im xabar topsa-chi? Bu ham mayli, to'ng'ich qizimga o'tadigan la'nati me'ros-chi?.. Farzandim ham sehrgarlik azobiga duchor bo'ladimi? Unga bildirmasam-chi? O'z onam ham qizim baxtli bo'lsin deb meni o'zgalarga topshirib yuborgandir. Biroq baribir bildim-ku? Qizim ham kun kelib xabar topadi-da!

Muhabbat, oila, farzandlar, kelgusi hayot haqida o'ylash qo'rqinchili. Umuman, yolg'iz o'tganim afzalroq. Farzand ko'rmayman, qarabsizki, jodugarlik poyoniga yetadi. Mayli, bularni qo'ya turay. Avvalo, Namjunga yordam berishim kerak. Va'da qilganman. Tuqqan onamni topsam, barini bilib olamiz. Tentak Teyongni deb ming yildan beri ovoragarchilik. O't tushsin bunaqa umrboqiy muhabbatga!

...Namjun bilan Deguga kirib borganimizda quyosh tikka kelgandi. Qorong'i tushguncha o'sha qabristonni izladik. Shahar chetrog'idagi besh-olti qabristonni ko'zdan kechirdik. Men ko'rganimga o'xshamadi. Nixoyat, bir kichik qabistonni olisdan tanidim. Uning yonida yangi binolar qurulayotgandi. Xuddi kecha ko'rganim - yuk mashinasi ham turibdi!
-Keldik!
Namjun xursand bo'lib, atrofni ko'zdan kechirdi. Qabriston yonidagi eski uylar buzulayotgandi. Uy egalari allaqachon ko'chib ketishgan, chog'i, kimsasiz. Lekin qabriston orqasidagi yakka turgan bir kulbaning chirog'i yoniq edi. Ikkilanib eshikni qoqdik. Oltmish yoshlardagi, hanbok kiygan kishi eshikni ochdi.

-Shu qabristonning go'rkoviman - salomlashgach o'zini tanishtirdi u, - nima xizmat o'g'lim?
-Bilmaysizmi, shu atrofda Yeongro ismli ayol yashamaydimi?
-Nega so'rayapsiz? U meni ayolim, uni izlayapsizmi? - chap tomonidagi yozgi og'ilda sigir sog'ayotgan ayolga imo qildi u.
Namjun ayolga sinchiklab boqdi. Men ham bor vujudim bilan tikildim.
-O'zlari... - dedi Namjun menga qarab qo'yib, - Bilasizmi ota, bu qiz... Yeongro xonimni ko'zlab kelgandi. Qarindoshi ekan.
-Shunday demaysizlarmi, bolalarim, qani uyga kiringlar unda, - chol bizni ichkarilatib, og'il tarafga qarab ayolni chaqirdi. Bizga bir-ikki nazar tashlagan ayol, aniqrog'i onam chelakni ko'tarib iymangancha kulbaga kirdi.
-Salom, kelinglar, mehmonlar.
Namjun ikkimiz onamga tikilib qoldik. Mening tilim aylanmasdi, hartugul Namjun hol-ahvol so'rab oradagi noqulaylikni ko'tardi. Kichik stol atrofida o'tirib oldik. Go'rkov kishi ham fahmli ekan, choy qo'yish bahonasida tashqariladi.
-Yeongro xonim, - bizni tanimay kalovlanib turgan onamga qarab maqsadga ko'chdi Namjun - bu, Jisoo. Uni bilasiz-a?

Onam birdan tok urgandek cho'chib tushdi. Menga yaxshilab razm soldi-da, tez-tez gapira ketdi:
-Bu yerdan ketinglar. Sen Namjunmisan? Baribir izlab kelibsanda. Izimni topmagin, deb shu yerlarga kelgandim. Odamlarga qo'shilmay, shu qabristonda go'rkov bilan yashadim. Eh, bu taqdir! Uni tanimayman, - onam menga imo qildi, - Barini unutinglar, men oddiy bir ayolman.
Onamni gaplaridan asabiylashdim. Shu paytgacha onam bilan yuz ko'rishgach, quchoq ochib ko'rishamiz, yig'lashamiz, deb hayol qilibman. Qayoqda, onam hatto men bilan gaplashmadi.
-Ahir qizingiz... - holatimni payqagan Namjun bo'sh kelmadi, - yashirinishdan ne naf, u jodugar-ku? Topish qiyin bo'lmadi, Yeongro xonim. Barchasini bilamiz, siz ham bilasiz. Siz asrab kelgan kitoblarda ham Jisooni izlab kelishim bashorat qilingan.
-Bari safsata! - onam o'rnidan turib ketdi, - hech kim jodugar emas. Qizim ham, men ham oddiy odammiz, tushundingmi Namjun? Seni aldashgan. Ming yil yashagan bo'lsang o'zingga! Bining hayotimizga aralashma. Jisooni tinch qo'y. U senga baribir yordam berolmaydi. U... u tinch yashashi kerak, bildingmi?
-Unda nega meni tashlab ketdingiz? - bo'gzimdagi alamni yutib, arang tilga kirdim men. Yana so'zlasam yig'lab yuborishimi o'ylab yuzimni chetga burdim. Onam chidolmadi: xo'ngragancha oyoqlarimni quchdi.
-Namjun seni topmasin, degandim, bolam. Unga ishonma! Joduga sening aloqang yo'q! Oddiy odamdek yasha, qizim. Men ham shunga urinyapman. Bizning aybimiz nima? Yo'q, bari tugagan! Namjun, Jisooni o'z oylasiga qaytarda, tinch qo'y uni. Kimm kim aytdi senga jodugarsan deb?
-Namjun... - dedim hiqqillab. Negadir shu payt Namjunga emas, onamga yonbosayotganimni payqab qoldim. Xuddi jodugar ekanimga u aybdordek, Namjunga alam bilan tikildim.

-Jisoo... - ux tortdi Namjun. - Men hech kimni aldamaganman. Nega tushunmaysiz, Yeongro xonim, menga shunchaki joduning yechilish siri kerak. Ming yildan beri yashash mana bu yerimga keldi! Ayting, siz bilasiz-ku! Teyoungdan qolgan o'sha kitoblar sizda-ku, to'g'rimi? Uni Jisuga bermagansiz. Qoida bo'yicha, kitob unga o'tishi kerak edi. Shunda men ham balodan qutulardim!
-Siri yo'q dedim-ku? Bashoratlar aldamchi. Teyong hayoliga kelgan narsalarni yozaverganda. Sen hali ko'p yashaysanm Namjun, Bor gap shu. Jisoo buni yecholmaydi. U... u ham yashaydi. Faqat halal bermasang bo'ldi.

Ikkisining baxsini tinglarkanman, onam meni nimadandir avaylayotganini, asrayotganini sezdim. Jodugarlikdanmi? Lekin bu ayon bo'lgan-ku? Unda nimadan? Nega Namjunni yomon ko'radi? Bashoratlarda nima deyilgan o'zi?
-O'sha kitobni o'qishim kerak! - dedim ularning baxsiga nuqta qo'yib.
Namjun menga mamnun, onam esa hadik bilan nazar tashladi.
-Bunga haqqim bor! Iltimos, - ona deyishga tilim kelishmay, tutildim. - Menga ko'rsating. Namjun siz o'ylagandek yomon odam emas. Unga ko'mak kerak. Siz va mening ko'magimiz.
Onam boshini egdi va shivirladi.
-Kitoblarni berolmayman, kechir qizim.
-Nega ahir?
-Allaqachon yoqib yuborganman. U bizlarga faqat uqubat keltirgan.
-Yeongro xonim, u kitobni yoqib ham, yirtib ham bo'lmaydi. Men bilaman-ku, Teyong uni ximoyalash uchun ming yilgacha chidamli qilib bitgan. Ammo afsuski, men o'qiy olmayman. Iloji bo'lganda allaqachon ajdodlaringizdan o'marib ketardim. Satrlarni faqat jodugarlar ko'ra olishi hammaga ayon menga. Jisuga bering, o'tinib so'rayman. Ming yillik sirni bilishim kerak.
-Bermasangiz, ketmaymiz, ona... men shuning uchun yaralganman. Taqdirim shunday.

Chorasiz qolgan onam menga sokin nigohlarini tikdi.
-Keyin afsus qilasan qizim, - shunday deya behol o'rnidan turib ichkari xonaga kirib ketdi. Onam qo'lida kichikkina tillarang eski kitobni ko'tarib chiqd.
-Mana, - qo'limga berdi uni. - Joduning yechimi shunda.
Namjun allaqachon hayajon bilan yonimga o'tirdi.
-O'qing, Jisoo!
Onam kulbadan chiqib ketdi. Kitobni ochdim. U yerda men o'zlashtirgan eski alifboda bir necha jumla yozilgan edi: o'qidim... qayta qayta o'qidim.
-Ho'sh, - besabrlik bilan og'zimni poylardi Namjun.
Kulib yubordim. Alam bilan. Onam aytgandek, afsus bilan.
-Jisoo... sizga nima bo'ldi? Jodu siri nimada ekan?
-Jodu oddiy ekan-ku, Namjun! Tentak Teyongingiz xo'p aldagan ekan-da, joduning yakunini. Ming yildan keyingi vakilaning qoni to'kilgach, barcha jodular yechiladi, Shu tariqa halos bo'lasiz. Oqilona yechim.
-Tushunmadim, kimning qoni?
-Mening-da! Qisqasi, qasos, Sizni jodulagan Teyongning avlodlaridan qasd olasiz, ya'ni mendan.

Namjun jiddiy tortdi. Kitobchani qo'liga olib bir chetga irg'itdi-da, o'rnidan turib tashqariga chiqib ketdi. Onam darxol yonimga keldi. Meni bag'riga bosib, sochimni siladi.
-Meni kechiring, ona... siz istagandek oddiy inson bo'lib yasholmadim.
-Namjun sirdan xabar topishi kerak emasdi... Sen bo'yimda bo'lganingda meni kimdir kuzatib yurganini payqab qoldim. Agar bashoratni bilib qolsa, seni o'ldirishini o'ylab olamga sig'may ketdim. Jigarbandimni bag'rimdan yulib tashlab ketish nechog'lik og'ir bo'lmasin, majbur bo'ldim. Lekin taqdirni o'zgartirib bo'lmadi...
-Uyqim kelyapti onajon... barchasi tush bo'lsaydi.
Onamning elas-elas eshitilayotgan allasi ostida uxlab qolibman.

Jodugar🌀 | IV bo'lim | 3-qism | NAMJUNNING QARORI

Tong otgach, qaymoq va issiq non qo'yilgan dasturxonga ko'zim tushdi. Ammo hech nima yegim kelmasdi. Onam bilan choy ichdik.
-Otasi tong sahardan bozorga ketdi, - dedi onam chalg'ish uchun u yoq-bu yoqdan so'zlab. - Har yakshanba bozorga tushadi. O'n yilcha bo'ldi... shu kishiga turmushga chiqdim. Yolg'izlik azobidan qutulmoq uchun.
-Mening otam kim edi, ona? - birdan hayolim otamga ketdi. Shu paytgacha bu haqda so'rashga imkon bo'lmagandi.
-U yaxshi inson edi. Kimligimni bilmasdi. Men ham el qatori yashash uchun sira jodu bilan shug'ullanmaganman. Talabalik paytlarimiz dadang bilan bir birimizni yoqtirib qoldik. U ham men kabi yetim edi. Ikki yorti bir butun bo'ldik. To'yimiz kursdoshlar davrasida kamtargina o'tdi. Ota bo'lishini eshitgandagi quvonchini ko'rsang edi... "Bolam men kabi mehrga zor o'tmasdi, u eng baxtiyor inson bo'ladi", deb niyat qilardi. Ammo bir kuni betob bo'lib qoldi. Shifokorlar unga bedavo kasalligi, sanoqli oylari qolganini aytishgan. Otang kasalligini yashirib, "yo'llarimiz ayro, meni unut", deb tashlab ketdi. Qornimda bolam bilan bo'zlab qolaverdim. Undan avvaliga nafratlandim. Bir kuni juda qumsadim. Hayolan bo'lsada ko'rgim keldi. Uyda qolgan buyumlarini ushlab jodu orqali topdim ham. Hayollar tizgini meni kasalxonaga eltdi. Ozib-to'zib ketgan erimni ko'rib boshim hushimdan uchdi. Darhol yetib bordim. Shunda bari ayon bo'ldi. Xomiladorligim uchun o'limini ko'tarolmasligimni o'ylab tashlab ketgan edi, rahmatli. Uyga olib kelib bir necha hafta parvarishladim. Qo'llarimda jon berdi... Ha... u meni chindan ham tashlab ketdi. Keyin sen tug'ulding... afsuski, sendan ham ayrilishimga to'g'ri keldi.
-Dadamning joylari jannatda bo'lsin, - Ko'z oldimda yuzlari mayus jilmayib turgan nurli bir siymo gavdalandi. Uni o'zimcha otam deb atadim. Hayolan vidolashdim. Tug'ulmasimdan oldin bu dunyoni tark etgan otam, meni deb sarson, bebaxt yashagan onam... va o'limga mahkum qiz. Naqadar shavqatsizlik!
Namjun qayerda ekan...

Onam bilan hayrlashdik.
-Omon bo'lsang, bas qizim. Sen jodugarsan, Namjundan qochib yurish qo'lingdan keladi. U seni topolmaydigan yerlarga ket.
-Berkinib yashashdan yomoni yo'q, ona. O'zingiz bilasiz-ku... taqdirda borini ko'rarman. Keyin.. Namjun yaxshi inson.
-Yaxshimi, yomonmi, u ham ming yil shu jodu sirini izlab yashadi. Topganida jim ketmaydi.
-Qaydam. Siz ham omon bo'ling. Tirik bo'lsam, yoningizga yana kelaman.
Seulga qaytdim. Safar taassurotlarini ishtiyoq bilan so'ragan oyimga kulib qo'ydim:
-Hali bunday yayramagandim! Yangiliklarga boy bo'ldi.

Ertaga ishga borish kerak. Namjun meni osongina topa oladigan o'sha joyga...
Ammo Namjun kelmadi. Oradan bir oy o'tdi. Boshida hadik bilan eshikka tikilgan bo'lsam, endi sog'inch bilan termuladigan bo'ldim. Namjunga juda o'rganib qolgan ekanman. Tanbehlaridan tortib tarixdagi qiziq voqealarni so'zlab berishigacha juda sog'indim. Do'stimdek bo'lib qolgan insonning ham ahvoli menikidek chog' bo'lmasa kerak. Ahiyri, o'zim yo'qlab borishga ahd qildim.
Eshikni jiringlatdim. Javob bo'lmadi. Chora qolmagach, sehr bilan qulfni ochishga to'g'ri keldi. Asta ichkariladim. Ammo ko'zim bo'm-bo'sh xonalarga tushdi. Namjun ko'chib ketgan edi... Ortimga burulib ketishga chog'langan edim, ko'zim eshik orqasiga ilingan bir parcha qog'ozga tushdi.

«Jisoo!
Mabodo meni izlab uyimga kelsangiz, bu maktubimni albatta o'qiysiz. Sizni bilaman, baribir mendan qochib ketmaysiz. Shuning uchun o'zim ketishga qaror qildim. Men olislarga ketyapman. Eski manzillarimdan biriga qo'nib topib doimgidek yashayveraman. Men haqimda qayg'urmang. Uzoq yashash, bilsangiz, unchalik yomon emas. Turli yurtlarni kezasan, ilm o'rganasan. Bu safargi sayohatim soz o'tishiga ishonaman. Endi allaqanday jodu siri, yuyechjilar qavmi ortidan poylab sarson bo'lishga xojat bo'lmaydi. Umuman, charchagan edim. Biror orolga borib dam olsammi, deb o'ylab qoldim. Buyog'iga hayotdan zavq olib yashamoqchiman. Yana ming yilmi, undan ham ko'pmi farqi yo'q. Siz ham o'z hayotingiz bilan yashayvering. Meni ham, bashoratlarni ham unuting. Onangiz istagandek, oddiy odamlardek baxtiyor yashang. Sehrgarlik kitoblarini esa iloji bo'lsa yoqib yuboring. Baxtli bo'lish uchun jodu kerak emas.
Siz bilan umrbod uchrashmaslikni tilab, Namjun»

Maktubni olib, sumkamga soldim. UNi topib olmasligim uchun zarracha ham buyumini qoldirmagan. Hatto axlat chelaklari ham bo'sh. Namjunning qarori to'g'rimidi? Bu haqda uzoq o'yladim. Ikki yildan so'ng esa Namjunning uchrashmaslik borasidagi tilagi ushalmasligi ma'lum bo'ldi. Bunga hayotimdagi boshqa voqea sababchi bo'lgandi.