November 26, 2025

🍓SᴛʀᴀᴡʙᴇʀʀY MᴏᴏN🌙

16-qism 🌉 | #Bahromiddin 🍃

HAMMA KUTGAN FINAL 🌙 | 1-PART 🍓

Yangi yil kechasi ortda qoldi. Maktabdagi sovuq tunlar, yorug‘ chiroqlar, shovqin-suron… hammasi bir kunda tugadi. Lekin tugamagan bir narsa bor edi — bu Sangtaening ustiga tushgan og‘ir nigohlar. 💔

Taeoh esa o‘zini g‘olibdek tutardi. U maktab bo‘ylab yengil qadam tashlab yurardi, go‘yo hammasi reja bo‘yicha ketayotgandek. Uning ko‘zida yengillik, mamnunlik, hatto zavq bor edi. Aniqrog'ini aytganda u g'alabaning shonli hissini tuyib, o'zini shod tutardi...🍃

Sangtae esa aksincha — har qadamida odamlarning pichir-pichirini sezardi. “U bizni aldagan”, “U yolg‘onchi ekan”, “Hamma vaqt boy deb yurardik-ku…”, "O'zini boylardek tutgan ekan-da bu nodon" degan gaplar havo ichida muallaq turar, yigit esa hech kimga javob qaytarmasdi. Ularni eshitgisi kelmasdi...🍁

Ammo uni eng ko‘p qiynagan gaplar — Jisooning sukuti edi. 🍓

Qiz yangilikdan so‘ng hech narsa demagan edi. Demasa-da, ko‘zidagi qattiq iztirob hammasini aytib turardi. U Sangtaedan kambag‘al bo‘lgani uchun emas — haqiqatni aytmagani uchun juda ham qattiq ranjigan edi. Yigit esa aynan shu o‘ydan qutula olmasdi...🌎

* * *

Qishgi ta’til boshlandi. Kunlar jim o‘tdi. Biroq Sangtae uchun ta’til dam olish emas edi. Har tong uyg‘onganda hamon o‘sha so‘nggi kun ko‘z oldida paydo bo‘lardi — Jisooning ko‘zida chaqnagan ranjish… va O‘zi ayta olmagan so‘zlar...🌒

Yanvarning yarmiga kelib ham u maktabga qaytmadi. U hech kimdan uyalmasdi — faqat Jisoodan xijolat tortar edi. “Menga qarshi chiqsa nima der ekan?”, “Ko‘zlariga qanday qarayman?” degan o‘ylardan qutilolmasdi. 😅

Jisoo ham uni ko‘rsa boshini burardi, yo‘lini o‘zgartirardi. Bu sukut ikkalasining ichini ezardi.

* * *

Fevral boshlandi. Bu oy hamma uchun odatiy qish oyi bo‘lsa-da, Sangtae uchun u “kechirim oyiga” aylandi. 🌨

U har kuni Jisooni ko‘rishga urinardi. Har bir tanaffusda, yo‘laklarda, hatto darsdan chiqishda uni kutardi. Qiz esa sovuq ohangda yonidan o‘tib ketaverardi. Hech narsa demasdi. Ranjish — yigitni borgan sari yo‘q qilardi. 🫧

Sangtae maktabga ham kam keladigan bo‘lib qoldi. Ko‘proq o'sha kafeda ishlardi. Ish og‘ir bo‘lsa-da, og‘riqlarini yashirardi. Har buyurtma, har yo‘lakda yugurish — uning alamini yutish usuliga aylangandi.🌊

* * *

Bahor asta kirib keldi. Ko‘chalarda qorlar eridi, derazalardan iliq shamol kirardi. Maktabda uchinchi chorak tugash arafasi. Odamlar charchoqni his qilar, lekin bahorning eng mayin kayfiyati qadamlarida sezilardi 🌸

Hammaning hayoti avvalgidek davom etardi.
Faqat Sangtae va Jisooning ichida esa bahor kelmagandi.🌟

* * *

Bir kecha Jisoo uzoq o‘tirib o‘yladi. Uzoq. O‘ta uzoq… Sukut ichida, hech kimga aytmay, faqat o‘z yuragidan so‘rab. Bu safar aqli emas — yuragi qaror qildi. 🪐

Qiz kechasi qo‘llarini cho‘ntagiga tiqib, sokin ko‘chada Sangtae ishlaydigan chajangmyon xizmatiga qarab yo‘l oldi. Qadamlarida ikkilanmaslik bor edi, lekin ko‘zlarida xavotir jo'sh urardi...🫀

Kafe ichiga kirganida, Sangtae uzoqdan ko‘rindi. U ostona yaqinida buyurtmalarni yo‘lga qo‘yar, odamlar orasida yugurardi. Charchagan, lekin har harakati bilan o‘zini kuchli ko‘rsatishga urinayotgan edi...❄️

Jisoo uni uzoqdan kuzatdi.
Yurak-yurakdan achindi...⚡️

“Hech bo‘lmaganda meni tinglashi kerak edi…” deb ranjigandi avval.☄️
Endi esa…
“Men ham uni juda qiynabman,” deb o‘ylardi.🌤

Ularning arazlashlari ikkalasiga ham faqat zarar keltirgandi. 💘

* * *

— Sangtae! — dedi nihoyat qiz. 📝

Yigit bir zumda to‘xtadi. Ko‘zlari keng ochildi. Avval hayron bo‘ldi, so‘ng yuziga nur yugurdi. U yugurib kelib qizning qarshisida to‘xtadi, nafasini rostlab:

— Jisoo… sen keldingmi? Ishongandim… kutgandim, — dedi ovozi pastroq, lekin juda samimiy ohangda. 🔐

Qiz sukutda qoldi.

— Menga hammasini ayt. Bir boshidan ayt. Nega yashirding buni? — dedi Jisoo nihoyat. 🌵

* * *

Sangtae uni restoranning yon tomonidagi kichik, jim o‘rindiqqa olib bordi. Qizga o‘tirishni taklif qildi. So‘ng yigit past ovozda, lekin halol gapira boshladi. ⚡️

— Bobom… va ularning vasiyati. Meni boylar ichida ko‘rishni xohlagandi. “Tabaqalanish bo‘lmasin” derdi doim. Ustozim ham shunaqa dedi men kelgan kunim. Men esa… hammasini to‘g‘ri qilishga, hech kimni qiynamaslikka harakat qildim. Men boy emasman, Jisoo. Men oddiy odamman. Kamchiliksiz katta bo'ldim, ammo B3-School a'zolari kabi to'qchilikda ham katta bo'lmadim. O‘zimcha seni himoya qilaman deb o‘ylagandim. Bilmayman… halol aytolmadim barini. O'q to'pponchadan uzulgan edi allaqachon va endi kech edi... Kechir meni…😊

U oxirida boshini egdi.
Gaplari achchiq, og‘ir, lekin juda samimiy edi.
Jisoo uzoq jim qoldi.
Shu jimlikning o‘zi — minglab so‘zlarni ifodalar edi. 🌙

U qanchadan-qancha vaqtni ranjish bilan o‘tkazib yuborganini tushundi. Sangtaeni yo‘qotishdan qo‘rqib yashaganini ham. Va eng muhimi…
Uni chin dildan sevib qolganini. 🍓

Nihoyat qiz past ovozda dedi:

— Men seni kechirganman, Sangtae. ☺️

Yigit bir zumda boshini ko‘tardi. Ko‘zlaridagi yorug‘lik shu yerda paydo bo‘ldi. U to‘satdan, lekin yumshoq tarzda Jisooni quchoqladi. Qattiq emas, faqat yuragini tinchitadigan darajada. 🫂

— Jisoo… — dedi u hayajon bilan. — Men seni sevamaaan....🗣🫀

Qiz ko‘zlarini pirpiratdi va katta ochib yubordi. Bu gapni kutmagan edi. Biroz o‘ylanib turdi. Yuragi bo‘g‘ziga tiqilib ketdi. 😳

— Sangtae… aslida men ham senda ko‘nglim bor. Faqat… qanday aytishni bilmasdim… Men ham buni uzoq cho'zishni istamayman. Sen hozir oshkor qilyapsanmi, men ham aytishim kerak. Menga yoqasan Sangtae...✨

Yigit asta qizni quchog‘idan chiqarib, uning ko‘zlariga tik qaradi.

— Rostanmi? 🫠

— Men shunday deb o‘ylayman…😊

Sangtaening ko‘zlari chaqnadi. U yana qizni quchog‘iga oldi. Endi biroz mahkamroq, ammo baribir muloyim. 🤗

— Kel, sevishganlar bo‘lamiz, — dedi u pichirlab. — Biz birgamiz bugundan e'tiboran...🌒

Jisoo labida yengil tabassum paydo bo‘ldi.
— Ammo Taeohchi…? — dedi qiz xavotir bilan. 💔

Sangtae boshini chayqadi.
— Ularga aytmaylik. Buni sezdirmasak, bilishmaydi. Taeoh bizga ziyon bera olmaydi.

— Meni qo'rqadigan joyim yo'q!?

— Bilaman, ammo men shuni xohlayman. Maylimi Sangtae? ❣️

— Ha, mayli...🌿

* * *

Shu tariqa nihoyat — boshidan beri kutilgan juftlik, Jisoo va Sangtae — bir-biriga yetishdi. Sevgiga yetdi.
Lekin… buni hech kimga aytishmadi.🦋

Chunki Taeoh buni bilsa — ularning birga bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaydi.
Balki to‘sqinlik qiladi.
Balki ta’qib qiladi.
Balki yana rejalar tuzadi. 🍀

Shuning uchun hozircha bu sir — faqat ular ikkovi orasida edi.
Two hearts.
One secret.
One beginning. 💞

Va bu — faqat boshlanishi edi. ❤️🫶🏻

< Jeon Sang Tae & Kim Ji Soo >

Strawberry 🍓 Moon 🌙 | 16-qism | FINAL | 2-PART 🍃

Darslardan keyin maktab asta bo‘shab borardi. Yo‘laklarda qadam tovushlari sekin-asta yo‘qolib, hovlida faqat shamolning mayin shiviri eshitilardi. Jungkook sumkasini bir yelkasiga ilib, darvoza tomon yurarkan, uzoqdan yolg‘iz turgan Hemini ko‘rib qoldi. Qizning qo‘llari cho‘ntagida, boshi esa sal egik holatda — kimnidir kutayotganga o‘xshardi aftidan. 🍂

Jungkook unga yaqinlashdi. 🦅

— Hey… men seni tanidim. Kimni kutyapsan? — dedi u sal jilmayib. 😄

Hemi boshini ko‘tardi, sekin salom berdi.
— Dugonamni, — dedi qisqa. 🦋

Jungkook shubhali qarab qo‘ydi.
— Maktabda hech kim qolmadi-ku. Rostini ayt, aslida kimni kutyapsan?🤔

Hemi bir qadam orqaga chekindi.
— Ketishim kerak, — dedi u asta.😕

Qiz burilib ketmoqchi bo‘lganida, Jungkook uning sumkasining ipidan yengil ushlab, to‘xtatdi.🎒

— Nega yolg‘on gapiryapsan? — dedi u past ovozda — Javob ber. 😌

Hemi sekin yerga qaradi.
Yuzlari qizargandi.

— Senga ko‘zim tushdi… xolos, — dedi nihoyat.☹️

Jungkook jim qoldi. Uning ko‘zlarida nimadir o‘zgardi — tushunish, achinish va nimagadir iliq bir tuyg‘u aralashgan edi. U bosiq ohangda:

— Yur men bilan. Qahva ichgani boramiz, — dedi.

Hemi bosh ko‘tardi, ko‘zlari chaqnab ketdi.
— Ha… albatta, — dedi u sevinchini yashira olmay.🥰

Ular yaqin atrofdagi kichik kafega borishdi. Stolga kakao, latte va kichik tort qo‘yildi. Birinchi suhbatlari oddiy mavzulardan boshlangan bo‘lsa-da, asta-sekin chuqurlashib bordi. 🪽

Kunlar o‘tgan sari Jungkook Hemining qanchalik samimiy, o‘ziga xos va hech kimga o‘xshamagan qiz ekanini sezdi. Unga yaqinlashgan sari ko‘nglida iliq bir tuyg‘u paydo bo‘ldi.🦅

Va nihoyat, bir kuni u bu tuyg‘uni tan oldi.
Lekin hali aytmadi.

* * *

Vaqt o‘tib, bitiruv kuni keldi. Maktab binosi bugun boshqacha edi — quvonch, hayajon, xotiralar bilan to‘lib-toshgan. 🪶

Yoongi chiroqlarni osar, Hana esa pastdan ularga qarab:
— Chap tomonni biroz balandroq qo‘ying, — deb turardi. 🗣

Lichan va Taehyung sahnada o‘z chiqishlarini mashq qilishardi. Ular har safar xato qilganda kulib yuborishar, sahna esa yanada jonlanib ketardi.🍃

Hyekyo bilan Jiwoo lentalarni tekislab, stol ustiga tartib bilan qo‘yishdi. Rang-barang lentalar bayramning o‘ziga xos rangini berardi.🌒

Taeoh esa odatdagidek chetda turib, hammani kuzatardi. Uning nigohi sokin, ammo chuqur edi. Bugun — uning maktabdagi oxirgi kuni.❣️

Jisoo qo‘lida bir quti shirinlik bilan keldi.
— Hammaga yetadi, deb umid qilaman, — dedi u jilmayib.🥰

Sangtae va Jungkook stullarni joylashtirishardi.
— Bularni tekis qil, — dedi Sangtae.😌

— O‘zing tekis qilib qo‘y, — deb kuldi Jungkook, ammo baribir joylab qo‘ydi.😁

Hamma o‘z ishi bilan band edi. Xonalarda kulgu, tashqarida hayajon, havo esa birdan boshqacha — yengil, iliq, quvonchli edi. 🌊

Bugun 11-sinfni Taeoh ham bitirardi. Uning singlisi Taela esa 9-sinfni tugatardi. Taela bir chetda mashg‘ulot qilib, kechki chiqishi uchun matnini qayta-qayta o‘qirdi. Uning yuzida hayajon bor edi, lekin nigohida ishonch porlardi. Akasining imiji ustida o'zi mehnat qilardi...😍

* * *

Kechga yaqin tadbir boshlandi. Chiroqlar yondi, musiqa yangradi. Har bir chiqish o‘zgacha go‘zal bo‘ldi — kimdir raqs tushdi, kimdir qo‘shiq kuyladi, yana kimdir doston o‘qidi. Hamma o‘zining eng yaxshi tomonini namoyish qildi. 🍁

Taela sahnaga chiqqanda zal jim bo‘lib qoldi. Uning ovozi mayin, har bir so‘zi ta’sirli edi. U sahnadan tushganda hammani hayratda qoldirdi. 🌱

Taeoh lentasini olarkan, uzoqdan jamoasi unga qarab turardi. Ular hech narsa demasa ham, nigohlarida g‘urur bor edi. 🌚

Tadbir tugab borarkan, kimdir terminalga ketish haqida o‘yladi, kimdir universitetlarga hujjat topshirish haqida, yana kimdir qaysi yo‘nalishni tanlashini bilmay turardi. Ularning oldida katta hayot kutardi. ✨

Har kimning qalbida birdaniga bitta savol uyg‘ondi:
*“Endi qaysi yo‘lni tanlayman?”* ☄️

Shu iliq, bayramona, unutilmas kecha uzoq vaqt esda qoladigan bo‘ldi....⛅️

< Ko He Mi & Jeon Jung Kook >

Strawberry 🌙 Moon 🍓 | 16-Qism | FINAL | PART 3 ☄

Oradan besh yil o‘tdi. Vaqt sokin, yumshoq shamol kabi oqib ketdi. Hammaning hayoti o‘z yo‘liga tushdi — kimdir o‘qish bilan, kimdir ish bilan, kimdir esa oʻz sevgisi bilan band. Bu besh yil hamma juftliklarni yanada mustahkamladi, ularni ulg‘aytirdi, tinch va barqaror hayot sari yetakladi. 🕊

Jungki va Yelena hanuz birga edi. Bir-birlarini qadrlashar, qo‘llab-quvvatlashardi. Oila qurish haqida gap ochilsa, ikkalasi ham “hali erta” deb jilmayib qo‘yardi — chunki o‘qishlari, rejalari bor edi. Ammo bu ularning baxtiga xalaqit bermasdi. Ba’zida Jungki Yelenani Koreyaga olib borar, opasi bilan tanishtirgan kundagi ularning hayajoni hamon esida edi. Ularning hayoti xotirjam, bir maromda davom etayotgan edi.🌚

Hyekyo va Seojun nihoyat birga bo‘lishdi. Eski uqubatlar, sovuq munosabatlar ortda qolgandi. Seojun asta-sekin Hyekyoning sovuq xarakterini iliqlashtirdi — sabr bilan, mehr bilan, sokin suhbati bilan. Hyekyo hozir meditsina sohasida o‘qishni davom ettirmoqda, Seojun esa san’at yo‘lini tanlab, o‘z ishini muhabbat bilan qilmoqda. Kuni bilan oʻqishdan charchagan Hyekyo kechqurun Seojunni ko‘rsa, butun kunining og‘irligi yengillashgandek bo‘lar edi.🌒

Bir oqshom, bitiruv kechasidagi eski xotiralar yana jonlandi. Maktab hovlisi bo‘shab qolgan, sokin shamol daraxtlarni asta silkitardi. Past chiroqlar maktab devorlarida mayin soyalar qoldirar, kech kirib borayotgan havo esa iliq edi.⚡️

Jungkook mashinasini yopib, hovli bo‘ylab yurarkan tasodifan Hemiga duch keldi.

— Salom, Hemi, — dedi u jilmayib.😊

— Salom, Jungkook… — dedi qiz, anchadan beri aytilmay kelayotgan tuyg‘ularni yashira olmay.👀

Ular qisqa hol-ahvol so‘rashishdi. Havo noqulay jimlikka to‘ldi, ikkisi ham tortinib, gap topa olmay qoldi. Nihoyat Jungkook jimlikka bardosh bera olmadi.🦅

— Hemi, bir daqiqa… — dedi u, yuragi tez ura boshlaganicha. — Men senga aytadigan gapim bor.🍀

Hemi to‘xtadi. Ko‘zlari unga tikildi. Jungkook asta nafas oldi. Uning ovozi past, samimiy, to‘g‘ri edi:

— Men seni anchadan beri yoqtirganman. O‘sha paytda aytolmadim. Men haqiqatan ham seni sevaman. Kech bo‘lsa ham… mening sevgimni qabul qilasanmi?❤️

Hemi bir zum qotib qoldi. Keyin ko‘zlariga yosh to‘lib chiqdi, lablari titradi.
— Jungkook… albatta, — dedi u ovozi mayin qaltirab.🥹

Ular asta bir-birini quchoqlab, sokin shamol ichida “biz” bo‘lib qoldilar. Shundan beri ular ham eng ahil, eng mustahkam juftliklardan biriga aylanishdi.🫀

Yoongi va Hana esa hozir juda baxtli. Har kuni birga — Yoongi otasining biznesini davom ettiradi, Hana esa to‘rt yil tarjimonlikni tugatib unga kotiba bo‘lib ishlayapti. Ishxonada birga, tushlikda birga, kechqurun uyga qaytishda ham birga. Dam olish kunlari esa alohida uchrashib, sayr qilishadi, kinoga borishadi, oilaviy muhitda vaqt o‘tkazishadi.🌷

Ular allaqachon unashtirilgan. Hananing akasi Minho ham bu munosabatni quvonch bilan qabul qilgan. Hatto hozir Minho va Yoongi shunchalik yaqin bo‘lib qolishganki, odam ularni aka-uka deb o‘ylashi mumkin.🔐

* * *

Taeoh esa hozir oldingidan ham muvaffaqiyatli. U otasining biznesini to‘liq o‘z qo‘liga olgan va hozir KIM group kompaniyasining rahbari. U boshqaruvda adolatli, mulohazali, bosiq. Hech kimga bosim o‘tkazmaydi, hurmat bilan gapiradi, hurmat bilan qarshi oladi. Bolalikdagi shoʻxliklari va zoʻravonligi deyarli oʻtib ketgan...🍃

Shu sabab kompaniya uning qo‘lida yanada ravnaq topa boshlagan. Uning fe’l-atvori ham tinch, vazmin, yetuk — ehtimol aynan shu uning haqiqiy kuchi edi. Haqiqiy Lider...💫

Lichan va Taeyoung esa hozir bir oila. Ular juda ahil, juda inoq. O‘sha paytlarda Lichanning onasi ularning munosabatiga qarshi bo‘lgandi, lekin taqdir hammasini boshqacha yozdi.🌤

Bir kuni Lichanning onasi dugonasining uyiga bordi va unga:
— Qizimni sizning o‘g‘lingizga kelin qilmoqchiman, — dedi.😊

Dugonasi esa tabassum bilan rozilik bildirdi. Ikki ona o‘zaro kelishib oldi — farzandlarining fikrini so‘ramasdan.🕊

Uchrashuv kuni keldi. Lichan va Taeyoung bir-birini ko‘rib qotib qolishdi. Avvaldan bir-birini sevishgan bu ikki yosh hatto onalari dugona ekanini ham bilishmagan edi. Bir uchrashuv — ikki qalbning taqdirini butunlay o‘zgartirdi.💗

Shu tariqa, onalar aytgan “tanishtiruv” aslida ularni yana birlashtirib qo‘ygan taqdir bo‘ldi. Oradan ko‘p o‘tmay, ular oila qurishdi.💞

Hozir esa Taeyoung ilk farzandiga homilador. Lichan esa uni butun mehr bilan asraydi. Qaysarligi, injiqligi, kechasi tushi qochib uyg‘onishlari — hammasiga sabr qiladi. Chunki u Taeyoungni chin dildan sevadi. ❤️

Jiwoo esa hozir yolg‘iz, lekin juda baxtli. U uzoq yillik orzusini ro‘yobga chiqardi — palitsiyachi bo‘ldi. O‘z mehnati, o‘z kuchi, o‘z qat’iyati bilan. U mehnatkash, mehribon, adolatparvar. Yaxshiga yaxshi, yomonga esa yomon — tom ma’noda. Uning hayoti xotirjam, o‘z yo‘nalishida davom etmoqda.💘🪐

* * *

Hayot oqmoqda. Hammaning o‘z yo‘li, o‘z muhabbati, o‘z baxti bor. Ularning bir vaqtlar o‘sha maktabda boshlangan hikoyalari endi kattalar hayotida yanada chiroyli davom etmoqda.🌼

Strawberry Moon — shunday mayin, shunday sokin yakunlandi....🌙🍓

Strawberry 🌙 Moon 🍓 | 16-Qism | FINAL | 4-PART

Taela o'z orzu qilgan yo‘nalishda — ona tili va adabiyot fakultetida o‘qishni davom ettirardi. Eng baxtli kuni esa o‘qishga grant asosida kirganini bilgan vaqt bo‘lgan. U xabarni birinchi bo‘lib akasi Taeohga yuborgan, Taeoh esa singlisidan shunchalik faxrlanganki, unga katta yumshoq ayiqcha sovg‘a qilgan. Taela hanuz shu ayiqchani har kecha yoniga olib yotardi — bu sovg‘a uning uchun mehr va ishonch ramzi edi...🧸

Shu odatdagi kunlarning birida Taela darsdan chiqib dugonalari bilan kinoga bordi. Kinozalga kirayotganida tasodifan bir yigit bilan to‘qnashib ketdi...🦋

U tezda uzr so‘rab yonidan o‘tib ketdi. Yigit esa to‘xtab, uning ortidan qarab qoldi. Bu Kim Taehyung edi — boy oilaning yolg‘iz farzandi, sokin, tarbiyali, o‘qimishli yigit. Qizning shoshqaloq muomalasi Taehyungga yoqib qoldi. Shunchaki qiziqish ham emas — unga nimadir ta’sir qilgandi. Shunday bo‘lsa-da, u qizlar ketidan kinozalga kirib, Taelani uzoqdan kuzatdi.👀

Kunlar davom etdi. Taehyung bilan Taela yana bir necha bor tasodifan uchrashib qolishdi turli joylarda. Har safar yigitning yuragi qizni ko‘rganida tez ura boshlardi. Taela ham uni bir qarashda tanib qolardi, lekin o‘zini hech narsa bo‘lmaganday tutardi. Unga yoqardi, ammo buni bildirmas edi. Hozir uning butun fikri o‘qishda, maqsadlarida, kelajagida edi. 🌙

Bir kuni Taehyung yana Taelani ko‘rib qoldi. Qiz darsdan chiqayotgan edi. U yengil adashib, so‘ng dadil qadamlar bilan yaqinlashdi. 🦋

— Men senga shuni aytmoqchi edim… — dedi u asta, — Ancha vaqt bo‘ldi, seni o‘ylayman. Yashirmayman, men seni yaxshi ko‘rib qoldim. ❤️

Taela jim qoldi. Bir zum hech narsa deyolmadi, faqat yigitning ko‘zlariga qaradi.

— Men sizni hurmat qilaman, — dedi u nihoyat. — Lekin hozir o‘qishimni tugatishim kerak. Miyamda faqat shu bor. Sizni anchadan beri payqaganman, ko'p to'qnash kelyapmiz. 🌊

Taehyung boshini qimirlatib, muloyim tabassum qildi.😊

— Kutaman, — dedi u, — Qanchalik uzoq bo‘lsa ham. Sening yo‘lingni to‘smoqchi emasman. 🥰

Hozir o'qigan voqeangiz bundan ikki yil avval sodir bo‘lgandi.

Hozir esa vaziyat butunlay boshqacha edi. Taela Taehyungni chin dildan yoqtirib bo‘lgandi. Ammo hech kimga aytmagan, ayniqsa akasidan qo‘rqqan. Chunki Taeoh ilgari Jungkini Taeladan uzoqlashtirgandi, singlini o‘ylab qattiq qarorlar chiqargandi. Taela bu safar ham shunday bo‘lib qolishidan cho‘chirdi...🍁

Ammo taqdir o‘z yo‘lini topdi. Bir kuni Taeoh singlisini o‘qishdan olib ketish uchun keldi va Taelaning yonida Taehyungni ko‘rib jahli chiqdi. Odatdagidek qattiq qadamlar bilan yaqinlashdi.🍃

— Bu yigit kim? — dedi sovuq ovozda.😵

Taela darhol himoya qilmoqchi bo‘lib:

— Kursdoshim… bir narsa so‘ragandi.😁

Taeoh o‘tkir nigoh bilan qaradi.

— Borib boshqasidan so‘rasin, — dedi u keskin.😅

U singlisining qo‘lidan ushlab, mashinaga yo‘naltirmoqchi bo‘ldi. Lekin shunda Taehyung dadil qadam tashlab ularni to‘xtatdi.🙌🏻🙌🏻

— Men Taelani yaxshi ko‘raman...⚡️

Taeoh asta orqasiga qayrilib, istehzoli jilmaydi.

— Nima deding?😄😏

Taehyung bir qadam oldinga chiqdi.

— Aytdim-ku. Men Taelani sevaman. Siz kimsiz unga, o‘zi?😟

Bu so‘z Taeohning rangini o‘zgartirdi. U bir qadamda Taehyungga yaqinlashdi, urmoqchi bo‘ldi, ammo Taela qo‘lidan mahkam ushlab qolib:

— Aka, iltimos, unday qilmang! — dedi.🥹

Shunda Taehyung vaziyatni anglab qoldi.

— Demak… siz uning akasisiz, — dedi u jim ovozda. — Men boshqacha o‘ylabman. Uzr.🧐🙁

U hurmat bilan egilib, ortga chekindi.
Taeoh sovuq ohangda yana takrorladi:

— Singlimdan uzoq yur.🍃

U shularni aytdi-da, mashinaga o‘tirib ketdi.
Taehyung esa faqat sukutda qoldi.🦦

* * *

Oradan ko‘p vaqt o‘tmay, kompaniyada katta muammo yuzaga keldi. Kimdir ataylab Taeohning kompaniyasiga zarar yetkazdi — noto‘g‘ri ma’lumotlar tarqaldi, hujjatlar buzib qo‘yildi, investorlar xavotirga tushdi. Hamma qochdi, hech kim yordam bermadi.💥

Faqat bitta odam qoldi.
Taehyung.

U hech kim so‘ramasdan IT bo‘yicha bilganlarini ishga soldi, hujjatlarni tartibga keltirdi, xodimlarni yo‘lga soldi. So‘ng investorlar bilan gaplashib, ataylab tarqatilgan noto‘g‘ri ma’lumotlarni rad etdi. Taeohning obro‘sini saqlab qoldi.❄️

Taeoh uzoqdan qarab turganda birdan bir narsa unga yetib bordi: "Taehyung — halol, mehribon va jasur yigit ekan." 💫

U shunchaki boy oilaning farzandi emas, balki chin qalbli inson edi.🌕

Taeoh yigitga boshqacha qaray boshladi. Avval sovuq bo‘lgan munosabat asta-sekin yumshadi. Endi u Taehyung bilan maslahatlashar, hazillashar, hatto uni do‘st deb hisoblashni boshlagan edi. 🫧

Bir kuni o‘zi bilmagan holda shunday fikr tug‘ildi:
— “Agar singlim kimgadir turmushga chiqsa, shunaqa yigitga chiqsin…”🌤

Shunda u ichida yengilgina tabassum qildi. Endi Taehyungga qarshi emasdi. Hatto… Taelaning yonida uni tasavvur qila olardi.☘️ Taqdir uchinchi bor ularni to‘qnashuvga tayyorlayotgandek edi...🍀

< Kim Tae Oh >

< O'y, yo'q, adashdim. Bu KIM TAE HYUNG >

:)

Strawberry 🍓 Moon 🌙 | 16-Qism ❣️ | FINAL 🌊 | 5-PART 🍃

To‘yxonaga kirgan zahoti yorqin chiroqlar, mayin romantik musiqa va yangi terilgan atirgullar hidlari xonaga iliqlik qo‘shardi. Bu kun — Jisoo va Sangtaening besh yil davom etgan sevgisi nihoyat nikoh bilan bog‘lanadigan, orzular haqiqatga aylangan kun edi. 🍃

Jisoo oppoq libosda o‘zgacha porlab turardi. U o‘z sohasida muvaffaqiyatga erishgan, yillar davomida tinmay mehnat qilib, ko‘plab insonlar hurmatini qozongan edi. Uning sokin tabassumi hammani o‘ziga rom qilardi. 🍓

Sangtae esa odatdagidek e’tibor markazida edi. O‘zining mehnatkashligi bilan yuksalgan, endi esa o‘z kompaniyasiga ega bo‘lgan, yosh bo‘lsa ham ulkan obro‘ yig‘gan tadbirkor. To‘yxonaga kirgan har bir mehmon uni tabriklab, muvaffaqiyatlarini maqtardi. Ammo u uchun muhim bo‘lgan yagona narsa — Jisooning qo‘lidan mahkam ushlab turish edi ayni damda. Ko‘zlari atrofdagi hech kimni ko‘rmasdi, faqat YAGONASI bo‘lgan jufti halolini ko'rar edi. 💍

Sinfdoshlar birin-ketin kirib, tabriklar aytib, maktab davrlaridan qiziq voqealarni eslab kulishardi. Ular uchun bugungi to‘y — shunchaki nikoh to'yigina emas, balki do‘stlikning yana bir marotaba mustahkamlangan kuni edi. Ammo hamma bilgan bir haqiqat bor edi: to‘yda bitta odam yo‘q — Taeoh. Va nima uchun yo‘qligini hech kim unutmagan. Hamma bilar edi...🍃

To‘yxona ichida quvonch, iliqlik va kulgi bir-biriga aralashib, xonaga oʻzgacha muhit berib turardi. Har bir stol atrofida tanish yuzlar, samimiy suhbatlar, quvonchli xotiralar…. aks etardi. 💗

Yoongi bilan Hana yonma-yon o‘tirib, yangi turmush qurgan juftlikni kuzatishardi.
— Ko‘ryapsanmi? — dedi Hana mayin jilmayib. — Jisoo bugun haqiqiy malika. 😁
Yoongi ham jilmaydi:
— Ha, Sangtae ham juda baxtli. Ikkovining yonma-yon turgani… chindan ham juda yarashgan.😄
Hana qoshlarini ko‘tardi:
— Biznikida ham shunaqa bo‘ladi, to‘g‘rimi?😉
Yoongi ko'zini qisdi:
— Ularnikidan ham chiroyliroq bo‘ladi. 🍁

Lichan esa homilador xotini Taeyoungni ehtiyotlab o‘tirardi.
— O‘zingni qanday his qilyapsan? 😌
Taeyoung kuldi:
— Zo‘r, faqat o‘tiraverganimdan charchadim. Agar musiqaga qarab turib bersam, qo‘shiq aytib yuborishim mumkin. 🫠
Lichan qo‘rqib ketganday hazil qildi:
— Yo‘q, yo‘q… bugun to‘y egalarini qo‘rqitmaylik, iltimos.🤣
Taeyoung ko‘zlarini katta ochdi:
— Demak mendan qo‘rqyapsan?😳
— Ha, albatta! Ayniqsa kayfing baland bo‘lsa!
Ular kulib yuborishdi.👀

Hyekyo va Seojun ham suhbatlashib turishardi.
— To‘y juda chiroyli bo‘lyabdi, — dedi Hyekyo.🌘
— Ha, — javob berdi Seojun. — Sangtae shunaqa odam. Har narsani mukammal qilishga harakat qiladi.🌒
Hyekyo unga mehr bilan qaradi:
— Sen ham shunday qilardingmi?😁
Seojun boshini qashidi:
— Agar men ham to‘y qiladigan odam topsam… balki ha.😒
Hyekyo kuldi:
— Topilsa, to‘y ham bo‘ladi-da…🤣

Jungkook bilan Hemi esa o‘zlaricha pichirlashib o‘tirishardi.
— To‘ylarda yig‘laysanmi? — dedi Jungkook.😄
Hemi darrov e’tiroz bildirdi:
— Yig‘layapman deb kim aytdi? Atmosfera shu… romantik.😍
Jungkook kuldi:
— Atmosfera emas, ko‘zlaring yoshga to‘lib ketdi.👀
Hemi tirsagi bilan uni itardi:
— Sen-chi, o‘zing yig‘lagandirsan?🤭
— Yo‘q, — dedi Jungkook yuzini burib. — Men kuchliman.😃
— Ha mayli, kuchli odam…🫠

Birozdan so‘ng hamma sinfdoshlar bir stol atrofida to‘planib, yangi to‘lqin bo‘lib kulishdi.
— Maktabni eslaysizmi? — dedi Lichan.😸
Yoongi qo‘lini ko‘tardi:
— Albatta, kimdir har kuni janjal chiqarardi.😌
Hana unga qarab kuldi:
— O‘sha “kimdir” kim ekan?😕
Seojun hazil qildi:
— Men doim Lichandan shubhalanaman, aslida Jungkookdan ham.😌
Lichan qo‘lini ko‘ksiga qo‘ydi:
— Men eng tinch o‘quvchi edim!🫠
Taeyoung unga yonboshdan qaradi:
— Ha albatta… ayniqsa o‘qituvchilar bilan bahslashgan paytlarda😒

Barchasi bir paytning o‘zida kulib yubordi. Ammo shu quvonchli atmosfera ichida hech kim sezmadi — to‘yxonaga kimdir sekin kirib keldi.
Taeoh.🍃

U hech kimning diqqatini tortmay, chetga o‘tib, uzoqdan kuzatdi. Jisooning oppoq libosdagi baxtli tabassumiga qaradi, Sangtaening ko‘zlaridagi o‘zgacha quvonchni ko‘rdi.🌸

Hech narsa demadi.
Hech kimga yaqinlashmadi.
Faqat ichida bir og‘riq, bir faxr, bir xotima aralash tuyg‘u o‘tdi.💔

Bir necha soniya kuzatdi-da, ortiga burilib, sokin ketdi. Bu uning yengilgani bo‘lsa ham, qabul qilishi kerak bo‘lgan haqiqat edi.....🫶🏻

Taeoh tashqariga chiqdi. Tunda yengil shamol esar, atrofda sokinlik hukm surardi. U chuqur nafas olib, bir qadam tashladi. Shu payt orqasidan eshik ochilib, kimdir shoshilib chiqdi va ular to‘qnashib ketishdi.

— Ehhh, uzr! — dedi tanish ovoz.🪐

Jiwoo. Qo‘lidagi narsalar yerga sochildi. U ularni yig‘ib olishga shoshdi. Taeoh ham egildi. 🍃

— Mendan ham uzr… ehtiyot bo‘lmabman, — dedi u muloyim. 🙂

Jiwoo bosh ko‘tardi. Nigohlari bir lahzaga tutashdi. Qiz yuragidan nimadir o‘tib ketdi.
Darrov chetga qaradi. Taeohning uzr so'rashi unga ajoyib tuyuldi...💗

— Yaxshimisan o'zi Taeoh? — dedi u ohista.
— Ha, — dedi Taeoh. — Sen-chi?
— Men ham… shunchaki tabriklashga kelgan edim.😊

Taeoh hech narsa demadi, faqat tikilib qoldi. Jiwoo uning nigohidagi nimadir — og‘riq va mehr aralash tuyg‘uni sezdi. Jiwoo o‘rnidan turdi, ketmoqchi bo‘ldi.
Ammo Taeoh to‘xtatdi:
— Jiwoo. 🍃

Qiz sekin orqasiga qaradi.
— Ha?🪐

— Sen… doimo to‘g‘ri yo‘ldan yuradiganlardansan. Hech kimdan va hech nimadan qo‘rqmaysan. Bu — yaxshi sifat.😅

Jiwoo hayron bo‘ldi.
— Nega buni aytyapsan?👀

Taeoh javob bermadi.
Ko‘chadagi mashinalarga qaradi.
— Shunchaki.... aytdim qo'ydim-da......🍃

Jiwoo bir zum jim turdi.
So‘ng sekin jilmaydi.
— Sen ham… kim bo‘lishidan qat’i nazar, odamlarni himoya qilasan. Men buni qadrlayman. Hech bir insonni yomon koʻrmaysan, biror yomon ish qilsang ham bekorga qilmagansan.⚡️

Taeohning ko‘zlari bir lahza yumildi. Ichida nimadir yumshadi. Jiwoo asta yura boshladi. Taeoh esa qotib qoldi. Qizning uzoqlashayotgan orqasiga qarab turardi...✨

Shu payt Jiwoo bir zum to‘xtab, orqasiga qaradi. Taeoh ham ayni paytda unga qarab turardi. Ularning nigohlari bir necha soniyaga qadalib qoldi. Jiwoo sekin jilmaydi. So‘ng burilib, yo‘lida davom etdi.😊

Kechaning shamoli ko‘tarildi. To‘yxonadan musiqa yengil eshitilib turardi. Taeoh bir necha lahza jim turdi. Keyin sekin jilmaydi — juda sezilmaydigan, ammo chinakam.🫀

Ketmoqchi bo‘lib burilganda, qo‘lida ushlab turgan kichik qutiga ko‘zi tushdi — Jisoo uchun olib kelgan, bermay qolgan sovg‘asi....🎁

U chuqur nafas olib, pichirladi:
— Balki… taqdir hali tugamagan bo‘lsa kerak.☄

Sovg‘ani cho‘ntagiga soldi. Qadam tashlay boshladi. U Jiwoo tomon yurardi uning ortidan...💫

"Men uni hech qachon ayblamaganman. Jisoo hech qachon menga tegishli bo‘lmagan… lekin baribir yuragim uni o‘ziga o‘rgatib qo‘ygan edi. Ba’zan inson shunchaki yaqin turadi – kuladi, gapiradi, ko‘zlaringizga qaraydi… va siz bilmay qolasiz-ki, hayotingning markazida u paydo bo'ladi... Chin muxabbatingiz...

Men Jisooni sevganimni o‘zimdan ham yashirardim. Chunki bu sevgi menga emas edi. Uni mendan oldin topgan, mendan oldin sevgan, uni mendan ko‘proq bilgan bir odam bor edi — Sangtae. Men buni tushunardim. Tushunardim, lekin baribir qalban menda nimadir ogʻrir edi...

Sangtae esa… u hech narsani tushunmay qolgandi oʻshanda. Uni butunlay qulatgan edim. Men esa uni ham ayblay olmayman. Chunki biz ikkimiz ham bir odamni yo‘qotishdan qo‘rqayotgan ikki xil yurak edik.

Lekin baribir, Jisoo…

Men seni hech qachon yomonlashni bilmadim. Sening baxtingni o‘zimning baxtimdan baland qo‘ydim. Va shu kechada, men yana bir marta o‘zimni emas — seni tanladim. Seni ozod qildim. Seni o‘zimdan uzoqqa qo‘ydim. Chunki mening sevgim seni ushlab turish uchun emas edi.

Men uchun esa… yana bir kecha tugadi. Yana bir oy botdi. Va men lablarimni qisilgancha, ichimda pichirlab qo‘ydim:

‘Men seni hech qachon ayblamayman. Men seni hech qachon yomon ko‘rmayman. Va men seni hech qachon unutmayman... Jisoo" 🍃

✦ STRAWBERRY MOON — YAKUNLOVCHI TITRLAR ✦

Muallif:
#Bahromiddin — ushbu hikoyaning yuragi, uning ovozi va har bir satrda yashagan tuyg‘ular egasi.🍃

Yordamchi mualliflar:
#Min_Hana va #Lin_Yui — syujetni boyitgan, qahramonlarga yangi ranglar bergan, eng zarur paytda ilhom ulashgan hamkorlar. Sizlarning hissangiz bu hikoyani yanada yorqin qildi Taeohning shogirdlari...💫

Syujet g‘oyalari uchun alohida rahmat:
Muhammad Ali, Bahora, Nisolat, Madina va Rohila — sizlarning takliflaringiz, fikrlaringiz, kichik bo‘lsa-da kuchli impulslangiz ushbu fanficning bir bo‘lagi bo‘lib qoldi. Har biringizga minnatdorlik bildiramiz...🛡

Maxsus tashakkur:
Bu fanfic faqat Bahromiddinning ijodi emas. Bu barchamizning birga yaratgan olamimiz. Har bir fikr, har bir maslahat, har bir qo‘llab-quvvatlovchi so‘z — bularning bari “Strawberry Moon”ning bir bo‘lagi.🌙🍓

Sizlar bor bo‘lganingiz uchun, bu hikoya tugamadi — u o‘quvchilar qalbida yashashda davom etadi. Barchangizga chuqur minnatdorchilik bilan.
— Multiolam jamoasi ✦