May 28

JOZIBALI SEVGI...🍓

3-mavsum, 6-qism: “Muloqotdagi devorlar” 🖤

O‘sha tun uzoq cho‘zildi. Deyarli uxlamadi Taeoh. Ko‘zlari shiftga qadalgani sari yuragi tobora chuqurroq cho‘kayotgandek tuyulardi. Har safar ko‘zini yummoqchi bo‘lsa, qalbining ichra bir ohang — Jisooning jilmayishi, ko‘zlari, yurishini eslatardi. U yuragini Jisooga nisbatan yana asir etganini endi tushunayotgandi. Qanchalik inkor qilmoqchi bo‘lmasin, Jisoo yana Taeoh yuragining mezboniga aylangandi.🍃

Ammo bu safargi tuyg‘ular — ikki tomoni tig‘dek keskin edi. Bir tomoni — issiq, yoqimli va quyoshli xotiralardek yuragini eritsa, ikkinchi tomoni — sovuq, og‘riqli va ajralishga mahkum kelajakday edi. Taeoh buni sezardi. Yana qiynalishi mumkinligini, yana ayriliq soyasi oralab kelayotganini yuragi bo‘g‘zidan siqayotgandi. Ammo qalbi buni inkor qilib, yana bir bor sevish zarar qilmaydi derdi go'yo.❤️

- - -

Ertasi kuni soat 9:00 da KOR-71 guruhi uchun dars boshlandi. Sinfda o‘tirganlarning har biri darsga sho‘ng‘ib ketgan bo‘lsa-da, Taeoh o‘zini butunlay boshqa bir fazoda his qilardi. Darsdan so‘ng 10 daqiqalik tanaffus e'lon qilindi. Shu payt Suhon unga qarab kulimsiradi.🌚

— “Boramizmi?”, dedi u, ko‘z qisib.😁

Taeoh indamay bosh irg‘adi. Ular birga KOR-73 guruhining xonasi tomon yo‘l olishdi. Rasmiy bahona — Huri bilan salomlashish edi. Ammo ichki haqiqat — Taeohning yuragi Jisoo bilan to‘qnashishni xohlardi.💕

Va bu reja ish berdi. Aynan shu paytda Jisoo tanaffus uchun xonadan chiqib kelayotgan edi.🍓

- - -

Huri opasiga qarab, Taeoh mayin jilmaydi:

— “Salom, opa.”🍃

— “Vaalaykum assalom, Taeoh. Yaxshimisiz?”, deya tabassum bilan javob qaytardi Huri.

Lekin... Huri ham, Suhon ham ikkalasining asl sababini bilardi. Shuning uchun o‘zlarini uzoqqa olib chiqishdi.😌

Qolgani esa — ikki yurakning o‘rtasidagi sukut sahnasi edi. Nigohlar to‘qnashdi. Taeoh bir lahza nafasini yutdi. Bu Jisoo... lekin endi boshqacharoq. Sochlari jingalak, malla rang kastyum-shim kiyib olgan, chehrasida yangi nim tabassum. O‘zgargan tabassum. Go‘yo boshqa bir qiz, ammo yuragidagi o‘sha tanishlik bor.❤️‍🩹

— “Salom,” dedi Taeoh past ovozda.🍃

— “Salom,” deya javob berdi Jisoo, sokin ohangda.🍓

Salom-alik va hol ahvol so'rab bo'lishganlaridan so‘ng ikkalasi ham jim bo‘lib qolishdi. Atrofda kursdoshlari kulishib, o‘rtada suhbat qilar, lekin ular orasida go‘yo shaffof devor qadalgandek edi. Gaplar til uchida to‘xtadi. Yuraklar esa ko‘ngil ichida tinimsiz tovushlar chiqarardi.✨

Taeoh o‘zi aytgan sevgi izxoridan uyalardi. Aynan shu so‘zlar tufayli Jisoo endi unga qarshi hech nima deya olmasdi. Ularni bog‘lagan til — sukut edi.🦋

- - -

Dars boshlanishi bilan hamma xonasiga qaytib ketdi. Taeoh esa yuragida bir nimani bosib bo‘lmas quvonch his qilayotgandi. Har qalay, uni ko‘rdi. Jisooning ko‘zlarida haligacha iliqlik bor edi. Ehtimol, bu sukut ortida yashiringan hissiyotlar bor. Ehtimol, yurakdagi devorlar hali butunlay yopilmagan...❤️

Shunchaki ko‘rishish — lekin bu ko‘rishish butun kuniga yorug‘lik olib kirgandi.🍃