April 19

JOZIBALI SEVGI...🍓 | #Bahromiddin 🍃

2-Mavsum 💓 | 12-qism 🎋

“Uchta so‘z”
> May - 2023

Bahor oxirining iliq tonglaridan biri. Daraxtlar allaqachon yashillikka burkangan, xiyobonlar orasidan quyosh nurlari boy berilgan g‘amgin xotiradek yurakka ilib o‘tadi. Bu galgi sayrga Kim Su Hon ham qo‘shildi — universitetdagi kursdosh, ochiq ko‘ngilli, yuragida bolalikni tashqi tarafdan esa katta insonlikni saqlab qolgan yigit....🍂

Taeoh, Eunji va Su Hon birga xiyobonga borishdi. Qoʻlida kamera, yuragida ozor, lablarida esa jilmayish bilan Taeoh har zamon Eunji tomonga qarab qo‘yardi. U ham kulib qarardi, lekin bu kulgu avvalgidek yurakdan kelmaydigandek tuyulardi. Unda nimadir o‘zgargan edi...🌙

— “Bugungi kun yaxshi oʻtyapti. Qanday chiroyli kun,” — dedi Su Hon, velosipedining pedaliga qadam bosarkan.🍂
— “Uchovlon bo‘lib sayr qilish, bu juda kam uchraydi. Bu lahzalarni albatta vlogga olishimiz kerak!” - dedi Taeoh.🍃
— "Vlog olasizmi?" 🍂
— "Hada" 🍃

Videoda Su Hon kameraga qarab bugungi taassurotlarini aytarkan, fon orqasida Taeoh va Eunji turardi. Ulardan nimadir nurlanayotgandek, lekin bu nur endi yorug‘ emas, g‘ira-shira edi...🌱

Ular yurishardi, kulishardi, bir-birining gapiga javob berishardi, ammo ichlarida tilga olinmayotgan so‘zlar, aytilmagan savollar, javobsiz kutishlar bor edi.🌼

- - -

Oradan kunlar o‘tdi. Bir kuni Taeoh va Eunji o‘rtasida mayda araz chiqdi. Oddiygina bir mavzu ustida turli fikr. Eunji hazil qilganday gapirdi, Taeoh esa jiddiy qabul qildi. U hazil bo‘lishini tushndi, lekin yurak bunday vaziyatlarda hazilni chinni ajratishni istamaydi. U tinmay savol beradi o‘ziga: "Men unga juda ham yaqinlashdimmi? U ham menday his qiladimi oʻzi? Nega har doim men ko‘proq his qilayotgandekman?”🥀

Taeoh bu savollardan qocholmasdi. Har safar Eunji bilan gaplashganda, yuragida bir narsa tirnalar edi. Uning har bir javobi, har bir kulgusi — noaniqlik aralash edi.🕊

Bir kuni, darsdan chiqib, osmon yulduzlarga to‘la shomda, Taeoh to‘xtadi. Yelkasida sumka, yuragida og‘ir so‘z.🪽

— “Eunji…” — dedi u, past ovozda, ammo yurak tubidan.
Eunji unga qaradi. Ko‘zlarida ehtiyotkorlik bor — "yana jiddiylashyapmizmi?" degandek.
Taeoh chuqur nafas olib, ko‘zini chetga qaratmay dedi:
— “Men sizni sevaman.”🫂🍃
Taeoh uni bag'riga bosdi...

Sukunat...........

Eunji jim. Nafasi qisilgandek bo‘ldi. U jilmayishga harakat qildi, lekin lablari ozgina qaltiradi. Va nihoyat:

— “Men sizni yaxshi ko‘raman.”🫂🌙

Taeoh jilmayishga urinadi. Yaxshi ko‘raman!? Bu so‘zlar yengil tuyuladi, lekin yurakka og‘ir cho‘kadi. U yaxshi ko‘rishni emas, sevishni aytgan edi. Uning yuragidagi so‘zlar boshqa ohangda edi. U bu 3 soʻzni aytib oʻzi istagandek kutgandi, ammo... yo‘q, bu emas edi javob. Javob "men sizni yaxshi koʻraman" boʻldi, "men sizni sevaman" emas...🌏

U o‘ziga o‘zi taskin berdi: “Balki yuzma-yuz turganimiz uchun qiynalayotgandir. Ekran orqali yozsa osonroq aytar…”😅

Shu kundan boshlab har kecha Taeoh telefon orqali “Hayrli tun. Men seni sevaman” deb yozatdi. Har kecha. Har kecha. Har kecha. Go‘yo urushgandek, har kecha yuragidagi gaplarni matn ko‘rinishida yuboradi.✉️💕

Javob esa bir xil:
— “Sizga ham hayrli tun. Sizni yaxshi koʻraman…”🌙

Bu uchta nuqta — aynan uchta. Go‘yo ularni to‘ldirish kerak, lekin har safar bo‘sh qoladi. U yerda hech qachon “Men ham seni sevaman” degan gap yozilmaydi.💫

Taeoh bu so‘zlarni talab qilib emas, his qilib eshitmoqchi edi. U bu so‘zlarni iltimos qilgisi kelmasdi, talab qilishni istamasdi. Shunchaki bu so‘zlarni Eunjining oʻzidan eshitishni istardi...🍀

Biroq har gal mana bunday tarzda javobni olgach, ich-ichidan yig‘lab yuborgudek bo‘ladi.💔

Har kecha kutardi. Har tong ko‘zlarini ochib, telefoniga qarardi. Lekin... yo‘q. U so‘zlar hanuz yo‘q...🎈

- - -

Kunlarning birida Park Eunji juda katta xatoga qo'l urdi. Taeohga hazil qildi... juda qo'pol hazil....)❤️‍🩹

Uchta soʻz... Taeoh bu uchta soʻzga katta ishonch va umid bildirardi. Bir-birini rashk qiluvchi, quchoqloʻvchi, erkalo'vchi, bir-birisz bir soniya ham tura olmaydigan qoʻshtirnoq ichidagi "doʻstlik"dan haqiqiy SEVGI bosqichiga oʻtishni istardi. Bu uchun doim Eunjiga sevgi izxor qilardi. Eunji esa buni aksini koʻrsatardi. Bu esa ularning oʻrtasida koʻplab ziddiyatlarni keltirib chiqa boshladi. Keyingi qismda qanday qoʻpol hazil bo'lgani va u hazilning Taeohga ogʻir ta'sir qilgani haqida bilib olasiz...🍃✌️🏻