“Prisoner of a Frozen Heart” 💔❄️
Seul markazidagi eng baland binolardan birining yuqori qavati.
Qorong‘i zal.
Uzun stol. Og‘ir sukunat.
Stol atrofida o‘tirgan erkaklar bir odamni kutayotgandek jim edi.
Eshik ochildi.
Baland poshna ovozi marmar polga urildi.
Kim Jennie.
U stolning boshiga o‘tirdi. Hech kim unga “xush kelibsiz” demadi. Bunday mulozamatlarni u yoqtirmagani uchun unga bu kerak ham emas edi.
Uning o‘zi — javob. 🌙
— Busan portidagi yuk bugun kechasi o‘tadi, — dedi biri ehtiyotkorlik bilan. — Ammo raqiblarimiz harakatda.
Jennie barmoqlarini stol ustiga sekin urdi.
— Raqiblar har doim harakatda bo‘ladi.
— Xavf yuqori, — dedi yana biri.
Jennie nigohini ko‘tardi.
Sukut saqladi.
— Xavf , qo‘rqadiganlar uchun.
Zalda boshqa gap eshitilmadi.
Bir erkak ehtiyotkor ohangda qo‘shimcha qildi:
— Agar bu kelishuv muvaffaqiyatsiz bo‘lsa, zarar katta bo‘ladi.
Jennie jilmaydi.
Sovuq. Hislarsiz.🙂↔️
— Unda muvaffaqiyatsiz bo‘lmaydi.
Yig‘ilish tugadi. Erkaklar birin-ketin chiqib ketishdi. Eshik yopildi.
Zalda faqat Jennie qoldi.
U telefonini oldi.
Ekranda bir ism.
Bir necha soniya qarab turdi.
Dunyo undan qo‘rqardi.
Ammo u… bir oddiy yigitni o‘ylayotgan edi.
U telefonni o‘chirib qo‘ydi.
— Bu shunchaki qiziqish, — dedi sovuqqina.
Jennie yana studiyaga kirdi.
Bu safar hech qanday tasodif yo‘q.
Jungkook gitara sozlayotgan edi. Uni ko‘rib boshini ko‘tardi.
— Yo‘q, shunchaki… kamdan-kam mehmonlar qaytib keladi. Sizda esa bu uchunchisi...
Jennie atrofga qaradi. Oddiy devorlar. Arzon mikrofon va instrumentlar.... Issiq chiroq.
Bu joy uning dunyosiga o‘xshamasdi.
— Siz boy ko‘rinasiz, — dedi Jungkook bexosdan. — Bu joy sizga mos emas.
Jennie yelkasini qisdi.
— Mos kelmaydigan narsalar ko‘proq qiziq.
— Siz hamma narsani nazorat qilishni yoqtirasizmi?
— Nazorat qilinmagan narsa yo‘qoladi. Uni qo'ldan boy berish ehtimoli ortadi...
Bu gap Jenniega o'zgacha tegib ketdi....
Jennie ko‘zlarini toraytirdi.
— Odamlar ham qaror qabul qiladi, — davom etdi Jungkook. — Majburlab turilgan joyda his qolmaydi.
Bir necha soniya sukut.
Keyin Jennie oldinga bir qadam tashladi.
Oddiy. Aniq. Buyruq tarzida.
Jungkookning qo‘llari gitara ustida to‘xtadi....
— Siz xattoki meni umuman tanimaysiz.
Jungkook bosh chayqadi.
— Kechirasiz. Bu… to‘g‘ri emas. Men bunday munosabatni xohlamayman.
Rad javobi.
Zalda havo og‘irlashdi.
Jenniening nigohi sovuqlashdi.
— O‘ylab ko‘r, — dedi u past ovozda.
Bu so‘z — sinov edi.
Va Jungkook uni o‘tdi.
Jennie ortiga burildi.
Hech qanday his ko‘rsatmasdan chiqib ketdi.
Eshik yopildi.
Shahar atmosferasi oynada aks etardi.
Qo‘llari musht bo‘ldi.
Birinchi rad javobi.
Birinchi inkor.
Hali deyarli izxor ham qilmay turib RAD javobini qo'lga kiritdi kimsan KIM JENNIE...❄️
U telefonni oldi.
— Jeon Jungkookning studiyasi kimga tegishli?
Bir necha soniya jimlik.
— Ijara shartnomasi zaif. Bekor qilish mumkin.
— Uning atrofidagi hamma narsani kuzat!
Qo‘ng‘iroq tugadi.
U oynaga qarab past ovozda dedi:
— Sen meni rad etding.......
Bir lahza sukunat.
— Endi o‘zing tanlay olmaysan. O'zim senga tanlab beraman.