JOZIBALI SEVGI...🍓 | #Bahromiddin 🍃
Oradan uch kun o'tdi. Har bir daqiqa – bir asr, har bir soat – bo'g'uvchi sukunat edi. Kim Tae Oh uchun vaqt yurmas, yurakni tinmay tirnayverardi. Har tong uyg‘ongach, ilk qiladigan ishi Telegramni tekshirish bo‘ldi. “Jisoo javob berdimikan?” degan savol miyasini tilka-pora qilardi. Ammo javob yo‘q edi...🌱
Bu uch kun davomida u o‘zini hayotdagi eng sodda, eng bechora, eng umidvor odamdek his qildi. Har oqshom Jisoo ismli bir qiz qalbini bo‘shatadimi yo‘qmi, degan noaniqlik uni ichidan yeb bitirardi.🍄🟫
Uning ichida ikkita olov bor edi. Birinchisi: “Ha, u rozi bo‘ladi. Men unga yoqaman. U meni tanlaydi!” deb deya shodlik nurlari bilan porlardi.🍃
Ikkinchisi esa, qorong‘ulikda so‘nmas olovdek: “Yo‘q, u rad etadi. Men unga keraksizman. Mening sevgim unga ortiqcha.”🍂
Bu ikki o‘t har tongda, har oqshomda, hatto tushlarida ham to‘qnashar, Taeohni qiynar, ammo u kutishni davom ettirardi...🔥
Nihoyat, u kun yetib keldi.
Tong sokin, havo esa qandaydir og‘ir edi. Telegramda yangi xabar paydo bo‘ldi: Jisoo 💫
Taeoh bir zumda muzlab qoldi. Qo‘llari titrardi. U xabarni ochmadi. Na darrov o‘qidi, na o‘chirib yubordi. Ustiga bir stakan suv olib, chuqur nafas oldi, ko‘zlarini yumdi.🦋
So‘ng asta, ohista xabar oynasini ochdi. Yuragi teskari urardi. Va nihoyat, xabar matni ko‘z oldida paydo bo‘ldi.👑
" Salom, Tae Oh yaxshimisiz? Hamma postlaringizni o‘qib chiqdim For Lunamovas kanalidagi. Munosabatlar va sevgi borasida doim ehtiyotkor bo‘lganman. Hali hech kimga "Ha" demadim, bundan keyin ham anchagacha "Ha" demasam kerak. Rasmlarimni u yerda ko‘rib jaxlim chiqdi. Hona Chong sizga tashlab bergani jaxlimni chiqardi. Xullas, sizga yo‘q degan javob beraman. Sizni kursdoshim sifatida ko‘raman. Ustiga ustak yoshingiz ham mendan bir yoshga kichkina. Hayr sog‘ bo‘ling. Hafa bo‘lmang. Aytgancha, rasmlarimni o‘chirib yuborishga va’da bering.............” 💔
Taeoh xabarni o‘qib, shunchaki qotib qoldi.
Qo‘llari qimirlamadi. Ko‘zlari xira, yuragi esa — g‘amga to‘ldi. U o'n besh daqiqa davomida telefon ekraniga tikilib turdi...♨️
Bu holatda u na qayg‘urdi, na yig‘ladi. Va na asabiylashdi...
Bo‘sh edi. Tubdan bo‘sh.
U hech narsani his qilmasdi.❌
Bir necha daqiqalik sukunatdan so‘ng, u Jisooga qisqa javob yozdi:
“Men sizni juda ham yaxshi tushundim, Jisoo. Hafa emasman. Rasmlaringizni albatta o‘chirib yuborishga va’da beraman.”🔗
U ichiga yutdi. Yig‘lamadi. Asabiylashmadi. Hayqirmadi. Faqat jimlik. Bu jimlik esa yurakni tirnashini ham xis qila olmasdi. ❤️🩹
Bir necha daqiqa o‘tib, yana bir xabar keldi.
“Aha, xursandman. Endi yana bir yaxshilik qiling, mana shu kanalingizni menga to‘liq topshiring va u kanaldan chiqib keting.”🎀
Taeoh o‘qidi. Jimgina. Hech qanday “Nega?” yoki “Iltimos” degan gap bo‘lmadi.
U kanalni Jisoo nomiga rasmiylashtirdi va u yerga oxirgi marta: “Xayr...” deb yozdi.
So‘ngra chiqib ketdi.🎈
Ertasi kuni u do‘stlariga va kursdoshlariga bo‘lgan voqeani aytib berdi. Chunki Jisooning javobini ular ham intiqlik bilan kutib turishgan edi.🪭
“U menga yo‘q dedi. Ammo bilasizlarmi? Men hech nima his qilmadim. Hali ham hech qanday tuyg‘u yo‘q. Go‘yoki... bu sevgi bo‘lmagan. Go‘yoki fanfic qoralamasini o‘chirganimdek, kimdir yuragimdagi Jisooni o‘chirib tashlagandek...” dedi Taeoh ularga gapni qisqa qilib.🔮
U endi Jisooning rasmlariga termulmaydigan bo‘ldi.
Endi u sahifalarni titkilamasdi. U Jisooning profiliga kuniga million marta mo'ralab kirmasdi. Endi u so‘nggi umidini ham qo‘yib yuborib bo'lgan edi...🔑
U endi faqat jimlikni eshitadi.
Ammo bu jimlik — kuchli.
Bu jimlik — ozodlik.🎯