August 17

MENING KOMETAM 2 ☄

3-QISM 🕊 | #BAHROMIDDIN 🍃

Sentyabr oyining o‘rtalari. Incheondagi osmonda tobi bilan tiniqlik sezilar, daraxtlarning barglari asta-sekin kuz ranglariga kirib borayotgan edi. 🍂

Jimin kampusdan darsdan qaytayotib, telefoniga Multi Olam guruhidan kelgan xabarlarga ko‘zi tushdi.👀

Taeoh: “Bugun kechqurun voice chat qilamiz! Barcha kirishi shart!” 🌚🍃

Hyon Vu: “Arminni ham chaqiraman..” 🌚🌒

Jimin buni o‘qib aks jilmaydi, aslida esa ichida nimadir titrganday bo‘ldi. Goʻyo rashk misol qandaydir tushunarsiz hissiyot...☄

Armin… U bilan so‘nggi marta faqatgina guruh orqali salomlashgan edi.🕊

Jimin yaxshi bilardi — Armin 31-aprel kuni Jung Hoseok akasi bilan munosabatlarga nuqta qo‘ygach, ich-ichidan yolgʻizlanib ketgan, hatto yoz davomida guruhga ham kamdan-kam kirgan. Faqat Hyon Vu uni qandaydir yo‘l bilan vaqt-vaqti bilan suhbatga tortib kelardi. Uni yonida koʻproq Hyonvu boʻlgan Jimin oʻz muammolari bilan multi olamdan tashqarida yurgan bir payt...🌒🕊

Kechqurun soat 21:00 da guruhda ovozli chat boshlandi. Boshlanishiga hazil-huzul, o‘qish, reja, darslar, kichik o‘yinlar haqida gaplashishdi.💫

Armin avvaliga jimgina tinglab o‘tirgandi, biroq Taeohning ogʻzidan chiqqan bir gap:

— “Men seni sog‘indim, Armin. Oʻsha ilk koʻrishgan kunimiz umuman unutilmas xotiralarga boy boʻldi....” 🍃 — degan so‘zlaridan keyin Armin sekin kulib qo‘ydi va:

— “Men ham sogʻindim doʻstcham. Yana koʻrishsak zoʻr boʻlardi…”🤭🕊 – dedi.

Jimin boshqalardan farqli ravishda bu kichkina bo‘g‘iq ovozni eshitib, butun e’tiborini quloqlariga jamladi. Taeoh Incheonga qarindoshlarini uyiga kelganda Armin bilan koʻrishgandi. Jimin esa hali hanuz Armin bilan koʻrisholmaganidan qayg'u tortdi biroz. Shuningdek rashk ham qilib qoʻydi...🫀

U ichidan beixtiyor o‘yladi:
— “Armin… hanuz shunday yumshoq ohangda gapiradi mana bu tentakka... oʻldirib qoʻysamda shu qizni Taeohga yoki Hyonvuga suzulganini koʻrsam”😒☄

Suhbat davomida Hyon Vu Armin bilan juda yaqin ohangda gaplasha boshlagach, Jimin ichida nimadir chippakka chiqdi. U yengil kulib qo‘ygandek bo‘ldi, ammo jilmayish ortida bir g‘ayritabiiy rashk yaltirar edi.✨

Hyon Vu so‘zlarini hazil tariqasida davom ettirdi:

— “Armin~ ertagayoq Incheonga boraman. Koʻrishamizmi?”😌🌒

— "Albatta, agar rostdan ham kelsangiz..." - dedi Armin.🕊😌

Buni eshitgan Jimin beixtiyor mikrofonini yoqib, biroz sovuqqina ohangda:
— “Men hali oʻlganim yoʻq Pek Hyon Vu! Armin men bilan koʻrishadi...” - deya rashkini ochiqchasiga bildirdi...🌚☄

Onlayn chatda bir necha soniya sukut bo‘ldi. So‘ng Taeohning kulgili ohangi eshitildi:
— “Voy-voy, Park Jimin rashk qilib qolyapti shekilli~”😂🍃

Jimin kulib yubordi, lekin bu kulgi ichidagi rashkni yashira olmadi.💫

U shu kech yakunida telefon ekrani o‘chib turgan holatda yostiqqa yotdi va asta kulimsirab pichirladi:
— “Hech kim… seni mendan ko‘ra ko‘proq qadrlay olmaydi, Armin.”😌❤️

U o‘ziga o‘zi ham payqamay, yuragida birinchi marta Armin ismi bilan yonma-yon “iliqlik” degan bir so‘zni sezdi…😍🕊