July 28

COLD AS ICE ❄️ | #BAHROMIDDIN 🍃

🔸 13-qism: "Yoriq" 🔸

2024-yil yozining o‘rtalari. Quyosh qizg‘in, ammo ko‘ngillar salqin emas edi. Multi Olam guruhida birin-ketin g‘alati holatlar yuz bera boshladi. Odatda hazilga to‘la, quvnoq guruhda endi sukut va chiqib ketayotgan a'zolarning izlari qolayotgan edi. Har kimning o‘ziga yarasha sababi bor edi ketishdan, lekin barchasi bitta achchiq haqiqatga olib kelardi: guruh asta-sekin parokanda bo‘layotgandi. 🎯

Bu fon orqasida Seokjin va Sohee o‘rtasida ham sovuqlik paydo bo‘lib borardi. Ularning har kuni yozishib turadigan chatlarini jimlik egallagandi. Videoqo‘ng‘iroqlar haqida umuman gapirmasa ham bo'lardii. Va nihoyat, ta’tilda, bir so‘zsiz urush boshlandi. So‘ng... ajralishga qaror qilishdi ikkisi...🌑

Bu Seokjin uchun oddiy sinov emasdi. Yuragi qattiq azoblangan edi. Avvaliga sukut bilan chidashga harakat qildi. Daeguga ketmoqchi bo‘ldi, ammo qolishga qaror qildi. Chunki Su Hon va In Ho bilan birga ishlash rejalari bor edi. Biroq u endi avvalgi Seokjin emasdi.🕸

U ko‘p gapirmas, hatto Su Honning muloyim hazillarini ham jiddiy qabul qiladigan bo‘lib qoldi. Kulmadi. Ko‘zlarida doim bir darz, ichida esa doim bir og‘riq yashardi.🕷

In Ho esa, odatdagidek, sovuqligicha qolardi. Ammo bu safargisi... bu sovuqlikning narigi tomonini yondirib yubordi.🔥

— “Kulishni bas qilganing yetar, Seokjin,” — dedi u bir kuni. — “Qizing ketgan bo‘lsa shunaqa motam tutib yurishing kerakmi? Sal erkak bo‘lgin, o‘zingni yig‘ishtir!”❄️

Bu gap Seokjin yuragidagi yoriqqa urilgan bolg‘aday bo‘ldi. U o‘zini tutolmadi. Birdan In Hoga qarata musht ko‘tardi. 🥀

Sukut buzildi.
Ammo In Ho ham jim turmadi. U himoya qilinishni emas, tushunishni kutgandi. U do'stini aqlini kiritib qo'yish uchun ham urdi. Bunga javoban tan olish emas, zo‘rlik ko‘rdi. Shunda u ham o‘zini yo‘qotdi.🤜🏻

Jismoniy emas, ruhiy zarba qaytdi. Urushdi. Ular bir-biriga baqirishdi, dardlarini hayqirishdi. Urushda albatta Inhoning qo'li ustun kelishi tayin edi va shunday ham bo'ldi.💫

Oxir-oqibat... Seokjin sumkasini tayyorladi. Multi Olamdan chiqib ketdi. Telefonni o‘chirib qo'ydi. Suhon va Inhoga bir so'z demay uydan chiqib ketdi...⚡️

Suhon eshik oldida Jinni yo'lini to'sdi. Agar shu ostonadan xatlab o'tsa, do'stligi tugashi haqida ogohlantirdi. Seokjin esa biroz jim turdi... 2 tanlovdan birini qilishga majbur edi va....
U ketdi.🕸

Na Su Hon, na In Ho uni to‘xtata oldi. Chunki bu safar u nafaqat guruhdan, Suhonning uyidan, balki do‘stlikdan ham ketayotgandi. Jamoa uchunchi ustuni — Seokjinni yo‘qotgan edi... 🌪

Su Hon yolg‘iz deraza yonida uzoq qarab qoldi. In Ho esa bir burchakka o‘tirib, chuqur nafas oldi. Suhbatlari jimlik bo‘ldi. Zallar huvillab qoldi. Har bir kun avvalgidan rangsiz tuyulardi.🌔

Va ular ilk bor tushunib yetishdi:

Ba'zida yuraklarni tilkalaydigan tuyg'u sevgi emas, do‘stlikdagi yoriqlardir. 💔

Shuning bilan Kim Seok Jin ularni butkul tark etdi. Hwang In Ho uchun uning hikoyasi shu yerda yakun topdi...🪐